kam sut bera boshlaydi, deb irirn qilingan.
Tabiiyki, bunday e ’tiqod
va qarashlar «xo‘sh-xo‘sh»larda ham «ko‘z tumor» detali orqali badiiy
ifoda etiladi:
Seni haydab boqayin,
Ko‘z tu m orlar taqayin, xo‘sh-xo‘sh
Ayrim «xo‘sh-xo‘sh»larda a n ’anaviy motivlardan tashqari oshiq
yorning tong mahali sigir sog‘ayotgan ma'shuqasi mehnatini ko‘rib
zavqlanishi motivlari ham uchraydi. Bunday motivlar «xo‘sh-xo‘sh»larga
lirik q o ‘shiqlar ta ’sirida kirib kelganini alohida ta ’kidlash lozim.
Q o‘ylarni sog'ish va q o ‘zilarni emizish jarayonida kuylanadigan
«
turey-turey» qo'shiqlarida
ona
sovliqni m adh etish, uni iydirishga
qaratilgan erkalash m otivlari yetakchilik qiladi.
«Turey-ture»lar k o ‘pincha qorako‘lchilikda terisini olish uchun
3-4 kunligidayoq (barraligidayoq) so‘yib yuborilgan q o ‘zichoqlaming
onalarini sog‘ish uchun kuylanadi. Shu sababli ularda ona qo‘yning
o ‘z bolasini qidirishi, uni izlab m a’rashiga ham dardlik bildirish,
achinish motivlari katta o ‘rin tutadi.
Sovdi b o ‘lib sovdirgin, turey-turey,
Sovsa kadi to'ldirgin, turey-turey.
Buncha
kuym a jonivor, turey-turey,
Taqdirga endi ko‘ngin, turey-turey.
Q o ‘shiqda o ‘z bolasini izlayotgan ona qo‘yni tinchitish, taqdirga
ta n berishga ko‘ndirish m otivlari ifoda etilgan.
«
Churiyala» y o k i «churey-churey»lar
ech k ilarn i sog‘ish yoki
uloqlam i emizish paytida ijro etilgan. Ularda echkini iydirish, bolasini
em dirishga qarshilik qilmaslik motivi ustunlik qiladi. Churiyalarda
k o ‘p in ch a echkining, sersut y7elini, soqoli,
shoxi yoki qashqasi
m aqtaladi:
Og‘ziginangda o ‘ting bor, churey-churey,
Y elinginangda suting bor, churey-churey,
Sersoqolim jonivor, churey-churey,
Kerilib
turgan buting bor, churey-churey.
A yrim churiya q o ‘shiqlarida sof ishqiy motivlar ham ifodalangan.
Faqat ulardagi «churiya» so‘zining takrori uning sog‘im q o ‘shig‘i
ekanligini bildirib turadi.
C huriyalar turey-tureylarga nisbatan bir oz ch o ‘ziqroq ohangda
aytiladi.
Sog‘im q o ‘shiqlari sog‘ilayotgan hayvonga shaxs sifatida murojaat
qilish, unga so‘z yordamida ta ’sir ko‘rsatish tasaw uri bilan yaratilgani
bois ularda tashxis (jonlantirish) san’ati markaziy o ‘rin egallaydi. U
kuylovchiga o ‘z ichki dardlarini, ruhiy holatini, alam -iztiroblarini
bayon qilish uchun muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
Sog‘im q o ‘shiqlari
barm oq vaznida, mustaqil to ‘rtliklar shaklida
yaratiladi. Ular. asosan,
Download
Do'stlaringiz bilan baham: