3.2.22.
Muttahid Frontimizning Birinchi Vazifalari (1923)
Nihoyat, Toshkent yoshlari Turkistonning markazida ishlab yurgan mas’ul maorif
xodimlari maorif va madaniyatimiz ustiga kelayotkan zo‘r tahlikani angladilar.
Gazetamizning Yangi yil sonida bosilg‘an «Erlik xalq maorifida muttahid front»*
sarlavhalik xitoblari bilan jaholat va taassub otliq «qora balo»ga qarshi birlashib
qo‘zg‘oldilar.
Toshkand maorif oqsoqollarining bu harakatlari juda vaqtida bo‘ldi. Agar bir oz
keyin bo‘lg‘anda ham kechikib qolmog‘imiz ehtimol edi. Negakim hukumatimizning
kechirmakda bo‘lg‘an pul tangligini (moliya buhroni – finansovыy krizis) hali yengilgani
yo‘qdir. Hukumatimiz bu tanglikdan qutulmoq uchun har nav chora va tadbirlarni
ko‘rmakdadir. Mamlakatning hamma ishini bir daraja oqsotib turg‘an bu tanglikni
yo‘qotmoq uchun pul-moliya ishlarini puxtalab tejash lozim bo‘lsa, bu yo‘lda maorif
ishlariga zarar keltiraturg‘an ba’zi bir choralarni ham ko‘rmakka, qo‘llanmoqqa to‘g‘ri
keladir. Shuning uchun maorif ishlarida biz hukumatga ortiq zo‘r umidlar bilan tayana
olmaymiz. Maorif muassasalarimizning ko‘pini o‘z gardanlariga olg‘an mahalliy
mablag‘larimiz esa ortiq darajada buzuq yo‘lsizdirlar.
Demak, ular bilan ham biz istaganimiz natijaga hali-beri yeta olmaymiz. Shunday
bo‘lg‘andan keyin endi birdan-bir yo‘l bizga «O‘zing uchun o‘l, yetim!» shiori-da
qoladir.
Bizning muttahid frontchilarimiz o‘zlarining ketaturg‘an yo‘llarida shu shiorni
mahkam ushlagan ko‘rinalar; ularning xitoblarida shu haqiqatlar juda ochiq
327
ko‘rsatmishdir. Muttahid frontni uyushtirg‘an markazdagi maorif oqsoqollari front
ochilg‘andan so‘ng qilinaturg‘an ishlarga bir dam ham kechikmasdan yopishmoqlari
lozimdir. Frontni ochishda kechikishdan saqlang‘an bo‘lsalar, uning birinchi vazifalarini
boshlashda ham sira kechika ko‘rmasunlar, bu yo‘ldagi kechikish natija e’tibori bilan
bab-barovardir.
Frontning birinchi vazifalari, bizningcha, o‘lkaga tarqalib ish boshlamoq, milliy
boylig‘imiz bo‘lg‘an vaqflarg‘a yopishmoq bo‘lsa kerak. O‘lkada ishlamak,
mahallalarning haqiqatan o‘lib qolg‘an maorifini go‘rdan tortib chiqarmoq vazifasi sira
kechikdirilishga yaramaydir. Mahallalarda naridan-beri maorif ishlariga aralashib
kelayotqan yoshlarga anglamas miyalar tomonidan qo‘l tekizilmakka boshlag‘ani
to‘g‘risida daraklar kela boshladi. Masalan: Samarqandda maorif ishlarini yaxshi yo‘lga
qo‘yib kelayotqan maorif mudiri Vadud o‘rtoqning ishdan bo‘shatilib, o‘rniga yerlik xalq
maorifi bilan ko‘pda aloqasi bo‘lmag‘on kishilarning qo‘yilg‘onlig‘i to‘g‘risida
«Zarafshon» rafiqimizda bir bosh maqola o‘quduk. Vadud o‘rtoq to‘g‘risidag‘i bu
o‘runsiz harakat Samarqand yoshlari orasida «Mana, aytmadikmi, biz yoshlarg‘a ishlagali
yo‘l bermaylar…» degan bir fikr tug‘dirg‘an. Holbuki, bu fikrning tug‘ulishi bizning
muttahid frontimizg‘a qarshi biqindan yasalg‘an hujum kabidir. Bu hujum bizga o‘z
kishilarimiz tomonidan bilmaslik orqasida qilinib turulg‘an hujumdir. Bizning muttahid
front oqsoqollarimiz bir kamisiya yoki bir to‘da holida tezlik bilan mahallarga borib yoki
markaziy hukumat bilan onglashib bu hujumni qaytarishlari, balki butkul yengib
tashlashlari tegishdir.
Muttahid frontning birinchi vazifalaridan yana biri vaqflar masalasi deb edik.
Yaqinda bu to‘g‘rida markaziy hukumat mahkamalarida juda yaxshi qarorlar chiqorildi.
Shu qarorni darhol yuzaga chiqorish ishiga kirishmak, qaror yozilg‘an siyoh qurumasdan
turub rejani chizib olmoq markazdagi maorif oqsoqollarining muhim va g‘alabaga qarata
olib boraturg‘an qarzlaridur.
Yuring, o‘rtoqlar!
«Turkiston» gazetasining 1923 yil 7 yanvar sonida «Abdulhamid Sulaymon»
imzosi bilan bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida qayta chop etilgan.
Muttahid front – birlashgan, yagona front.
328
Do'stlaringiz bilan baham: |