Kurs ishining predmeti: Oʼzbekiston Respublikasida pandimiya sharoitida iqtisodnitashkil etishoperatsiyalarini tashkil etishni strategik rejalashtirish jarayonlari va bu jarayonlarda mavjud hamda shakllanishi mumkin boʼlgan qonuniyatlar oʼrganiladi
Kurs ishining tuzulishi va tarkibi: Kurs ishi tarkibida kirish asosiy qisida 4ta reja xulosa va foydalanilga adabiyotlar ro’yxatidan iborat mavzuni boyitishda 7ta rasm 1ta jadval va statistic malumotlar o’rin olgan bo’lib kurs ishining umumiy hajmi 48betdan iborat
Covid-19 vujudga kelishi va O’zbekiston Respublikasida ilk karantin holatlari:
COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi.Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi. Koronavirus kelib chiqishini tekshirayotgan mutaxassislari xastalikning laboratoriyadan chiqqani haqidagi taxminni rad etdi. Tadqiqot jarayoni uchun asos boʻlib xizmat qilgan maʼlumotlar esa xitoylik hamda xorijlik olimlarning birgalikdagi izlanishlari natijasida toʻplangan. Yakuniy xulosalar eʼlon qilinishining kechikishiga esa ekspertlar oʻrtasidagi taxminiy kelishmovchiliklar sabab emasligi qayd etilgan. 4-yanvar 2022-yilga qadar virusni 192 dan oshiq mamlakat va hududda yashovchi 292 milliondan oshiq odam yuqtirdi; 5 450 000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok boʻldi, 228 milliondan oshiq odam esa tuzaldi. Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.
1-rasm Covi-19
Virus grippga oʻxshash tarzda yoʻtalganda hamda aksa berganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadi. Virus bemorda kasallik alomatlari yuzaga kelganda eng yuqumli boʻlsa-da, kasallik belgilari paydo boʻlishidan oldin ham boshqalarga yuqishi mumkin. Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir. Kasallik bemorda pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat. Kasallik tarqalishi oldini olish uchun qoʻllarni yuvish, yoʻtalganda ogʻizni toʻsish, boshqalardan (ayniqsa, oʻzini yaxshi his qilmayotganlardan) uzoqroq masofada boʻlish tavsiya qilinadi. Virusni yuqtirganini taxmin qilayotgan shaxslarga 14 kun davomida oʻzlarini izolyatsiya qilish tavsiya qilinadi. Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin, komendantlik soati, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda muassasalarni yopish kabi choralar koʻrildi. Xususan, virus tarqala boshlagan Xubey provinsiyasi karantinga olindi, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat boʻylab karantin joriy qilindi, Xitoy va Janubiy Koreyada komendantlik soati joriy qilindi, turli mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki sayyohlarga qarshi cheklovlar joriy qilindi, aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yoʻlga qoʻyildi, virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar eʼlon qilindi. Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga taʼsir koʻrsatdi.1 Oʻzbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd etildi.
2-rasm O’zbekistonda karantin Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi, sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi, dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi. Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi, turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatildi. 15 mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga bag‘ishlagan matbuot anjumani o‘tkazildi. Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda quyidagi choralar belgilandi: Barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan, Navro‘z bayrami doirasidagi umumxalq sayllari bekor qilindi. 16 mart kunidan e’tiboran jahonning barcha mamlakatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi. SHu bilan birgalikda, temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashishga uch kun davomida ruxsat beriladi. Bu qaror ayni vaqtda Rossiya va boshqa davlatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston poezdlarining qaytib kelishi bilan bog‘liq.
3-rasm Chegaralar yopildi O‘z navbatida xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi, O‘zbekistondagi xorijliklar uchun ham o‘z vatanlariga qaytishlariga ruxsat beriladi. O‘zbekiston xorijda qolib ketgan fuqarolarini charter reyslar orqali evakuatsiya qilishi mumkin.Xorijdan olib kelinadigan fuqarolar Toshkent viloyatidagi sanatoriylarda karantinga joylashtiriladi.16 martdan O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha ma’lumot beruvchi maxsus koll-markaz ishga tushadi. Tibbiy niqoblar eksporti to‘xtatiladi va barcha mahsulotlar ichki bozorga yo‘naltiriladi. 16 martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida karantinga yopiladi. Toshkentdan viloyatlarga qo‘shimcha reyslar qo‘yilmoqda - samolyot va temir yo‘l chiptalari uchun talabalarga 50 foizlik chegirmalar joriy etilgan.
4-rasm Covid-19 ning mahallaga tasiri Hukumat rahbari karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Karantin davrida osoyishtalikni ta’minlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi oziq-ovqat va birlamchi iste’mol mahsulotlari narxlarini qat’iy nazoratga oldi.
Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasi Oʻzbekistonda ilk bor 15-mart 2020-yilda tasdiqlangandan soʻng tarqalishni boshladi. Ushbu ilk holat Fransiyadan qaytayotgan Oʻzbekiston fuqarosida aniqlandi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligida jabrlanuvchi bilan aloqada boʻlgan va ularning karantini rejalashtirilgan odamlar roʻyxati mavjud. Ushbu holatlar eʼlon qilingach, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev Qozogʻistonda favqulodda holat eʼlon qildi va zudlik bilan Oʻzbekiston bilan chegarani yopdi. Koronavirusning birinchi holatidan ikki kun oldin, Oʻzbekiston Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga parvozlarni toʻxtatdi. 22-mart 2020-yilda Oʻzbekiston Toshkentdagi kompaniyalarga masofadan turib ishlashni, shuningdek himoya niqoblarini majburiy taqib yurishni buyurdi. 27-mart 2020-yilda mamlakatda birinchi oʻlim 72 yoshli ayol boʻlganligi haqida xabar berildi. 2022-yil 4-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda tasdiqlangan holatlar 198 769 tani, tuzalganlar 195 840 kishini hamda vafot etganlar 1 485 kishini tashkil etmoqda.Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektorda davlat rahbari bosh vazir viloyat hokimlari bilan birga uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha hududiy shtablar faoliyatini kuchaytirishi boʻyicha maxsus topshiriq berdi. Oʻzbekistonning vaksina zaxirasi iyun holatiga koʻra 7,4 million dozaga yetgan. Shundan 3,5 million dozadan ortigʻi vaksinasiya jarayonlarida qoʻllanilgan. Oʻzbekistonda 2021-yil 1-apreldan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga start berildi. Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosining maʼlumotiga koʻra Oʻzbekistonda 3000 dan ortiq emlash markazlari va 800 ta mobil guruhlar tashkil etilgan. Biroq, bunga qaramay emlash darajasi past. Bu holatda Nurmat Otabekov majburiy emlash gʻoyasi bilan chiqqan va bu toʻgʻri boʻlib, bu borada Rossiya tajribasini oʻrganishni taklif qilgan. 2015-yil 15-martda tasdiqlangan „Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi“ sanitariya qoidalari va normalaridagi epidemiologik koʻrsatma asosida emlash jadvaliga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tartibi yuzasidan qoʻshimcha kiritilgan. Unga asosan:
2021-yil 1-sentabrgacha 18 yoshdan katta boʻlgan quyidagi toifa yoki guruhdagi aholi qatlami koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinalari;
1-oktabrgacha 2-doza vaksinalari;2
1-noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlgan hollar bundan mustasno) shartligi belgilandi3.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdin Ismoilov fuqarolarni majburiy tarzda emlashga salbiy baho bergan va majburiy emlash mavjud qonunlarga zid ekanini aytgan.Shpris taʼminoti, xavfsiz qutilar taʼminoti va boshqalar uchun respublikada 6 milliard soʻmdan ziyod mablagʻlar ajratilgan va xaridlar amalga oshirilyapti. 10 mingdan ortiq vaksinatorlar, patronaj hamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlar ishtirokida vaksinasiyaga tayyorgarlik koʻrilyapti. Koronavirusga qarshi vaksina olgan aholiga emlanganlik toʻgʻrisida sertifikat beriladi. 2021-yilning iyul oyi holatiga koʻra Oʻzbekistonda 1 023 425 kishi COVID-19’ga qarshi emlangan. Tibbiyot ekspertlari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini Oʻzbekistondagi eng samarali vaksina deb topdila.Buyuk Britaniyada 2021-yil mart oyidan koʻngillilar orasida SARS-CoV-2 koronavirusining organizmga ta’sirini oʻrganish dasturi — «Human Challenge Program» doirasidagi tibbiy tadqiqotlar boshlandi. Hukumat ushbu tadqiqot koʻngillilarga SARS-CoV-2 koronavirusi ataylab yuqtirilgan dunyodagi birinchi izlanish ekanligini ta’kidlagan. Uning maqsadi COVID-19’ga qarshi vaksinalar va ushbu kasallikni davolash usullarini takomillashtirish hamda rivojlantirishni oʻz ichiga oladi. Birinchi koʻngillilar guruhi bilan koronavirus xususiyatlarini oʻrganayotgan Londonning «Royal Free Hospital» kasalxonasi mutaxassislari ish olib borgan. Tadqiqot ishtirokchilariga koronavirus xavfsiz hamda doimiy nazorat ostida boʻladigan muhitda yuqtirildi. Ishtirokchilar shifokorlar va mutaxassislarning uzluksiz kuzatuviga olingan. Izlanish davomida inson immunitet tizimining Sars-CoV-2 virusiga qanday javob qaytarishini va virus yuqtirilgan bemor uning zarralarini qanday atrofga tarqatishini aniqlash koʻzlangan. Sogʻlom koʻngillilar orasida bu kabi tadqiqot gripp va bezgakka qarshi vaksinalarni ishlab chiqishda ham oʻtkazilgan. Ammo ushbu tadqiqotdan farqli tomoni shundaki, ushbu sinovlarning ishtirokchilari dastlab tegishli vaksina bilan emlangan.
1-jadval