Chuliyev mirjaxon



Download 3,32 Mb.
bet48/53
Sana22.04.2022
Hajmi3,32 Mb.
#572714
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
Anorganik va organik kimyo mavzuladhtirilgan test(1)

MURAKKAB EFIR VA YOG’LAR


1. Umumiy massasi 148 g bo'lgan СnН2nО2 tarkibli A va В birikmalar tarkibidagi uglerodning massa ulushi 48,648 % dan. A modda mo'l miqdorda natriy gidrokarbonat bilan ta'sirlashishi natijasida 22,4 l (n.sh) gaz ajraldi. В modda esa natriy karbonat va kumush oksidning ammiakli eritmasi bilan ta'sirlashmaydi, ammo natriy gidroksid eritmasi bilan ta’sirlashib spirt va tuz hosil qiladi. A va В moddalarni aniqlang.
A)A-propion kislota; B-etil formiat
B)A-propion kislota; B-metilatsetat
C)A-etilformiat; B-metilatsetat
D)A-metilatsetat; B-etilformiat


2. CnH2nO2 tarkibli murakkab efir tarkibidagi vodorodning massa ulushi 9,09 % bo'lib, uning gidrolizidan hosil bo’lgan moddalor yondirilganda bir xil miqdorda karbonat angidrid hosil bo'lgan bo’lsa, murakkab efirni aniqlang.
A) metilpropionat B) etilatsetat
C) etilformiat D) etilpropionat

3. СnH2nO2 tarkibli murakkab efirning tarkibidagi uglerodning massa ulushi 36,923 % bo'lib, uning gidrolizi natijasida A kislota va В spirt hosil bo'ldi. Kislotaning kumushli tuzi tarkibidagi kumushning massa ulushi 59,66 % ekanligi malum. В spirt natriy bixromat bilan oksidlanmaydi va xlorid kislota bilan oson ta'sirlashib alkilxlorid hosil qiladi. Ef irni aniqlang.


A)ikkilamchi butil propionate B)uchlamchi butil propionat
C)izopropil butirat
D)birlamchi butil propionat

4. Massasi 356 g bo'lgan yog'ning gidrolizi natijasida 36,8 g glitserin va bir xil bir asosli karbon kislota hosil bo'ldi. Yog'ni aniqlang.


A)glitserin tristearinat
B)glitserin trioleinat
C)glitserin trilinolenat
D)glitserin trilinolat

5. Massasi 35,36 g bo’lgan yog' namunasi yog'ning to'la gidrolizi natijasida bitta karbon kislotaning 38,4 g kaliyli tuzi hosil bo'ldi. Yog'ni aniqlang.


A)linol kislotaning glitserati
B)olein kislotaning glitserati
C)stearin kislotaning glitserati
D) palmitm kislotaning glitserati


6.Keng qo'llaniladigan alangani sariq rangga bo'yaydigan, oq, qattiq A modda suvda kam eriydi. Xlorid kislota ta'sirida Amoddaning suvli eritmasidan В modda cho’kmaga tushdi. A modda eritmasi kalsiy bromid eritmasi bilan ishlov berilganda С modda cho'kmaga tushadi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A)A-CH3COONa; B- CH3COOH;
C- (CH3COO)2Ca
B)A-C17H35COOK; В- C17H35COOH;
С- (С17H35СОО)2Са
C)А-С17H33CООNa; B-C17H33COOH;
С- (С17H35CОО)2Са
D)A-C17H35COONa; B-C17H35COOH;
C-(C17H35COO)2Ca


7.Vodorodning massa ulushi 9,09 % bo'|gan murakkab ef ir gidrolizi natijasida olingan kislota yondirilganda shu efir gidrolizidan hosil bo'lgan spirt yondirilishidan hosil bo'lgan karbonat angidrid hajmidan uch marta ko'p miqdorda karbonat angidrid ajraldi. Ushbu murakkab efirning 0,4 moli gidrolizi natijasida olingan kislota spirt massalari bir-biridan necha gramga farq qiladi?
A) 16,8 B) 21,2 C) 5,6 D) 11,2


8. Xushboy hidli suyuqlik-A gidrolizi natijasida teng sondagi uglerod tutuvchi ikkita birikma hosil bo'ldi. Bu birikmalardan biri bo'lgan В modda sanoatda sun'iy tola ishlab chiqarishda foydalaniladi. В modda yorug'da xlor bilan ta'sirlashib ikki xil- kuchsiz С kislota va kuchliroq boshqa bir kislota hosil qiladi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A)A- CH3COOC2H5; В- CH3COOH;
С- CH3ClCOOH
B)A-CH3COOC2H5; В- С2Н5ОН;
С- CH2ClCOOH
C)А-СН3СООС2Н5; В- СН3СООН; С- HCl
D) А-С2H5СООСH3;В-С2И5СООН ;
С-С2Н4СlСООН

9.A tuz alangani sariq rangga bo’yaydi. Konsentrlangan sulfat kislota В moddani ushbu tuzdan siqib chiqaradi. В modda etanol bilan ta'sirlashib hushbo'y hidli, suvda kam eriydigan С modda hosil qiladi. С modda yonganda ajralib chiqadigan karbonat angidrid hajmi В modda yonganda chiqadigan shu gaz hajmidan 2 marta ko’p. A, В va С moddalarni aniqlang.


A)A-CH3COONa; В- CH3COOH;
С- СН3СООС2Н5
B)A-CH3COOK; В- CH3COOH;
С- CH3COOC2H5
C)A-C2H5COONa; В-С2Н5СООН;
C-C2H5COOC2H5
D)А-СН3СООK; В- K2SO4; С- C2H5OSO3H


10. Massasi 23 g bo'lgan chumoli kislota noma'lum bir atomli spirt bilan qizdirilishidan 80 X% unum bilan olingan A modda mo'l miqdorda kislorodda yondirilganda 17,92 l (n.sh) karbonat angidrid hosil bo'ldi. Spirtni aniqlang
A) metanol B) etanol
C)propanol D) butanol


11. Massasi 15 g bo'lgan sirka kislota noma'lum bir atomli spirt bilan qizdirilishidan 90 % unum olingan A modda mo'l miqdorda kislorodda yondirilganda 25,2 l (n.sh) karbonat angidrid hosil bo’ldi. Spirtni aniqlang.
A)metanol B) etanol
C)propanol D) butanol

12. Fenol va bir asosli kislotaning etil efiridan iborat 40 g aralashma 65,6 ml (p=1,22 g/ml) 20 % li natriy gidroksid bilan reaksiyaga kirishadi. Xuddi shunday aralashma mo'l miqdordagi bromli bilan ta'sirlashganda 33,1 g bromli suv cho'kmaga tushishi ma’lum bo'lsa, ef ir tarkibidagi bog' hosil qilishda ishtirok etgan orbitallar soni bog' hosil qilmagan orbitallar sonidan nechtaga ko’p?


A) 38 B)36 C) 34 D) 32


13. Bir mol to’yingan bir atomli spirt kislotaga qadar oksidlandi. Xuddi shuncha miqdordagi ikkinchi qismi esa degidratlandi, keyin gidratlandi. Hosil bo'lgan mahsulotlar o'zaro ta'sirlashishidan olingan efir yondirilganda 60 % unum bilan 80,64 l(n .sh) karbonat angidrid hosil bo'ldi. Efirni aniqlang.
A) propilpropionat B)izopropilpropionat
C)etilatsetat D)birlamchi butil butirat


14. Umumiy massasi 12,5 g bo'lgan etilatsetat va etilformiat aralashmasiga 32 ml 20 % li (p=1,25 g/ml) natriy gidroksid qo'shib qizdirildi. Muhit neytrallanishi uchun yana 25 ml 2 M ammoniy xlorid qo'shishga to'g'ri keldi. Boshlang'ich aralashmadagi efirlar massa ulushlarini aniqlang. (%)
A) 70,4; 29,6 B) 67,5; 32,5
C) 66,6; 33,3 D) 53,4; 46,6

15. Umumiy massasi 15,52 g bo'lgan metilatsetat va metilformiat aralashmasiga 68 ml 2,5 M bariy gidroksid eritmasi qo'shib qizdirildi. Muhit neytrallanishi uchun yana 45,4 ml (p=1,1 g/ml) 13,5 % li mis (II) xlorid qo'shishga to’g'ri keldi. Boshlang'ich aralashmadagi efirlar massa ulushlarini aniqlang. (%)


A)70,4; 29,6 B) 57,55; 42,45
C)38,14; 61,86 D) 63,44; 36,56


16. Suyuq, suvda erimaydigan A modda В modda bilan stexiometrik 3:1 nisbatda reaksiyaga kirishib ovqat tarkibiga kiruvchi muhim moddalardan biri bo’lgan С moddani hosil qiladi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A) A-C17H35COOH; В-С3Н8О3; C-C57H110O6
B) A-C17H33COOH; В-С3Н8О3; C-C57H104O6
C) A-C17H33COOH; В-С3Н10О3; C-C57H110O6
D)А-С17Н33СООH; В-С3Н8О3; С-С57Н104О6

17.Massasi 265,2 g bo'lgan yog'ning ishqoriy natijasida bir karbon kislotaning 288 g kaliyli tuzi hosil bo'ldi. Kislotani aniqlang.


A) stearin kislota B) olein kislota
C) linol kislota D) palmitin kislota


18. Massasi 44,5 g bo'lgan bir xil to'yingan kislota qoldig'i tutuvchi triglitserid 70 ml 20 % li (p=l,2 g/ml) natriy gidroksid eritmasi bilan qizdirildi. Ortiqcha ishqorni neytrallash uchun 22,5ml 36,5 % li (p=l,2 g/ml) xlorid kislota sarflandi. Yog’ tarkibidagi kislota qoldig'i qaysi kislotanikiligini aniqlang.
A) stearin kislota B) olein kislota
C) linol kislota D) palmitin kislota

19. O'zaro izomer bo'lgan massasi 43,2 g bo'lgan spirtlar aralashmasi mo'l miqdorda sirka kislota bilan sulfat kislota ishtirokida reaksiyaga kirishganda 52,02 g murakkab efirlar aralashmasi hosil bo'ldi. Birinchi reaksiya unumi 75 %, ikkinchi reaksiya unumi esa 50 %. Birinchi spirt massasi ikkinchi spirt massasidan 5 marta ko'pligi ma'lum bo'lsa, spirtlarni aniqlang.


A)propanol, izopropanol
B)butanol-1, butanol-2
C)pentanol-1, pentanol-2
D)geksanol-1, geksanol-2


20.O’zaro izomer bo'lgan massasi 21,12 g bo'lgan karbon kislotalar aralashmasi mo'l miqdorda metanol bilan sulfat kislota ishtirokida reaksiyaga kirishganda 18,36 g murakkab efirlar aralashmasi hosil bo'ldi. Birinchi reaksiya unumi 80 %, ikkinchi reaksiya unumi esa 50 %. Birinchi efir massasi va ikkinchi efir massasidan 8 marta ko'pligi ma'lum bo'lsa, kislotalarni aniqlang.
A) pentan va izopentan kislota
B)moy va izomoy kislota
C)kapron va izogeksan kislota
D)enant va 2, 3-dimetilpentan kislota

21. O'zaro izomer bo'lgan massasi 52,8 g bo'lgan karbon kislotalar aralashmasi mo'l miqdorda metanol bilan sulfat kislota ishtirokida reaksiyaga kirishganda 45,9 g murakkab efirlar aralashmasi hosil bo'ldi. Birinchi reaksiya unumi 80 %, ikkinchi reaksiya unumi esa 50 %. Birinchi kislota massasi ikkinchi kislota massasidan 5 marta ko'pligi ma'lum bo'lsa, kislotalarni aniqlang.


A)izopentan kislota
B)moy va izomoy kislota
C)kapron va izogeksan kislota
D)enant va 2, 3-dimetilpentan kislota

22. O'zaro izomer bo’lgan massasi 18 g bo'lgan spirtlar aralashmasi mo'l miqdorda propion kislota bilan sulfat kislota ishtirokida reaksiyaga kirishganda 25,056 g murakkab efirlar aralashmasi hosil bo'ldi. Birinchi reaksiya unumi 75 %, ikkinchi reaksiya unumi esa 60 %.


Birinchi efir massasi ikkinchi efir massasidan 5 marta ko'pligi ma'lum bo'lsa, spirtlarni aniqlang.
A)propanol, izopropanol
B)butanol-1, butanol-2
C)pentanol-1, pentanol-2
D)geksanol-1, geksanol-2


23. E va F birikmalarning umumiy formulasi С4Н8О2 . E moddaning ishqoriy gidrolizida ikkita organik modda G va H hosil bo'ldi. G modda ishqor bilan qizdirilganda metan hosil bo'ldi. H modda natriy metali bilan ta'sirlashganda vodorod ajraldi. F modda "kumush ko'zgu" reaksiyasiga kirishib olingan I modda kislotalar bilan ham, spirtlar bilan ham murakkab efir hosil qilishi mumkin.
E va F lar qaysi moddalar bo'lishi mumkin.
1) CH3CH2COOCH3; 2) CH3COOCH2CH3;
3) CH3COOCH2CH (CH3)CH3
4) СН3СН(ОН)СН2СНО
5) CH3C(O)CH2CH2OH;
6) СН3С(CH3)(ОН)CH2СНО
A)E = 2; 3 va F = 4; 6 B)E = 2 va F = 4
C) E=1;4 va F = 5; 6 D)E = 4 vaF=6


24. Sirka kislota va etil spirtining o'zaro ta'sirlashuvidan (sulfat kislota ishtirokida) olingan mahsulotga 280 ml natriy gidroksidning suvli eritmasi qo’shildi. Hosil bo'lgan eritma bug'latildi va quruq qoldiq yana kuydirilganda 42,4 g natriy karbonat, 49,2 g natriy atsetat hosil bo'lsa, natriy gidroksidning konsentratsiyasini (M) aniqlang.
A) 3 B) 8 C) 2 D) 5

25. Sirka kislota va etil spirtining o'zaro ta'sirlashuvidan (sulfat kislota ishtirokida) olinga mahsulotga 450 ml natriy gidroksidning suvli eritmasi qo’shildi. Hosil bo'lgan eritma bug'latildi va quruq qoldiq yana kuydirilganda 31,8 g natriy karbonat, 24,6 g natriy atsetat hosil bo'lsa. Natriy gidroksidning konsentratsiyasini (M) aniqlanq


A)3 B)8 C)2 D)5

26. Sirka kislota va etil spirtining o'zaro ta'sirlashuvidan (sulfat kislota ishtirokida) olingan mahsulotga 400 ml natriy gidroksidning suvli eritmasi qo'shildi. Hosil bo'lgan eritma bug’latildi va quruq qoldiq yana kuydirilganda 26,5 g natriy karbonat, 24,6 g natriy atsetat hosil bo'lsa, natriy gidroksidning konsentratsiyasini (M) aniqlang.


A) 3 B) 8 C) 2 D) 5

27. 60 g sirka kislotaning 32 g metil spirti bilan ta'sirlashuvidan (sulfat kislota ishtirokida) olingan mahsulotga 187,5 ml 8 molyarli natriy gidroksidning suvli eritmasi qo'shildi. Hosil bo'lgan eritma bug'latildi va quruq qoldiq yana kuydirildi. So'nggi qoldiq tarkibini aniqlang.


A)82 g CH3COONa; 60 g NаОH
B)20,5 g СН3СООNa; 20 g NaOH
C)41 g CH3COONa; 53 g Na2CO3
D)82 g CH3COONa; 106 g Na2CO3

28. 30 g sirka kislotaning 8 g metil spirti bilan ta'sirlashuvidan (sulfat kislota ishtirokida) olingan mahsulotga 200 ml 5 molyarli natriy gidroksidning suvli eritmasi qo'shildi. Hosil bo’lgan eritma bug'latildi va quruq qoldiq yana kuydirildi. So'nggi qoldiq tarkibini aniqlang.


A)41 g CH3COONa; 10 g NaOH
B)20,5 g CH3COONa; 20 g NaOH
C)20 g NaOH; 26,5 g Na2CO3
D)41 g CH3COONa; 53 g Na2CO3

29. 36,8 g A spirt teng miqdorda 2 idishga ajratildi. 1-idishdagi spirt oksidlanib В kislota hosil bo'ldi. Ikkinchi idishdagi A spirt bilan B kislota bilan reaksiyaga kirishganda 35,2 g murakkab ef ir hosil bo'lsa, kislotani aniqlang.


A)CH3COOH B) C4H9COOH
C)C3H7COOH D) C2H5COOH


30. 24 g A spirt teng miqdorda 2 idishga ajratildi.1-idishdagi spirt oksidlanib В kislota hosil bo'ldi. Ikkinchi idishdagi A spirt bilan В kislota bilan reaksiyaga kirishganda 23,2 g murakkab efir hosil bo’lsa, kislotani aniqlang.
A)CH3COOH B) C4H9COOH
C)C3H7COOH D) C2H5COOH


31. С va D birikmalarning umumiy formulasi C4H8O2 moddaning gidrolizidan E va F organik moddalar hosil bo'ldi. F modda oksidlanganda E modda hosil bo’ladi. D modda "kumush ko'zgu" reaksiyasiga kirishmaydi, Lekin F modda bilan reaksiyaga kirishganda G modda hosil bo'ladi. E va D lar qanday moddalar bo'lishi mumkin ?
1)CH3COOH; 2) СН3СООСН2СН3;
3)СН3СН(СН3)СООН;
4) CH3CH(OH)CH2CHO;
5) СН3СН(СН3)СООСН2СН3 6)СН3СН(ОН)СН2СООСН2СН3
A) E-2 va D-3 В) E-1; 2 va D-4; 6
C) E-1 va D-3 D) E-2 va D-6

32. Etilformiat va metilatsetatdan iborat aralashmani gidroliz qilish uchun 200 g 10 % li natriy ishqor eritmasi sarflandi. Boshlang'ich aralashma massasini aniqlang.


A) 37 B) 72 C) 59 D) 44

33. Pirokatexin, etilformiat va metilatsetatdan iborat 51,6 g aralashma 32 g natriy gidroksid bilan reaksiyaga kirishishi ma'lum bo’lsa, aralashmadagi pirokatexin massasini aniqlang.


A) 29,6 B) 38,4 C) 22 D) 42,6

34. 40,8 g alkilatsetat gidrolizi natijasida hosil bo’lgan kislotani neytrallash uchun 800 ml 0,5 M li kaliy gidroksid eritmasi sarf lansa, murakkab ef ir(lar) nomini aniqlang.


1) propilatsetat; 2) etilatsetat;
3) metilatsetat; 4) izopropilatsetat
A) 2, 3 В) 1 C) 1, 4 D) 3


35. 48 g A spirt teng miqdorda ikki idishga ajratildi. 1-idishdagi spirt oksidlanib В kislota hosil bo'ldi. 2-idishdagi A spirt bilan В kislota reaksiyaga kirishganda 46,4 g murakkab efir hosil bo'ldi. Kislota tarkibidagi sp3-orbitallar sonini aniqlang.
A) 28,896∙1023 B) 24,08∙1023
С) 9,632∙1023 D) 14,448∙1023

36. Noma'lum modda ishqorning suvli eritmasi bilan o'zaro ta'sirlashganda olingan mahsulotlardan biri kumush (I) oksidning ammiakli eritmasi bilan reaksiyaga kirishdi. Agar noma'lum modda bug'ining kislorodga nisbatan zichligi 2,94 bo'lsa, uning nomini aniqlang.


1)1,1-diftorbutan 2)1,1-diftor-2-metilpropan
3)etilformiat 4)izopropilformiat
5)2-metilpropanal 6)propilformiat
A) 4, 6 B) 3, 4, 6 C) 1, 2,5 D) 1, 2


37. 30,5 g murakkab efirni gidroliz qilish uchun olingan 200 g 10 % li kaliy gidroksid eritmasidan 60 g ortib qoldi. Murakkab efirlar nomini aniqlang.
1) metilbenzoat; 2) fenilformiat;
3) benzilformiat; 4) fenilatsetat
A) 2, 3 B) 3, 4 С) 1,3,4 D )2
38. Atsetilendan A modda olindi. A moddadan В va С moddalar olindi. В va С moddalarning o'zaro reaksiyaga kirishishi natijasida 176 g etilatsetat olindi. Boshlang'ich atsetilen hajmini (n.sh) aniqlang.
A) 112 B) 67,2 C) 89,6 D)44,8

39. Quyidagi efirlardan nimalarning hidi kelishini aniqlang.


1) izoamilatsetat; 2) etilbutirat;
3)feniletilformiat; 4) izoamilizovalerianat
a) xrizantema; b) nok; с) ananas;
d) olma
A) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c B) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c
C) 1-d; 2-c; 3-a; 4-b D) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d

40. Iqtisodiy jihatdan samarali bo'lmagan glitserin va yog’ kislotlaridan eterif ikatsiya orqali yog' olish usulini kim ishlab chiqqan?


A) Shevrel B) Bertlo
С) Kolbe D) Menshutkin

41. Glitserin va palmitin, stearin, olein kislotalaridan necha xil yog' hosil bo'lishi mumkin ?


A) 27 B)10 C)14 D) 8

42. Jasmin essensiyasini beruvchi murakkab efirning 0,2 moli ammonolizi natijasida hosil bo'ladigan moddalar massasini aniqlang.


A)11,8; 21,6 B) 12; 21,6
C) 12; 21,4 D)11,2; 12,4

43. O'rik essensiyasini beruvchi murakkab efirning 0,2 moli ammonolizi natijasida hosil bo'ladigan moddalar massasini aniqlang.


A) 17,6; 9,2 B) 17,4; 9,2.
C) 12; 21,4 D) 11,2; 12,4

44.Araxidon kislota triglitseridining yod sonini aniqlang.


A) 272,63 B) 127,4 C) 50 D) 150,26

45. Araxidon kislota triglitseridining gidrolizlanish sonini aniqlang.


A) 272,63 B) 127,4 C) 50 D)150,26

46. 35,12 g triglitserid gidrolizidan 38,16 g yog' kislotaning kaliyli tuzi hosil bo'ldi. Triglitserid qaysi kislotadan hosil bo'lgan?


A) stearin B) olein C) linol D) linolen

47. 34,88 g triglitserid gidrolizidan 37,92 g yog’ kislotaning kaliyli tuzi hosil bo'ldi. Triglitserid qaysi kislotadan hosil bo'lgan?


A) stearin B) olein C) linol D) linolen

48. 17,8 g triglitserid gidrolizidan 19,32 g yog' kislotaning kaliyli tuzi hosil bo’ldi. Triglitserid qaysi kislotadan hosil bo'lgan?


A) stearin B) olein C) linol D) linolen

49. 35,36 g triglitserid gidrolizidan 38,4 g yog' kislotaning kaliyli tuzi hosil bo'ldi Triglitserid qaysi kislotadan hosil bo'lgan?


A) stearin B) olein C) linol D) linolen


50. Atsetaldegid, chumoli kislota va etilatsetatdan iborat 3,1 g aralashma 6,4 ml (p=1,25 g/ml) 15 % li natriy gidroksid eritmasi bilan ta'sirlashadi. Xuddi shunday aralashmaga mo'l miqdorda kumush oksid-ning ammiakdagi eritmasi ta'sir ettirilganda 6,48 g cho'kma tushadi Boshlang'ich modda-larning mol ulushlarini (%) toping.
A) 25; 50; 25 B) 40; 20; 40
C) 25; 25; 50 D) 40; 40; 20

51. Moyning yonishi uchun 64,4 g kislorod sarflanib, natijada 1,425 mol karbonat angidrid va 1,325 mol suv hosil bo'lgan bo'lsa, moyning molyar massasini (g/mol) aniqlang.


A) 443 B) 890 C) 886 D) 882

52. Moyning yonishi uchun 101,12 g kislorod sarflanib, natijada 2,28 mol karbonat angidrid va 2 mol suv hosil bo'lgan bo'lsa, moyning molyar massasini (g/mol) aniqlang.


A) 440 B) 443 C) 886 D) 880


53. Moyning yonishi uchun 49,24 g kislorod sarflanib, natijada 1,14 mol karbonat angidrid va 0,92 mol suv hosil bo'lgan bo’lsa, moy-ning molyar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 436 B) 438 C) 876 D) 872


54.Benzil spirti va bir asosli to’yingan karbon kislotadan hosil bo'lgan teng miqdordagi ikkita murakkab efir aralashmasining qanday massasi 11,2 g kaliy gidroksid suvli eritmasi bilan gidrolizga uchraydi ? (kichik massali gomologda vodorod soni kislorod sonidan 6 marta ko’p; katta gomologda esa uglerod soni kislorod sonidan 6 marta ko’p)
A) 35,6 B) 32,4 C)33,6 D) 29,4

55.Allil spirti va bir asosli to'yingan karbon kislotadan hosil bo'lgan teng miqdordagi ikkita murakkab efir aralashma-sining qanday massasf 16,8 g kaliy gidroksid suvli eritmasi bilan gidrolizga uchraydi ? (kichik massali gomologda vodorod soni kislorod sonidan 4 marta ko'p; katta gomologda esa uglerod soni kislorod sonidan 4 marta ko'p)


A) 35,6 B)36,3 C) 33,6 D)39,4

56. Etilenglikol va bir asosli to'yingan karbon kislotadan hosil bo'lgan 1:2 miqdordagi ikkita murakkab efir aralashmasining qanday massasi 16,8 g kaliy gidroksid suvli eritmasi bilan gidrolizga uchraydi ? (kichik massali gomologda vodorod soni kislorod sonidan 2,5 marta ko'p; katta gomologda esa uglerod soni kislorod sonidan 2,5 marta ko'p)


A) 55 B) 22,4 C)33,6 D) 27,5


57. Murakkab efirning ishqoriy gidrolizi natijasida 18,6 g natriyli tuz va 4,8 g bir atomli to'yingan spirt hosil bo'ldi. Spirt haydalib, u mo'l miqdordagi natriy bilan ishlanganda 1,68 l gaz ajraldi. Efirning massasini aniqlang.
A) 11,6 B) 17,4 C)18,6 D) 19,2


58. Murakkab efirning ishqoriy gidrolizi natijasida 12,3 g natriyli tuz va 4.8 g bir atomli to’yingan spirt hosil bo'ldi, Spirt haydalib, u mo'l miqdordagi natriy bilan ishlanganda 1,68 l gaz ajraldi. Efirning massasini aniqlang.
A) 8,6 B) 11,1 C) 9,6 D)10,4

59. Bir asosli to'yingan karbon kislotaning bir atomli to'yingan spirt bilan hosil qilgan murakkab efiri ikki marta ko'p miqdorda NaOH ishtirokida gidroliz qilindi. Eritma bug’latildi, qattiq qoldiq qizdirildi. Bunda zichligi 1,964 g/l bo’lgan gaz ajraldi. Murakkab efir tarkibidagi uglerodning massa ulushi 58,82 % bo'lsa, uni aniqlang.


A)etilpropanoat B)etilbutenoat
C)metilbutenoat D)metilpentanoat

60.Yog'ning to'liq kislotali gidrolizi natijasida 55,6 g linolen kislota va 9,2 g glitserin hosil bo'lganligi ma'lum bo’lsa, hosil bo'lgan olein kislota massasini aniqlang


A) 28,2 B) 56,4 C) 42,3 D)84,6

61. Yog'ning to'liq kislotali gidrolizi natijasida 11,12 g linolen kislota va 3,68 g glitserin hosil bo'lganligi ma'lum bo'lsa, hosil bo'lgan olein kislota massasini aniqlang


A) 22,56 B) 11,28 C) 45,12 D)33,84

62. Moy uchun yod soni 202,968 bo'lsa, moyning molekulyar massasini hisoblang. (moy molekulasida 10 ta qo'shbog’ mavjud)


A) 878 B) 840 C) 880 D) 876


63. Turli sinflarga kiruvchi, lekin o'zaro izomer bo'lgan, karrali uglerod-uglerod bog'i tutmaydigan ikki moddadan iborat 11,1 g aralashma NаНСО3 ning mo'l miqdordagi suvli eritmasi bilan ishlanganda 2,24 l (n.sh) gaz ajraldi. Boshlang'ich moddalar tarkibidagi С, H va O ning massa ulushlari 48,65; 8,11; 43,24 % dan bo’lib, molyar massasi 74 g/mol ekanligi ma'lum bo'lsa, izomerlarning massa ulushlarini toping. (%)
A) 60; 40 B) 66,66; 33,33
C) 68,2; 31,8 D)77,5; 22,5

64.Reaksiyaning chap tomonidagi koeffissentlar yig'indisini aniqlang.


C4H10+KMnO4+H2SO4↔CH3COOC2H5+ +K2SO4 + +MnSO4+H2O
A)25 B)10 C)15 C)20

65.Massasi 3,52 g bo'lgan murakkab ef irning gidrolizi uchun 25 g 6,4 % li natriy gidroksid eritmasi sarf landi. Gidrolizdan hosil bo'lgan aralashma mo'l miqdordagi natriy permanganatning kislotali eritmasi bilan oksidlanganda 896 ml (n.sh) karbonat angidrid ajraldi. Murakkab efir tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajalari yig'indisini aniqlang.


A) 0 B) -4 C)-3 D) -2


66. Massasi 14,75 g bo'lgan murakkab ef irning gidrolizi uchun 56 g 25 % li kaliy gidroksid eritmasi sarf landi. Gidrolizdan hosil bo'lgan aralashma mo'l miqdordagi kaliy permanganatning kislotali eritmasi bilan oksidlanganda, 11,2 l (n.sh) karbonat angidrid ajraldi. Murakkab efir tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajalari yig'indisini aniqlang.
A) +1 B)-1 C)-2 D)+2



Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish