Qora Retsessiya
Iqtisodiy faollik odatda ayirboshlash bilan o'lchanadi, ya'ni odamlar xizmatlar va narsalar uchun pul to'laydilar va bir kishining xaridlari boshqasining haqiga aylanadi. Buni qanchalik ko'p qilsak, daromadimiz shuncha yuqori bo'ladi. Retsessiya - bu iqtisodiy faoliyatning pasayishi. Natijada, biz kam daromadlar va xarajatlarning kamayishi bilan kifoyalanib qolamiz. Xarajatlar bizni xafa qilishdan ko'ra ko'proq xursand qilgan bir vaziyatda, retsessiya natijasida bizning iqtisodiy farovonligimiz zarar ko'radi.
Iqtisodiy faollikning pasayishini bilishning ikkita aniq yo'li mavjud. Birinchidan, biz tovarlarga kamroq pul sarflashga qaror qilishimiz mumkin. Agar biz shunday qilishda davom etsak, unda korxonalar o'z tovarlariga talabning kamayganligiga va sotuvlar pasayganligiga guvoh bo’lishadi, o’z-o’zidan foyda kamayadi va ular tovarlarining hajmini qisqartirishni afzal ko’radilar. Kamroq to'lovlar kamroq odamlar maosh olayotganliklarini anglatadi. Ikkinchidan, odamlar sotib oladigan narsalarni ishlab chiqarish qobiliyatimizga qandaydir dahshatli narsa xavf solishi mumkin. (Second, something terrible can befall our ability to produce things that people will buy). Agar bu sodir bo'lsa, ular bu narsalarga qanchalik muhtoj bo'lishlaridan qat'i nazar, etishmovchiliklar bo'ladi. Agar to'lanadigan odamlar soni kamroq bo'lsa, to'lovlar kamroq bo'ladi. Qora retsessiya - bu ikkinchi turdagi retsessiyadir.
Tabiiy ofatlar qora retsessiyaning aniq sababchilaridan hisoblanadi. Suv toshqini, dovul yoki zilzila mintaqaga zarar yetkazishi mumkin va shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish kapitallari, xususan, binolar va jihozlarni, shuningdek infratuzilmani nobud qlishi ham mumkin. Oxir oqibat, biz kapital va ishchi kuchini ta’minlash orqali mahsulot ishlab chiqaramiz. Tabiiy ofatlar ikkala kuchning mavjudliligini kamaytiradi va ularning mashaqqatiga qarab, ularni tiklash uchun bir necha oy yoki yillar kerak bo'ladi. Agar bu yerda biroz bo'lsa-da umid uchqunlari bo'lsa, biz tozalash va qayta qurish jarayonida odamlarni tezda ish haqi olishlarini ta'minlashimiz mumkin. Bizning milliy hisob-kitoblarimiz nuqtai nazaridan olib qarasak, tabiiy ofat har doim ham YaIM uchun falokat kabi ko'rinmaydi.
Ishlab chiqaruvchi omillardagi ana shunday yo'qotishlar urushlardan keyin yuzaga keladi. Barcha resurslar aynan urush harakatlariga taqsimlanadigan bir paytda urushdan tashqari boshqa bir voqea yuz beradi.Yana bir bor, iqtisodiy faoliyatning kengayishi sodir bo'ladigan vaziyat fojiaga olib keladi. (Once again, a situation where a seeming expansion in economic activity underlies a tragedy.)
Pandemiya tabiiy ofatlarning elementlariga ega, faqat odamlargagina qaratilganlik belgisidan tashqari. Qo'rqinchli tarafi shundaki, aholining katta porsiyasi kasal bo'lib, hattoki ko'p qismi vafot etishi mumkin. Iqtisodiy nuqtai nazardan, bu vaqtinchalik va kartta ehtimol bilan doimiy ravishda bizda mahsulot ishlab chiqarish uchun ishchilar soni kamroq bo'ladi. Biz tanazzulga yuz tutamiz yoki undan ham yomoni, qayta qurish natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy faollikning potensial o’sishiga ega bo’lmaymiz.
O'tmish bu holatga ba'zi yo'l-yo'riqlarni ko'rsatadi. Biz ba'zi iqtisodiy ma'lumotlarni saqlagan paytlarda ro'y bergan yagona global, keng tarqalgan pandemiya bu 1918 yil grippidir. Muammo esa, albatta, bu voqea Birinchi jahon urushiga ulanib ketganligida edi, garchi bu davr urushning tugash jarayoniga aniq to'g'ri kelgan bo'lsa ham, askarlarning uyga qaytish kasallikning global voqeaga aylanishiga olib keldi. Bu esa o'z navbatida nima urush tufayli va aynan nima pandemiya sabali yuzaga kelganligini ajratib olishni qiyinlashtirdi.
Iqtisodchilar Robert Barro, Xose Ursua va Joanna Veng 1918-yil pandemiyasining ta'sirini ko'rib chiqdilar va 2 yil davomida bu dunyoning 2 foiz aholising o'limiga olib kelganligini hisobladilar. Bu holat jahon urushlari va Buyuk depressiya davriga o'xshash falokatlar sinfiga kiritildi, chunki bu yerda keyingi yil davomida jon boshiga real iste'molning 10 foizdan ko'proq kamayishi kuzatildi. Muammo shundaki, pandemiyani urushdan farqlash qiyin edi.
Haqiqatni ochib berish uchun iqtisodchilar Birinchi Jahon urushi o'z territoriyasida ham, undan tashqarida ham turli xil intensiv kurashlarga ega bo'lganligini va pandemiyaning barcha mamlakatlarda tarqalishida bir-biridan farq borligini ta'kidladilar. Ular AQShda 0,5 % o'lim darajasi YaIMning 1,5 foizga (iste'mol uchun 2 foiz) pasayishiga olib keldi, degan xulosaga kelishdi, ammo 1921 yilda, faqat shu yilning o'zida shunga o'xshash pasayish YaIMning 6 foizga kamayishiga olib keldi (7 foizi iste'mol uchun). Boshqacha qilib aytganda, 2008-2009 yillardagi Buyuk Retsessiyaga o'xshash pasayishlar sodir bo'ldi.
Biz bundan ham battar bo'lgan qora retsessiyaga duch kelgan bo'lishimiz mumkinmi? Aytish qiyin. «Yorqin» (on the bright side) tomonda, 1918 yildan farqli o'laroq, jiddiy kasal bo'lganlarning ko'pi mehnat yoshidagilar emas. "Qorong'u" (on the dark side) tomondan esa, biz bir ish joyida yoki mintaqada kasallikning kutilmaganda boshlanishi keng ko'lamli uzilishlarga olib kelishi mumkin bo'lgan murakkab va integratsiyalashgan ta'minot zanjirlariga egamiz. Hayotdagi dahshatli yo'qotishlarni va noaniqlikni mutlaqo inobatga olmaganda ham, qora retsessiya juda ahamiyatlidir va biz qattiq kurashib, oldini olishni xohlagan masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: |