107
harakatni tezda tanlab olishga imkon yaratib, inson kuchini
tejashga, shuningdek,
qo‗pol xatoliklarga yo‗l qo‗ymaslikka yordam beradilar. Masalan, odam kitob
javonlarini devorga qoqib qo‗yish uchun joyni mo‗ljallaydi. Bir yo‗lni tanlab olib,
baholaydi, so‗ngra undan voz kechib, ikkinchisiga, uchinchisiga o‗tadi, nihoyat,
o‗ziga mos va qulay holatda to‗xtaladi. Garchi bu
vaqt ichida bir marta ham
«barmog‗ini qimirlatib» qo‗ymaydi, ya‘ni, biror bir amaliy harakatni amalga
oshirmaydi.
Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o‗ylab olishga
kiradi. Qanday harakat qilishni o‗ylayotgan inson qanday yo‗l tutadi? Qandaydir
harakatning ro‗yobga
chiqqanligini tasavvur qilib, uning oqibatlarini ko‗rib
chiqadi. Ularga qarab, o‗zining holatiga mos keladigan harakatni tanlaydi. YOki
boshqa misol, ko‗p hollarda inson qandaydir quvonchli hodisani kutganida,
vaqtdan o‗zib, o‗sha hodisani bo‗lib o‗tganday tasavvur qiladi. Natijada o‗zini
yuzida baxtli tabassum bilan o‗tirganini ko‗radi. Bu misollar insonning ichki
faoliyatiga misol bo‗la oladi. U o‗zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi.
Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat
codir bo‗lish shakli bilan tafovutlanadi. Bu ikki
faoliyat motivlar yordamida
uyg‗otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini, o‗zining muolajaviy
texnik tarkibi mavjudligini bildiradi. Ichki faoliyatning tashqi faoliyatdan farqi
harakatlar
real jismlar bilan emas, ularning xayoliy tasviri bilan amalga
oshirilishidan, real mahsulot o‗rniga g‗oyaviy natija hosil bo‗lishidan iborat.
Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyatdan mos harakatlarning ichki holatga
o‗tkazilish yo‗li bilan paydo bo‗lgan. Biror-bir harakatni samarali ravishda fikran
amalga oshirish uchun uni avvalo amaliyotda o‗zlashtirib olib, real natija olish
lozim. Masalan, shaxmat o‗yinida donalarning yurishi o‗zlashtirilib,
ularning
oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini o‗ylab olish imkoniyati
tug‗iladi.
SHuni ta‘kidlab o‗tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki
faoliyat tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan
to‗qnashdilar. Faoliyat nazariyasi mualliflarining fikriga ko‗ra,
psixik jarayonlar
faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mumkin, chunki istalgan psixik jarayon o‗z
vazifalari va muolajaviy-texnik tuzilishiga ega bo‗lib, ma‘lum maqsadda amalga
oshiriladi. Masalan, ta‘mni idrok qilish ta‘m sifatlarining o‗zaro farqlari va mos
kelish darajalarini aniqlash bilan bog‗liq perseptiv maqsad va vazifalariga ega.
Perseptiv vazifaga yana bir misol sifatida aniqlash jarayonini keltirish mumkin.
Bunday vazifalarni kundalik hayotimizda muntazam holatda ko‗z bilan chamalash
masalalarini hal etishda, chehralarni, ovozlarni tanib olishda va h.k.da
bajarishga
to‗g‗ri keladi. Barcha vazifalarni hal etish uchun har biriga mos ravishda farqlash,