Chuliyev mirjaxon



Download 3,32 Mb.
bet40/53
Sana22.04.2022
Hajmi3,32 Mb.
#572714
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
Bog'liq
Anorganik va organik kimyo mavzuladhtirilgan test(1)

ALKENLAR
1. Alkenlarning “olefin”lar nomini olishiga qaysi modda sabab bo'lgan?
A)C2H4 B)C3H6
C)C2H4Cl2 D)C2H5Cl

2.Stexiometrik nisbatda olingan alken va kislorod aralashmasi yondirilgandan keyin suv bug'lari kondensatsiyalangach idishdagi bosim 1,75 marta kamaydi. Alkenni aniqlang.


А)С5Н10 B)C2H4 C)C3H6 D )C4H8

3.Stexiometrik nisbatda olingan alken va kislorod aralashmasi portlatilgandan keyin hosil bo'lgan aralashma hajmi boshlang’ich aralashma hajmiga teng bo'ldi. Alkenni aniqlang.


A)C2H4 В) C5H10 C)C3H6 D)C4H8

4.Hajmi 4 ml bo'lgan alken va 16 ml kisloroddan iborat aralashma portlatilib suv bug'lari kondensatsiyalangach aralashma hajmi 12 ml ni tashkil qildi. Alkenni aniqlang.


A)C2H4 В) C5H10 C)C3H6 D)C4H8

5.Hajmi 2 ml bo’lgan alken va 10 ml kisloroddan iborat aralashma portlatilib suv bug'lari kondensatsiyalangach aralashma hajmi 7 ml ni tashkil qildi. Alkenni aniqlang.


A)C2H4 В) C5H10 C)C3H6 D)C4H8

6.Noma'lum alken va kisloroddan iborat o'rtacha molyar massasi 35 bo’lgan aralashma yondirilgandan keyin hosil bo’lgan aralashma boshlang’ich sharoitga keltirilgandan so'ng aralashmaning o'rtacha molyar massasi 41,6 bo'lib qoldi. Alkenni aniqlang.


A)C2H4 В) C5H10 C)C3H6 D)C4H8


7. Hajmiy nisbati 1:6:3 bo'lgan noma'lum alken, kislorod va azotdan iborat aralashma portlatilgandan keyin hosil bo'lgan bitta murakkab va ikkita oddiy moddadan iborat aralashmani o'rtacha molyar massasi 35,2 bo'ldi. Alkenni aniqlang.
A)C2H4 В) C5H10 C)C3H6 D)C4H8


8. Noma'lum alkenning 3,36 g massasi kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan oksidlanganda 6,96 g massali cho'kma hosil bo'ldi. Alkenni aniqlang.
A) etilen B) propilen
C) butilen D) penten-2

9.Noma'lum alkenning 3,15 g massasi kaliy permanganat-ning suvli eritmasi bilan oksidlanganda 4,35 g massali cho'kma hosil bo'ldi. Alkenni aniqlang.


A) etilen B) propilen
C) butilen D) penten-2

10. Alken tarkibida uglerod-vodorod bog'lari soni, uglerod-uglerod bog'lari sonidan 5 taga ko'p bo’lsa, ushbu alkenning 0,4 molidagi elektronlar mol miqdorini aniqlang.


A) 12,8 B) 9,6 C) 16,8 D) 19,2


11. Normal atmosfera bosim va 27°C tem-praturada 24 g etan va noma'lum uglevodo-rod aralashmasi 14,76 l hajmni egallaydi. Nomalum uglevodorodning hajmiy ulushi esa 25 % ni tashkil etadi. Gazlar aralashmasi KMnO4 ning suvli eritmasi orqali o'tkazilsa, hosil bo'ladigan cho'kmaning massasini aniqlang.
A) 11,6 B) 6,96 C) 8,7 D) 9,4


12. Normal atmosfera bosim va 27°C tempraturada 10 g metan va noma'lum uglevodorod aralashmasi 9,846 l hajmni egallaydi. Nomalum uglevodorodning hajmiy ulushi esa 75 % ni tashkil etadi. Gazlar aralashmasi KMnO4 ning suvli eritmasi orqali o'tkazilsa, hosil bo'ladigan cho'kmaning massasini aniqlang.
A) 17,4 B) 12,4 C) 8,7 D) 9,4


13. 99,768 kPa bosim va 27°C tempraturada 12,96 g etan va noma'lum uglevodorod aralashmasi 10 l hajmni egallaydi. Noma'lum uglevodorodning hajmiy ulushi esa 20 % ni tashkil etadi. Gazlar aralashmasi KМnО4 ning suvli eritmasi orqali o'tkazilsa, hosil bo’ladigan organik moddaning massasini aniqlang.
A) 10,4 B) 12,16 С) 6,08 D) 7,6


14. Normal atmosfera bosim va 30°C tempraturada 7,2 g metan va noma'lum uglevodorod aralashmasi 7,458 l hajmni egallaydi. Noma'lum uglevodorodning hajmiy ulushi esa 20 % ni tashkil etadi. Gazlar aralashmasi KMnO4 ning suvli eritmasi orqali o'tkazilsa, hosil bo'ladigan cho'kmaning massasini aniqlang.
A) 3,48 B) 5,4 C) 8,7 D) 9,4

15. Noma'lum alkil bromid kaliy gidroksidining spirtli eritmasi bilan ishlov berilib, hosil bo'lgan uglevodorodga vodorod bromid qo'shildi. Bunda hosil bo'lgan galogenli birikma natriy metali qo’shib qizdirilganda 2,3-dimetil-butan hosil bo’ldi. Boshlang’ich alkil bromid(lar)ni aniqlang.


1)1-brompropan;
2)2-brompropan;
3)l-brom 2-metilbutan;
4)2-brom 2-metilbutan;
A) 1 B) 2, 4 C) 3 D) 1, 2

16. Noma’lum alkil bromid kaliy gidroksidining spirtli eritmasi bilan ishlov berilib, hosil bo'lgan uglevodorodga vodorod bromid qo'shildi. Bunda hosil bo'lgan galogenli birikma natriy metali qo'shib qizdirilganda 3,3,4,4-tetrametilgeksan hosil bo’ldi. Boshlang'ich alkil bromid-(lar)ni aniqlang.


1)l-brom 2-metilbutan;
2)2-brom 2-metilbutan;
3)2-brom 3-metilbutan;
4)1-brom 3-metilbutan;
A)1 В) 1,2 C)1,2,3 D)1,2,3,4

17. Noma’lum alkil bromid kaliy gidroksidining spirtli eritmasi bilan ishlov berilib, hosil bo'lgan uglevodorodga vodorod bromid qo'shildi. Bunda hosil bo'lgan galogenli birikma natriy metali qo'shib qizdirilganda 4,4,5,5-tetrametiloktan hosil bo’ldi. Boshlang'ich alkil bromid-(lar)ni aniqlang.


1)1-brom 2-metilpentan
2) 2-brom 2-metilpentan
3) 3-brom 2-metilpentan
4)2-brom 4-metilpentan
5)l-brom 4-metilpentan
A)1,2,3 B) 2, 4, 5 C)2,3 D) 4, 5

18.Olefinlarga galogenlarning birikishi ortib borish tartibini ko'rsating.


1) ftor; 2) xlor; 3) brom; 4) yod;
A) 1, 2, 3, 4 В) 1, 3, 2, 4
C)4,3,2,1 D)2,3,4,1


19. Alkenlarga yuqori tempratura (150-200°C) da nikel yoki platina katalizatorlari ishtirokida ikki atom vodorod birikib, alkan-lar hosil qilishini qaysi olim kashf etgan?
A) Favorskiy B) Bertolle
C) Gustavson D) Sabate


20. Hajmi 20 ml bo’lgan noma'lum uglevo-dorod 100 ml kislorod qo'shib portlatildi. Suv bug'lari kondensat-siyalangach aralash-ma hajmi 70 ml bo’lib qoldi. Ushbu aralash-ma kaliy gidroksid eritmasi oqali o'tkazil-ganda 10 ml bo'lib qoldi. Uglevodorodning molyar massasini aniqlang.
A) 26 B) 28 C) 30 D) 42

21. Alkenning gidrogenlanishi natijasida hosil bo'lgan modda tarkibida uglerod miqdori boshlang’ich alken tarkibidagidan 2,38 % gа kam. Shu alkenning 17,5 g miqdori 800 g bromli suvni rangsizlantirishi ma'lum bo'lsa, bromli suv konsentratsiyasini (%) aniqlang.


A) 4 B) 5 C)6 D) 8

22. Alkenning gidrogenlanishi natijasida hosil bo'lgan modda tarkibida uglerod miqdori boshlang'ich alken tarkibidagidan 2,956 % ga kam. Shu alkenning 11,2 g miqdori 800 g bromli suvni rangsizlantirishi ma'lum bo'lsa, bromli suv konsentratsiyasini (%) aniqlang.


A) 4 B) 5 C)6 D) 8


23. Eten va noma'lum alkandan iborat 11,2 l aralashma mo'l miqdorda kislorodda yondiri-lishidan 28,8 g suv hosil bo'ldi. Xuddi shun-day hajmdagi shunday tarkibga ega aralash-ma kaliy permanganatning kuchsiz ishqoriy eritmasi orqali o'tkazilganda eritma massasi 5,6 g ga ortdi. Alkanni aniqlang.
А) С2Н6 В) С5Н12 С) C3H6 D) C4H10

24.Qaysi moddalarni ketma-ket qo'llab buten-1 dan buten-2 olish mumkin?


1) kaliy gidroksidning suvli eritmasi va kaliy gidroksidning spirtli eritmasi;
2) vodorod bromid va kaliy gidroksidning spirtli eritmasi; 3) vodorod bromid va kaliy gidroksidning suvli eritmasi;
4) fosfat kislota katalizatorligida suv bilan qizdirish va aluminiy oksidi bilan qizdirish;
A)1 B) 2, 3 C) 2 D) 2,4


25. Bir xil sifat tarkibiga ega bo'lgan uch xil uglevodorod-A, В va С uglevodorod bor. Bir mol A uglevodorodni yoqish uchun ketadi-gan kislorod hajmi bir moldan olingan В va С uglevodorodlarni yoqish uchun ketadigan kislorod hajmiga teng. В uglevodorodning izomerlariyo'q A uglevodorodning esa fazoviy izomerlari yo'q. A uglevodorod bromli suvni rangsizlantiradi, degidrosikl-langanda esa kaliy permanganat eritmasi bilan ta'sirlashmaydigan modda hosil bo’ladi. С uglevodorod fazoviy izomerga ega A, В va С uglevodorodlarni aniqlang.
A)A-etilen; B-metan; C-propen
B)A-geksen-2; B-etilen; C-buten-2
C)A-etilen; B-atsetilen; C-buten-1
D)A-geksen-1; B-etilen; C-buten-2


26. Butenning ftorli hosilasi tarkibida 4,545 % vodorod borligi ma'lum bo’lsa, ushbu birikmaning 0,3 molidagi taqsimlanmagan elektron juftlari sonini aniqlang.
A) 1,806∙1023 В) 5,418∙1023
C) 16,294∙1023 D) 32,508∙1023

27.Propenning ftorli hosilasi tarkibida 5,1282 % vodorod borligi ma'lum bo'lsa, birikmaning 0,2 molidagi taqsimlanmagan elektron juftlari sonini aniqlang.


A) 14,448∙1023 B) 5,418∙1023
C) 7,224∙1023 D) 1,204∙1023

28.A modda rangsiz, o'ziga xos hidli, yengil va suvda yaxshi eriydi. A modda konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qizdirilganda havodan yengil В modda hosil bo'ldi. B modda vodorod bromid bilan ta'sirlashganda og'ir suyuqlik- С modda hosil bo'ldi. A, В va С moddalarni ko'rsating.


A)A - CH4; В - СО; С - CBr4;
B)A - CH3OH; В-СО; С - CBr4;
C)A - C2H5OH; B-C2H4; С-С2Н5Вr;
D) А – СН3ОН; В-С2Н4; С-С2Н5Вr;


29.Vodorod bromid ta'sir ettirilganda bromning massa ulushi 52,98 % li birikmasi hosil bo’ladigan bromalkanlarning nechtasi kaliy gidroksid spirtli eritmasi bilan ta'sirlashganda fazoviy izomerga ega bo'lgan uglevodorod hosil qiladi?
A) 3 B) 8 C) 4 D) 2


30.Magniyning dibromalkan bilan ta'sirlashishi natijasida olingan to'yinmagan uglevodorod massasi boshlang'ich birikma massasidan 4,81 marta yengil bo'lsa, ushbu holatga mos keluvchi dibromalkanlar sonini aniqlang.
A) 2 B)3 C)4 D) 1


31. To'yingan spirtning degidratatsiyasidan olingan uglevodorod 51,5 g natriy bromiddan olingan vodorod bromid bilan ta'sirlashdi. Olingan uglevodorod yondirilganda 44,8 l (n.sh) karbonat angidrid hosil bo'ldi. Boshlang'ich spirt tarkibidagi uglerod atom(lar)i oksidlanish daraja(lar)i yig'indisini aniqlang.
A)-9 B)-8 C)-6 D)-7

32. Necha xil tarmoqlangan zanjirli bir atomli to’yingan spirtdan bitta molekulasida 30 ta orbital tutuvchi alken olish mumkin?


A)3 B) 4 C) 5 D)6

33. Necha xil bir atomli to'yingan spirtdan molekulasida 24 ta orbital tutuvchi alken olish mumkin?


A) 3 B) 4 C) 5 D) 6


34. Havodan og'ir bo'lgan A uglevodorod degidrogenlanganda havodan yengil B uglevodorodni hosil qildi. Ma'lum sharoitda B modda C moddaga aylanadi. С modda ham xuddi B modda singari miqdoriy va sifatiy tarkibga ega ekanligi ma’lum bo'lsa, С moddani aniqlang.
A) etan B) etilen
C) polietilen D) polipropilen

35. Massasi 15,4 g bo'lgan etilen-propen aralashmasi gidratlanishidan 22,6 g spirtlar aralashmasi hosil bo'ldi. Boshlang'ich aralashmadagi alkenlar mol nisbatini aniqlang.


A) 1:1 B) 1:2 C)1:3 D) 1:1,5


36.Hajmi 28,75 ml bo'lgan bir atomli to'yingan spirt (p=0,8 g/ml) konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qizdirilishi natijasida olingan gaz 8,96 l (n.sh) vodorodni biriktirib olishi ma'lum bo'lsa, hosil bo'lgan alkan tarkibidagi uglerod- vodorod bog'lari soni nechta?
(Reaksiya unumi 80 %)
A) 1,806∙1024 В) 5,418∙1023
C) 3,01∙1023 D)14,448∙1023

37.Buten-2 va vodoroddan iborat geliyga nisbatan zichligi 3,2 bo'lgan aralashma nikel katalizatori ustidan o'tkazilganda hosil bo'lgan aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 3,556 bo'lib qoldi. Reaksiya unumini aniqlang.


A) 0,4 B) 0,5 C)0,6 D) 0,25

38. Etilen va vodoroddan iborat geliyga nisbatan zichligi 2,125 bo'lgan aralashma nikel katalizatori ustidan o'tkazilganda hosil bo'lgan aralashmaning o'rtacha molyar massasi 10,625 bo'lib qoldi. Reaksiya unumini aniqlang.


A) 0,8 B) 0,5 C)0,6 D) 0,75

39.Propen va vodoroddan iborat geliyga nisbatan zichligi 1,5 bo'lgan aralashma nikel katalizatori ustidan o’tkazilganda hosil bo'lgan aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 1,5625 bo'lib qoldi. Reaksiya unumini aniqlang.


A) 0,4 B) 0,5 C)0,6 D) 0,25

40. Alkenning qororg’ulikda xlor bilan ta'sirlashi natijasida 42,3 g dixlorid hosil bo'lgan, xuddi shunday namuna bromning tetraxlormetandagi eritmasi bilan ta'sirlashganda 69 g dibromid hosil bo'ladi. Ushbu alkenning nechta izomeri borligini aniqlang.


A) 4 B) 5 C) 6 D) 7

41.Molyar massalari nisbati 1:2 bo'lgan ikki alken gidrogenlanganda hosil bo'lgan alkanlar molyar massalari nisbati 0,5172 bo'lsa, molyar massasi kichik bo'lgan alkenning 0,4 molidagi vodorod atomlari soni uglerod atomlari sonidari nechtaga ko'p?


A) 2,408∙1023 В) 4,816∙1023
С) 9,632∙1023 D) 1,204∙1023


42.Miqdori 0,1 mol bo'lgan noma'lum organik modda kaliy permanganatning kislotali eritmasi bilan ta'sirlashishi natijasida 4,48 l (n.sh) karbonat angidrid, 36,24 g MnSO4,
20,88 g K2SO4 va suv hosil bo'ldi. Uglevodorodni aniqlang.
A)C2H4 B)C2H6 C)C2H2 D) C4H8


43.Miqdori 0,25 mol bo'lgan noma'lum organik modda kaliy permanganatning kislotali eritmasi bilan ta'sirlashishi natijasida 16,8 l (n.sh) karbonat angidrid, 135,9 g MnSO4 ; 78,3 g K2SO4 va suv hosil bo'ldi. Uglevodorodni aniqlang.
A)C2H4 В) C3H4 С)C3Н6 D)C3H8

44. To'yingan uglevodorod krekingi natijasida uchta gaz hosil bo'ldi. Bu aralashmaning zichligi boshlang'ich aralashma zichligidan 1,5 marta kichik bo'ldi. Reaksiya unumi (%) qanday bo'lganligini aniqlang.


A) 50 B) 75 C) 80 D) 90


45.To'yingan uglevodorod krekingi natijasida uchta gaz hosil bo'ldi. Bu aralashmaning zichligi boshlang'ich aralashma zichligidan 1,8 marta bo'ldi. Reaksiya unumi (%) qanday bo'lganligini aniqlang.
A) 50 B) 75 C) 80 D) 90

46.Qaysi alkenlarning kaliy permanganat bilan kislotali muhitda oksidlanishidan ikki xil kislota hosil bo'ladi?


1) 2-metilbuten-2; 2) 3-metilbuten-l
3) 2, 3-dimetilpenten-2;
4) 2-metilgeksen-3;
5)2-metilgeksen-2;
6) 4-metilpenten-2
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C)1,3 D)2,3,4,6

47.Stexiometrik nisbatda olingan alken va kisloroddan iborat 16 ml aralashma reaksiyasi natijasida 8 ml karbonat angidrid hosil bo'ldi. Alken formulasini aniqlang.


A)C2H4 B)C4H8 C)C6H12 D) С3Н6


48.Massasi 26,6 g bo’lgan buten-1, 2-metilbuten-l va penten-2 dan iborat aralashma 64 g bromni biriktira oladi. Aralashma tarkibidagi butenning hajmiy ulushini (%) aniqlang.
A) 33,33 B) 66,67 C) 50,0 D) 25,0


49.Propen va noma'lum alkandan iborat 4,48 l (n.sh) aralashma yondirilganda 10,8 g suv hosil bo'ldi. Xuddi shunday hajmdagi aralashma kaliy permanganat eritmasi orqali o’tkazilganda eritma massasi 6,3 g ga ortganligi ma'lum bo'lsa, alkanni aniqlang.
А) С2Н6 B)C4H10 C)C6H14 D) C3H8


50. Propen va vodorod bromide ta'sirlashishiga xos bo'lgan xusasiyatlarni ko'rsating.
1)V.V.Markovnikov qoidasi bo’yicha boradi;
2)2-brompropan hosil bo'ladi;
3)o’rin olish reaksiyasi boradi;
4)π-bog’ uzilishi sodir bo'lmaydi;
5)ion mexanizmi bo'yicha boradi;
6)2, 2-dibrompropan hosil bo'ladi
A) 1, 2, 5 B) 2, 4, 6
C)1,2,3 D) 1, 2, 3, 5


51.Alken va vodoroddan iborat 26,88 l aralashma 200°C da platina katalizatori ustidan o'tkazildi. Natijada reaksiya unumi 75 % bo'ldi va aralashma hajmi 20,16 l gacha kamaydi. Agar dastlabki aralashma bromli suvdan o'tkazilganda eritma massasi 16,8 g ga ortishi ma'lum bo'lsa, alkenni va uning aralashmadagi hajmiy ulushini (%) aniqlang.
A) propen; 100/3 % B) eten; 25 %
C) buten-1; 75 % D) buten-2; 200/3 %


52.Alken va vodoroddan iborat 13,44 l aralashma 200°C da platina katalizatori ustidan o'tkazildi. Natijada reaksiya unumi 50 % bo'ldi va aralashma hajmi 8,96 l gacha kamaydi. Agar dastlabki aralashma bromli suvdan o'tkazilganda eritma massasi 22,4 g ga ortishi ma'lum bo'lsa, alkenni va uning aralashmadagi hajmiy ulushini (%) aniqlang.
A) propen; 100/3 % B) eten; 25 %
C) buten-1; 75 % D) buten-2; 200/3 %

53.Massasi 57,6 g bo'lgan pentanning krekingi natijasida hosil bo'lgan gazlar aralashmasi 2 kg 4 % li bromli suvni rangsizlantirdi. Ushbu aralashmaning havoga nisbatan zichligini aniqlang.


A) 1,527 B) 2,482
C) 1,724 D)1,986


54.Massasi 43,2 g bo'lgan pentanning krekingi natijasida hosil bo'lgan gazlar aralashmasi 1,28 kg 5 % li bromli suvni rangsizlantiradi. Ushbu aralashmaning argonga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 1,527 B) 1,182 С) 1,489 D) 1,08


55.Noma'lum alken mo'l miqdorda bromli suv solingan idish orqali o'tkazilganda hosil bo'lgan mahsulot massasi shu alkenning suyultirilgan sulfat kislota eritmasi orqali o'tkazilishidan olingan modda massasidan (unum 75 %) 3,89 marta og'ir bo'lsa, alkenni aiqlang.
A) etilen B) dimetiletilen
C) metiletilen D) metiletiletilen


56.Noma'lum alken mo'l miqdorda bromli suv solingan idish orqali o'tkazilganda hosil bo'lgan mahsulot massasi shu alkenning suyultirilgan sulfat kislota eritmasi orqali o'tkazilishidan olingan modda massasidan (unum 83,33 %) 4,04 marta og’ir bo'lsa, alkenni aniqlang.
A) etilen B) dimetiletilen
C) metiletilen D) metiletiletilen


57.Massasi 21 g bo'lgan alken kaliy perman-ganatning sovuq eritmasi bilan qayta ishlan-ganda 70 % unum bilan 12,18 g qo'ng'ir cho'kma tushdi. Ushbu moddaning sis- va trans- izomerlari mavjud bo'lsa, uni aniqlang.
A) buten-1 B)penten-1
C) penten-2 D) buten-2


58. O’zaro izomer bo'lgan monobromli to'yingan uglevodorodlar aralashmasi kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan ishlanganda 0,693 g gazsimon modda hosil bo'ldi. Olingan gazsimon modda kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan qayta ishlanganda 0,957 g qo'ng'ir cho'kma olindi. Boshlang'ich aralashma massasini (g) aniqlang.
A) 3,05 B) 2,15 C) 2,05 D)2,03



Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish