Collegium humanum varshava menejment universiteti andijon filiali psixologiya



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/470
Sana18.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#451826
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   470
Bog'liq
PSIXOLOGIYA O`UM - 2021 Varshava

So‘z-mantiqiy xotira
 - 
fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va eslash. 
 
Operativ xotira

inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor 
harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat. 
Blits-so‟rov savollari 
1.
Xotira deganda nimani tushunasiz? 
2.
Xotiraning bilish psixik jarayoni sifatidagi xususiyatlarini aytib bering. 
3.
Xotiraning qanday nazariyalarini bilasiz? 
4.
Xotiraning asosiy jarayonlari haqida gapirib bering. 
5.
Xotiraning qanday turlarini bilasiz? Xususiyatlarini gapirib bering. 
6.
Xotiraning individual xususiyatlari haqida gapirib bering. 
7.
Xotira umumiy qonunlarining xususiyatlari va yodda saqlashning 
mnemotexnikaviy usullari haqida gapirib bering. 
8.
Xotiraning boshlang‗ich obrazlari va emotsional ta‘sir obrazlari o‗rtasida
qanday o‗xshashlik va tafovut mavjud? 
9.
Tafakkurning asosiy xususiyatlarini aytib bering. 
10.
Tafakkur va nutqning o‗zaro aloqasi nimada ifodalanadi? 
11.
Tafakkurning qanday turlari va shakllarini bilasiz? ular haqida gapirib 
bering. 
12.
Fikrlash operatsiyalarining xususiyatlari haqida gapirib bering. 
13.
Tafakkur qonuniyatlari haqida gapirib bering. 
14.
Aql nima? qanday intellektual testlarni bilasiz? 
15.
Ijodkorlik va ijodkorlik tafakkuri xususiyatlari haqida gapirib bering. 
16.
Tafakkurning qanday psixologik nazariyalarini bilasiz? 


176 
17.
Tafakkurning individual xususiyatlari va rivojlanishi haqida gapirib bering. 
18.
Tafakkur rivojlanishining asosiy bosqichlari nimalardan iborat? 
Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab 
beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‗tmish 
voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir 
hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib 
bo‗lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‗lishida har bir elementni keyingisiga 
bog‗lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‗lanishga 
layoqatsiz bo‗lgan insonning rivojlanishi mumkin emas. 
Faqat 
xotira 
insoniylik 
madaniyatining 
yo‗qolib 
ketmasligiga, 
tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‗ularimizning kechishiga ko‗mak beradi. 
Bosh miya po‗stlog‗ida paydo bo‗ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‗qolib 
ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. 
Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‗lib xizmat qiladi. Unda kechadigan 
barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira). 
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‗tmish tajribasini esda olib 
qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida 
xotiraning o‗rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‗daklik holatida» qolgan 
bo‗lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta‘kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa 
mavjudotlari bo‗lar edik. O‗tmishimiz kelajak uchun o‗lik bo‗lardi. Hozirgi zamon 
kechmishiga ko‗ra o‗tmishda badar yo‗qolardi» . 
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po‘stida hosil bo‘ladigan 
shartli reflekslar, turli assotsiativ bog‘lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib 
qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo‘lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil 
assotsiatsiyalarning hosil bo‘lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish 
paytida bo‘ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to‘xtalar 
ekanmiz, so‘nggi yillarda texnikaning g‘oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda 
olib qoluvchi apparatlarga bo‘lgan ehtiyoj benihoya ko‘payib ketganligini 
ta‘kidlash joiz. Bu o‘z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini 
psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda 
kibernetiklar tomonidan o‘rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv 
fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga 
keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o‘zgarishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko‘ra biror narsani esda olib 
qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. 
O‘tkazilgan tekshirishlarga ko‘ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv 
hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o‘zgarish yuzaga keladi. 
Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil 
bo‘lgan o‘zgarish darrov o‘tib ketadigan bo‘lmay, ancha mustahkam bo‘ladi. SHu 
sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.
Xotiraning psixik jarayon sifatida o‗ziga xos xususiyati uning atrof-olamni 
bevosita aks ettirishga yo‗nalmaganligi, moddiy jismlar va hodisalar bilan ish 
eritmasligidan iborat. Jismlar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   470




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish