Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
53
chiqaruvchilardan iste'molchilarga yetkazib berish jarayonining bir qismi bo’lib hisoblanadi.
Transport-ekspeditorlik faoliyatini tashkil qilish va boshqarish fanining maqsadi transport-
ekspeditorlik xizmati ko’rsatish bilan bog’liq faoliyatni o’rganishdan iborat. Transport-
ekspeditorlik faoliyatini tashkil qilish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-
Transport-ekspeditorlik kompaniyalarining tuzilishi va funksiyalarini
tahlil etish;
-
Respublikamizda transport-ekspeditorlik xizmatining mavjud holatini o’rganish;
-
xalqaro tashuvlarni rivojlanishida logistikaning tutgan o’rnini baholash;
-
transport-ekspeditorlik kompaniyalarining turlarini o’rganish;
-
transport-ekspeditorlik kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlar
turlari tahlil etish;
-
transport-ekspeditorlik xizmatlariga talablarni aniqlashni marketing tadqiqotlarining
usullari tahlil etish;
-
transport-ekspeditorlik xizmatlari ko’rsatkichlarini tanlash;
-
transport-ekspeditorlik xizmatlariga bo’lgan talablarni aniqlash usullarini ishlab
chiqish;
Ekspeditorlik xizmatlari – bu vositachilik va yordamchi-texnologik xizmatlar
kompleksi bo’lib, shartnoma asosida bu xizmatlarni amalga oshirishni o’z zimmasiga
ekspeditor oladi.
Transport-ekspeditorlik xizmati – yuklarni tashkil qilish va jo’natish jarayoni bilan
bog’liq bo’lgan transport xizmatining turi hamda transport ekspeditsiyasi shartnomasi asosida
yuklarni tashishga taalluqli bo’lgan boshqa ishlar turining bajarilishidir.
Ekspeditorlar o’zlarining transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko’rsatish faoliyatini
litsenziya asosida amalga oshiradilar. Transport-ekspeditorlik faoliyatini
litsenziyalashtirish
tartibi O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadi.
Ekspeditorning bajaradigan funksiyalari:
-ekspeditor o’z mijozini savdo shartnomasini tuzish uchun oldindan uni maslahatchi
sifatida ishtirok etishiga ishontirishi kerak yoki kelishuv ishtirokchilari bilan tanishtirishi
kerak;
- ekspeditor yuk tashish bo’yicha transport- yuk xatini (nakladnoyni) va boshqa xujjatlarni
rasmiylashtiradi;
- ekspeditor yuk jo’natuvchining omborxonasidan temir yo’l stansiyasiga, portga, yuk
avtostansiyasiga yukni yetkazishni tashkil qiladi;
- ekspeditor yuklash va tushirish ishlarini, saqlashni va yukni to’kish ishlarini tashkil etadi;
- ekspeditor yirik partiyadagi tovarlarni navlarga ajratadi va yuklarni konsolidatsiyasi (
ekspeditorning shartnoma bo’yicha o’z zimmasiga olgan ishlarni bajarish) bilan
shug’ullanadi;
- ekspeditor mayda partiyalarni komplektlaydi (yig’adi) va
yukni oluvchiga yetkazishni
tashkil qiladi;
- ekspeditor qadoqlash va markirlash ishlarini , yukni qabul qilish va topshirish, o’rinlar
sonini tekshirish, yukning tarasi va qadoqlashni va mosligini tekshirish ishlarini amalga
oshiradi;
- ekspeditor yuklarni bojxona tozaluviga, fitosanitar nazoratiga va korantin operatsiyalariga
amaliy yordam qiladi;
- ekspeditor kamomat, ortiqchaligi bo’yicha tovarning shikastlanishi bo’yicha tijorat
dalolatnomalarini rasmiylashtiradi;
- ekspeditor to’lovlarni amalga oshirilishiga yordamlashadi va o’zi
yetkazgan yuk uchun
to’lovni amalga oshiradi.
Transport-ekspeditorlik xizmatlari o’z ichiga quyidagilarni olishi mumkin:
- yukni jo’natish joyidan manzilgacha bo’lgan yuk tashish amaliyotini tashkil
qilish;
- mijozning shartiga ko’ra optimal yuk tashish yo’lini tanlash;
Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
54
- yuk jo’natuvchining omboridan (terminalidan) yuklarni qabul qilish, yuk qabul
qiluvchining yoki tashuvchining omboriga yetkazish va topshirish;
- qadoqlash, markirovka qilish, paketlarga solish,
navlash va yuklarni saqlash;
- yuklarni sug’urtalash;
- yukning jo’natilgani, turgan joyi, manzilga yetib kelganligi haqida xabar jo’natish;
- xizmatlar turi haqidagi axborot, boshqa ekspeditorlarning ish tartibi va tariflari va boshqa
operativ axborotlar;
- transport-ekspeditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan savollar bo’yicha maslahatlar;
- bojxona rasmiyatchiligini bajarish;
- yukni tashishni bajarganligi uchun kuzatuvchi bilan bo’lgan hisobni amalga oshirish;
- yuklarni tashish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xizmatlar.
Ekspeditsion xizmatlar deb yuk tashish jarayoni bilan bog’lik bo’lgan operatsiyalar
yoki ishlar tushuniladi. Bu operatsiyalar materiallarni manzilga yetkazishni, omborlash va
saqlashni, qadoqlash va ishlov berish (agregirlash) ni o’z ichiga oladi.
Bunga hisoblash operatsiyalari, ekspeditorlik va hisoblash operatsiyalari maslahatlari,
yuklarni
bojxona deklaratsiyasi, yo’nalishni tanlash, harakat jadvalini ishlab chiqish va
transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish, transport xujjatlarini rasmiylashtirish, yukni
qabul qilish, topshirish, yuklash-tushirish ishlari kiradi.
Keng qamrovli iste‘molchilarning talablari transport-ekspeditorlik xizmatlarining katta
sonli kompaniyalari – ekspeditorlari va bu kompaniyalar ko’rsatadigan asosiy, hamda
qo’shimcha keng xizmatlari hisobiga qondiriladi. Bu bozordagi iste‘molchilarning har xil
talablari yukori darajada qondirilishini ta‘kidlashi mumkin.
Avtomobillarda xalqaro tashish milliy iqtisodiyotimizni
rivojlantirishda asosiy
ishonchli manba bo’lib xizmat qiladi. Xalqaro yuk tashish butun dunyoda yuqori darajadagi
foyda keltiruvchi ishonchli biznes hisoblanib, davlat iqtisodi rivojiga salmoqli hissa qo’shadi.
Yevropa davlatlarida xalqaro tashishlarning 44% avtomobil transporti ulushiga to’g’ri
kelmoqda. Shuningdek, 41% - dengiz transportiga, 8% - temir yo’l transportiga, 4% - ichki
suv transportiga to’g’ri kelmoqda.
AQSH tadqiqotchilarining olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko’ra mahsulot ishab
chiqarilishidan uni iste‘molchigacha yetib borishida transport
xizmati xarajati umumiy
xarajatning (mahsulot tannarxi) 1/3 qismini tashkil etarkan.
Do'stlaringiz bilan baham: