Musiqiy qobiliyatlardagi irsiy xususiyatlar
Ota - onalar
Bolalar
musiqaga moyil
musiqaga moyil emas
Musiqaga moyil
85 %
7 %
Musiqaga moyil emas
25 %
58 %
Egizaklardagi musiqaga moyillikning korrelyatsion ko‘rsatgichi ham
yuqori bo‘lib (p 0.7), egizak bo‘lmaganlardan ancha farq qiladi (p 0.3 – 0.4).
Galьtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo‘lgan qobiliyatga ona tilining
xususiyati ta‘sir qilishi aniqlandi: yumshoq - tonal yoki keskir - tonal bo‘lmagan
tillar. Masalan, keskinroq hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi musiqani
idrok qilish yumshok, tonal tillarda so‘zlashuvchi vьetnamliklarning idrokidan
ancha past chiqqan.
Lekin yuqoridagi fikrlar va tortishuvlarning kelib chiqish sababi tushunarli
bo‘lishi kerak: ular insonning asl mohiyatini tushunish va uning xulqini boshqarish
ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Demak, inson jamiyat a‘zosi sifatida uning
normalariga bo‘ysunadi, uning kutishlariga javob berishga harakat qiladi va o‘z
xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. SHu nuqtai nazardan kelib
chiqib, shaxs fenomeniga ta‘rif berish mumkin.
SHaxs
-
ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsulii, ongli
faoliyatning sub‟ekti bo‟lmish individdir.
SHaxsga taalukli bo‘lgan eng muhim
tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita
aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob‘ekt, ham sub‘ekt bo‘lishlikdir.
SHaxsga taallukli bo‘lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi,
ijtimoiy ta‘sirlarni o‘z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob‘ektni), so‘ngra shu
ta‘sirlarning sub‘ekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi
ilk yoshlikdanok «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga
tushadi. Bu muhit o‘sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq
olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an‘analar, udumlar,
turli xil tillar olami bo‘lib, undagi ko‘plab qoidalarga ko‘pchilik mutloq qo‘shiladi,
ba‘zilar qisman qo‘shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga
bo‘ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta‘qiblanadi. SHulardan kelib
chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib - qoidalarni qabul
qiluvchi sub‘ekt bo‘lsa,
jamiyat - ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning
mufassal ko‟rinishidir.
SHaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta‘sir qiladi: siyosiy,
mafkuraviy, iqtisodiy, ma‘naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta‘sirotlar mohiyatan
aslida jamiyat a‘zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
ayrim alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi.
SHunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta‘sirida bo‘ladi va
ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat kollektivlari,
norasmiy tashkilotlar, din, san‘at, madaniyat va boshk.) bilan bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar
57
Do'stlaringiz bilan baham: |