Diqqatni jamlash
ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki
darajasi tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko‗ra, diqqatni jamlash bosh
miya po‗stlog‗idagi kuchli qo‗zg‗alish o‗chog‗i faoliyatining xususiyati bilan
bog‗liq.
Diqqatni taqsimlash
ostida odamning bir vaqtning o‗zida bir necha
faoliyatlarni bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko‗ra, odam ongli
psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o‗zida bir nechtasini
bajarish sub‘ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat turidan ikkinchisiga
o‗tish oqibatida yuzaga keladi.[2]
Diqqatni taqsimlash darajasi bir qator sharoitlarga: mujassamlashtirilgan
faoliyat turlari xususiyatiga (ular bir jinsli va turli xil bo‗lishi mumkin),
murakkabligiga (ruhiy zo‗riqishni talab etuvchi darajaga), ma‘lumligi va odatiyligi
darajasiga (faoliyatning asosiy usullarini egallab olish darajasiga) bog‗liqdir.
Diqqat taqsimlanishini o‗rganish maqsadida SHulte (qizil-qora rangli
jadvallar) jadvallari qo‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |