Mutaxassis
Masalalar doirasi
Yarimo’tkazgich materiallarini
ishlab chiqaruvchisi
Integral
mikrosxemalar
uchun
material
(kremniy
qotishmasi, kremniy dioksidi va boshqalar)
Elektron
sxemalar
ishlab
chiquvchisi
HM tugunlarining elektron sxemalari (ishlab chiqish va
tahlil qilish)
Integral mikrosxemalar ishlab
chiquvchisi
O’ta
katta
integral
mikrosxemalar
(elektron
komponentlarning sxemalari, ularni kristalga joylashtirish)
Tizim arxitektori
Hisoblash mashinasining arxitekturasi va tashkil etilishi
(qurilmalar va tugunlar, buyruqlar tizimi va boshqalar)
Tizim dasturchisi
Operatsion tizimlar, kompilyatorlar
Nazariyotchi
Algoritmlar, abstract ma’lumotlar tuzilmalari
1-jadval. Hisoblash mashinalarini ishlab chiqaruvchilari o’rtasida
funksiyalarni taqsimlash
Hisoblash
mashinasi
Chiqarish
a
Kiritish
MP
Shinalar
TX
KChQ
b
BQ
Shinalar
NQB
AMQ
Registrlar
d
Dastur
ketma-ketligi
mantig’i
Shinalar
BQ
registrlari
BQ
xotirasi
Boshqaruvni
yaratish mantig’i
e
1-rasm. Hisoblash
mashinalarni bo’laklash
darajalari: a —«qora quti»
darajasi; b — umumiy
arxitektura darajasi; d —
markaziy protsessorning
arxitektura darajasi; e —
boshqaruv
qurilmasining
arxitektura darajasi
Birinchi darajadagi hisoblash mashinasi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga, xamda tashqi dunyo
bilan ma’lumotlarni almashishga qodir bo’lgan qurilma sifatida qaraladi (1-rasm, a). HM aloqa
tarmog’iga ulanishi mumkin bo’lgan va o’z navbatida periferiya qurilmalarini ulash mumkin bo’lgan
“qora quti” sifatida ifodalandi.
Umumiy arxitektura darajasi (1-rasm, b) HM ni to’rtta tashkil etuvchi shaklida tasvirlashni o’z
ichiga
oladi: markaziy protsessor (MP), asosiy xotira (AX), kiritish/chiqarish qurilmasi (KChQ) va tizim shinasi.
Uchinchi darajada, ikkinchi darajadagi har bir qurilmalar yanada bo’laklangan. Misol uchun markaziy
protsessor olingan (1-rasm, d). Oddiy shaklda uni quyidagicha ajratish mumkin:
- butun sonlarni qayta ishlashni ta’minlaydigan arifmetik mantiqiy qurilma (AMQ);
- quzg’aluvchan nuqtali shakldagi sonlarni qayta ishlash bloki (NQB);
- buyruqlar, ma’lumotlar va adreslarni qisqa muddatli saqlash uchun ishlatiladigan protsessor registrlari;
- HM qurilmalarining birgalikda ishlashini ta’minlaydigan boshqarish qurilmasi (BQ);
- ichki shinalar.
To’rtinchi darajada uchinchi darajadagi elementlar batafsil bayon etilgan.
Shunday qilib, 1-rasmdagi e qismda boshqaruv qurilmasining
tuzilishi ochib
berilgan. BQ to’rtta komponent shaklida taqdim etiladi:
- dastur ketma-ketligining mantig’i – dasturda belgilangan ketma-ketlikdagi
buyruqlarning bajarilishini ta’minlovchi electron sxemalar;
- boshqaruv qurilmasining registrlari va deshifratorlari;
- xotirani boshqarish;
- barcha kerakli boshqarish signallarini hosil qiluvchi
boshqaruvni yaratish
mantig’i.
Hisoblash jarayonini yengillashtirish va ideal tarzda avtomatlashtirishga urinishlar 5000
yildan ortiq tarixga ega. Ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishi bilan hisoblashni
avtomatlashtirish vositalari doimiy ravishda takomillashib bordi. Hisoblash texnikasining
(HT) hozirgi holati ko’p yillik evolyutsiyaning natijasi hisoblanadi.
An’anaviy talqinda hisoblash texnologiyasining evolyutsiyasi HT avlodlarining ketm-ket
o’zgarishi sifatida ifodalanadi. “avlod” atamasi 1964 yilda paydo bo’ldi, IBM firmasi IBM
360 seriyali kompyuterlarini chiqargan va bu seriyani “uchinchi avlod kompyuterlari” deb
nomladi. GOST 15971-90 standarti atamaga quyifagicha ta’rif berdi:
«Hisoblash mashina avlodlari – bu HM ning qurilmalarini ishlab chiqarish texnologiyasidan
foydalanishga, shuningdek funksional xususiyatlar va dasturiy ta’minotning rivojlanish
darajasiga ko’ra birlashtirilgan va hisoblash texnikasi vositalari sanoatining rivojlanishining
ma’lum bir davrini tavsiflovchi HM ni sinflashtirish guruhidir».
Do'stlaringiz bilan baham: