TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Individ
- biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik
organizm (har bir odam individ bo‗lib tug‗iladi).
Endopsixika
- shaxs psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik
elementlar va funksiyalarning o‗zaro bog‗liqligi.
Ekzopsixika -
shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari,
mayllari, ideallari, maslagi, hukmron hissiyotlari, egallagan bilimlari, tajribalari.
E’tiqodlar
– shaxsni o‗z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq
ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi.
SHaxs tushunchasi «yuz», «soxta
qiyofa»
so‗zlaridan kelib chiqadi.
Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so‗zi
«rol», ya‘ni, odam boshqalar bilan
muloqotda bo‗lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma‘nosini
anglatuvchi «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone so‗zi ham shu ma‘noni
anglatadi. Per sonare – niqob ortidan so‗zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa
qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor,
payg‗ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning
bo‗yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning
ahloqiy belgilariga ishorat edi.
52
Qadimgi YUnonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab
chiqilmagan edi. O‗zining betakror taqdiriga ega bo‗lgan shaxs haqida Aflotun
bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning o‗rnini ruh egallagan edi. Arastuning
«Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo‗l ochib berdi.
Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning
yuz qismini, tashqi ko‗rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi
ijrochini belgilovchi prosopon o‗rniga, lotincha persona so‗zi qo‗llanildi, bu so‗z
avvaliga, yunoncha so‗zga o‗xshab, tragediyadagi akterning roli va niqobini
anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi.
Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida
ta‘riflanadi.
SHarqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor
etilib, faqatgina «o‗zlik» e‘tirozsiz tan olinadi.
K.Yungning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning
jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‗liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos
ravishda o‗zini tutishni o‗rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat a‘zosi
taqib yuradigan ma‘lum niqob xosdir. SHaxs xarakterni tashkil etuvchi bo‗lib
hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, ichki «Men»ning himoyasi
sifatida faoliyat yuritadi.
Ko‗pgina tillarda mavjud bo‗lgan «o‗zlikni yo‗qotish» iborasi o‗zining
egallab turgan o‗rnini va darajasini yo‗qotishni bildiradi.
SHarq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas,
balki butun tanasi bilan bog‗lanadi. Evropa an‘analarida yuz tana bilan birgalikda
o‗rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa
«hayotchanlik» tushunchasiga individning ham ma‘naviy, ham vujudiy sifatlari
kiradi.
SHu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma‘lum hayotiy rollarni
ijro etganda o‗ziga xoslikka ega bo‗ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz –
qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi .
Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga o‗xshash ko‗plab qarama-
qarshi ta‘riflari keltirilgan ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur
ruhshunos V.P. Zinchenko fikriga ko‗ra: ««Inson» tushunchasi bilan faqat «shaxs»
tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B. Elkonin adabiyotlarda shaxsning
yigirmaga yaqin ta‘rifini ko‗rib chiqqandan so‗ng uning o‗zi shaxs emasligini
xulosa qildi.
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‗ozning fizik-kimyoviy
tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug‗dirgani kabi, faylasuf E.V.
Ilenkovning yozishi bo‗yicha, shaxs sir-cinoatini inson miyasi xususiyatlariga
53
tenglashtirib bo‗lmaydi. SHaxs miya tuzilishi bilan emas, balki, insonning insonga
bo‗lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi.
Voqeiy shaxs o‗zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga
ega bo‗lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va
Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan
ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‗lgan shaxslarni boshqalar bilan
adashtirib yuborish mumkin emas. SHaxslar ko‗lami, E.A. Ilenkovning odilona
fikriga ko‗ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‗zlarining
faoliyatlari ko‗lami bilan o‗lchanadi.
YAna bir mashhur faylasuf M.K. Mamardashvili tasdiqlashicha: «SHaxs – bu
turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob
topilmasi. SHaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». SHunday ta‘rif bergan
bo‗lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa
yuksak belgilarga bog‗liq emas. Tushunsangizchi, axir insonning eng muhim
ehtirosi – bu ro‗yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo‗lmoq»
13
.
Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy
belgilari, deb hisoblaydilar. B.G. Ananev «shaxs»ga «jamiyatning insonga uning
ma‘lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‗rsatadigan ko‗plab iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy, ahloqiy va boshqa ta‘sirlari ob‘ekti» sifatida ta‘rif beradi. A.N. Leontev
fikriga ko‗ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining
nisbatan kechki mahsulotidir. SHaxs o‗zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» –
bu biror-bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma‘lum o‗rinni egallagan insonning kutilgan
hulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu insonning jamiyat hayotidagi
ishtirokining tuzilishga ega bo‗lgan usulidir)». SHaxs taraqqiyoti individning
ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi. Umumiy
psixologiyada ko‗pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, mag‗iz,
individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy
ketma-ketlik va barqarorlik bag‗ishlovchi yig‗indi va amodal boshlang‗ich modda
tushuniladi.
L.S. Vigotskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so‗ngra uni yana
qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy
etishi mumkin emasligi (interiorizatsiya va eksteriorizatsiya qonunlari) haqida
yozgan edi.
Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba‘zi bir namoyondalari ham
qo‗shiladilar. G.S. Knabening ta‘kidlashiga ko‗ra, ««shaxs» insonning jamiyat
hayotidagi ishtirok i va hayotda tutgan o‗rni nuqtai nazaridan insonga xos
xususiyatdir». V.A. SHkuratov quyidagi definitsiyani keltiradi: «SHaxs jamiyat
13
Мамардашвили М.К. Как я понимаю философию. М., 1990. Б.173.
54
a‘zosi va faoliyatdagi mavjudotning ifodalanishini ijtimoiy turlarga ajratish…
SHaxsni uning ijtimoiy va madaniy doirasi, kelib chiqishi, kasbi, o‗z tipi va
h.k.larning xususiyatlaridan yig‗ib olish mumkin ».
Hozirgi kunda psixologiya shaxsni insonning jamiyatdagi hayotida
shakllanadigan ijtimoiy-psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy
mavjudot sifatida boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishganida va bu
munosabatlar uning shaxsini shakllantiruvchi hal qiluvchi omilga aylanganida, u
yangi sifatlarga ega bo‗ladi.
CHet el psixologiyasida inson shaxsi sifatida barqaror belgilar majmuasini
tashkil etuvchi temperament, sezgirlik, motivlar, layoqatlar, mayllar, turli hayotiy
vaziyatlarga moslashayotganida aynan shu insonga xos bo‗lgan fikrlar oqimi va
hulq-atvorini belgilab beradigan ma‘naviyat tushuniladi. J. Godfruaning fikricha,
shaxs umumiy holda ham irsiy, ham ijtimoiy-madaniy ta‘sirlar bilan belgilanadi.
«SHaxs» tushunchasi o‗z ichiga tabiiy xossalar (jins, temperament va h.k.) asosida
ijtimoiy muhit (oila, maktab, «boshqa ahamiyatlilar») va faoliyat (o‗yin, bilish,
mehnat) bilan faol o‗zaro ta‘sirlar jarayonida hosil bo‗lgan individga xos bo‗lgan
ijtimoiy sifatlar yig‗indisini birlashtiradi.
Inson shaxsi, keng tarqalgan tasavvurlarga qarshi o‗laroq, 30-yoshga
etgunicha o‗zgarmasdan qolmaydi. Misol keltiradigan bo‗lsak, Kaliforniya
Universitetining bir guruh olimlari 130 mingdan ortiq odamlarning «Katta
Beshlik» (vijdoniylik, murosaga kelish layoqati, nevrotizm va ekstravertlik) nomi
bilan ma‘lum shaxsiy sifatlarini tahlil qilganlar. Bu sifatlar kayfiyatga bog‗liq
emas, shuning uchun etarlicha ishonchli tarzda namoyon bo‗ladi. Odamlar yosh
o‗tishi bilan hayotiy ixtiloflarni tezda bartaraf etishga o‗rganadilar, xususan,
shafqatliroq va mehribonroq bo‗lishga intiladilar.
Aniqlanishicha, ayollarda, erkaklardan farqli o‗laroq, yosh o‗tishi bilan
nevroz holatlari kamayadi. Ikki jins vakillarida samimiylik bir oz kamayadi.
Olimlarning fikriga ko‗ra, 20–30 yoshlilarda murakkab vazifalarni bajarishda va
tashkilotlar tuzishda ko‗mak beradigan vijdoniylikning kuchayishi kuzatiladi.
Murosaga kelishga moyillik, aksincha, ko‗pchilik holatlarda 30 yoshdan so‗ng
yorqin namoyon bo‗ladi.
Shunday qilib, faylasuflar, tarixchilar, pedagoglar va psixologlarda «shaxs»
tushunchasining turlicha talqinlari mavjud. Bizlar esa, yuqorida ko‗rsatganimizdek,
R.S.Nemov tomonidan berilgan shaxsning, fikrimizcha, yanada aniq va to‗liq
psixologik ta‘rifidan foydalanamiz.
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar
sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha
atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday
olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan
55
aloqasi masalasini chetlab o‘tolmagan. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, «Homo
sapiens» - «aqlli zot» tushunchasini o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo
bo‘lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e‘tirof
etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta‘biri bilan aytganda, tabiiy
tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning
keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, ijtimoiy - sotsial
omillar ta‘sirida ro‘y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni
o‘rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari
doirasida o‘rganishni taqozo etadi.
Sotsial yoki ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida
faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam
bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan
ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Psixologiya
ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va
jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va
kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino,
Beruniy kabi yuzlab sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va
ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar.
Barcha qarashlarga umumiy bo‘lgan narsa shu bo‘lganki, odamni, uning
mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda to‘tgan o‘rni va mavqeini
bilish zarur. Shaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan
xolda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan
belgilanishi kerak.
Lekin, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar masalasi birdaniga,
bir xil yechimga kelinmagan. Bu o‘zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai
nazardan kelib chiqadi.
Nativizm
yo‘nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni
tug‘ma xarakterga ega, deb e‘tirof etadilar. (Lents, Gruber va boshqalar).
Empirizm
tarafdorlarining fikricha, yangi tug‘ilgan bola go‘yoki «top -
toza taxta»(tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‘zining qonuniyatlarini
yozadi va bola ularga so‘zsiz bo‘ysunishga majbur. Bu yo‘nalishning
asoschilaridan biri Dj. Lokk bo‘lib (1632 - 1704) uning fikricha, tug‘ma fikrlar
yoki g‘oyalar bo‘lishi mumkin emas, ular xoxish - tilak va og‘riq kabi elementar
sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o‘xshash turli xil
sezgilar va g‘oyalarning assotsiatsiyasi ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |