Covid-19 vujudga kelishi va O’zbekiston Respublikasida ilk karantin holatlari



Download 0,58 Mb.
bet5/7
Sana12.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#782952
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUNDARIJA (4)

Migratsiya va pul o‘tkazmalariPul o‘tkazmalarini qabul qiladigan uy xo‘jaliklarining ulushi iyun oyining boshida biroz tiklandi, ammo 2019-yilga nisbatan sezilarli darajada kam. Aprel oyida har qanday pul o‘tkazmalarini olgan uy xo‘jaliklari ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar kamaydi, shundan so‘ng may va iyun oylarida biroz tiklandi. Pul o‘tkazmalarini olganlar uchun aprel oyida o‘tkazmalarning o‘rtacha hajmi 21 foizga kamaydi (inflyasiyani hisobga olgan holda so‘mda), ammo may oyida Rossiya rublining kuchayishi natijasida o‘sdi. Respondentlarning kam qismi oila a’zolari chet elda ishlashini ta’kidlashdi. Aprel oyida oila a’zolari xorijda ishlayotgan uy xo‘jaliklarining ulushi 2019-yilning xuddi shu davriga nisbatan 3 foiz punktga kam bo‘ldi. Xorijda bo‘lib turganlar orasida doimiy ish bilan band bo‘lganlar ulushi 88 foizdan qariyb 73 foizga tushib ketgan. Migratsiya mavsumiy ravishda ko‘paygan bir davrda, 2019 va 2020-yillar o‘rtasidagi tafovut may va iyun oylarida yanada ortdi. Aprel va iyun oylari orasida, kelajakda chet elga migratsiyasini reja qilayotgan uy xo‘jaliklarining ulushi deyarli nolga tushdi
Odamlarning fikrlari va xatti-harakatlari Koronavirusning salbiy ta’sirlaridan xavotir yuqori bo‘lib qolmoqda. Respondentlarning deyarli barchasi COVID-19 nima ekanligini bilishlarini aytishgan va 75 foizdan ko‘prog‘i COVID-19 bilan «juda yaxshi tanish» ekanliklarini aytishgan. Aprel va iyun oylari orasida COVID-19ning zararli ta’siridan xavotirlar biroz pasaydi: sog‘liklari uchun xavflardan «juda xavotirda» ekanliklarini bildirganlar 64 foizdan 60 foizga tushdi, iqtisodiy oqibatlardan «juda tashvishlanayotganlar» 61 foizdan 56 foizga tushdi. Ko‘plab fuqarolarning ta’kidlashlaricha, ular o‘tgan hafta hukumatning COVID bilan bog‘liq rasmiy bayonotlaridan xabardor. Aprel oyida 75 foizi rasmiy e’lonlarni eshitganliklarini aytishgan va iyun oyida bu raqam 80 foizga etgan. Deyarli hamma televizor axborotning asosiy manbai ekanligini ta’kidladi. Apreldan keyingi davrda ijtimoiy ommaviy axborot vositalari (12 foiz) va matnli xabarlar (15 foiz) ham ommabop manbalar bo‘lgan. Faqat bir necha fuqaro rasmiy e’lonlar to‘g‘risida gazetalar, radio yoki do‘stlaridan bilib olishlarini aytishdi. 2021-yilning 8- oktyabr kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini chop etdi. Hisobotga ko‘ra, mamlakatimiz suveren kredit reytingining bahosi BB — (barqaror kutilma) darajada tasdiqlandi. Hisobotda ta’kidlanishicha, mamlakatimizning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralari, mo‘'tadil davlat qarzi darajasi va “BB” reytingiga ega mamlakatlarga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari respublika suveren kredit reytingini qo‘llab-quvvatlovchi omillardan hisoblanadi. Shu o‘rinda, mamlakatning xom-ashyo tovarlariga bog‘liqligi, institutsional va boshqaruv sifati darajalarining sustligi, yuqori inflyatsiya darajasi, va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotining (YAIM) pastligi respublika kredit reytingini cheklovchi omillar sifatida keltirilgan. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi hamda saylovlar yaqinligiga qaramay islohotlarni, xususan iqtisodiyotdagi yirik davlat korxonalarini transformatsiyasini amalga oshirishda ildamlamoqda. Iqtisodiy islohotlar bilan birga hukumat mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish va aholining ijtimoiy holatini yaxshilashni davom ettirishi qayd etilgan. “Fitch"ning fikricha, navbatdagi islohotlarning murakkabligi, belgilangan muddatlar va islohotlardan ko‘zlangan yakuniy maqsadlar davlatning institutsional salohiyati uchun o‘ziga xos sinov vazifasini o‘taydi.
Hisobotda aytilishicha,respublikada iqtisodiy o‘sish 2021- yilda 6,2 foizni, 2022−2023 yillarda o‘rtacha 5,5 foizga (“BB” reytingiga ega mamlakatlar medianasi 3,7 foiz) o‘sishi prognoz qilinmoqda. Kelgusi yillardagi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi omillar sifatida fiskal konsolidatsiyaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, yuqori investitsion faollik, tashqi moliyalashtirish manbalaridan foydalanishni davom ettirilishi va qishloq xo‘jaligi, qurilish va sanoat sohalariga ijobiy ta’sir etuvchi islohotlar sanab o‘tilgan.Biroq, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatning o‘zgarishi va vaksinatsiyaning kechiktirilishi iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilgan.
Agentlikka ko‘ra, davlat qarzi 2021−2023 yillarda YAIMga nisbatan mos ravishda 42 foiz va 44 foizni tashkil etadi, ammo 2023- yilda respublikaning davlat qarzi “BB” reytingiga ega davlatlarning medianasidan (YAIMga nisbatan 59 foiz) past darajada bo‘ladi.Davlat qarzi hajmi tez sur’atlarda ortgan bo‘lsada, davlat tashqi qarzining 92 foizi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilinganligi hamda davlat qarzining so‘ndirish muddatlari va xarajatlari nuqtai nazardan ijobiy omil sifatida keltirilgan.Hisobotda hukumatning so‘mda qarz (davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish orqali) jalb qilishni oshirishga intilayotgani hamda 2020−2021 yillarda so‘mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalari ijobiy baholangan. Parlamentga kiritilishi rejalashtirilgan “Davlat qarzi to‘g‘risida"gi qonun loyihasida davlat qarzining YAIMga nisbatan 60 foizlik yuqori chegarasi, yangi jalb qilinadigan davlat qarziga yillik limitlar (jumladan davlat-xususiy sheriklik loyihalariga) belgilanishi va davlat qarzi YAIMga nisbatan 50 foizdan oshgan holatlarda qarz hajmini kamaytirish choralari ko‘rilishi nazarda tutilganligi alohida e’tirof etilgan.
Shu bilan birga, hukumatning likvid aktivlari (YAIMga nisbatan 25 foiz) yuqoriligi keltirib o‘tilgan.Agentlik mamlakatning xalqaro zaxiralari (2021 yilda 35,2 mlrd. dollarni tashkil qilishi kutilmoqda) barqaror darajada saqlanib qolishiga va tashqi moliyalashtirish manbalari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning oqimi, nisbatan barqaror oltin narxlari xalqaro zaxiralarning kamayib ketishini oldini olishiga ishonch bildirgan.“Fitch"ning kutilmalariga ko‘ra, Markaziy bank inflyatsion targetlashga o‘tish jarayonida ijobiy real stavkalarni saqlab qoladi. Monetar siyosat transmissiyasini yaxshilash uchun monetar siyosat instrumentlari rivojlanayotgani ijobiy baholangan bo‘lsada, monetar 4siyosat transmissiyasini kuchaytirish uchun inflyatsiya kutilmalari va dollarizatsiya darajasini pasaytirish, kapital bozorlarini rivojlantirish, imtiyozli kreditlash hajmini kamaytirish zarurligi keltirib o‘tilgan. Agentlikning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning suveren kredit reytingi (shu jumladan reyting kutilmasi) quyidagi hollarda oshirilishi mumkin: makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlagan holda yuqori iqtisodiy o‘sishga erishilganda va aholi jon boshiga YAIM miqdorining “BB” reytingiga ega davlatlar bilan farqi kamayganda; “qonun ustuvorligi”, “aholi fikrini inobatga olish va hisobdorlik”, “tartibga solish sifati” va “korrupsiyani nazorat qilish” kabi boshqaruv standartlari sezilarli yaxshilanganda; fiskal va tashqi zaxiralar sezilarli oshganda. O‘zbekistonning suveren kredit reytingi quyidagi hollarda pasaytirilishi mumkin: davlat qarzining YAIMga nisbati keskin oshib ketishi yoki davlat shartli majburiyatlarining amalga oshirishi oqibatida suveren fiskal buferlarning kamayishi; bank kreditlari hajmining tez sur’atlar bilan oshishi ortidan joriy operatsiyalar hisobi manfiy saldosining kattalashuvi, xalqaro zaxiralarning sezilarli darajada kamayishi yoki tashqi majburiyatlarning tez ortishi.1-sentabr — Islom taraqqiyot banki (IsDB) AAA reytingi bo‘yicha siyosatchilarga iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlarni yaratishga yordam berish maqsadidi yangi Barqarorlik indeksini ishga 5tushirdi. Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jasser koronavirus pandemiyasi oqibatida ushbu Indeksning yaratilishiga turtki bo‘lgan asosiy sabablarni aytib o‘tdi: “COVID-19 pandemiyasining eng og‘ir saboqlaridan biri iqtisodiy barqarorlikning muhimligi bo‘ldi. Bizning iqtisodiy tizimlarimiz bugungi kunda globallashgan va murakkabdir. Shuning uchun ushbu Indeksni siyosatchilarga yanada barqaror iqtisodiyot yaratish borasidagi yutuqlarini kuzatishga yordam berish uchun ishlab chiqdik”, — deydi Al-Jasser. O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘illikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov O‘zbekistonda pandemiya mahalliy muhim muammolarga sababchi bo‘lganligi, jumladan sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishdagi qiyinchilik, ishchi kuchi uchun salbiy oqibat hamda lokdaun tufayli iqtisodiy faoliyatni keskin to‘xtatilishi yuz berganligini ta’kidlab o’tdi. Barqarorlik indeksi IsDB-ga a’zo 57 mamlakatning siyosatchilariga iqtisodiy barqarorlikni oshirish borasida ilgarilab ketayotganlarini kuzatishga yordam beradi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 29-avgustdagi 526-sonli “2020-2021-yillarda iqtisodiy oʻsishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlarida tizimli islohotlarni davom ettirish toʻgʻrisida“gi qarorida 2020-2021-yillarga moʻljallangan iqtisodiyotning tarkibiy islohotlarini tiklash va davom ettirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasini amalga oshirish boʻyicha ”Yoʻl xaritasi" qabul qilindi.6
5-rasm O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi.
Mazkur dastur koronavirus pandemiyasining Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy taʼsirini bartaraf etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyatini tiklash hamda iqtisodiy islohotlarni yana-da chuqurlashtirish uchun sharoit yaratish maqsadida tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqa vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tarkibiy oʻzgarishlarni tiklash va davom ettirish boʻyicha quyidagilarga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan:2020-yilda iqtisodiyot asosiy sektorlarining rivojlanishini saqlashga va 2021-yildan boshlab barqaror iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichini 5,0-5,5 foiz darajasida taʼminlashga yoʻnaltirilgan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor institutlarini isloh qilishni davom ettirish; Birinchi navbatda, inqirozdan keyingi rivojlanish davrida banklarni transformatsiya qilish va bank xizmatlaridan foydalanish samaradorligini hamda ularning sifatini oshirishni taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan islohotlarni jadallashtirish; Aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta amalga oshirayotgan shaxslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni kengaytirish orqali ichki talabni ragʻbatlantirish va kambagʻallikni qisqartirish; Sanoat va raqobat siyosatini, jumladan, mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga ichki talabni ragʻbatlantirish, tarmoqlapapo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, sanoatning strategik tarmoqlari korxonalarida islohotlarni davom ettirish asosida takomillashtirish; Investitsiya jarayonlarini, birinchi navbatda mahalliy investorlarning infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish va qoʻshilgan qiymatning ishlab chiqarish “zanjirlari”ni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini ragʻbatlantirish uchun ichki manbalarni kengaytirish yoʻli bilan faollashtirish; Eksport qiluvchi korxonalarni qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali, shu jumladan savdoni moliyalashtirishning zamonaviy vositalaridan foydalanishni kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni yangi eksport bozorlariga yetkazib berishni kengaytirishda savdo vositachilik tashkilotlarini ragʻbatlantirish hisobiga tashqi iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish va eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash; Davlat xaridlari tizimida xusysiy tadbirkorlik sybyektlarining ishtirokini kengaytirish, hududlardagi kichik sanoat zonalarini ularga ishlab chiqarish va transport infraryzilmasi obyektlarini oʻtkazish uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslarni ajratgan holda rivojlantirish asosida ishbilarmonlik va raqobat muhitining qulayligini oshirish, xusysshy tadbirkorlikni rivojlantirish; Hududlarda aholiga kompleks xizmatlar koʻrsatadigan savdo tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish, mahalliy mobil aloqa operatorlarining davlat aktivlarini bosqichma-bosqich sotish va qishloq joylarda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga xusysiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, 2021-yilda barcha ijtimoiy muassasalar, qishloq aholi punktlari va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulashni yakunlash hisobiga xizmatlar sohasi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish. Quyidagilar tasdiqlandi: 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy oʻsishni tiklash va tizimli tarkibiy oʻzgarishlarni davom ettirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi; Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”. Mutasaddi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga har oyda maʼlumot kiritgan holda Harakatlar rejasi va “Yoʻl xaritasi”dagi tegishli tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish taʼminlanishi uchun masʼuliyat topshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga: iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, shuningdek, hududlar kesimida “Yoʻl xaritasi” doirasidagi tadbirlarning amalga oshirilishi tizimli asosda tahlil qilinishini va ularning harakatlar rejasida belgilangan asosiy maqsad va vazifalarga erishishga taʼsirini baholashni taʼminlash; zarur boʻlganda, “Yoʻl xaritasi”ga manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan kelishgan holda, Harakatlar rejasini amalga oshirish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish; Harakatlar rejasi va “Yoʻl xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni amalga oshirishga taʼsirini baholash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har oyda axborot kiritib borish vazifalari yuklatilgan. 2020-2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasida koronavirus pandemiyasi tarqalishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, shuningdek koronavirus infeksiyasi tarqalishi davrida aholi va iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan asosiy chora-tadbirlar, tiklanish bosqichlari va 2020-yil kutilayotgan natijalari batafsil tahlil qilingan. Rejaning asosiy muammolari, maqsad va vazifalari, makroiqtisodiy siyosat va bozor institutlarini isloh qilish sohasidagi asosiy chora-tadbirlar tavsiflangan.Bank sektoridagi asosiy chora-tadbirlar, ish bilan bandlikni oshirish, aholi daromadlari va qashshoqlikni kamaytirish orqali ichki talabni ragʻbatlantirish, shuningdek, ishbilarmonlik va raqobat muhitini yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat va mahalliylashtirish sohasidagi chora-tadbirlar, investitsiya muhitini yaxshilash, raqamlashtirishni rivojlantirish va eksportni kengaytirish alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi 163 punktdan iborat. Unda 2020-2021-yillarda iqtisodiyotning tarkibiy islohotlarini tiklash va davom ettirish boʻyicha chora-tadbirlar, amalga oshirish mexanizmlari, moliyalashtirish xarajatlari va manbalari, kutilayotgan natijalar va muddatlari batafsil bayon etilgan. 2021-yil 1-martgacha Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida qashshoqlikni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.7 Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari, milliy iqtisodiyot salohiyati va qashshoqlikni kamaytirish dasturi asosida amalga oshirilgan vazifalar, shuningdek, xalqaro tajriba ijrosini monitoring qilish koʻrsatkichlarini oʻrganish rejalashtirilgan; kelajakdagi iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash; iqtisodiy oʻsishni prognoz qilish va yangi ish oʻrinlarini yaratish. Amalga oshirish punktlaridan yana biri hududlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni baholash, tabiiy-xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligi, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatni, shuningdek, hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun boshqa qiyosiy ustunliklarini Prezidentimizning shu yil 1-maydagi "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq baholashning yagona tizimini joriy etish.
Shu munosabat bilan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Jahon banki, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga birgalikda sakkizta ustuvor yoʻnalish boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni baholash topshirildi:

  • iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik;

  • mehnat bozori samaradorligi;

  • ijtimoiy sohadagi xizmatlarning mavjudligi va sifati;

  • infratuzilmaning rivojlanishi va mavjudligi;

  • iqtisodiyotning raqobatdoshligi va diversifikatsiyasi;

  • ishbilarmonlik muhitining sifati va tadbirkorlikni rivojlantirish;

  • moliyaviy mustaqillik, bank-moliya sektorining rivojlanishi;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va maʼlumotlarning mavjudligi.

  • Amaliy harakatlar rejasining asosiy maqsad va vazifalari

  • Kelgusi davrning asosiy cheklovlari va tahdidlari quyidagilar etib belgilandi:

Mahalliy mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarilishining cheklanishi. Buning oldini olish uchun karantin davrida xoʻjalik faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganlarga alohida eʼtibor berib, korxonalarning xoʻjalik faoliyatini tezroq tiklash zarur. Muammoni hal etish iqtisodiyotga moliyaviy mablagʻlarni, shu jumladan, investitsiya ssudalari boʻyicha qarzlarni uzaytirish va aylanma mablagʻlar sifatida “tez pullar”ni ajratishni talab qiladi. Aholi daromadlarining pasayishi, ishlab chiqarish zanjiridagi uzilishlar tufayli ichki talabning cheklanishi. Muammoning yechimi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, yangi ish oʻrinlari yaratish va tiklash, keyin esa aholi daromadlarining oʻsishi bilan bogʻliq hisoblanadi. Karantin choralarini liberallashtirish va koronavirus infeksiyasining tarqalish darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlardan odamlarning koʻchib oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tashqi chegaralarning yopilishi bilan koronavirus infeksiyasining aholi orasida tarqalishi xavfi. Muammoning yechimi maʼlum sanitariya-gigiyena meʼyorlari va cheklovlarining saqlanishida (ayniqsa, ommaviy tadbirlar paytida, mamlakat tashqarisidan kirganda va hokazo) va bemorlarga zarur tibbiy yordamni kengaytirishda namoyon boʻladi. Koronavirusning sayyorada tarqalishining davom etishini hisobga olib, yagona usul - bu oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va samarali davolanishni oʻrganish hisoblanadi. Byudjet taqchilligining oshishi va tashqi davlat karzining oʻsishi, makroiqtisodiy barqarorlik xavflarining namoyon boʻlishi. Jahon ishlab chiqarishining keskin pasayishi va global iqtisodiy tiklanish istiqbollari toʻgʻrisida noaniqlikning yuqori darajasi koʻplab davlatlarni iqtisodiyotda aholini va yalpi talabni qoʻllab-quvvatlash uchun byudjet xarajatlarini (shu jumladan, tashqi qarz mablagʻlari hisobiga) koʻpaytirishga majbur qilmoqda. Tashqi qarzning oʻsishini oldini olish uchun asos yaratish, xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun sharoitni yaxshilash qisqa hamda uzoq istiqbolda inqirozdan keyingi tiklanish iqtisodiyot barqaror rivojlanishining asosiy shartlari hisoblanadi. Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotni liberallashtirish (jumladan, energiya resurslari bozori) sohasida boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish, raqobat muhitini rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiyotda davlat sektorining ulushini kamaytirishni talab qiladi va oʻpta muddatli istiqbolda xorijiy investitsiyalarning barqaror oʻsishiga yordam beradi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida potensial investorlarning moliyaviy ahvoli yomonlashishi natijasida yuzaga keladigan investitsiyalarga, ayniqsa, tashqi sarmoyalarga cheklovlar. Hozirgi vaziyatda mahalliy investorlarga xorijiy investorlar bilan teng investitsiya sharoitlarini yaratib, mahalliy sarmoyadorlar uchun ragʻbatlantirish va investitsiya imkoniyatlarini kuchaytirishni talab qiladi. Jahon moliyaviy inqirozi sababli, tashqi talabning cheklanishi va oʻzbek mahsulotlarini import qiluvchi mamlakatlardagi inqiroz. Rossiya, MDH, mamlakatlari va Xitoydagi iqtisodiy pasayish Oʻzbekistondan asosiy mahsulotlar: tabiiy gaz, meva-sabzavot, toʻqimachilik, elektrotexnika, kimyoviy mahsulotlar, mineral oʻgʻitlar eksportining fizik hajmini kamayishi, shuningdek, asosiy eksport mahsulotlari: paxta va toʻqimachilik, tabiiy gaz, mis narxlarining pasayishi bilan bogʻliq. Muammo eksport geografiyasini kengaytirishni jadallashtirish, Yevropa va Osiyo bozorlariga chiqish, shuningdek, eksport qiluvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni davom ettirish, jumladan, davlat byudjetidan transport harakatlarining bir qismini subsidiya qilish orqali bartaraf etiladi. Bandlik muammosi, jumladan, mehnat migratsiyasi imkoniyatlarining qisqarishi hamda kambagʻallikning oshishi Oʻzbekiston uchun katta tahdid hisoblanadi. Iqtisodiyotning oldida turgan hozirgi turli tahdid va muammoli vaziyatni inobatga olib, amaliy harakatlar rejasi hukumat, barcha vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uchun:
1) Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot va aholi uchun salbiy oqibatlarini bartaraf etish (tiklash nuqtalari);
2) Tizimli islohotlarni davom ettirish uchun sharoitlarni yaratish;
3) Iqtisodiyot rivojiga qoʻshimcha turtki beradigan yangi imkoniyatlar va zaxiralarni aniqlash (“oʻsish nuqtalari”).
Amaliy harakatlar rejasi ikki bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi bosqich - 2020-yil oxiriga qadar - barqarorlashtirish va tiklangan oʻsish. Yuqorida aytib oʻtilgan va taklif qilingan chora-tadbirlarning toʻliq bajarilishi bilan 2020-yilga moʻljallangan koʻrsatkichlar quyidagicha baholanadi:

3-Covid-19ni oldini olish uchun chora va tadbirlar:


O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish davrida tibbiyot xodimlari zimmasiga tushgan yuqori ish yuklamasini yumshatish hamda mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash standartlari yangidan ko‘rib chiqib tasdiqlanganligi va bunda bemorlarning davolanishda bo‘lish muddati 10 kundan 7 kungacha qisqartirilganligi;
b) 2020-yil 20-avgustdan boshlab:
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlari ish faoliyatini tashkil qilish amaldagi 14 kunlik “vaxta” usulidan belgilangan sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda kunlik tarzda kelib-ketish tizimiga o‘tkazilganligi;
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni kechayu kunduz tanaffussiz davolashga ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlarida, jumladan, intensiv palatalar va reanimatsiya bo‘limlarida grafik asosida kechki va tungi vaqtlarda vrachlar navbatchilik qilishi orqali tibbiy yordam uzluksiz ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun ish yuklamalarini inobatga olgan holda ularning tarif stavkalariga 200 foiz miqdorida maxsus ustama joriy qilinadi. Bunda: anesteziolog-reanimatolog vrachlariga maxsus ustamalar 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisob-kitob qilinadi va to‘lab beriladi; maxsus ustama to‘lovlari to‘lanadigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilmaydi. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son) 3. Quyidagilar: Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash obyektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Oldingi tahrirga qarang. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qo‘shimcha to‘lov o‘rniga har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari amalga oshiriladigan lavozimlar ro‘yxati 2a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.8 (3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi PQ-103-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son) Oldingi tahrirga qarang. (3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)Oldingi tahrirga qarang. (3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-iyundan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son) Oldingi tahrirga qarang. (3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda bir hafta muddatda vaqtinchalik karantinda saqlanayotgan shaxslar va koronavurus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar uchun kunlik ovqatlanish me’yorlarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsin.
5. Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan tibbiyot muassasalari, vaqtinchalik shifoxonalar, provizor muassasalari, bo‘limlari hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni kechayu kunduz tanaffussiz davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarini zaruratga ko‘ra yotoqxona bilan ta’minlash va kunlik ovqatlanish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bemorlarni qabul qilish va chiqish qaydnomasi, tovar-moddiy boyliklarning harakati hamda shifoxonalar bo‘yicha boshqa tahliliy ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash maqsadida bir hafta muddatda real vaqt rejimida ishlaydigan “Bemor.ssv.uz” elektron nazorat dasturini ishga tushirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati hududiy boshqarmalari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish davrida tibbiyot muassasalariga Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi, shu jumladan, jalb qilingan xodimlarga maxsus ustama to‘lovlarining to‘g‘ri va to‘liq to‘lanishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
11. Vazirlar Mahkamasinining “Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



6-rasm Emlash jarayoni.
Insoniyat umrining uzoqligiga avvalambor uni o‘rab turgan atrof-muhit, iqlim, irsiyat, turmush tarzi, har xil kasalliklar kabi omillar bevosita ta'sir ko‘rsatadi.Dunyoda yashayotgan odamlarning o‘rtacha yoshi o‘tgan asrning boshlarida 35 yoshni tashkil qilgan bo‘lsa, zamonaviy tibbiyotning va yangi texnologiyalarning yordami tufayli bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 72 yoshni tashkil etmoqda.Odamzot azaldan o‘lat, vabo, chinchechak, poliomiyelit kabi yuqumli kasalliklar bilan kasallangan va katta talafotlar ko‘rgan.Insoniyat yangi ming yillikka qadam qo‘ygan bir davrga kelib, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar batamom tugatilib, ularning o‘rniga odamlar ilgarilari ko‘rmagan va bilmagan yangi, ko‘plab o‘lim beradigan, o‘ta xavfli virusli kasalliklar paydo bo‘lmoqda.Yer sharida atrof-muhitning, iqlimning va aholi turmush tarzining o‘zgarishi, aholi zichligi, migratsion jarayonlarning faollashuvi ba'zi bir virusli yuqumli kasalliklarning dunyo bo‘ylab epidemiya, pandemiya tarzida keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.Birlashgan Millatlar Tashkilotining bashoratiga ko‘ra, 2050 yilga borib, dunyo aholisining soni 10 milliardga yetadi, bu esa o‘z navbatida aholi orasida migratsiya va urbanizatsiya jarayonlarini yanada tezlashtiradi.O‘tgan yildan buyon davom etayotgan Covid-19 infeksiyasining pandemiyasi insoniyat tarixida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan o‘ta xavfli favqulodda vaziyat sifatida tan olindi.Tabiatda va jamiyatda yangi-yangi viruslarning paydo bo‘lishi, odamlar orasida tarqalishi va kasallik chaqirishi bu tabiiy holat. Insoniyat va jahon tibbiyoti esa ushbu kasalliklarga qarshi kurashishga, ularning oldini olishga har doim tayyor turmog‘i lozim.Covid-19 pandemiyasi butun dunyo sog‘liqni saqlash tizimi oldiga o‘ta muhim va jiddiy muammolarni qo‘ydi.Covid-19 pandemiyasi O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi, bizning mamlakatimizda ham ushbu infeksiya tarqaldi. Respublikamizda epidemiologik vaziyat nisbatan turg‘un bo‘lishiga qaramay, dunyodagi tahlikali vaziyat, viruslarning yangi-yangi shtammlari paydo bo‘lishi, zudlik bilan ushbu kasallikning oldini olishni taqozo qiladi.Covid-19 infeksiyasiga qarshi kurashishning eng samarali usuli bu aholini ushbu kasallikka qarshi ommaviy emlash. O‘zbekistonda joriy yilning 1-aprelidan boshlab aholini bepul, ommaviy emlash ishlari boshlab yuborildi. O‘zbekistonda ommaviy emlash uch xil vaksina bilan amalga oshirilmoqda, ushbu vaksinalar: ZF-UZ-VAC 2001, SPUTNIK V, AstraZeneca. Uchala vaksina ham klinik sinovlardan o‘tkazilgan. Covid-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, ko‘plab o‘lim berishi, jiddiy asoratlar qoldirishi deyarli barchamizga ma'lum. Ushbu kasallikni dori-darmonlar yordamida davolash ham katta samara bermaydi, shunday ekan, ushbu kasallikning oldini olish, kasallikdan saqlanishning birdan bir yo‘li bu vaksinatsiya.9 Ko‘pgina yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash aholi orasida uzoq yillardan buyon qo‘llanilib kelinayotgan samarali tadbir. Emlash tufayli insoniyat orasida chinchechak, poliomiyelit, difteriya kabi yuqumli kasalliklar batamom tugatilgan, ko‘k yo‘tal, qizamiq, qoqshol, parotit kabi kasalliklar keskin kamaytirilgan. Immunoprofilaktika yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda eng samarali tadbirlardan biridir. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar aynan emlash ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Odamlar orasida ayrim yuqumli kasalliklarning (chinchechak, poliomiyelit va boshqalar) batamom tugatilishi ham aholini yoppasiga emlash tufayli amalga oshgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, odamlar orasida ayrim yuqumli kasalliklarni batamom tugatish, ba'zilarini keskin kamaytirish dasturi ham aynan immunoprofilaktikaga asoslanadi.
O‘zbekistonda emlash Dasturini amalga oshirish borasida muayyan yutuqlarga erishilgan. Aholini yuqumli kasalliklarga qarshi emlash – davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib immunoprofilaktika strategiyasi mamlakatimizdagi amaldagi qonunlarga, JSST tavsiyalariga asoslangan bo‘lib, bu jarayon qulay, bepul va aholining keng qatlamlarini qamrab olishga qaratilgan. Yangi Covid-19 sog‘liqni saqlash vazirligi, sanitariya epidemiologiya xizmati, barcha toifadagi shifokorlar, hamshiralar oldiga ushbu kasallikka tashxis qo‘yish, uni davolash va profilaktikasi borasida muhim vazifalarni yechish muammosini qo‘ydi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi “Koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 31-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, amalga oshirilayotgan emlash ishlarining kunlik monitoringini olib borish koronavirus infeksiyasining immunoprofilaktikasini tashkil qilib, 18 yoshdan katta aholining yoshi bo‘yicha ro‘yxatlari tuzildi, birinchi navbatda emlash kerak bo‘lgan aholi 65 yoshdan kattalar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, qurolli kuchlar shaxsiy tarkibini emlash uchun ajratilgan vaksinalar bilan navbatdagi emlash ishlari olib borildi. Bugungi kunda (13.07.2021 holatiga) dunyo aholisining 13 foizi Covid-19’ga qarshi emlangan. O‘zbekistonda bu raqam 10 foizni tashkil qiladi. Emlanganlarda emlashdan keyin jiddiy asoratlar va o‘lim holatlari kuzatilmadi. Emlanganda kasallik batamom yuqmaydi, degan tushuncha ko‘pchilikning ongiga singib ketgan. Aslida esa profilaktik emlash kasallik yuqishini 100 foiz bartaraf etmaydi, viruslar emlangan kishilarga ham yuqishi mumkin, ammo ularda kasallik yengil shaklda, asoratlarsiz kechadi.
Emlash ishlarida mavhum, ishonchsizlik va asossiz targ‘ibotlarga duch keladigan holatlar ham uchraydi. Tibbiyot sohasida mutaxassis bo‘lmagan, tibbiyotdan xabari yo‘q kishilar ba'zida ommaviy axborot vositalari orqali emlashga qarshi, ayniqsa, yangi vaksinalar haqida, har xil targ‘ibot-tashviqot ishlarini ham olib borishadi, natijada emlash haqida ko‘pchilikda salbiy fikr paydo bo‘ladi. Shuning uchun emlash va vaksinalar haqidagi ma'lumotlar ishonchli, asoslangan manbalardan olinishi maqsadga muvofiq.10 Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘pchilik ilmiy-tadqiqot muassasalarida Covid-19’ga qarshi 200 dan oshiq vaksinalar ishlab chiqilgan, ularning ko‘pchiligi klinik sinovlardan ham o‘tkazilgan, shundan 15 ta vaksinalar amaliyotga tavsiya etilgan. Ko‘pchilik fuqarolar 2-3 marotaba emlash haqida qiziqib, bunday emlash nimaga kerak, deb so‘rashadi. Vaksinalar odatda emlanuvchi organizmga bo‘lib-bo‘lib (2-3 marta), ma'lum oraliq muddatlar bilan kiritiladi. Bunday emlash tibbiyotda azaldan qo‘llaniladi, vaksinani emlanuvchi organizmiga qayta kiritish emlashning samaradorligini oshiradi, antitela hosil bo‘lishi kuchayadi, antitela uzoq saqlanadi bu o‘z navbatida emlangan kishining infeksiyaga qarshi kurashish quvvatini kuchaytiradi. Covid-19’ga qarshi vaksinalarning deyarli barchasi bilan ikki yoki uch marotaba emlanadi, bu esa o‘z navbatida vaksinaning himoya kuchini oshiradi. Dunyodagi ko‘pgina tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalariga ko‘ra Covid-19’ga qarshi vaksinalarni emlanuvchi organizmga ikkinchi marotaba qayta kiritish, vaksinaning himoya kuchini bir necha barobar oshiradi. Birinchi marotaba emlangandan ikki hafta keyin kasallikdan himoya qilish 52 foiz kuzatilgan. Isroillik olimlarning tadqiqot natijalariga ko‘ra, Covid-19’ga qarshi ikki marotaba emlanganlarga antitelalar titri, bir marotaba emlanganlarga nisbatan 6-12 marta ko‘proq ekanligi aniqlangan. Aholini qiziqtiradigan savollardan yana biri Covid-19 vaksinasini qaysi holatlarda olish kerak? Qaysi holatlarda emlash kerak emas?
Mutaxassislarning fikricha, har qanday kasallikka qarshi emlashda, uning foydasi va zararini hisobga olish lozim. Bugungi kunda Covid-19 infeksiyasiga emlashga qarshi ko‘rsatmalar mavjud: 18 yoshga to‘lmaganlar, homiladorlar, emizikli onalar, o‘tkir kasalliklar xuruji davridagi bemorlar va vaksina oqsillariga o‘ta sezuvchanligi bor kishilar emlanmaydi. Ba'zi bir fuqarolar so‘rashadi: Covid-19’ga qarshi emlashdan ko‘ra, ushbu kasallik bilan kasallanib o‘tish yaxshi emasmi? To‘g‘ri emlashni har bir kishi o‘zi mustaqil yoki davolovchi shifokori ishtirokida mavjud bo‘lgan epidemiologik vaziyat va o‘zining salomatlik holatidan kelib chiqqan holda hal qiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, agar emlashga qarshi ko‘rsatma bo‘lmasa, emlash sog‘liq uchun ko‘proq foyda keltiradi, chunki emlashdan keyin paydo bo‘ladigan immunitet, kasallanib o‘tgandan keyingi immunitetdan kuchliroq bo‘ladi.

8-rasm Covid-19 og’ir formada otishi11
Shu bilan birga Yer yuzida yashayotgan aholining 22 foizi yoki beshtadan bittasida Covid-19’ning og‘ir klinik shakliga sabab bo‘luvchi qo‘shimcha kasalliklar mavjud, kasallikdan keyin kuzatiladigan asoratlar, bemorlarning ish kunlarini yo‘qotilishi, qo‘llaniladigan dorilarning nojo‘ya ta'siri, kasallikning oila a'zolariga yuqishi kabi salbiy oqibatlar, bemorlarni davolagandan ko‘ra, aholini emlab kasallikning oldini olish nihoyatda afzal ekanligini ko‘rsatadi. Covid-19 pandemiyasi, dunyodagi barcha mamlakatlarning, u yerdagi mutaxassislarning hamkorlikda, qo‘lni-qo‘lga berib, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasini amaliyotga birgalikda tatbiq etishni, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash usullarini ishlab chiqishni, shuningdek, ushbu kasallikka qarshi samarali vaksinalarni ishlab chiqishni taqozo qiladi. Bugungi kunga kelib ko‘pchilik shifokorlar va fuqarolar Covid-19 infeksiyasi borasida o‘zlarini “infeksionist”, “virusolog”, “immunolog”, “epidemiolog” deb faraz qilishyapti, bu tibbiy madaniyatni oshirish nuqtayi nazaridan balkim yaxshidir. Ammo lekin aholi, keng jamoatchilik ommaviy-axborot vositalarida ba'zi bir “firibgarlar” tarqatayotgan, ilmiy asoslanmagan, yolg‘on-yashiq ma'lumotlarga ishonmasligi va aldanib qolmasligi kerak. Covid-19 infeksiyasiga erta tashxis qo‘yishda, davolashda va kasallikning oldini olish va unga qarshi emlashda barcha tibbiyot xodimlari, fuqarolar, keng jamoatchilik vakillari ushbu soha olimlari, yetakchi mutaxassislarning fikrlariga, ilmiy asoslangan tavsiyalariga amal qilindi.

4.Pandemiya davrida ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab quvvatlash


Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq muqarrar cheklovlardan nafaqat kam ta’minlangan oilalar, balki juda ko‘pchilik aziyat chekmoqda. Butun boshli sohalar muzlatilgan holatda. Odamlar yashab qolishlari, ish joylarini yo‘qotmasliklari uchun davlat ularni imkon qadar tezroq moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi kerak. Pandemiya oqibatlarini yumshatish, aholi turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida mamlakatimizda aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish va mo’tadil darajada saqlab qolish uchun keng ko‘lamli choralar amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarining narxi keskin oshib ketmasligi uchun narx-navo davlat organlari tomonidan nazoratga olingan. Ularning an’anaviy tarzda import qilinadigan ommabop turlari bo‘yicha uzilish sezilmayapti. Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqarish quvvatlaridan imkon qadar samarali foydalanish, mavjud ishchi o‘rinlarini qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlar maoshlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va boshqa muhim iqtisodiy-ijtimoiy chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda. Prezidentimiz bu borada o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy faoliyatni ichki bozor ehtiyojlariga moslashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash buyicha tijorat banklari, respublika va mahalliy boshqaruv organlari zimmasiga aniq vazifalar yukladi. Menimcha, bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri - bu eng past pog‘onadagi boshqaruv faoliyatini yangicha usullar bilan amalga oshirishdir. Misol uchun, oxirgi yillarda chakana savdo faoliyatida shakllangan tizim bugungi sharoitga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, jamoat transporti o‘z faoliyatini umuman to‘xtatgan sharoitda arzonlashtirilgan go‘sht, kartoshka va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar savdosini dehqon bozorlarida tashkil etish g‘oyasi mantiqqa zid narsa emasmi? Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yuk avtomobillariga joylashtirib, fuqarolar uchun qulay joylarda savdoni tashkil etishga nima to‘sqinlik qiladi? Yoki sut mahsulotlarini olaylik. Shu paytgacha shahar aholisini asosan norasmiy faoliyat ko‘rsatadigan "Damas"chilar yoki oddiygina qishloq ayollari ta’minlab kelgan. Hozirda buning iloji yo‘q. Chunki jamoat transporti faoliyati to‘xtatilgan. Unda shaharlik aholi, jumladan, yosh bolalar ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojdan butunlay voz kechishi va immunitetini pasaytirishi kerakmi? Qolaversa, qishloq aholisining katta qismi uchun aynan sutni shaharga keltirib sotish yaxshi daromad keltiradi. Karantin vaqtida ko‘chalarda non tashuvchi mashinalarni deyarli uchratmaysiz. Vaholanki, sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarilgan qolipli non har bir mahalladagi oziq-ovqat do‘konida bo‘lishi shart. Hamma oilalarning ham restoranda tayyorlangan va taksichilar yordamida yetkazib beriladigan issiq ovqat iste’mol qilishga qurbi yetmaydi. Shuni inobatga olib, aholi zich joylashgan hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan12 oshxonalar tanlab olinib, nisbatan arzon issiq ovqatlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilsa bo‘lmasmikin? Yana bir taklif. Tumanlardagi aholi tomorqasidan foydalanish ishlarini shaharlarda ham joriy etish lozim. Shaharda hovlilarda yashaydiganlarni mevali daraxt ko‘chatlari va urug‘lar bilan ta’minlash lozim. Chunki hozir har bir kun ham, har bir qarich yer ham g‘animat. Viloyatimizning har bir hududi o‘ziga xos xususiyatga ega va karantin paytidagi tashkiliy chora-tadbirlar yagona tizim asosida emas, balki hudud xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirildi. Pandemiya ko‘p mamlakatlar ijtimoiy himoya tizimi uchun juda qiyin davr bo‘ldi. Ish va tirikchilik vositalaridan mahrum bo‘lgan davrda ko‘plab odamlarning ijtimoiy yordam va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji oshdi.
ahon miqyosida, shu jumladan O‘zbekistonda ham qat’iy karantin choralarining kiritilishi, eng avvalo, iqtisodiy faollikning va aholi daromadlarining pasayishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, joriy yilning ikkinchi choragida iqtisodiy vaziyat dunyoning barcha mamlakatlarida keskin yomonlashdi. Rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning pasayishi 10-20 foizni, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 7-15 foizni tashkil etdi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlariga faol kirib borayotgan O‘zbekiston iqtisodiyoti ham global iqtisodiy muammolardan zarar ko‘rmoqda. Inqirozga qarshi ko‘rilgan qat’iy va amaliy chora-tadbirlar evaziga 6 oy yakunlari bilan O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 0,2 foizga o‘sdi. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan shaxslar ish joylarini vaqtincha yo‘qotdilar, xorijdan 200 mingdan ortiq vatandoshlarimizning olib kelinishi ishsizlar sonini ko‘paytirdi. Bunday murakkab sharoitda aholini, ayniqsa uning ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash masalasi davlatning birinchi darajali e’tiborida turibdi.
Shu maqsadda, bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi. Farmonga binoan: Birinchidan, pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”ga) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam puli beriladi. Ikkinchidan, muqaddas Qurbon hayiti bayrami arafasida xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini namoyon etadigan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish an’anasini davom ettirgan holda joylardagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari orqali 220-250 ming oilaga respublika byudjetidan jami 200 milliard so‘m ajratiladi. Buning natijasida 1 milliondan ortiq aholi naqd pul, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon bilan ta’minlanadi Shuningdek, ushbu ulug‘ ayyom kunlari “Vaqf” xayriya jamoat fondini qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublika byudjetidan 150 milliard so‘m ajratiladi hamda ushbu mablag‘ xayru saxovat, muruvvat borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish hamda jamiyatimizda tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib etib kelayotgan diniy sohada xizmat qilayotgan vakillarni moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi Uchinchidan, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda faol ishtirok etib, hayotini xavf ostiga qo‘yib jonbozlik ko‘rsatayotgan tez tibbiy yordam brigadalarining shifokorlari, hamshiralari, kichik tibbiy xodimlari va haydovchilarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi. Buning evaziga 26 ming oilaning moddiy ahvoli yaxshilanadi. Yuqoridagi choralar hisobiga 652 ming oilaga yoki O‘zbekistondagi jami oilalarning 7,7 foiziga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, qabul qilingan Farmonda pandemiya davrida ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonini keskin oshirish ko‘zda tutilmoqda. Jumladan: bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalar sonini har oyda 14-15 mingtaga oshirib, dekabr oyida 400 mingtagacha yetkaziladi yoki yil boshiga nisbatan qariyb 1,5 barobarga ko‘paytiriladi; 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand oilalarga to‘lanadigan nafaqa oluvchi oilalar sonini yil boshiga nisbatan 2,5 barobardan ortiqqa oshirib, ularning soni dekabr oyida 700 minggacha yetkaziladi; kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordamni oluvchilar soni yil boshiga nisbatan 1,5 barobarga oshirilib, 100 mingtaga yetkaziladi.Umuman olganda, ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umumiy soni 600 mingga ko‘payib, joriy yilning dekabr oyida 1,2 millionga (mamlakatdagi jami oilalarning qariyb 14,1 foizi) yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda va bunga byudjetdan qo‘shimcha 426 milliard so‘m ajratiladi. O‘zbekistonda kambag‘al oilalarning umumiy soni respublikadagi jami oilalarning 12-15 foizini tashkil etishini inobatga olsak, ijtimoiy nafaqa mexanizmi bilan yil oxiriga borib mamlakatdagi barcha kambag‘al oilalarning har bir qatlami to‘liq qamrab olinadi. Buning ustiga yuqorida aytib o‘tilgan bir martalik moddiy yordam oluvchi oilalar sonini qo‘shsak, davlatdan moliyaviy ko‘mak oladigan oilalarning soni sezilarli darajada ko‘payadi. Farmonda shuningdek keksa yoshdagi hamda nogironligi bor shaxslarni moddiy qo‘llab quvvatlash maqsadida 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu esa, joriy yil yanvar-iyul oylaridagi inflyatsiya ko‘rsatkichlaridan (4,3 foiz) yuqoridir. Bu 2,8 million keksa yoshdagi fuqarolarni, 687 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni, 210 mingdan ortiq boquvchisini yo‘qotgan shaxslarni pandemiya davrida moddiy qo‘llab quvvatlash imkonini beradi. Bunda, o‘rtacha pensiya miqdori 764 ming so‘mdan 841 ming so‘mgacha oshadi. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori amaldagi 466 680 so‘mdan 513 350 so‘mgacha ko‘payadi. Shuningdek, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga (7 yil) ega bo‘lmagan, hayoti davomida Pensiya jamg‘armasiga umuman badal to‘lamagan 37,5 ming nafar keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 315 030 so‘mgacha oshiriladi. Bundan tashqari, ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari ijtimoiy masofani saqlash va infeksiya tarqalishini oldini oluvchi qo‘shimcha ehtiyot choralari qo‘llanilayotgan sharoitda o‘zgarishlarga uchradi. O‘zbekistonda kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj odamlarga keng ko‘lamli bir martalik ijtimoiy yordam mart oyida tashkil etilgan Inqirozga qarshi jamg‘armasidan ko‘rsatilmoqda. Uning ijtimoiy sohaga qaratilgan xarajatlari 11 avgust holatiga 2,56 trln so‘mni tashkil etdi, shundan 489 mlrd so‘m mablag‘ ijtimoiy nafaqa to‘lovlariga sarflandi. O‘zbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish uchun ehtiyojmandlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan «temir daftar» ro‘yxati joriy qilindi. Ro‘yxat mahalla qo‘mitalari raislari tomonidan sektor rahbarlari bilan birgalikda shakllantiriladi. Mas’ul shaxslar ma’lumotni «temir daftar»ga elektron shaklda sakhovat.argos.uz saytida elektron imzo kaliti yordamida kiritdilar.

Xulosa
Inqiroz davom etayotgan davrida milliy iqtisodiyotning birinchi galdagi vazifalari bozor ishonchini tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta munosabatlari ta’sir hududini qisqartirish va raqobatchilikni rivojlantirishdan iborat. Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yo‘lidan innovatsion yo‘nalishga o‘tkazish samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va biznes o‘rtasidagi aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilanadi. Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion sarflarni tejash chora - tadbirlari tavsiya etilgan. Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan kreditlarini so‘ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom ashyo sig‘imini pasaytirishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni amalga oshirish, mahsulotlar va xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qo‘shimcha qiymat sig‘imini oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‘z – o‘zining bandligini ta’minlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda. Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz ta’siridan chiqgan inqirozgacha bo‘lgan holatni tiklab barqaror rivojlanish trayektoriyasiga o‘tishiga xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar o‘rtasidagi inqirozdan keyingi rivojlanish ssenariyalari munozarali bo‘lib turibdi. Ayrim olim va mutaxassislar kelgusida iqtisodiyotlarning rivojlanishi to‘g‘risida lotincha L- shaklida ( L- shape), U- shaklida ( U –shape) yoki V –shaklida (V-shape) bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Ushbu harflarning ko‘rinishi yalpi taklif egri chizig‘ining shaklini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda milliy iqtisodiyotlar va jahon iqtisodiyoti oldingi shakliga kirib rivojlanish bosqichiga o‘tadi deganidir.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning o‘sish sur’ati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga ko‘tariladi. Jahon iqtisodiyoti va rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya) iqtisodiyotlari iqtisodiyotining U – shaklda rivojlanadi, Boshqacha qilib aytganda bu iqtisodiyotlarga tiklanishi va rivojlanishi uchun ko‘proq vaqt (bir va bir yarim yil) talab etiladi. Respublikamiz uchun koronavirus pandemiyasi ta’siridagi iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplash uchun bizningcha bu yil 5 yoki 6 oy talab etiladi va joriy yilda iqtisodiy o‘sish pasayib 1,2 – 1,4 foiz atrofida bo‘lishi va keyingi yili esa qabul qilingan Inqirozga qarshi chora tadbirlarning mahsuli sifatida o‘sish sur’ati 7,0 atrofida va undan yuqori bo‘ladi. Vaziyatning keskin o‘zgaruvchan bo‘lishini inobatga olib bugungi kunda kutilayotgan makroiqtisodiy vaziyat bo‘yicha nisbatan aniq prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish murakkab bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonning "Bir makon-bir yo‘l" davlatlari bilan hamkorligi ulkan va hali to‘la amalga oshirilmagan salohiyatga ega ekanligini ahamiyatga olish darkor. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan transport, innovatsiya va ta’lim sohalaridagi aniq tashabbuslar O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini yangi darajaga ko‘tara oladi va "Bir makon-bir yo‘l" doirasida barqaror iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga to‘siq bo‘lib turgan eng dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha hamkorlikka yo‘naltiradi. O‘zbekiston “Bir makon-bir yo‘l” loyihasini, transport, savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalaridagi tashabbuslarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Hamkorlik doirasida Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. "Bir makon-bir yo‘l"ga a’zo mamlakatlar bilan sayyohlik sohasida faol hamkorlik O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlarni ochadi. “Bir makon-bir yo‘l”ning 60 mamlakati eng yirik tashqi turist “yetkazib beruvchilar”dir. Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi sayyohlar tomonidan sarflangan pullarning 20 foizidan ko‘prog‘i Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi. Ular 2017 yilda turizmga 250,6 milliard dollar sarflagan. Ekspertlarning qayd etishicha, 2021 yilga kelib jahondagi Xitoy sayyohlarining soni 200 millionga, ularning xarajatlari 429 milliard dollarga yetadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda nafaqat insoniyat hayotiga, balki ayrim davlatlar va umuman dunyo iqtisodiyotiga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Investorlarning vahima sababli aksiyalarini sotib yuborishi oqibatida dunyo bo‘ylab yetakchi bo‘lgan birjalarda yuzaga kelgan inqirozni ekspertlar oxirgi 10 yillikda kuzatilmagan, deb baholashmoqda. Mazkur vaziyat oddiy “informatsion panika” emas, balki jahon iqtisodiyotiga jiddiy tahdid ekanini dunyodagi yetakchi moliyaviy institutlar, xalqaro tashkilotlar va ayrim davlatlar amalga oshirayotgan harakatlardan ham kuzatish mumkin. Jumladan, AQSh Federal Rezerv Tizimi iqtisodiy faollikni barqaror holatda ushlab turish maqsadida, bazaviy foiz stavkasini 0,5 foiz punktga tushirdi. Mazkur qaror 2008 yilgi inqiroz davridan beri birinchi marta bo‘layotgani ahamiyatga molikdir. AQSh moliya vazirligi huzurida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) 2020 yildagi jahon iqtisodiy o‘sish sur’atlari prognozini 0,5%ga kamaytirdi. IHRT, savdo urushlari va siyosiy tanglik tufayli o‘zi shundoq ham “jar yoqasida”gi dunyo iqtisodiyotining hozirgi kundagi ta’minot zanjirining uzilishi, resurslarga bo‘lgan talabning sustlashishi, turizmdagi pasayish tendensiyasi va kasallik sababli iste’molchilar ishonchining kamayishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. IHRT hisobotiga ko‘ra, eng yomon ssenariy (Downside scenario) bo‘yicha, ya’ni pandemiya ko‘lamining dunyo bo‘ylab kengayishi, pandemiyaga qarshi qo‘llaniladigan choralar va vahima sababli, ishlab chiqarishga jiddiy zarar keltirishi va oqibatda iqtisodiy retsessiyani olib kelishi, global iqtisodiy o‘sish 1,5% gacha pasayishi prognoz qilingan. O‘z navbatida, bu holatning ta’siri mamlakatlar uchun judayam kuchli va davomli bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. O‘zbekistonda mazkur vaziyat yuzasidan bo‘lgan qisqa muddatli muhim choralarni ko‘rish ehtiyojini tug‘dirmoqda.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish