Covid-19 davrida iqtisodiyot / covid-19 davrida iqtisodiyot


Biz 'xohlagan' retsessiya



Download 99,5 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2021
Hajmi99,5 Kb.
#72001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 (Full by Nadira)

Biz 'xohlagan' retsessiya

Qora retsessiya keyinchalik paydo bo'lishi mumkin. Kasallikning boshlanishida biz darhol retsessiyani keltirib chiqaradigan siyosat olib boramiz. Bu biz istamagan falokat oqibatlarini oldini olish uchun amalga oshiriladigan retsessiya. Ammo bu xarajatsiz bo'ladi degani emas. Obamaning sobiq iqtisodiy maslahatchisi Ostan Golsbi aytganidek, bu biz "abadiy zarar" ning oldini olishni istagan ''hozirgi muammo''.

Kichik bizneslar ikkalasi ham: hozirgi kun va kelajak haqida tashvishlanmoqda. Ko'pgina davlatlar pandemiya tufayli ijtimoiy uzoqlashishni talab qilmoqdalar va bu shuni anglatadiki, bu korxonalar to'satdan o'zlarining mijozlari va ular bilan birga amalga oshiriladigan to'lovlar ham kamayadi va yo'qoladi. Yagona yo'qolmagan narsa esa ko'plab to'lov cheklari bo'ladi xolos. Ishonch hosil qilish maqsadida aytish mumkinki, agar siz restoran egasi bo'lsangiz, oziq-ovqat xaridlarini qayta ko'rib chiqishingiz va pasaytirishingiz hamda hodimlar sonini kamaytirishingiz mumkin. Ikkala holatda ham, ta'minot zanjirining uzilishi kuzatilmoqda, bu ko'pgina iqtisodiyot siyosatchilarini darhol tashvishga solgan masaladir. Lekin mana shu kichik biznes egalari amalga oshira olmaydigan ish-harakatlar - bu ijara to'lovini osongina to'lashni to'xtatish, qarzlar, kommunal xizmatlar va mijozlar soniga qarab unchalik (yoki umuman) o'zgarmaydigan boshqa to'lovlarni to'lamaslikdir.

Agar biznes o'z mijozlarini yo'qotib qo'ysa, odatda bu vaqtda quyidagi holat ro'y beradi. Biznes egalari xarajatlarni qoplaydilar, lekin shu hol davom etsa, ular boshqa narsalar uchun pul to'lashga qurblari yetmay qoladi va shu zaylda ular biznesni tark etadilar. Bu tanazzulning bir qismi va iqtisodiyot oqimi hamda korxonalar o'z mijozlarining kelishini ta'minlash maqsadida qattiq mashaqqat qilishlari uchun sababdir. Boshqa tomondan, to'lanmagan cheklar uchun biroz sabrsizlik mavjud, chunki ta'minlovchi - uy egasi yoki bank - boshqarishi kerak bo'lgan o'z biznesilariga ega. Mana shuning uchun biz iqtisodiy faoliyatni 1 yil davomida odamlar o'rtasida amalga oshiriladigan to'lovlar hajmiga qarab o'lchaymiz (YaIM va uning turlarini o'lchaganimiz kabi). Biz bir-birimizga qancha ko'p pul to'lasak, shunchalik ko'p boyiymiz, aks holda esa kambag'allashamiz.

Bu safar vaziyat haqiqatan ham boshqacha. Biz aniq bilamiz, nima uchun korxonalar o'z mijozlari yo'qolib borayotganini kuzatayotganligini aniq bilamiz - pandemiyaga qarshi ijtimoiy izolyatsiya bilan javob qaytarish, majburan amalga oshirilganmi yoki boshqa yo'l bilan, odamlar iqtisodiy faoliyat yuritish yo'li bilan ham yig'ilmasligini ta'minlashni vaziyat taqozo etmoqda. Bundan tashqari, biz bilamizki, bu holat yakuniga yetishi bilan odamlar darhol iqtisodiy faoliyatlariga qaytishlarini xohlaymiz. Boshqacha qilib aytganda, normal retsessiyada biz odatdagidek biznesga qaytishni xohlamaymiz, chunki bu muammoni keltirib chiqargan bo'lishi mumkin. Pandemiyada esa xohlaymiz.

Bu juda qiyin vazifa bo'lib tuyulishi mumkin, ammo biz doimo retsessiyaga ega bo'lishni tanlash bilan o'zimizga taskin berishimiz kerak va bu natija beradi. Bu ajablanarli bayonot kabi ko'rinishi mumkin, ammo ko'p mamlakatlarda 25 dekabr kuni nima sodir bo'lishini bir o'ylab ko'ring. O'sha kuni iqtisodiy faollik Buyuk Depressiyani piknikka o'xshatadigan darajada pasayadi. (On that day, economic activity declines at levels that would make the Great Depression seem like a picnic.) Xitoy taomini chin dildan xohlaydigan ba'zi bir odamlardan tashqari, bu katta iqtisodiy xarajatlarga ega bo'lmaydi. Siz o'sha kuni ishlashni xohlaysiz yoki biror narsa sotib olishni xohlashingiz mumkin, ammo boshqalar ushbu bitimning boshqa tomonidan foydalanishlarini deyarli kuzatmaysiz. Shunday qilib, to'lovlar to'xtaydi va u bilan birga iqtisodiy faoliyat ham yakun topadi.

Agar biz har oyda yoki har chorakda emas, balki YaIM o'zgarishini har kuni o'lchasak, bu bizning iqtisodiy ongimizda yaqqol namoyon bo'ladi. Biz "hafta oxiri" deb nomlaydigan vaqtda sodir bo'ladigan haftalik retsessiya uchun ham bu vaziyat to'g'ri keladi. Aniqrog’i, biz hech kim shanba yoki yakshanba kunlari (yoki ba'zi joylarda juma kunlari) pul o'tkazmayotganligiga ko'nika boshlaymiz va qanchalik qattiq xohlamang, hatto iqtisodiy faoliyatning ayrim shakllari bilan shug'ullana olmaysiz. Bu davomiy retsessiya va biz hammaga tanaffus berishni xohlayotgan barqarorlik. Shu sababli, tanazzulga olib keladigan pandemiya keltirib chiqargan ijtimoiy uzoqlashish ozroq milliy bayram ta'tiliga ham o'xshaydi. Biz iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanmaslikka kelishib oldik, maqsadimiz esa bunday odatiy faoliyatimiz tanazzulga yuz tutganda o’zimizni yo’qotmaslik.

Bu yerda bizning potensial xatoyimiz yotadi - bu retsessiyaga odatdagi retsessiya kabi munosabatda bo'lish, aslida esa vaziyat bunday bo'lmagan holda. Ishonch hosil qilish uchun, odamlar maosh olishmayapti va resurslardan foydalanilmayapti. Ammo bu normal holat emas, balki retsessiyani keltirib chiqaradigan omildir. Agar iqtisodiy faoliyatni o'lchashning odatiy usullari bizga normal retsessiyada yuz bergani kabi yomon signallarni yuboradi, degan xavotirga duch kelsak, demak bizda muammo yuzaga kelgan.

Bunday bo'lmasligi kerak. Buning o'rniga, biz dam olish va ta'tilda nima qilayotgan bo'lsak, shuni bajarishimiz kerak. Biz vaqtni to'xtatiahimiz kerak.

Pauza

"Vaqtni to'xtatish" bu men Skott Ellisonga bog'lab bera oladigan sevimli iboradir. U ushbu taklif bilan Majinal Revolutsiya blogida mamoyon bo'lgan edi:

“Vaqtni biroz muddatga to'xtatishni taklif qilaman. Bu shuni anglatadiki, bugungi sana, 2020 yil 17 mart, seshanba, keyingi ogohlantirishgacha joriy sana bo'lib qoladi. Ya'ni, o'z vaqtida sodir bo'ladigan barcha narsalar (masalan, ipoteka muddati, ish haqi, sayohat rezervatsionlari, fond birjasi savdosi, pudratchi (contractor gigs), konsertlar, sport musobaqalari) to’xtatiladi. Bu yana shuni anglatadiki, ushbu tadbirlarning barchasi qaydlarda davom etadi va vaqt qayta tiklanishi bilan rejalashtirilgan tarzda davom etadi.

Uning ta'kidlashicha, ko'pchilik buni har kuzda, bir soat vaqtni to’xtatadilar va ular o'zlarini ko'proq dam olishga arziydigandek tutadilar. Muammo shundaki, iqtisodiyotning ko'p qismi haqiqatan ham zaruriy va davomiy chora-tadbirlarni talab qiladi - oldingisiga qaraganda ancha jadalroq - bu shunchaki vaqtni biroz to'xtatish hiylasi ish bermasligini anglatadi.

Garchi shunday bo'lsa ham bu prinsip foydali. Agar boshqacha yo'l tutilmasa, muammolarga duch kelgan biznes yopilishiga to'g'ri keladi. Biznesni to'xtatish esa juda qimmatga tushadi, chunki uni qayta boshlasho’ta mashaqqatli. Bizning to’qima restoran egasi yangi joy topishi, yangi sarmoyaga ega bo'lishi, odamlarni yollashdan oldin va ochishdan oldin yangi sarmoyalar kiritishi kerak edi. Bu xuddi diskni chiqarish tugmachasini bosish va CD-ni pleerdan chiqarib olish kabidir. Buning o'rniga (va siz bu yerda qiynoqqa solingan metaforani taxmin qilishingiz mumkin) (and you can anticipate a tortured metaphor here) restoran egasi qilmoqchi bo'lgan narsa pauza tugmasini bosish bo’lishi kerak. Ular o'z bizneslarining qayerda to'xtagan bo'lsa o'sha yerda qolishini hamda ish jarayonini biroz muddatga to'xtatib turishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
Aniq yechimlardan biri xususiy sektorlar buni o'zlari uchun qila oladigan darajada bo'lishlaridir. Albatta, bizning restoran egasining ijarachisi ularni ijaraga to'lashga qodir bo'lmagani uchun chiqarib yuborishlari mumkin edi. Ammo ijarachi ham buni qila olmas edi. Ular restorandagi biznes qaltis vaziyatning o'rtasiga to'g'ri kelganligi anglab yetishlari uchun - chunki bu aniq va ravshan edi - ijara to'lovlarini to'xtatib qo'yishga rozi bo'lishlari begumon. Aslida, ular ushbu tanlovdan texnik jihatdan olganda yutqizmaydilar, chunki: (a) shu vaqt ichida boshqa ijarachilarni topishi dargumon va (b) ular bundan tashqari boshqa ijarachini izlashga to'g'ri kelmaydi.

Agar lendlord bunday qarorlarni qabul qilishga qodir bo'lsa, bu juda yaxshi va hammasi joyida. Biroq, ko'plab lendlordlar ortida ularga ipoteka kreditini bergan banklar turibdi. Banklar mulk egalariga qarz berishadi va pauzada aynan kim qatnashayotganini aniqlash uchun kurash olib borishadi. Shunday qilib, ular uy egalaridan pul undirishga qaror qilishlari mumkin. Agar biz nima sodir bo’layotganini aniq ko'ra olganimizda, ehtimol pauzani yordamsiz muvofiqlashtirishimiz mumkin bo’lar edi. Biroq, bu holat xavf-xatarli bo’lganligi sababli pauza tugmachasini zudlik bilan bosish kerak, va hukumatlar, xuddi kunduzgi vaqtni (just like they do with daylight savings time) qilgani kabi, bunday ishlarni muvofiqlashtirishga yordam berishi mumkin.

Bu kichik korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan ijara yoki ipoteka to'lovlari uchun xos emas. Belgilangan xarajatlarni o'z ichiga olgan xizmatlar bu to’lovlardan tashqarida ko’payadi. Bostondagi mashhur tezkor ovqatlanish (fast fud) tarmog'i, Clover Food Labs, 2020 yil mart oyida texnologik kompaniyalar (tech companies) uch oy davomida to'lovlarni talab qilmaslik to'g'risida iltimosnoma bilan chiqdi. Uning asoschisi, Ayr Muir, quyidagicha yozgan:

Men, Clover, o’z faoliyatini olib borishi uchun kerak bo’lgan xizmatlarning ko’pligidan umumiy hisob-kitobini o’ylab soatlab va soatlab azob chekaman . Hammasi bir xil. (1) biz qayta ochilishimiz bilanoq, bu xizmatlardan qayta foydalanmoqchimiz, (2) biz barcha ma'lumotlarni yo'qotishni va hammasini qaytadan o'rnatishni xohlamaymiz, (3) bizda kirim daromadi yo’q bo’lgan bir paytda, TO’LAY OLMAYMIZ!!!

Ayrim kompaniyalar Ayrning iltimosnomasiga javob qaytarishdi, ammo ko'pchilik buni qabul qilmadi. Qo’shimcha daromadi (high margins) juda yuqori bo'lgan kompaniyalar uchun pauza biznesni o'z xizmatlaridan voz kechish va xarajatlarni - o'z vaqtida va boshqa yo'l bilan - to'lashga majbur qilish bilan solishtirganda mantiqiy javob harakati bo'ladi. Big Tech kompaniyalari va ijarachilar o’rtasidagi farq shundaki, pauza qilishda ular uchun hech qanday xarajatlarga duch kelmaslik ehtimoli katta.

Ushbu mulohazalarning barchasi kichik bizneslarni hisobga olmagan holda qo'llaniladi. Ba'zi bir ishchilar borki, ular ishsiz bo'lib qolsa, uy xo'jaligiga ketadigan xarajatlarni to'lay olmaslik oqibatlariga duch keladilar. Shunday qilib, biz ularga uzoq vaqt ishlamay turib, maosh to’lay olmaymiz, ammo pauza tushunchasi ularga ijara, ipoteka, qarz va kommunal to'lovlar bo'yicha ham bir xil darajada qo'llaniladi.




Download 99,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish