ALKINLAR
1.Stexiometrik nisbatda olingan alkin va kislorod aralashmasi portlatilgandan keyin idishdagi bosim
167 marta kamaygan bo'lsa, alkinni aniqlang. (suv bug'lari kondensatsiyalanmagan)
А)С2Н2 В) C5H8 С) C3H4 D) C4H6
2.Noma'lum alkin va kisloroddan iborat o'rtacha molyar massasi 32,8 bo’lgan aralashma yondiriligandan keyin hosil bo'lgan aralashma boshlang'ich sharoitga keltirilgan-dan so'ng aralashmaning o'rtacha molyar massasi 36,5 bo'lib qoldi. Alkinni aniqlang.
A)C2H2 B)C5H8 C)C3H4 D)C4H6
3.Hajmiy nisbati 1:5:3 bo'lgan noma’lum alkin, kislorod va azotdan iborat aralashma portlatilgandan keyin hosil bo'lgan bitta murakkab va ikkita oddiy moddadan iborat aralashmaning o'rtacha molyar massasi 33,6 bo'ldi. Alkinni aniqlang.
A)C2Н2 B)C5H8 С) С3H4 D)C4H6
4. Eten va etindan iborat 400 ml aralashmaga 1600 ml vodorod qo'shib katalizator ishtirokida qizdirilganda aralashma hajmi 25 % ga kamaydi. Xuddi shunday boshlang'ich aralashmani yoqish uchun kerak bo'ladigan havo hajmini aniqlang.
A) 1150 B) 900 C) 4500 D) 5750
5.Eten va etindan iborat 500 ml aralashmaga 3500 ml vodorod qo'shib katalizator ishtirokida qizdirilganda aralashma hajmi 20 % ga kamaydi. Xuddi shunday boshlang'ich aralashmani yoqish uchun kerak bo'ladigan havo hajmini aniqlang.
A) 1350 B) 750 C) 3750 D) 6750
6.Hajmi 8 ml bo'lgan C4Hx tarkibli uglevo-dorodga 50 ml kislorod qo'shib portlatilgan-dan keyin hosil bo'lgan aralashma normal sharoitga keltirilganda hajmi 38 ml bo’lib qoldi. Uglevodorodni aniqlang.
A)C4H6 B)C4H4 C)C4H8 D)C4H10
7. Hajmi 10 ml bo'lgan C4Hx tarkibli uglevodorodning mo’l miqdorda kislorod bilan 110°C va 101,325 kPa bosimda qizdirilishidan so’ng hosil bo'lgan aralashma hajmi 5 ml ga ortdi. Ushbu masala shartini qoniqtiradigan uglevodorodlar berilgan qatorni aniqlang.
1)butan; 2)buten-1; 3)buten-2;
4)butadiyen-1,3 5)siklobutan; 6)butin-2
A) 1 B) 2, 3, 5 C) 4 D) 4, 6
8.Hajmi 10 ml bo'lgan C4Hx tarkibli uglevodorodning mo'l miqdorda kislorod bilan 110°C va 101,325 kPa bosimda qizdirilishidan so'ng hosil bo'lgan aralashma hajmi o'zgarmasdan qoldi. Ushbu masala shartini qoniqtiradigan uglevodorod berilgan qatorni aniqlang.
A) butin-2 B) butan
C) buten-l D) vinilatsetilen
9. Hajmi 10 ml bo’lgan C4Hx tarkibli uglevodorodning mo’l miqdorda kislorod bilan 120°C va 101,325 kPa bosimda qizdirilishidan so’ng hosil bo'lgan aralashma hajmi 15 ml ga ortdi. Ushbu masala shartini qoniqtiradigan uglevodorod berilgan qatorni aniqlang.
A)butin-2 В) butan
С) buten-1 D) vinilatsetilen
10. Hajmi 3 ml bo'lgan C5Hx tarkibli uglevodorodning mo'l miqdorda kislorod bilan 120°С va 101,325 kPa bosimda qizdirilishidan so'ng hosil bo'lgan aralashma hajmi 3 ml ga ortdi. Ushbu masala shartini qoniqtiradigan uglevodorod berilgan qatorni aniqlang.
A) pentin-2 B) pentan
С) penten-1 D) Siklopentan
11. Hajmi 5 ml bo’lgan C4Hx tarkibli uglevodorodning mo'l miqdorda kislorod bilan 120°C va 101,325 kPa bosimda qizdi-rilishidan so'ng hosil bo'lgan aralashma normal sharoitga keltirilganda hajmi 15 ml ga kamaydi. Ushbu masala shartini qoniqtira-digan uglevodorod berilgan qatorni aniqlang.
A) butin-2 B) butan
C) buten-1 D) vinilatsetilen
12. Alkinlarning kislorod ishtirokida yonishining umumiy formulasida kislorod oldidagi koeffissent qiymatini aniqlang.
A) l,5n - 0,5 B) n-1/3
С) n+l D) l,5n+l,5
13. Alkin tarkibida uglerod-vodorod bog'lari soni uglerod-uglerod bog'lari sonidan 4 taga ko'p bo'lsa, shu alkinning 0,2 mol miqdorini yoqish uchun ketadigan havo hajmini (l) aniqlang?
A) 123,2 B) 89,6 C) 156,8 D) 190,4
14. Alkin tarkibida uglerod-vodorod bog'lari soni uglerod atomlari orasidagi oddiy bog'lar sonidan 5 taga ko'p bo'lsa, shu alkinning bir harakatchan vodorod tutuvchi, tarmoq-lanmagan molekulasidagi orbitallar sonini aniqlang?
A) 22 B) 16 C) 28 D) 34
15. Visinal digalogenli hosilalarga (a) va geminal digalogenli hosilalarga (b) o'yuvchi ishqorlarning spirtdagi eritmasi yoki natriy amid ta'sir ettirilganda qaysi gomologik qatorga kiruvchi birlkmalar hosil bo'ladi?
A) a-alken b-alkin B)a-alkin; b-alken
С) a-alkadiyen; b-alkin D) a-alkin; b-alkin
16.Atsetilen qatori uglevodorodlarida izomerlanish jarayonini kashf etgan olimni ko'rsating.
A) N.N.Zinin B) A.E.Favorskiy
С) S.V.Lebedov D) A.V.Kolbe
17. Hajmi 1l bo'lgan idishda 406,5 K harorat va 101325 Pa bosimda gazsimon uglevodorod va kislorod aralashmasi bor. Bu aralashmada kislorod uglevodorodni yoqish uchun yetadigan miqdoridan ikki marta ko'p. Reaksiya natijasida 0,162 g suv hosil bo'ldi va idishda bosim 5 % ga ortdi (shu sharoitda). Uglevodorod tarkibini aniqlang.
А) С3Н6 В) C2H6 С) С2Н2 D) С3Н4
18.Hajmi 4 l bo'lgan idishda 400 К harorat va 166280 Pa bosimda gazsimon uglevodorod va kislorod aralashmasi bor. Bu aralashmada kislorod uglevodorodni yoqish uchun yetadigan miqdoridan 1,6 marta ko'p. Reaksiya natijasida 0,72 g suv hosil bo'ldi va idishda bosim 10 % ga kamaydi (shu sharoitda). Uglevodorod tarkibini aniqlang.
A)C3H6 В) С2H6 С)С2Н2 D)C3H4
19.Hajmi 4 l bo'lgan idishda 400 К harorat va 133024 Pa bosimda gazsimon uglevodorod va kislorod aralashmasi bor. Bu aralashmada kislorod uglevodorodni yoqish uchun yetadigan miqdoridan ikki marta ko'p. Reaksiya natijasida 1,08 g suv hosil bo'ldi va idishda bosim 6,25 % ga ortdi (shu sharoitda). Uglevodorod tarkibini aniqlang.
A)C3H6 В) С2H6 С)С2Н2 D)C3H4
20.Hajmi 5 l bo'lgan idishda 425 К harorat va 141338 Pa bosimda gazsimon uglevodorod va kislorod aralashmasi bor. Bu aralashmada kislorod uglevodorodni yoqish uchun yetadigan miqdoridan 1,8 marta ko'p. Reaksiya natijasida 1,44 g suv hosil bo'ldi va idishda bosim 10 % ga ortdi (shu sharoitda). Uglevodorod tarkibini aniqlang.
A)C3H6 В) С2H6 С)С2Н2 D)C3H4
21.Noma'lum uglevodorod yopiq idishda 150°C harorat ostida mo'l miqdorda kislorod bilan yondirildi. Reaksiya yakunlangach idishdagi bosim o'zgarmaganligi ma‘lum bo'ldi. Ushbu holatga mos tushuvchi to'rtta uglevodoroddan iborat 17,92 l (n.sh) hajmli 29,6 gramm aralashma yondirilganda hosil bo'ladigan karbonat angidrid hajmini aniqlang.
A) 17,92 B) 35,84 C) 53,76 D) 49,28
22. 34 ta orbitalga ega bo’lgan alkinning uchlamchi uglerod atomiga ega bo'lgan izomerlari soni nechta?
A)3 B) 4 C) 5 D) 6
24.Propan va atsetilendan iborat aralashma bromli suv bor idish orqali o'tkazilganda idish massasi 1,3 g ga ortdi. Xuddi shunday boshlang'ich aralashma yondirilganda 14 l (n.sh) karbonat angidrid ajraldi. Boshlang'ich aralashmadagi propanning massa ulushini aniqlang.
A) 22,16 B) 85,6 C) 77,84 D) 14,4
25. Butan va atsetilendan iborat aralashma bromli suv bor idish orqali o’tkazilganda idish massasi 2,6 g ga ortdi. Xuddi shunday boshlang'ich aralashma yondirilganda 31,36 l (n.sh) karbonat angidrid ajraldi. Boshlang'ich aralashmadagi butanning hajmiy ulushini aniqlang.
A) 25 B) 87 C)75 D) 13
26. Uglerodning massa ulushi 88,24 % bo'lgan alkin tarkibida bitta metil guruhi bo'lsa, ushbu alkinning uchinchi uglerod atomi oksidlanish darajasini aniqlang.
A) -1 B)0 C)-2 D) -3
27.Massasi 6,8 g bo'lgan alkin 640 g 5 % li bromli suv eritmasini to'liq rangsizlantiradi. Ushbu alkin kumush oksidning ammiakli eritmasi bilan ta'sirlashmasligi ma'lum bo'lsa, ushbu alkin tarkibidagi ikkinchi uglerod atomi oksidlanish darajasini aniqlang.
A) -1 B)0 C)-2 D) -3
28.Yondosh uglerod atomlarida xlor joylashgan dixloralkanga ishqorning spirtli eritmasi ta'sir ettirilganda hosil bo’lgan uglevodorod massasi boshlang'ich dixloralkan massasidan 2,825 marta kichik ekanligi ma'lum. Ushbu uglevodorodning to'liq yonishi uchun sarf langan ozon-kislorod hajmi uglevodorod hajmidan 3,2 marta ko'p bo'lsa, ozon-kislorod aralashmasining o’rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 41,6 B) 40 C) 38,4 D) 39,6
29.Noma'lum A uglevodorod qizdirilganda ikkita modda-oddiy modda va murakkab В modda hosil bo'ldi. В modda 650° С gacha qizdirilgan faollangan ko'mir bilan to'ldirilgan naycha orqali o'tkazilganda rang-siz, oson qaynovchi, o’ziga xos hidli, suvda erimaydigan С modda hosil bo'ldi. A, В va С moddalardagi uglerod atomlari o’rtacha oksidlanish darajalarini aniqlang.
A) -2; -2; -1 B) -4; -1; -1.
C) -4: -2; -1 D) -1; -1; -2
30. Noma'lum A modda suv bilan tez ta'sirlashib ikkita murakkab modda hosil qiladi. Ulardan biri bo'lgan В modda gazsimon bo’lib, ikki marta ko'p miqdorda xlorni biriktiradi va С moddani hosil qiladi. С modda ko'plab organik moddalar erituvchisi hisoblanadi. A, В va С moddalarning uchalasi tarkibida ham uchrovchi elementning masse ulushini aniqlang.
A) 0,375; 0,923; 0,143
B)0,332; 0,923; 0,143
C)0,464; 0.334; 0,234
D)0,344; 0,225; 0,452
31. Butin-1 va butin-2 ni bir-biridan farqlash uchun qaysi reaktiv(lar)dan foydalanish mumkin?
A)bromli suv
B)kaliy permanganat eritmasi
C)kumush oksidning ammiakli eritmasi
D) suv va kumush oksidning ammiakli eritmasi
32.Butin-1 va atsetilenni bir-biridan farqlash uchun qaysi reaktiv(lar)dan foydalanish mumkin?
A) bromli suv
B) kaliy permanganat eritmasi
C) kumush oksidning ammiakli eritmasi
D)suv va kumush oksidning ammiakli eritmasi
33.Quyidagi sxema asosida “X” moddani aniqlang.
Atsetilen → X→ 2-xlorbutadiyen.
A) butadiyen-1,3 B)metan
C)vinilatsetilen D) butan
34. Quyidagi sxema asosida A moddani aniqlang.
A → В→ Propin→ D → A
A) propanol-1 B) propan
C) propano1-2 D) atseton
35.Atsetilen gidrogenlanishi natijasida ekvimolyar nisbatda etilen va etan aralashmasidan 23,2 g hosil bo’ldi. Reaksiya uchun olingan atsetilen va vodorod massasini aniqlang.
A) 21,8; 1,4 B) 20,8; 2,4
C) 19,6; 3,6 D) 18,4; 4,8
36.Hajmi 10 l bo'lgan propin va 14 l vodorod xlorid ta'sirlashishidan olingan moddalar massa ulushlarini aniqlang.
A) 0,4; 0,6 B) 0,496; 0,504
С) 0,3; 0,7 D) 0,452; 0,548
37. Propen va atsetilendan iborat 896 ml (n.sh) aralashma 800 g 2 % li bromli suv orqali o'tkazilganda bromli suv to'liq rangsizlanishi uchun 3,25 g rux qo'shishga to'g'ri keldi.Boshlang'ich aralashmadagi uglevodorodlar hajmiy ulushini aniqlang.
A) 0,4; 0,6 B) 0,5; 0,5
C)0,75; 0,25 D) 0,3; 0,7
38. Etan, propen va atsetilendan iborat 448 ml (n.sh) aralashma 40 ml 5 % li bromning tetraxlormetandagi eritmasini (p= 1,6 g/ml) rangsizlantirishi ma'lum. Ushbu uglevodo-rodlar yondirilganda hosil bo'lgan karbonat angidridni yutish uchun sarflanadigan 40 % li kaliy gidroksid eritmasining (p=1,4 g/ml) minimal hajmi 5 ml. Boshlang'ich uglevodorodlar hajmiy tarkibini (%) aniqlang.
A) 20; 20; 60 B) 30; 30; 40
C) 25; 50; 25 D) 25; 25; 50
39. etan, etilen va atsetilendan iborat 3,36 l aralashma bromning uglerod tetraxloriddagi eritmasi orqali o'tkazilganda hajmi 1,12 l gacha kamaydi. Eritmadagi brom miqdori 0,04 mol bo'lib qoldi. Boshlang'ich aralash-madagi to'yinmagan uglevodorodlar mol nisbati 1:1 bo’lsa, bromning boshlang'ich miqdorini va atsetilenning boshlang'ich aralashmadagi hajmiy ulushini
aniqlang.
A) 0,15; 0,333 B) 0,19; 0,5
C) 0,19; 0,333 D) 0,15; 0,5
40.Ikkita atsiklik, bir xil sondagi uglerod atomi tutuvchi uglevodorodlar gidratlanishi natijasida 1:3 mol nisbatdagi spirt va keton hosil bo'ldi. Xuddi shunday massadagi bosh-lang'ich namuna yondirilganda hosil bo'lgan aralashma mo'l miqdordagi fosfor (V) oksid bor naycha orqali o'tkazilganda 25,8 % ga aralashma massasi kamaydi. Boshlang'ich uglevodorodlardan biri mis (I) xloridning ammiakli eritmasi bilan ta'sirlashib cho'kma hosil qiladi. Ikki uglevodorod ham tarmoq-langan zanjirga ega. Uglevodorodlarni aniqlang.
A)2-metil buten-1; pentin-2
B)buten-1; butin-1
C)buten-2; but in-2
D)2-metil buten-2; 3-metilbutin-l
41.Ikkita atsiklik, bir xil sondagi uglerod atomi tutuvchi uglevodorodlar gidratlanishi natijasida 2:3 mol nisbatdagi spirt va keton hosil bo'ldi. Xuddi shunday massadagi boshlang'ich namuna yondirilganda hosil bo'lgan aralashma mo'l miqdordagi fosfor (V) oksid bor naycha orqali o'tkazilganda 24,657 % ga aralashma massasi kamaydi. Uglevodorodlarni aniqlang.
A) C3H6 va С3H4 B)C2H2vaC2H6
С) C4H6 va C4H8 D) C5H8 va C5H10
42. Atsetilen, etilen va etandan iborat ara-lashma bromli suv solingan idish orqali o'tkazilganda aralashma massasi 8,2 g ga kamaydi. Xuddi shunday aralashma yondiril-ganda 26,88 litr gaz ajraldi. Agar boshlang'ich aralashmadagi vodorod atomlari soni 16,856∙1023 dona bo'lsa, boshlang'ich aralash-maning o'rtacha molyar massasini toping.
A) 28,67 B) 29,33 C) 27,17 D) 32,33
43.Atsetilen, etilen va etandan iborat ara-lashma bromli suv solingan idish orqali o'tkazilganda aralashma massasi 5,4 g ga kamaydi. Xuddi shunday aralashma yondi-rilganda 13,44 litr gaz ajraldi. Agar boshlan-g'ich aralashmadagi vodorod atomlari soni 7,224∙1023 dona bo'lsa, boshlang'ich aralash-maning o'rtacha molyar massasini toping.
A) 28 B) 29,33 C) 27,2 D) 31,2
44. 4 ml C4Hx tarkibli uglevodorod yetarli miqdorda kislorod bilan aralashtirilgandan keyin aralashma hajmi 2 ml ga kamaydi. Uglevodorodni aniqlang. (suv bug'lari kondensatsiyalanmagan)
A) butadiyen-l, 3 B) butadiin
C)siklobutan D) butan
45. Atsetilen va etilendan iborat 50 ml aralashma 200 ml kislorod qo'shib portlatilib, normal sharoitga keltirilganda hajm 160 ml bo'lib qoldi. Boshlang'ich aralashma tarkibidagi etinning massa ulushini aniqlang.
A) 0,4 B) 0,38 C) 0,62 D)0,6
46. 2016 ml (n.sh) metan, eten va atsetilendan iborat aralashma kumush oksidining ammiakdagi eritmasi orqali o'tkazilganda 7,2 g cho'kma hosil bo'ldi. Qolgan gazlar aralashmasi bromli suvdan o'tkazilib, so'ngra yondiril-gandanda 1792 ml kislorod sarflandi. Dastlabki aralashma tarkibida necha mol etilen bo'lgan.
A) 0,016 B) 0,04 C)0,03 D) 0,02
47. 1792 ml (n.sh) etan, eten va atsetilendan iborat aralashma kumush oksidining ammiakdagi eritmasi orqali o’tkazilganda 4,8 g cho’kma hosil bo'ldi. Qolgan gazlar ara-lashmasi bromli suvdan o’tkazilib, so'ngra yondirilgandanda 1568 ml kislorod sarflandi. Dastlabki aralashma tarkibida necha mol etilen bo'lgan?
A) 0,016 B) 0,04 C)0,03 D)0,02
48. 2688 ml (n.sh) metan, eten va atsetilen-dan iborat aralashma kumush oksidining ammiakdagi eritmasi orqali o'tkazilganda 9,6 g cho'kma hosil bo‘ldi. Qolgan gazlar aralashmasi bromli suvdan o'tkazilib, so'ngra yondirilgandanda 1792 ml kislorod sarf landi. Dastlabki aralashma tarkibida necha mol etilen bo'lgan?
A) 0,016 B) 0,04 C)0,03 D) 0,02
49. Etan, propin va propendan iborat 0,4 mol aralashma 500 g 9,6 % li bromli suvni rang-sizlantirishi ma’lum. Boshlang'ich aralash-maning o'rtacha molyar massasi 35,5 g/mol ekanligi ma'lum bo'lsa, boshlang'ich aralash-madagi uglevodorodlar hajmiy ulushlarini (%) aniqlang.
A) 50; 25; 25 B) 50; 30; 20
C) 40; 40; 20 D) 40; 30; 30
50.Etan, propin va propendan iborat 0,5 mol aralashma 800 g 10 % li bromli suvni rang-sizlantirishi ma'lum. Boshlang'ich aralash-maning o'rtacha molyar massasi 36,4 g/mol ekanligi ma'lum bo'lsa, boshlang'ich ara-lashmadagi uglevodorodlar hajmiy ulushlarini (%) aniqlang.
A) 50; 25; 25 B) 50; 30; 20
C) 40; 40; 20 D) 40; 30; 30
51. Etan, propin va propendan iborat 0,5 mol aralashma 800 g 9 % li bromli suvni rangsizlantirishi ma'lum. Boshlang'ich aralashmaning o'rtacha molyar massasi
36,6 g/mol ekanligi ma'lum bo'lsa, boshlang'ich aralashmadagi uglevodorodlar hajmiy ulushlarini (%) aniqlang.
A) 50; 25; 25 B) 50; 30; 20
C) 40; 40; 20 D) 40; 30; 30
52. Tozalik darajasi 80 % bo'lgan kalsiy karbiddan 80% unum bilan olingan atsetilenga nikel katalizatori ishtirokida ma'lum miqdordagi vodorod ta'sir ettirilganda 2:3 hajmiy nisbatda eten va etan aralashmasidan 11,68 g hosil bo'ldi.
Texnik karbid massasini aniqlang.
A) 32 B) 40 C) 50 D) 64
53. 1 ml uglevodorod va 8,5 ml kislorod aralashmasi yondirilgandan so'ng hosil bo'lgan suv bug'i kondensatsiyalanganda gazlar aralashmasining hajmi 7,5 ml ni tashkil etdi. Ushbu gazlar ishqor eritmasidan o'tkazilganda esa ularning hajmi 5,5 ml ni tashkil qildi. Uglevodorodning molekulyar massasini aniqlang.
A) 26 B) 24 C) 28 D) 30
54.Propan va atsetilen aralashmasi bromli suv solingan idish orqali o'tkazilganda idish-ning massasi 10,4 g ga ortdi. O'shancha miq-dordagi aralashma yondirilganda 31,36 l (n.sh) СО2 hosil bo'ldi. Dastlabki aralashma-dagi alkanning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 62,7 B) 54,5 C) 33,3 D) 45,8
55. Propin olish uchun qaysi moddalarga KOH ning spirtli eritmasi ta'sir ettirish mumkin ?
l)1,1-dixlorpropan 2 )2,2-dixlorpropan;
3)1,2-dixlorpropan; 4) 1,3-dixlorpropan
A) 1, 3 B) 1,2 C)1,2,3 D) 1, 2, 3, 4
56. Atsetilen uchun xos bo'lgan belgilarni ko'rsating.
1)sp2-gibridlanish;
2)molekulasida 3 σ va 2 π bog'larning borligi;
3)suvda yaxshi erishi;
4)polimerlanish reaksiyasi;
5)mis (II) oksid bilan ta'sirlashish;
6)kumush (I) oksidning ammiakli eritmasi bilan ta'sirlashish
A) 1, 3, 5 B) 2,4, 6 C)2,4,5 D) 1, 3, 6
57.Propan, propilen va atsetilendan 6,72 l (n.sh) aralashma bromning ССl4 dagi 2 kg 4,8 % li eritmasi orqali o'tkazildi. Natijada gazlar hajmi 2,24 l gacha kamaydi. Eritma-dagi oddiy modda holidagi bromning miqdo-ri 0,25 molga teng bo’ldi. Dastlabki gazlar aralashmasidagi alkinning hajmiy ulushini aniqlang.
A) 0,5 B)0,33 C) 0,25 D) 0,167
58. 1, l-dixloretanga ishqorning suvli (a) va spirtli (b) eritmasi ta'sir ettirilganda hosil bo'ladigan moddalarni aniqlang.
A)a-atsetilen; b-atsetilen
B)a-atsetilen; b-sirka aldegidi
C)a-sirka aldegidi; b-atsetilen
D)a-etanol; b-sirka aldegidi
59. Xloretanga ishqorning suvli (a) va spirtli (b) eritmasi ta'sir ettirilganda hosil bo'ladigan moddalarni aniqlang.
A)a-etanol; b-atsetilen
B)a-etanol; b-sirka aldegidi
C)a-etilen; b-etanol
D)a-etanol; b-etilen
60.Alkinlardagi bog’ hosil qilishda qatnashgan orbitallar sonini hisoblash formulasini ko’rsating.
A) 6 n В) 2n-2 С) 6n-2 D) 6n-6
61. 2, 2 -dixlorpropanga ishqorning spirtli (a) va suvli (b) eritmasi ta'sir ettirilganda hosil bo'ladigan moddalarni aniqlang.
A)a-atseton; b-propanal
B)a-propin; b-propanal
C)a-metilatsetilen; b-propanon-2
D)a-atseton; b-propin
62.Atsetilen, propilen va metilatsetilen aralashmasining metanga nisbatan zichligi 2,335 ga teng. Ushbu aralashmaning 1l hajmi 1,64 l xlorni biriktirib olishi ma'lum bo'lsa, boshlang'ich moddalarning hajmiy ulushlarini toping.
A)36; 36; 28 B) 20; 40; 40
C)26; 32; 42 D) 24; 36; 40
63.Eten, propen va propin aralashmasining zichligi 1,54 g/l ga teng. Ushbu aralashmaning 0,8 l hajmi 1l vodorodni biriktirib olishi ma'lum bo'lsa, boshlang'ich moddalarning hajmiy ulushlarini toping.
A) 40; 40; 20 B) 80; 10; 10
C) 50; 25; 25 D) 25; 50; 25
64.Metanning yuqori tempraturadagi pirolizi (krekingi) jarayonining unumi 56 %. Metanning 11,2 l hajmi pirolizidan olingan aralashmadan necha g aromatik modda olish mumkin ? (aromatik moddaning hosil bo'lish unumi 50 %)
A) 6,5 B) 3,25 C)3,64 D) 1,82
65. Metanning yuqori tempraturadagi pirolizi (krekingi) jarayonida 66,58 l hajmi 20,32 l ga ortdi. Hosil bo’lgan aralashma 1096,8 g 40 % bromning uglerod tetraxloriddagi eritmasi orqali o'tkazildi. Piroliz jarayonining unumini va hosil bo'lgan aralashmadagi bromning massa ulushini aniqlang. (metan va vodorodning CCl4 da erishini e'tiborga olmang)
A) 32,7; 45,12 B) 55,4; 24,65
C)64,2; 35,44 D) 30,5; 26,48
66.Visinal dibromalkan kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan qizdirilganda hosil bo'lgan gazsimon moddaning massasi boshlang'ich modda massasidan 5,05 marta yengil bo'ldi. Dibromalkanni va olingan organik moddani aniqlang.
A)1, 4-dibrombutan; propin
B)1, 2-dibrombutan; propin
C)1, 3-dibrombutan; propin
D)1, 2-dibrombutan; butin
67.Quyidagi qatorda uglerod-uglerod bog' uzunligi qanday o’zgaradi ?
etan→etilen→atsetilen
A)avval ortib, keyin kamayadi B)ortadi
C) kamayadi D)o'zgarmasdan qoladi
68.Etanning xlorlanishidan hosil bo'lgan mono- va digalogenli hosilalar aralashmasi kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan qizdirilganda gazsimon moddalar hosil bo'ldi. Bu gazsimon moddalar kumush oksidning ammiakdagi eritmasi orqali o'tkazilganda 2,4 g cho'kma tushdi va 224 ml (n.sh) gaz yutilmasdan qoldi. Galogen-lanishdan hosil bo'lgan mahsulotlarning massa ulushlarini toping.
A) 40,4; 59,6 B) 39,4; 60,6
C)39,9; 60,1 D) 39,4; 30,6
69. Propin va uning gomologidan iborot 2,8 l (n.sh) aralashma (propinning mol ulushi 60 %) mo'l miqdordagi kumush oksidning ammiakdagi eritmasi orqali o'tkazilganda 23,025 g cho'kma tushdi. Boshlang'ich ara-lashmadagi moddalarning massa ulushlarini aniqlang. (%)
A) 50; 50 B) 40; 60
C) 69,8; 30,2 D)55,5; 45,5
70.Butin-1 va uning gomologidan iborat 5,6 l (n.sh) aralashma (butinning mol ulushi 60 %) mo'l miqdordagi kumush oksidning ammiak-dagi eritmasi orqali o'tkazilganda 38,85 g cho'kma tushdi. Boshlang'ich aralashmadagi moddalarning massa ulushlarini aniqlang. (%)
A) 56,55; 43,45 B) 47,37; 52,63
C) 69,8; 30,2 D)55,5; 45,5
71.Atsetilen va uning gomologidan iborat 2,24 l (n.sh) aralashma (atsetilenning mol ulushi 40 %) mol miqdordagi kumush oksid-ning ammiakdagi eritmasi orqali o'tkazilgan-da 18,42 g cho'kma tushdi. Boshlang'ich aralashmadagi moddalarning massa ulush-larini aniqlang. (%)
A) 56,5; 43,5 B) 30,23;69,77
C) 69,8; 30,2 D) 55,5; 45,5
72. Mol nisbatlari 3:2 bo'lgan propan va noma'lum alkindan iborat aralashma to’liq gidrogenlanganda geliyga nisbatan zichligi 12,4 bo'lgan aralashma olindi. Alkinning bitta molekulasi tarkibidagi sp3 va sp orbitallar sonining yig'indisini toping.
A) 16 B) 12 C)10 D) 8
73. Mol nisbatlari 3:5 bo'lgan etan va noma'lum alkindan iborat aralashma to'liq gidrogenlanganda geliyga nisbatan zichligi 9,6875 bo'lgan aralashma olindi. Alkinning bitta molekulasi tarkibidagi sp3 va sp orbitallar sonining yig'indisini toping.
A) 16 B) 12 C)10 D) 8
74. Alkanlar qatorining bir a'zosidagi ugle-rod alkinlar gomologik qatorining bir a'zosi-dagi uglerod sonidan 3 taga kam, vodorodlar soni esa marta kam bo'lsa, alkinni aniqlang.
A) atsetilen B) propin
C) butin D) pentin
75. Alkinlar qatorining bir a'zosidagi ugle-rod alkenlar gomologik qatorining bir a'zo-sidagi uglerod sonidan 4 taga kam, vodo-rodlar soni esa 6 marta kam bo'lsa, alkinni aniqlang.
A) atsetilen B) propin
C) butin D) pentin
Do'stlaringiz bilan baham: |