CSP1312-Individualloyiha1uchun TALABLAR Loyiha ishini berilgan NAMUNA bo’yicha shakillantiring.
Loyiha ishining umumiy hajmi kamida 25 varoq bo’lishi kerak.
Matn shrifti 14, Times New Roman 1,5 yoki 1 oralig'ida yozilishi kerak.
Chegaralar: yuqori va pastki qismdan 2 sm, chap 3 sm, o'ng 1,5 sm bo’lishi kerak.
Matn qaysidir adabiyotdan ko’chirilgan yoki foydalanilgan busa shu matndan so’ng [4] ichida adabiyotlaringiz ichida turgan shu matn olingan adabiyotning tartib raqamini ko’rsatishingiz kerak. Misol uchun [4] bo’lsa, bu "4" raqamda turgan foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidagi adabiyot hisoblanadi.
Barcha sahifalar sarlavha sahifasidan boshlab raqamlanadi; sarlavha sahifasiga sahifa raqami qo'yilmaydi
Jadvallar nomi tepa o’ng burchakda bo’lim raqami bilan raqamlanib, jadval nomi yoziladi. Misol uchun 1.1-jadval. Tehnologiyalarning solishtirma tahlili.
Rasmlar ham bo’lim nomerida bo’lishi hamda rasm osti qismidan o’rtadan yoziladi. Misol uchun 2.1-rasm. Harakatlar interfeysi
Adabiyotlar ro’yhatida berilayotgan adabiyotlar qaysi tilda bo’lsa shu tilda yozilishi kerak. Misol uchun rus tilidagi adabiyot nomi qanday bo’lsa shunday rus tilida rus alifbosida yoki ingliz tilidagi adabiyot ingliz alifbosida, uzbek tilidagisi esa lotin bo’lsa lotinda yozilishi kerak. Albatta adabiyotlarda birinchi mualliflar F.I.Sh. keyin adabiyot nomi, bosib chiqarilgan joyi va yili hamda beti yozilishi kerak.
Agar loyiha ishida dastur bo’lsa albatta ILOVA shaklida loyiha ishining ohiriga mundarijada ko’rsatilgan holda qo’shib qo’yilishi kerak. Agar tahliliy ish bo’lsa ilova shart emas.
Loyiha ishida amaliy qilingan ish ishlashi kerak. Ishlab chiqilgan dastur yoki boshqa vositalar loyiha ishining boshqa hujjatlari bilan birgalikda papkaga solinadi hamda papka nomi guruh raqami va familiya ism bilan nomlanib arxivlanadi hamda o’qituvchiga telegram kanaliga tashlab beriladi.
Loyihani hisobotidan kelib chiqqan holda PowerPoint dasturida taqdimot qilinadi hamda Hisobot bilan birgalikda cms.tuit.uz tizimiga joylanadi. Taqdimotning slaydlari soni 8 tadan 20 gacha bo’lishi mumkun.