KARBON KISLOTALAR
1.Massasi 3,7 g bo'lgan to'yingan bir asosli organik kislota natriy gidrokarbonatning suvli eritmasi bilan neytrallanishi natijasida olingan gaz modda ohakli suv orqali o'tkazilganda 5 g cho'kma hosil bo'ldi. Ushbu kislotaning natriyli tuzi tarkibidagi kislorodmng massa ulushini aniqlang.
A) 0,47 B)0,33 C)0,39 D) 0,29
2. Vodorodning massa ulushi 9,804 % bo'lgan to’yingan bir atomli kislota va murakkab efirlar sonini aniqlang.
A) 4+9 B) 5+9 C)4+8 D)5+10
3.Massasi 18,75 g bo'lgan to'yingan bir asosli karbon kislotaning rux metali bilan ta'sirlashishi natijasida olingan gaz modda 1,5 g geliy bilan aralashtirilganda o'rtacha massasi
bo'lgan aralashma hosil bo'ldi. (Reaksiya unumi 80 %) Ushbu karbon kislotaning mo’l miqdordagi natriy gidroksid bilan ta'sirlashishi natijasida olingan alkan tarkibidagi vodorodning massa ulushini aniqlang.
A) 0,25 B) 0,2 C)0,182 D) 0,172
4.Vodorodning massa ulushi 6,06 % bo'lgan to'yingan ikki asosli karbon kislotalar sonini aniqlang.
A) 2 B)3 C)4 D) 5
5.Quyidagi moddalardan qaysilari oksidlanganda sirka kislota hosil bo'lmaydi?
1)atsetaldegid; 2)etanol; 3)butan; 4)trixlorsirka kislota
A) 3,4 B) 4 C) 3 D) 1,2, 3,4
6. Quyidagi sxema asosida X modda tarkibidagi funksional guruhning massa ulushini aniqlang. С2Н2→Х→СН3СООН
A) 0,545 B) 0,363 C) 0,659 D) 0,432
7. Quyidagi masala holatiga mos tushuvchi ikki xil X moddaning teng miqdorlarining bir-biriga massa nisbati qanday bo'ladi ? C2H5Cl→X→CH3COOH
A) 1:1,26 В) 1:1,13 C) 1:146 D) 1:2,33
8.Oltita molekulasida 180 ta orbital bo’ladigan alkenlardan kuchli oksidlovchilar ta'sirida necha xil bir asosli to'yingan karbon kislotalar olish mumkin?
A)3 B) 4 C)5 D) 6
9.Quyidagi sxema bo'yicha X moddadan У modda olishda qaysi moddadan foydalanish mumkin ? Etanol → X→ У → Sut kislota
A)H2O B)KMnO4 C) HCN D) H2O2
10.Atsetaldegidning kaliy dixromat sulfat kislotali eritmasi bilan o'zoro ta'sirlashishi natijasida sirka kislotaning 6 % li eritmasi hosil bo'ldi. Olingan mahsulotdagi qolgan moddalar massa ulushlarini (%) aniqlang.
A) 5,8; 13,1 B) 4,35; 9,8
С) 6,96; 15,68 D) 3,44; 7,56
11. Quyidagi moddalarni kislota kuchi oshib borish tartibi to'g’ri keltirilgan qatorni ko'rsating.
1) karbonat kislota 2) sirka kislota
3) xlorsirka kislota 4) fenol
A) l→2→3→4 B) 3→2→4→l
C)4→l→2→3 D) l→4→2→3
12. Quyidagi moddalarni juft-juft holida reaksiyaga kirishishi hisobiga nechta reaksiya amalga oshishi mumkin?
1) metanol; 2) sirka kislota; 3) natriy gidroksid; 4) xlorid kislota
A)3 B) 4 C) 5 D)6
13. A uglevodorod oksidlanishi natijasida ikki marta ko'p miqdorda В modda hosil bo'ldi. В moddaning natriy gidrokarbonat bilan ta'sirlashishi natijasida С modda va D gaz hosil bo'ldi. A-D moddalarni aniqlang.
A)A-metan; В-metanol; C-metanal; D-CO2
B)A-etan; B-metanol; C-metanal; D-CO2
C) A-etan; B-metanol; C-natriy metilat; D-CO2
D)A-butan; B-sirka kislota; C-natriy atsetat; D-CO2
14.Oson polimerlanuvchi A modda C3H4O2 tarkibga ega bo'lib, bariy gidroksid ta'siri С6Н6ВаO4 tarkibli modda, vodorod bromid ta’sirida esa С3Н3ВrО2, kislotali muhitda etanol bilan ta'sirlashib C5H8O2 hosil qiladi. A modda tarkibidagi uglerod atomlari oksidlanish darajalarini aniqlang.
A) -2; -1; -3 B) -3; -2; +3
С) +3; -1; -2 D) -3; -2; +3
15. A modda C7H6O3 tarkibga ega bo'lib, mo'l miqdorda natriy gidroksid va natriy gidrokarbonat ta'sirida С7Н4Na2О3 va C7H5NaO3 tarkibli modda, kislotali muhitda metanol bilan ta'sirlashib C8H8O3 hosil qiladi. A modda tarkibidagi nechta orbital borligini va ularning nechtasi bog’ hosil qilishda ishtirok etganligini aniqlang.
A) 46; 40 B) 42; 36
C) 54; 50 D) 48; 40
16. A modda C4H4O4 tarkibli bo'lib, sulfat kislota ishtirokida etanol bilan ta'sirlashib C8H12O4 tarkibli В birikma hosil qildi. A moddaning bromning tetraxlormetandagi eritmasi bilan ta'sirlashishi natijasida C4H4Br2O4 tarkibli С birikma hosil qildi. A modda kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan ta’sirlashganda esa С4Н6О6 tarkibli D birikmani hosil qiladi. А, В, С va D moddalar tarkibidagi orbitallar yig'indisini aniqlang.
A) 182 B) 174 С) 180 D) 178
17. Quyidagi sxema asosida G moddani aniqlang.
C 6H6 – CH3 3Cl2 (nur) A H2O B CH3OH (H+)
C KOH G
A)2,4,6-trigidroksotoluol B)kaliy benzoat
C)kaliy fenolyat D)2,4,6-trixlor benzol
18. Quyidagi sxema asosida boshlang'ich va oxirgi moddalardagi orbitallar sonini aniqlang.
C5H10O→C5H8→C5H8O4→C9H16O4
A)34+68 B)32+70
C) 30+72 D)33+67
19. Organik kislotaning 0,4 moli 64 g bromni bjriktira oladi. Ushbu kislotaning ma’lum miqdori to'liq yondirilganda 15,84g uglerod (IV) oksid va 6,12 g suv hosil bo’ldi. Boshlang'ich kislotaning 0,29 molidagi atomlar soni necha gramm pellargon kislotoda bo'ladi?
A) 106,65 B) 63,99 C)42,66 D) 85,32
20. Teng miqdordagi to'yingan kislota va birlamchi bir atomli to’yingan spirt tarkibidagi uglerod soni bir xil. Ushbu aralashma natriy gidrokarbonat bilan ishlanganda ajralgan gaz hajmi boshlang'ich aralashma to'liq yondirilganda ajralgan gaz hajmidan 6 marta kam. Boshlang'ich birikmalar tarkibidagi atomlar soni nisbatini aniqlang.
A) 8:9 В) 1,1:1,2 C) 1:1,2 D) 1,4:1,5
21. Chumoli va sirka kislotaning 200 g suvli eritmasini neytrallash uchun 382 g 10 % li (p=1,1 g/ml) kaliy gidroksid eritmasi sarflandi. Hosil bo'lgan eritmani bug'latganimizda qolgan qoldiq massasi 68,6 g bo'lsa, boshlang'ich eritma tarkibidagi moddalar massa ulushlari (%) qanday bo’lganligini aniqlang.
A) 8,05; 12 B) 4,025; 6
C) 9; 4,6 D) 5,6; 6,4
22. Etil spirti va bir asosli organik kislotadan iborat 13,8 g aralashmaga natriy ta'sir ettirilganda 3,36 l (n.sh) gaz ajraldi. Xuddi shunday aralashmaga natriy gidrokarbonat eritmasi bilan ishlov berilganda esa 1,12 l (n.sh) gaz ajraldi. Kislotaning necha foizli eritmasida kislotaning proton, neytron va elektronlari soni suvning neytron va electron-lari soniga teng bo'ladi?
A) 32,34 B) 39,65 C) 43,45 D) 26,74
23. Fenol va sirka kislotaning dietil efirdagi 16g eritmasi mo’l miqdordagi natriy bilan ta’sirlashganda 492,8 ml (n.sh) gaz ajraldi. Xuddi shunday aralashma natriy gidrokar-bonatning 5 %li eritmasi bilan ta’sirlash-ganda 268,8 ml (n.sh) gaz ajraldi. Boshlang’ich aralashmadagi moddalar massa ulushlarini (%) aniqlang.
A) 18,8; 4,5 B)23,4; 4,8
C) 19,2; 8,96 D)16,4; 3,2
24. Massasi 26,6 g bo'lgan sirka kislota, atsetaldegid va etanol aralashmasini neytrallash uchun 44,8 g 25 % li kaliy gidroksid eritmasi sarflandi. Xuddi shunday boshlang'ich aralashmaning mo'l miqdordagi natriy bilan ta’sirlashishi natijasida 3,36 l (n.sh) gaz ajraldi. Boshlang'ich aralashmadagi aldegidning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 45,1 B) 17,29 C) 37,6 D) 53,3
25. Propil spirti va propion kislotadan iborat aralashmani neytrallash uchun 104 g 0,5 M li natriy gidrokarbonat (p=1,04 g/ml) eritmasi sarflandi. Bunda ajralib chiqqan gaz hajmi boshlang'ich aralashma to'la yondirilganda ajralib chiqqan gaz hajmidan 18 marta kam. Boshlang'ich aralashma tarkibidagi moddalar massa ulushlarini (%) aniqlang.
A) 80,2; 19,8 B) 75,6; 24,4
С) 71,2; 28,8 D) 64,4; 35,6
26. Umumiy massasi 25,8 g bo'lgan etil spirti va sirka kislotadan iborat aralashma konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida reaksiyaga kirishganda 14,08 g murakkab efir hosil bo'ldi. Xuddi shunday boshlang'ich aralashma to'liq yondirilganda 23,4 ml suv hosil bo'lishi ma'lum bo'lsa, boshlang'ich reaksiya unumini aniqlang. (%)
A) 60 B) 80 C) 90 D) 75
27. Bir asosli to’yingan karbon kislotaning natriyli tuzi suvli eritmasi elektrolizi natijasida anodda gaz va tarkibida 84,21 % uglerod tutuvchi suyuqlik ajraldi. Ushbu holatga mos tushuvchi tuzlar sonini aniqlang.
A) 2 B) 4 C) 5 D) 7
28. Tarkibi C4H8Cl2 bo'lgan E modda gidroliz
qilinganda (NaOH suvli eritma) qilinganda tarkibi С4Н8О bo'lgan F moddaga aylandi. F moddaning oksidlanishidan olingan mahsulot natriy gidroksid bilan ta'sirlashganda G modda hosil bo’lib, u ishqor bilan qizdirilganda propan hosil bo’ldi. E va F lar qaysi moddalar bo'lishi mumkin?
1)1,1 - dixlorbutan;
2)2,2-dimetil – 1,1 - dixlorpropan;
3)2-metil - 1, 1 - dixlorpropan;
4)2, 2 - dimetilpropanal;
5)2 - metilpropanal;
6)butanol;
A) E = 1 va F = 6
В) E = 1; 2; 3 va F = 4; 5; 6
С) E = 2; va F = 4
D) E = 1; 3 va F = 5; 6
29. Tarkibi С5Н10Сl2 bo'lgan E modda gidroliz qilinganda (NaOH suvli eritma) qilinganda tarkibi C5H10O bo'lgan F moddaga aylandi. F moddaning oksidlanishidan olingan mahsulot natriy gidroksid bilan ta'sirlashganda G modda hosil bo'lib, u qattiq ishqor bilan qizdirilganda izobutan hosil bo'ldi. E va F lar qaysi moddalar bo’lishi mumkin.
1)1,1- dixlor-2, 2 - dimetilpropan;
2)3 - metil - 1,1 - dixlorbutan;
3)3 - metil - 2, 2 – dixlorbutan;
4)2, 2 - dimetilpropanal;
5)metilizopropilketon;
6)3 - metilbutanal;
A) E = 1 va F = 4
В) E = 1; 2 va F = 4; 6
С) E = 2, 3; va F = 4; 6
D) E = 2 va F = 6
30. Tarkibi С6Н12Сl2 bo'lgan E modda gidroliz (NaOH suvli eritmasi) qilinganda tarkibi C6H12O bo'lgan F moddaga aylandi. F moddaning oksidlanishidan olingan mahsulot natriy gidroksid bilan ta’sirlashganda G modda hosil bo'ldi, u ishqor bilan qizdirilganda 2-metilbutan hosil bo'ldi.
E va F lar qanday moddalar bo'lishi mumkin?
1)2, 3 - dimetil -1,1 -dixlorbutan;
2)3, 3 - dimetil -1,1 -dixlorbutan;
3)2, 2 - dimetil - 1,1-dixlorbutan;
4)2, 2 - dimetilbutanal;
5)2, 3 - dimetilbutanal;
6)3, 3 - dimetilbutanal;
E=1; 3 va F=5; 4 B) E=2 va F=6
E=1 va F=6 D) E=1; 2; 3 va F=5; 6; 4
31.Atsetaldegid, sirka va chumoli kislotalardan iborat 1 mol aralashmani neytrallash uchun 160 g 20 % li NaOH sarflandi. Ushbu aralashmaga mo'l miqdordagi Ag2O(NH4OH) eritmasi bilan ta'sirlashganda 108 g cho'kma hosil bo'ldi. Dastlabki aralashmadagi moddalarning mol nisbatini aniqlang.
A)1:3:1 B)1:2,5:1,5 С) 1:5:1,5 D) 1:5:3
32.Bir asosli to’yingan karbon kislotaning 22 g miqdori natriy gidrokarbonat bilan neytrallanganda ajralgan gaz ohakli suv orqali o’tkazilganda 25 g cho'kma hosil bo'ldi. Reaksiya uchun olingan kislotani toping.
A) HCOOH В) CH3COOH
C)C3H7COOH D)C2H5COOH
33. Tarkibida 12 ta sp3, 6 ta sp2 orbitallar va 9 ta σ-bog' bo'lgan birikmani aniqlang.
A) glitsin B) akril kislota
C) alanin D) propin kislota
34. ... ni mo'l miqdorda olingan natriy gidroksid bilan qizdirilganda 2,2,3-trimetilbutan hosil bo'ladi?
A)3, 3, 4-trimetilpentan kislota
B)2, 3, 4-trimetilpentan kislota
C)2, 2, 3, 3-tetrametilpentan kislota
D)3, 3-dimetilpentan kislota
35.Quyidagi qaysi modda karbon kislotalar bilan ularning -OH guruhi hrsobiga reaksiyaga kirishadi?
A) kaliy B) natriy gidroksid
C) metanol D) xlor
36. Adipin kislota, metilatsetat va etilformiatdan iborat aralashmaning 29,4 g miqdorini neytrallash uchun natriy gidroksidning 32 % li eritmasidan 50 g ishlatilgan. Boshlang'ich aralashmadagi adipin kislota massasini (g) aniqlang.
A) 14,6 B) 29,2 C)14,8 D) 7,4
37. Moddalarni kislotalik xossasi oshib borish tartibida joylashtiring.
1) fenol; 2) xlorsirka kislota; 3)karbinol; 4) ftorsirka kislota
5)etan kislota
A) 2,1, 4, 3, 5 B) 3, 1, 5, 2, 4
C)1, 3, 2, 4, 5 D) 3, 5, 1, 2, 4
38. Noma’lum organik moddaning 3,84 g massasi to'liq yondirilganda 2,24 l karbonat angidrid, 1,8 g suv va 2,12 g Na2CO3 hosil bo'ldi. Modda formulasini aniqlang.
A)CH3COONa В) С2Н5СООNа
C) C6H5COONa D) C6H5ONa
39. Qandaydir aldegidning 29 g miqdori oksidlanishidan olingan kislota metanol bilan (sulfat kislota ishtirokida) reaksiyasidan 44 g murakkab efir olindi. Aldegidni aniqlang.
A) etanal B) propanal
C) akrolein D) pentanal
40. Olein kislota quyidagi moddalardan qaysilari bilan ta’sirlashadi?
1) vodorod; 2) vodorod bromid; 3) mis; 4) xrom (III) xlorid; 5) azot; 6) natriy karbonat
A) 1, 2 В) 1, 2, 3, 6
C)1,2,6 D) 2, 3, 4, 5, 6
41. Sirka kislotasining 200 g 15 % li eritmasiga mo’l miqdorda natriy metali solindi. Eritma bug'latilib, qoldiq qattiq qizdirilganda natriy karbonat va natriy gidroksid aralashmasi olindi. Unda natriy karbonatning massa ulushi 46,9 % bo'lsa, sarflangan natriy metali massasini aniqlang.
A) 80 B) 92 C) 57,5 D) 46
42. 200 ml (p=1,25 g/ml) 30 % li sirka kislota eritmasiga 25,5 g sirka angidrid eritib tayyorlangan eritmaga mo'l miqdorda natriy metali qo'shib bug'latildi. Olingan qoldiq qattiq qizdirilganda olingan aralashmadagi uglerodning massa ulushi 8,75 % keladi. Ishlatilgan natriy metali massasini aniqlang.
A) 98,75 B) 111,8 С) 128,4 D) 86,25
43. 120 ml (p=l,25 g/ml) 20 % li sirka kislota eritmasiga 10,2 g sirka angidrid eritib tayyorlangan eritmaga mo'l miqdorda natriy metali qo'shib bug’latildi. Olingan qoldiq qattiq qizdirilganda olingan aralashmadagi uglerodning massa ulushi 5,25 % keladi. Ishlatilgan natriy metali massasini aniqlang.
A)49,335 B) 32,2 C)65,435 D)81,535
44. 200 ml (p=1,25 g/ml) 21,6 % li sirka kislota eritmasiga 30,6 g sirka angidrid eritib tayyorlangan eritmaga mo’l miqdorda natriy metali qo'shib bug’latildi. Olingan qoldiq qattiq qizdirilganda olingan aralashmadagi uglerodning massa ulushi 6 % keladi. Ishlatilgan natriy metali massasini aniqlang.
A) 98,75 B) 150,1 C) 115,6 D) 69
45. Ikki asosli karbon kislotaning 72 g miqdorini neytrallash uchun zichligi 1,2 g/ml bo'lgan 4 M natriy gidroksid eritmasidan 480 g sarf landi. Xuddi shunday kislotaning kalsiyli tuzi massasini aniqlang.
A) 102,4 B) 103,2 C) 104,4 D) 108
46.Bir asosli to'yingan karbon kislotalarning umumiy formulasidan kelib chiqqan holatda, ularning tarkibidagi bog'lanishda qatnashgan sp3-orbitallar sonini aniqlang.
A) 4n В) n+4 C) 4n+2 D) 4n-2
47. 31,6 g KMnO4 xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishganda olingan gaz 6,2 g fosfor bilan reaksiyaga kirishganda quruq modda hosil bo'ldi. Quruq moddaga bosim ostida SO2 ta’sir ettirilganda olingan tionil xloridning ma’lum qismi 100 g 12 % li sirka kislotaga ta'sir ettirilganda sirka kislotaning konsentratsiyasi 12 marta kamaygani ma'lum bo’lsa, hosil bo'lgan xlorli organik birikmaning massasini aniqlang.
A) 15,7 B) 14,4 С) 13,1 D) 6,64
48. Massasi 17 g bo'lgan bir asosli karbon kislotaning natriyli tuziga mo'l miqdorda konsentrlangan sulfat kislota qo'shib qizdirilganda ajralib chiqqan gaz 0,97 atm va 20°C da 6,2 l hajmni egalladi (zichligi 1,13 g/l). Xuddi shu moddaning mo'l miqdordagi kumush oksidning ammiakdagi eritmasi bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo'lgan cho'kmaning massasini aniqlang.
A) 54 B) 27 C)81 D)64,8
49. Massasi 21,84 g bo’lgan bir asosli karbon kislotaning kaliyli tuziga mo'l miqdorda konsentrlangan sulfat kislota qo'shib qizdirilganda ajralib chiqqan gaz 1 atm va 17°C da 6,2 l hajmni egalladi (zichligi 1,1742 g/l). Ajralib chiqqan gaz natriy peroksidli naycha orqali o'tkazilganda naycha massasi necha gramga o'zgaradi?
A) 11,2 B) 27 C) 20,28 D) 7,28
50. Quyidagi moddalarni qaynash tempraturasi kamayib borish tartibida joylashtiring.
1) CO2; 2) C2H5OH; 3) CH3COOH;
4) H2; 5)CH3COCH3
A) 4,1, 2, 5, 3 B) 4,1,5,2,3
C) 3,2,5,1,4 D) 1,4, 2, 3,5
51.Quyidagi sxemadagi noma'lum moddalarni aniqlang.
Рrораnоl-1→X→Y→Z→2-aminopropion kislota
A)propion kislota, propen kislota, α-xlorpropen kislota
B)propanal, α -xlorpropanal, propion kislota
C)propanal, propion kislota, α -xlorpropion kislota
D)propen, propanol-2, α -xlorpropanal
52. Quyidagi moddalarni suyuqlanish tempraturasi ortib borish tartibida joylashtiring.
1) CH3OH; 2) HCHO; 3) C3H4;
4) C3H7COOH; 5) C6H5COOH
A) 5, 4, 1, 2, 3 B) 2, 3,1, 5, 4
C)3,2,l,4,5 D) 2,1,3, 5, 4
53. Qaysi ikki asosli karbon kislotadan sintetik tola olinadi?
A) pellargon B) adipin
C) qahrabo D) malon
54. 0,15 mol aromatik spirt uzoq vaqt davomida 18,6 g sirka kislota bilan 1 ml 98 % li (p=l,84 g/ml) sulfat kislota ishtirokida qizdirildi. Hosil bo'lgan reaksion aralashmani to'liq neytrallash uchun 18 ml 10 % li (p=1,04 g/ml) o'yuvchi natriy eritmasi sarflandi. Boshlang'ich spirt tarkibidagi kislorodning massa ulushi 23,188 % bo'lsa, undagi vodorodning massa ulushini aniqlang.
A) 2,576 B) 2,898 C) 7,246 D) 8,127
55. 0,13 mol aromatik spirt uzoq vaqt davomida 17,4 g sirka kislota bilan 2 ml 98 % li (p=l,84 g/ml) sulfat kislota ishtirokida qizdirildi. Hosil bo'lgan reaksion aralashmani to'liq neytrallash uchun 20 ml 20 % li (p=1,036 g/ml) o'yuvchi natriy eritmasi sarflandi. Boshlang'ich spirt tarkibidagi kislorodning massa ulushi 19,277 % bo’lsa, undagi vodorodning massa ulushini aniqlang.
A) 6,576 B) 2,409 C) 7,246 D) 8,433
56. 0,15 mol aromatik spirt uzoq vaqt davomida 18,6 g sirka kislota bilan 1 ml 98 % li (p=l,84 g/m|) sulfat kislota ishtirokida qizdirildi. Hosil bo'lgan reaksion aralashmani to'liq neytrallash uchun 18 ml 10 % li (p=1,04 g/ml) o’yuvchi natriy eritmasi sarflandi. Boshlang'ich spirt tarkibidagi kislorodning massa ulushi 23,188 % bo'lsa, undagi vodorodning massa ulushini aniqlang.
A) 2,576 B) 2,898 C) 7,246 D) 8,127
57. To'yingan bir asosli karbon kislotaning kaliyli tuziga o'yuvchi kaliy qo'shib qizdirilganda 11,6 g A uglevodorod, bu tuzning suvli eritmasi elektroliz qilinganda 11,4 g В uglevodorod hosil bo'lgan bo'lsa, boshlang'ich tuz tarkibidagi kislorodning massa ulushini aniqlang.
A) 22,86 B) 28,57 C) 53,33 D) 20,78
58.To'yingan bir asosli karbon kislotaning kaliyli tuziga o'yuvchi kaliy qo'shib qizdirilganda 17,4 g A uglevodorod, bu tuzning suvli eritmasi elektroliz qilinganda 18 g В uglevodorod hosil bo'lgan bo'lsa, boshlang'ich tuz tarkibidagi kislorodning massa ulushini aniqlang.
A) 22,86 B) 28,57 C) 53,33 D) 20,78
59. To'yingan bir asosli karbon kislotaning kaliyli tuziga o'yuvchi kaliy qo'shib qizdirilgando 4,8 g A uglevodorod, bu tuzning suvli eritmasi elektroliz qilinganda 4,5 g В uglevodorod hosil bo'lgan bo'lsa, boshlang'ich tuz tarkibidagi kislorodning massa ulushini aniqlang.
A) 22,86 B) 25,39 C) 32,65 D) 20,78
60.Ma'lum massadagi 64 % li sirka kislota eritmasi teng ikki qismga bo'lindi. Birinchi qismidan suvsiz kislota olish uchun 15,3 g sirka angidridi kerak bo'lgan bo'lsa, ikkinchi qismi mo'l miqdordagi natriy metali bilan ta'sirlashganda necha litr (n.sh) gaz ajraladi?
A) 2,576 B) 4,48 C)0,896 D) 1,792
61. Benzol gomologining oksidlanishidan olingan 0,0016 mol aromatik kislota KHCO3 ning suvli eritmasi bilan ta'sirlashganda 71,68 ml (n.sh) gaz ajraldi. Olingan aromatik kislota massasi boshlang’ich uglevodorod massasidan 1,383 marta og'ir bo’lsa, kislotani, uglevodorodni va uglevodorod massasini aniqlang.
A) butan kislota; o-ksilol; 0,103
B)propan kislota; m-ksilol; 0,195
C)benzoy kislota; toluol; 0,218
D)ftal kislota; o-etiltoluol; 0,192
62.Hajmi 15,68 l (n.sh) bo'lgan etilen kaliy permanganatning sovuq eritmasi bilan oksidlanganda olingan organik mahsulot 127,354 g bir asosli karbon kislota bilan 2 ml 98 % li (p=1,84 g/ml) sulfat kislota ishtiro-kida qizdirildi. Reaksiya tugagach hosil bo'l-gan aralashmani neytrallash uchun 8,92 g 20 % li natriy gidroksid eritmasi sarf landi. Kis-lotani va olingan efirning massasini aniqlang.
A) butan kislota; 121,8
B) propan kislota; 121,8
C) propan kislota; 119,5
D) ftall kislota; 119,2
63.Hajmi 6,72 l (n.sh) bo'lgan etilen kaliy permanganatning sovuq eritmasi bilan oksidlanganda olingan organik mahsulot 42 g bir asosli karbon kislota bilan 1,25 ml 98 % li (p=1,6 g/ml) sulfat kislota ishtirokida qizdi-rildi. Reaksiya tugagach hosil bo’lgan ara-lashmani neytrallash uchun 80 g 7 % li natriy gidroksid eritmasi sarf landi. Kislotani aniqlang.
A)butan kislota B)sirka kislota
C)propan kislota D)chumoli kislota
64. Hajmi 8,96 l (n.sh) bo'lgan etilen kaliy permanganatning sovuq eritmasi bilan oksid-langanda olingan organik mahsulot 50,6 g bir asosli karbon kislota bilan 2,8 ml 80 % li (p=l,75 g/ml) sulfat kislota ishtirokida qizdirildi. Reaksiya tugagach hosil bo'lgan aralashmani neytrallash uchun 80 g 19 % li natriy gidroksid eritmasi sarf landi. Kislotani aniqlang.
A)butan kislota B)sirka kislota
C)propan kislota D)chumoli kislota
65.Hajmi 8,96 l (n.sh) bo'lgan etilen kaliy permanganatning sovuq eritmasi bilan oksid-langanda olingan organik mahsulot 92,4 g bir asosli karbon kislota bilan 2,5 ml 98 % li (p=l,6 g/ml) sulfat kislota ishtirokida qizdi-rildi. Reaksiya tugagach hosil bo’lgan aralashmani neytrallash uchun 66 g 20 % li natriy gidroksid eritmasi sarf landi. Hosil bo'lgan ef ir massasini (g) aniqlang.
A) 69,6 B) 58,4 C) 40,4 D) 80,8
66. Bitta molekulasida 8 ta sp3 va 12 ta sp2 gibrid orbitallari bo'lgan organik kislotaning 825 molini K bilan o'zaro ta'siridan hosil bo'lgan modda massasini (g) aniqlang.
A)102,3 B) 113,85 C)125,4 D) 90,75
67. Bitta molekulasida 20 ta sp3 va 12 ta sp2 gibrid orbitallari bo'lgan organik kislotaning 0,8 molini Ca bilan o'zaro ta'siridan hosil bo'lgan modda massasini (g) aniqlang.
A) 136 B) 241,6 C) 204 D) 108,8
Do'stlaringiz bilan baham: |