YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR
1. Massasi 26,79 g bo'lgan fenol mo’l miqdordagi formaldegid bilan kislota ishtirokida qizdirilgandi 4,86 g suv hosil bo'ldi. Hosil bo'lgan yuqori molekulyar birikmaning o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 2004 B)2002 C) 2000 D) 2006
2. Massasi 37,6 g bo'lgan fenol mo’l miqdordagi formaldegid bilan kislota ishtirokida qizdirilganda 6,84 g suv hosil bo'ldi. Hosil bo'lgan yuqori molekulyar birikmaning o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 2126 B) 2140 C)2109 D)2108
3.Massasi 45,12 g bo'lgan fenol mo’l miqdordagi formaldegid bilan kislota ishtirokida qizdirilganda 81 g suv hosil bo'ldi. Hosil bo'lgan yuqori molekulyar birikmaning o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 1685 B) 1684 C) 1686 D) 1687
4. Polimerizatsiya (a) va polikondensatsiya (b) reaksiyasi natijasida monomer tarkibidagi uglerodning massa ulushi qanday o'zgaradi?
1) ortadi: 2) kamayadi: 3) o'zgarmaydi;
A) a-1; b-1 B) a-1; b-2
C) a-3; b-3 D) a-3; b-1
5. Quyida berilgan УuМВ orasidan polikondensatsiyalanish reaksiyasi orqali olinadiganlarini aniqlang.
1)fenolformaldegid smola; 2) teflon; 3)neylon 4) lavsan; 5) polistirol;
6) siloksan; 7) butadiyen-stirol;
A) 2, 4, 5, 7 B) 1,2, 3,4
C)1,3,4,6 D)1,4,6
6.Polimerizatsiya va polikondensatsiya reaksiyalarining o'xshash (a) va farqli (b) tomonlarini aniqlang.
1)reaksiya natijasida makromolekula hosil bo’ladi;
2)makromolekula π-bog'lar uzilishi hisobiga hosil bo'ladi;
3)monomerlardan makromolekula hosil bo'ladi;
4)reaksiya natijasida makromolekuladan boshqa
modda ham hosil bo’ladi;
A)a-l, 3; b-2, 4 B) a-1, 2; b-2, 3
C)a-2,4; b-1,3 D) a-2, 3; b-1, 4
7. 30 g stirolning polimerlanishidan 2,408∙10
21 dona makromolekula hosil bo'ldi. Polimerlanmagan monomerni oksidlash uchun 3116 g 2% li kaliy permanganat eritmasi sarflandi. Polistirol molyar massasini aniqlang.
A)594 B)5940 C)59400 D)594000
8. 10,5 g etilenning polimerlanishidan 1,806∙10
21 dona makromolekula hosil bo'ldi. Polimerlanmagan monomerni kaliy permanganat suvli eritmasi bilan oksidlanishi natijasida 4,35 g cho’kma hosil bo'ldi. Polietilen molyar massasini aniqlang.
A)3500 B) 2800 C)5400 D) 4000
9. 21 g amilenning polimerlanishidan 2,408∙10
20 dona makromolekula hosil bo'ldi. Polimerlanmagan monomer 80 g 4% li bromli tuvni rangsizlantirdi. Polimer birikma molyar massasini aniqlang.
A) 490000 B) 490 C) 49000 D) 4900
10. Turli mamlakatlarda oppanol, vistaneks deb nomlana-digan polimerning 1,204 ∙10
21 dona makromolekulasi hosil bo'lishi uchun olingan 22,4 g monomerning polimerlan-magan monomerini oksidlash uchun 316 g 4% li kaliy permanganat eritmasi sarflandi. Polimer molyar massasini aniqlang.
A)7840 B)5600 C)8000 D)9400
11. Sun'iy (a) va sintetik (b) tolalarni ko'rsating.
1) nitron; 2) lavsan; 3) viskoza; 4)kapron; 5) atsetat; 6) naylon; 7) mis-ammiakli atseton
A)a-1, 2, 4, 6; b-3, 5, 7
B)a-1, 4, 6; b-2, 3,5, 7
C)a-3,5, 7; b-1, 2,4,6
D)a-1, 2, 5, 7; b-3, 4, 6
12. Nitron tolasining monomeridagi uglerodning massa ulushini aniqlang.
A)0,58 B) 0,68 C) 0,62 D) 0,72
13. Lavsan tola asosini tashkil etuvchi moddalar juftligini aniqlang.
1) 1,3-butadiyen 2) fenol; 3) formaldegid;
4) benzoy kislota; 5)etilenglikol; 6) etilen; 7) 1,4-dimetilbenzol; 8) tereftal kislota;
9) glitserin
A) 1,6 B) 2, 3, 9 C) 5,8 D) 4, 7, 8
14. Polimerlanish darajasi 240 ga teng bo'lgan polietilenning bitta molekulasi massasini (g) aniqlang.
A) 28 B) 6720
С) 11,16∙10
-21 D) 4,65∙10
-23
15.Polimer birikmamng 5 donasi molekulasi 6,976∙10
-20 g bo'lsa, monomerni aniqlang. (Polimerlanish darajasi 200)
A) etilen B) buten-1
С) amilen D) propilen
16. Bitta molekulasimng massasi 2,79∙10
-3 kg bo'lgan oppanolning polimerlanish darajasini aniqlang.
A) 250 B)300 C) 320 D) 400
17. Quyidagi sxema asosida sopolimerlarni nomlang.
a) AABAABBAABAB;
b) AAAAAAABBBBBB
A)a-oddiy sopolimer; b-blok sopolimer
B)a-payvand sopolimer; b-blok sopolimer
C)a-blok sopolimer; b-payvand sopolimer
D)a-blok sopolimer; b-oddiy sopolimer
18. Quyidagi polimer birikmalarni monomer zvenosi bilan juftlab belgilang.
a) polimetilakrilat; b) polimetakrilat;
c)poliakrilat; d) polimetilmetakrilat
1) [-CH
2-C(CH
3)(COOH)- ]
n
2) [-CH
2-C(CH
3)(COOCH
3)-]
n
3)[-CH
2-CH(COOH)-]
n
4)[-CH
2-CH(COOCH
3)- ]
n
A) a-2; b-1; c-3; d-4 B) a-1; b-2; c-4; d-3
C)a-4; b-1; c-3; d-2 D) a-4; b-2; c-3; d-1
19. Butadiyen kauchuk (a) va divinil kauchuk (b) tuzilishi jihatidan qanday farq qiladi?
A) ikkalasi bir xil modda
B)a-stereoregulyar; b-stereonoregulyar
C)a-stereonoregulyar; b-stereoregulyar
D)a-uglerod ko'proq; b-uglerod kamroq
20. Vistaneksning monomer zvenosini ko'rsating.
A) [-CH
2-C(CH
3)
2-]
n В) [-C(CH
3)-C(CH
3)-]
n
С) [-CH
2-CH(C
2H
5)-]
n D) [-CH
2-CH(CH
3)-]
n
21.Qo'sh polimerlanish jorayonida butadiyen-1,3 va etilen monomerlari teng miqdorda qatnashganda hosil bo'lgan yuqori molekulyar birikmadagi struktur zvenoni ko'rsating.
A)[-CH
2CH=C(CH
3)CH
2CH
2CH
2-]
n
B)[-CH
2C(CH
3)=CHCH
2CH
2-]
n
C)[-CH
2CH=CHCH
2CH
2CH
2-]
n
D)
[-СН
2СН-СНСН
2СН
2-]
n
22. 1,4-dixlorbutanga KOH ning spirtli eritmasi qo'shildi. Hosil bo'lgan birikma etilen bilan birga qanday polimer hosil qilishi mumkin?
A) [-С(СН
3)=С(СН
3)СН
2-]
n
B)[-СН
2СН
2С(СН
3)=С(СН
3)-]
n
C)[-CH
2CH
2CH=C(C
2H
5)-]
n
D) [-CH
2CH=CHCH
2(CH
2)
2-]
n
23. Naylon tolasiga to'g'ri keladigan javobni
ko’rsating.
1)poliefir tola; 2) poliamid tola;
3)geksametilendiamin va adipin kislotadan hosil bo'ladi;
4)tereftal kislota va etilenglikoldan olinadi;
5)polikondensatsiyalanish reaksiyasi mahsuloti;
6)polimerlanish reaksiyasi mahsuloti
A) 1,4, 6 B) 1,3,6
C)2,4,5 D) 2, 3, 5
24. Izopren va izobutilen monomerlarining qo'sh polimerlanishida ikkala mahsulot teng miqdorda qatnashganda hosil bo'lgan yuqori molekulyar birikmaning struktur zvenosini ko'rsating.
A)[-CH
2C(CH
3)CHCH
2CH
2C(CH
3)
2-]
n
B)[-СНС(СН
3)СН
2СН
2СН
2С(СН
3)
2-]
n
C)[-СН
2С(СН
3)С(СН
3)СН
2С(СН
3)
2-]
n
D)[-СН
2СН(СН
3)СНСНСН
2С(СН
3)
2-]
n
25.Qaysi sintetik tola polimerlanish reaksiyasi mahsuloti hisoblanadi?
A)nitron B) kapron
C) neylon D) lavsan
26. Ftorokauchukning monomer zvenosi tarkibidagi ftorning massa ulushini aniqlang.
A) 45,67 B) 52,63 C) 57,23 D) 64,34
27.Siloksan kauchukka xos bo'lmagan xususiyatni ko'rsating.
A)dimetilsilandioldan hosil bo'ladi
B)polimerlanish reaksiyasi mahsuli hisoblanadi.
C)haroratga chidamli kabellar tayyorlanadi
D) yuqoridagilarning barchasi xos
28.Tabiiy kauchukning fazoviy izomeri bo’lgan kauchukni ko'rsating.
A) izopren B) xloropren
C)butadiyen D) guttapercha
29. Ftorokauchukka xos bo'lgan belgilarni ko'rsating.
1)triftorxloretilendan hosil bo'ladi;
2)viniliden ftoriddan hosil bo’ladi;
3)tetraftoretilendan hosil bo'ladi;
4)polimerlanish reaksiyasi mahsuloti;
5)sopolimerlanish reaksiyasi mahsuloti;
6)polikondensatlanish reaksiyasi mahsuloti;
A) 3,4 B) 1,2,5 C) 1, 2, 6 D) 2, 3, 6
30. Tarkibi (C
3H
6O)
n bo'lgan organik birikmaning 6,96 g miqdori 27°C da 120 kPa bosimda bug'latilgan. Hosil bo'lgan bug'ning hajmi 831,4 ml bo'lgan. “n” qiymatini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
31. Tarkibi (С
3Н
6О)
n bo'lgan organik birikmaning 3,48 g miqdori 27
°C da 100 kPa bosimda bug’latilgan. Hosil bo'lgan bug’ning hajmi 748,26 ml bo'lgan. “n” qiymatini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
32. Strukturasi
[CH
2C(CH
3)(COOH) CHClCHCl-] bo'lgan polimer zvenosi qaysi monomerlarning qo’sh polimerlanishi natijasida hosil bo’ladi?
1) izopren; 2) metilmetakrilat;
3) vinilxlorid; 4) metakril kislota; 5)xloropren; 6) 1, 2-dixloretan
A) 2, 3 B) 4, 6 C) 3, 4 D) 1, 5
33. Polikondensatsiyalanish reaksiyasi mahsuloti bo'lgan qaysi mahsulot hosil bo'lganda uglerodning oksidlanish darajosi o'zgaradi?
A) lavsan B) fenolformaldegid smola
C) kapron D) butadiyenstirol
34. Monomeri yo'q polimerni belgilang.
A)polietilen B) polistirol
C) polivinil spirt D) fenolformaldegid spirit
35. Issiqxona havosiga ozroq miqdorda qoshilganda mevalarning yetilishini tezlashtiradigan
A modda kumush tuzlari katalizatorligida havo kislorodi ta'sirida oksidlanganda
В modda hosil bo'ldi В moddaning suv bilan ta'sirlashishidan olingan modda naftalinning oksidlanishidan olingan modda izomeri bilan reaksiyaga kirishdi Olingan mahsulot qaysi yuqori molekulyar birikmaning monomeri hisoblonadi
A) neylon B) lavsan
C) nitron D) kapron
36. …. tolalari silliq va mayinligi tufayli jarrohlikda shoyi va ketgut tolalari o’rniga ishlatilmoqda. Ushbu tolaning
monomer zvenosidagi uglerod oksidlanish darajalari
yig'indisini aniqlang.
A)0 B)1 C)-2 D)-3
37.Agressiv suyuqliklarni tozalashda katta ahamiyatga ega filtrlar yasashda foydalaniladigan poroplastlar olinuvchi yuqori molekulyar birikmaning massasi 1,993 ∙10
-23kg bo'lsa, polimerlanish darajasini aniqlang.
A) 100 B)110 C) 120 D) 130
38. Hozir qurilishda keng ishlatiladigan linoleum olinadigan polimer birikmaning monomer zvenosidagi uglerodning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 38,4 B) 85,71
C) 54,54 D) 43,4
39.Nairit kauchugi qaysi moddaning polimerlanishidan hosil bo'ladi?
A) Izopren C)stiral
C) divinil D) xloropren
40. Tiniqligi jihatdan oddiy shishadan qolishmaydigan, 90 % gacha nur o'tkazadigan polimer tarkibida 3,01∙10
20 dona molekula mavjud. Uning polimerlanishiga 4,16 g monomer sarflandi. Reaksiya unumi 100 % bo’lsa, polimerlanish darajasini aniqlang.
A) 60 B) 80 C) 100 D) 150
41. Cho'zilganda o’zining uzunligiga nisbatan 15 martagacha uzayadigan polimer tarkibida 3,01∙10
20 dona molekula mavjud. Uning polimerlanishiga 5 g monomer sarflandi. Reaksiya unumi 84 % bo'lsa, polimerlanish darajasini anilang.
A)50 B)60 C) 100 D)150
42.Birinchi marta 1878-yilda sintez qilingan polimer tarkibida 3,01 ∙10
20 dona molekula mavjud. Uning polimerlanishiga 6,5 g monomer sarflandi. Reaksiya unumi 96 % bo'lsa, polimerlanish darajasini aniqlang.
A) 50 B) 80 C) 120 D)150
43. Hozir qurilishda linoleum olishda foydalaniladigan pollime r tarkibida 3,01 ∙10
20 dona molekula mavjud. Uning polimerlanishiga 2,5 g monomer sarflandi. Reaksiya unumi 100 % bo'lsa, polimerlnmsh darajasini aniqlang
A) 50 B) 80 C) 100 D) 150
44. Kapron tola monomeridan 39,3 g olish uchun neсha gramm ₤-kaprolaktam kerak bo’ladi ? (reaksiya unumi 80 %)
A) 33,9 B) 32,4 C) 42,37 D) 40,5
45. Kapron tola monomeridan 32,75 g olish uchun necha gramm ₤-kaprolaktam kerak bo'ladi? (reaksiya unumi 80 %)
A) 33,9 B) 28,25 C) 42,37 D) 35,31
46. Kauchuk tarkibiga qaysi guruh kiritilganda uning metalga yopishqoqligi ortadi?
A) aminoguruh B) gidroksil guruh
C) karboksil guruh D) karbonil guruh
47. Sopolimerlanish reaksiyasi mahsuloti bo’lmagan kauchukni ko'rsating
A) butilkauchuk
B) ftorokauchuk
C) siloksan kauchuk
D) butadiyenstirolkauchuk
48. Quyidagi monomer zvenoga ega sopolimerni hosil qilgan monomerlarni aniqlang. [-CH
2CH(COOCH
3)CH
2CH(CH
3)-]
n 1) izopren; 2) metilakrilat; 3)izobutilen 4) metilmetakrilat; 5)xloropren 6) propilen
A)2,6 B)3,4 C)1,3 D) 3,5