MENDELEV-KLAPEYRON TENGLAMASI
1. 5,5 g karbonat angidrid bilan to'ldirilgan 2 litr hajmli idishdagi bosimni (kPa) hisoblang. Idish harorati 40°C
A) 162,64 B) 154,73 C) 147,87 D) 174,64
2. 2 g argon bilan to'ldirilgan idish 27°C da qizdirilganda idishda 99,768 kPa bosim hosil bo’lsa, gaz egallagan hajmni (l) toping.
A)1 В) 1,25 С) 1,5 D) 2,15
3. 4 g kislorod bilan to'ldirilgan 3 litr hajmli idish necha gradusgacha qizdirilganda 1,2 atm bosim paydo bo'ladi?
A)351 B) 78 C) 273 D) 122
4. Necha gramm azotni 1,5 litr idishga solib 27°C gacha qizdirilganda idishda 199,536 kPa bosim hosil bo'ladi ?
A) 5,6 B) 8,4 С) 2,8 D) 3,36
5. 2,5 g noma’lum gaz 1,2 litr hajmli idishda 30°С ga qadar qizdirilganda 1,3 atm bosim paydo bo'ldi. Noma'lum gazni aniqlang.
A) Kislorod B) Argon C) Neon D) Ozon
6. 32°С harorat va 101,325 kPa bosimda 31,6g kaliy permanganat qizdirilganda hosil bo'lgan gaz qanday hajm egallaydi?
A) 2,1 B) 2,5 C) 2,7 D) 2,9
7. 25°C harorat va 3171 Pa bosimda 1 sm3 suv bug'i nechta molekula tutadi?
A) 7,7∙1017 B) 6,02∙1023
C) 4,31∙1018 D) 2,01∙1019
8. 15 litr hajmli idishda 30,3 g gaz bor. 18°C va 122 kPa bosimdagi gazning molyar massasini hisoblang.
A) 30 B) 28 C) 40 D) 44
9. 150 g vodorod peroksid eritmasiga МnО2 tushirilgandan so'ng , qizdirilganda 2∙10 - 3 m3 kislorod 40° harorat va 89 kPa da ajraldi. Boshlang'ich eritmadagi vodorod peroksidining massa ulushini (%) hisoblang.
A) 2,0 B) 5,2 C) 3,1 D) 1,8
10. 25,6 g oltingugurt olish uchun 25°C harorat, 94 kPa bosimda sulfit kislota bilan ta'sirlashishi kerak bo'lgan vodorod sulf id hajmini hisoblang.
A) 7 B) 11 C)14 D) 18
11. 25° С harorat, 98,7 kPa bosimda 33,8 g xlorat kislotani vodorod xloridgacha qaytarish uchun o’tkaziladigan SO2 hajmini toping.
A) 10,05 B) 30,11 C) 27,6 D) 29,34
12. 50 l hajmli idishda 10132,5 kPa va 25°C da to'ldirilgan karbonat angidrid massasini (kg) aniqlang.
A) 107,2 B) 0,89 C)9 D) 1,05
13.Agar gazning 624 mli 17°C da 104 kPa bosimni egallasa va massasi 156 gramm bo'lsa, gazning molekulyar massasini aniqlang.
A) 46,4 B) 60,3 C) 58,4 D) 56,6
14.Normal sharoitda 5,6 l hajmli idish 1 g vodorod , 3,65 g vodorod xlorid va 35,5 g xlor bilan to’ldirildi. Idishdagi bosimni hisoblang. (kPa)
A) 202,6 B) 402,1 С) 40,5 D) 445,8
15. 1 litr hajmli idishda 101,3 kPa bosimda 1 g xlor to'ldirilgan. Idish haroratini hisoblang. (C)
A) 865 B)592 C)273 D)600
16. 25°C da, 101325 Pa bosimda gaz 1 m3 hajmni egallaydi. Shunday tempraturada bosim 405300 Pa ga ko'tarilsa, gaz qanday hajmni egallaydi ?
A) 2,5 m3 B) 0,5 m3 C)4m3 D) 250 l
17. 1m3 hajmli idish 100°С haroratda 1 kg vodorod bilan to’ldirilgan. Idishdagi bosimni hisoblang.
1) 1850,5 kPa; 2) 15,3 atm; 3) 1549,8 kPa;
4) 10146,5 mm Hg ustuni; 5) 18,3 atm:
6) 11624,6 mm Hg ustuni
A)l,2,4 B) 2, 5 C)3, 6 D) 2, 3, 6
18. 202,65 kPa bosim va 50° С haroratdagi gazlar aralashmasining zichligi 1,88 g/l bo'lsa, azot bilan aralashgan galogenovodorodni aniqlang.
A) HCl B) HBr C)HJ D)HF
19. 684 mm Hg ustuni, 27°C dagi gazlar aralashmasining zichligi 1,7 g/l bo'lsa, karbonat angidrid bilan aralashgan gazni toping.
A) kislorod B) argon
C) azot D) oltingugurt (IV) oksid
20. 9,2 g metall 10 litr (n.sh) xlor to’ldirilgan idishga tushirildi. Reaksiyadan keyin idishdagi bosim 55,93 kPa bo'lib qoldi. Metalni ko'rsating.
A) litiy B) natriy C) kaliy D) rubidiy
21. 3,6 g metall 16,8 l (n.sh) xlor to'ldirilgan idishga tushirildi. Reaksiyadan keyin idishdagi bosim 81,0615 kPa bo'lib qoldi. Metalni ko'rsating.
A) natriy B) kaliy
C) magniy D) kalsiy
22. 5,6 l kislorod bilan to'lgan idishga 0,72 g noma'lum metall tushirildi, harorat 20°Cga qizdirildi. Reaksiyadan so'ng idishdagi bosi 100,05 kPa bo'lib qoldi. Metalni aniqlang.
A) rux B) aluminiy
C) magniy D) litiy
23. 10 ml hajmli ampulaga 1 gramm xlor to'ldirilgan idish harorati 0° dan 273° С ga oshirilganda bosim qanday o’zgaradi?
A) 2 marta ortadi B) 4 marta ortadi
C) 4marta kamayadi D) 2 marta kamayadi
24. Tarkibi 3CO∙2CO2 dan iborat 100 g gazlar aralashmasining 50°C va 98,6 kPa bosimdagi hajmini hisoblang.
A) 66 B) 72 C) 79 D)84
25.Tarkibi 2СO∙3N2∙5O2 dan iborat 16,6 g aralashmaning 40° da egallagan bosimini toping. (mm Hg ust) (idish hajmi 10 l)
A) 144 B) 10,66 C) 1080,0 D) 760,0
26.Sistema hajmi 2 marta oshirilib , tempratura ham 4 marta oshirildi. Idishdagi bosim qanday o'zgaradi?
A) 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) 4 marta ortadi
27. Sistema hajmi 4 marta kamaytirilib, gazning massasi 2 marta orttirildi. Idishdagi basim qanday o'zgaradi?
A) 8 marta ortadi B) 4 marta ortadi
C) 2 marta kamayadi D) 16 marta kamayadi
28. 10 litr hajmli idishga to'ldirilgan gaz bo’lib, 101,325 kPa dan 151,9875 kPa gacha , idish harorati esa 10°С dan 151,5° С gacha qizdirildi. Gaz hajmi (l) qancha bo'lib qoladi?
A) o’zgarmaydi B) 15
C) 6,67 D) 1,5
29.Agar bir xil sharoitda bir xil massada olingan bo'lsa, quyidagilardan qaysi biri maksimal hajmni egallaydi?
A) Vodorod sulfid B) Kislorod
С) Karbonat angidrid D) Xlor
30. 16 g IV valentli metall oksidi HCl bilan ta'sirlashganda ECl2 paydo bo'ldi va 5,28 litr hajmni egallaydigan (30°C, 96 kPa) xlor gazi hosil bo'ldi. Metalni aniqlang.
A)Germaniy B) Qo'rg'oshin
C)Marganes D) Titan
31. 90 kPa va -11°С da is gazi, geliy va azot gazlari (aralashmasi-ning zichligi 0,827 g/litr. Aralashmadagi geliyning massa ulushini toping.
A) 34,8 B) 16,67 C) 6,67 D) 8,89
32.Azot, etilen, geliy, uglerod (II) oksiddan iborat aralashmaning havoga nisbatan zichligini aniqlash uchun tegishli tartibda ularning hajmiy ulushlari (%) berilgan:
1) 14,2 % ; 2) 25,6 % ; ) 32,3 % ; 4) 7,9 %.
Ular ichidan ortiqchasini (kerak bo'lmaganini) tanlang.
A) 1,2,3 B) 1,2 C)1,2,4 D) 3, 4
33. 5 litrli gaz baloni 50 atm bosimga bardosh bera oladi. Portlashdan keyin ballon ichidagi tempratura 2000°C gacha kо'tariladi. Eng ko'pida qanday massadagi trotil portlatilsa, ballon yorilib ketmaydi? Trotil parchalanish reaksiyasi quyidagicha:
2C6H2CH3(NO2)3 → 3N2 + 12 CO + 5H2 + 2C
A) 21,6 B) 14,8 C) 30,4 D) 27,3
34. 92 gramm azot (IV) oksid 27°C va 120 kPa da ushlab turilganda uning 40% qismi dimerga aylandi. Hosil bo'lgan aralashma hajmini aniqlang.
A) 33,24 B) 12,47 C) 24,93 D) 26,88
35. 73,6 g NO2 27°C va 110 kPa da ushlab turilganda hosil bo'lgan aralashma hajmi 32,65 litr bo’lib qoldi. NO2 ning necha foizi dimerga aylanganligini toping.
A)10 В) 20 C) 30 D) 40
36. 69 gramm azot (IV) oksidi 30°C va 112 kPa da ushlab turilganda uning 30% qismi demirga aylandi. Hosil bo'lgan aralashma hajmini aniqlang.
A) 29,38 В) 33,54 C) 28,68 D) 24,45
37. 55,2 g 27°C va 125 kPa da ushlab turilganda hosil bo'lgan aralashma hajmi 21,55 litr bo’lib qoldi. NO2 ning necha foizi dimerga aylanganligini toping.
A)10 B)20 C) 30 D) 40
38. 64,4 g NO2 27°C da ma'lum bosimda ushlab turilganda uning 20% qismi dimerga aylangani holida gaz hajmi 27,327 litr bo'lgan bo'lsa, idishdagi bosim qancha bo'lganliglni toping.
A) 110 B)115 C)120 D) 125
39. 27°C da turgan qandaydir hajmli konteynerdagi havoning 1/3 qismi konteynerdan chiqib ketishi uchun tempratura qanchagacha (°C)ko'tarilishi kerak ? (bosim o'zgarishsiz deb hisoblang)
A) 450 B) 177 C) 223 D) 40,5
40. 27°C da turgan qandaydir hajmli konteynerdagi havoning 1/5 qismi konteynerdan chiqib ketishi uchun tempratura qanchagacha (°0 ko'tarilishi kerak? (bosim o'zgarishsiz deb hisoblang)
A) 102 B) 375 C) 273 D) 77
41. 120 kPa va 17°C dagi azot gazining zichligi va 185 kPa bosimda turgan neonning zichliklari o'zaro teng. Inert gazning tempraturasini (°C) aniqlang.
A) 27 B) 46 C) 300 D) 320
42. 110 kPa va 27°C dagi kislorod gazining zichligi va 190 kPa bosimda turgan neonning zichliklari o'zaro teng. Inert gazning tempraturasini (°C) aniqlang.
A) 324 B) 51 C) 283 D)77
43. 125 kPa va 17°C dagi kislorod gazining zichligi va 140 kPa bosimda turgan argonning zichliklari o'zaro teng. Inert gazning tempraturasini (°C) aniqlang.
A) 406 B) 273 C) 133 D) 233
44. Boyl-Mariott va Gey Lyussakning birlashgan qonuni quyidagicha ta'rif lanadi: “Gazlarning hajmlari sistema bosimiga..., tempraturasiga ... proporsional”
A) to'g’ri/ teskari B) teskari/ teskari
C) to'g'ri/ to'g'ri D) teskari/ to'g'ri
45.Vodorod, metan va is gazidan iborat gaz aralashmasining 2 atm bosim 0°C tempraturadagi zichligi 1,715 g/litr ga teng. 4 hajm shunday aralashmani to' liq yondirish uchun 19 hajm havo(n.sh) kerak.Olingan aralashmaning hajmiy (%) tarkibini aniqlang.
A) 30; 40; 30 B) 20; 30; 50
C) 10; 40; 50 D) 20; 40; 40
46. Vodorod, metan va is gazidan iborat gaz aralashmasining 1,6 atm bosim 17°C tempraturadagi zichligi 1,103 g/litr ga teng.
5 hajm shunday aralashmani to’liq yondirish uchim 16,25 hajm havo (n.sh) kerak. Olingan aralashmaning hajmiy (%) tarkibini aniqlang.
A) 30; 40; 30 B) 30; 50; 20
C) 40; 50; 10 D) 20; 40;. 40
47. Vodorod, metan va is gazidan iborat gaz aralashmasining 1,5 atm bosim 27°C tempraturadagi zichligi 1,0115 g/litr ga teng. 3 hajm shunday aralashmani to'liq yondirish uchun 14,25 hajm havo (n.sh) kerak. Olingan aralashmaning hajmiy (%) tarkibini aniqlang.
A) 30; 40; 30 B) 30; 50; 30
C) 40; 50; 10 D) 40; 40; 20
48.CO va CO2 aralashmasining 7,2 g miqdori 27°C va 3 atm bosimda 2,05 litr hajmni egallaydi. Shunday aralashmaning 80 litrini yondirish uchun kerak bo' ladigan kislorod hajmini aniqlang.
A) 76 B) 38 C) 4 D) 2
49.Yopiq idishdagi kislorod massasiga teng massada kislorod qo’shildi. Shu sharoitda idishdagi bosim to'rt marta kamayishi uchun tempratura necha kelvingacha kamaytirilishi kerak?
(Idishning boshlang’ich harorati 127°C)
A) 50 B)100 C) 15,875 D) 31,75
50.Yopiq idishdagi kislorod massasiga teng massada kislorod qo'shildi. Shu sharoitda idishdagi bosim ikki marta kamayishi uchun tempratura necha gradusgacha kamaytirilishi kerak ? (Idishning boshlang'ich harorati 227°C)
A) 100 B) 118,25 C) 125 D) 148
51.Gaz idishda 512 g kislorod 30 atm bosim va 27°C da turgan edi. Agar idish 127°C gacha qizdirilib, so'ng bosim 12,5 atm gacha tushgunga qadar idish qopqog'i ochib qo'yilsa, qancha gaz (g) chiqib ketadi?
A) 288 B) 224 C) 418 D) 352
52.Gaz idishda 384 g kislorod 40 atm bosim va 127°C da turgan edi. Agar idish 227°C gacha qizdirilib, so'ng bosim 25 atm gacha tushgunga qadar idish qopqog'i ochib qo'yilsa, qancha gaz chiqib ketadi ?
A) 76,8 B) 192 C) 240 D) 144 6
53. 4 litr hajmli idishga teng massali metan va geliy gazlari 27°C va 93,5 kPa bosimda kiritilgan. Aralashmadagi vodorod atomlari sonini aniqlang
А) 6,49∙1022 В) 2,33 ∙1022
С) 7,22∙1022 D) 4,66∙1022
54. 5 litr hajmli idishga teng massali neon va geliy gazlari 27 °С va 149,652 kPa bosimda kiritildi. Aralashma massasi qancha (g) xos bo’lganligini toping.
A)1 B)2 C)3 D)4
55. 10 litr hajmli idishga teng massali etan va neon gazlari 27°C va 124,71 kPa bosimda kiritildi. Aralashmadagi vodorod atomlari sonini aniqlang.
А) 1,204∙1023 В) 2,408∙1023
С) 7,224∙1023 D) 3,01∙1023
56. 20 litr idishga massa nisbati 1,6:1 bo’lgan metan va etan gazlari 27°С va 99,768 kPa bosimda kiritildi. Aralashmadagi vodorod atomlari sonini aniqlang.
A) 1,4448 ∙1024 В) 7,224∙1023
С) 4,816∙1023 D) 2,1672∙1024
57.Aerostat balloni 1 atm bosimda 100 litr keladi. U 2100 metr yuqorilaganda (har 10,5 metrda bosim 1 mm Hg ustuniga kamayadi) qanday hajmga (l) ega bo'ladi?
A) 26,32 B) 297,4 C) 135,7 D) 380
58. Suvosti kemasidan ajralib chiqqan 2,5 litr havo pufagi 173 metr yuqorilagandan keyin suv yuzasiga chiqdi. Havo pufagining oxirgi hajmini aniqlang. (Yuzada bosim 1 atm. Dengiz tubiga har bir metr tushganda bosim 10 kPa ga ortadi deb olinsin)
A) 42,7 B) 45,2 С) 39,7 D) 35,1
59. Suvosti kema sidan ajralib chiqqan 2 litrli havo pufagi 150 metr yuqorilagandan keyin suv yuzasiga chiqdi. Havo pufaginning oxirgi hajmini aniqlang. (Yuzada bosim 1 atm. Dengiz tubiga har bir metr tushganda bosim 10 kPa ga ortadi deb olinsin)
A)29,6 B) 31,6 C) 30 D) 32
60. Suvosti kemasidan ajralib chiqqan 1,5 litrli hovo pufagi 170 metr yuqorilagandan keyin suv yuzasiga chiqdi. Havo pufagining oxirgi hajmini aniqlang. (Yuzada bosim 1 atm. Dengiz tubiga har bir metr tushganda bosim 10 kPa ga ortadi deb olinsin)
A) 27 B) 25,5 С) 26,67 D) 25,17
61. Aerostat balloni 1 atm bosimda 90 litr keladi. U 2000 metr yuqorilaganda (har 10,5 metrda l bosim 1 mm Hg ustuniga kamayadi) qanday hajmga (l) ega bo'ladi?
A) 120,1 B) 259,18 C) 359,1 D) 380
62. 17°C va 166,2 kPa bosimda 14,5 litr keladigan metanga qanday tempraturada (°C) va 249,3 kPa bosimdagi 40 litr oltingugurt (IV) oksid qo’shilganda aralashmadagi elektronlar soni Avagadro sonidan 50 marta ko'p bo'ladi?
A) 960 B) 447 C) 720 D) 687
63. 27°C va 149,58 kPa bosimda 20 litr keladigan neonga qanday tempraturada (°C) va 137,115 kPa bosimdagi 50 litr argon qo'shilganda aralashmadagi elektronlar soni Avagadro sonidan 39 marta ko'p bo'ladi?
A)770 В) 277 С) 273 D) 550
64. 27°C va 112,239 kPa bosimda 40 litr keladigan karbonat angidridga qanday (°C) va 159,6288 kPa bosimdagi 20l qo’shilganda aralashmadagi elektronlar soni Avagadro sonidan 56,4 marta ko’p bo’ladi?
A)320 B)47 C) 147 D) 253
65.Qaysi gazning 27°С va 166,28 kPa bosimda 60 litridagi atomlari soni Avagadro sonidan 12 marta ko'p bo'ladi.
A) ozon B) kislorod С) fosfin D) xlor
66. 120 kPa va 27°C da metan va karbonat angidrid aralashmasining zichligi 1,107 g/l. Undo 10 mg elektron mavjud bo'lsa, aralashmaning shu sharoitdagi hajmini (l) aniqlang. (me=l/1840 m.a.b)
A) 34,8 B) 29,4 C)31,7 D) 26,5
67. 124,71 kPa va 27°C da metan va karbonat angidrid aralashmasining zichligi 1,08 g/l. Undo 16,847 mg elektron mavjud bo'lsa, aralashmaning normal sharoitdagi hajmini (l) aniqlang.
(me=1/1840 m.a.b)
A) 50 B)100 C)112 D) 56
68.Massa ulushlari teng bo'lgan vodorod va azotdan iborat 50 l aralashmaning 25 ͦ C, normal bosimdagi massasini (g) aniqlang.
A) 7,634 B) 6,673 C) 8,125 D) 9,136
69. Hajmi 6 litr bo'lgan idishga 125 kPa bosimdagi 3,5 l kislorod va 105 kPa bosimdagi 5,5 l azot solindi. Hosil bo'lgan aralashmaning umumiy bosimini aniqlang.
A) 96,25 B) 147,64
C) 169,17 D) 132,56
70. Umumiy bosimi 155 kPa bo'lgan aralashma tarkibida 14 g azot va 8 g kislorod borligi ma'lum bo'lsa, ushbu aralashmadagi yengil gazning parsial bosimini aniqlang. (kPa)
A) 103,33 B) 51,66
C) 96,94 D) 58,06
71. Hajmi 44,5 l bo'lgan idishda 19 ͦC haroratda 27,2 g kislorod, 55 g karbonat angidrid va noma’lum massada azot bor. Aralashmaning umumiy bosimi 139,05 kPa bo'lsa, azot massasini aniqlang.
A) 12,58 B) 11,65
C) 13,47 D) 14,32
72.Gazometrda suv ustida 25 ͦC da 5,2 l kislorod 102,455 kPa bosim egallaydi. To'yingan suv bug'larining parsial bosimi 25 ͦC da 3,164 кPa bo'lsa, gazometrdagi quruq kislorod hajmini (l) aniqlang.
A) 5,23 B) 4,67 C) 6,32 D) 3,34
73. Hajmi 6 litr bo'lgan idishga 125 kPa bosimdagi 2 l vodorod va 135 kPa bosimdagi 8 l metan solindi. Hosil bo’lgan aralashmaning umumiy bosimini aniqlang.
A) 196,25 B) 147,77
C) 169,17 D) 221,66
74. Karbonat angidrid va is gazi aralashmasidagi gazlarning parsial bosimlari 185,5 kPa va 15,5 kPa ga teng. Ushbu aralashmaning 25 g massasi 100 ͦC harorat va 105,5 kPa bosimda qanday hajm (litr) egallaydi ?
A) 17,18 B) 15,24 C)19,23 D) 12,35
75. Tempratura 0 ͦC va bosim 1,01∙105 bo'lgan sharoitda bir hajm suvda 4,6 hajm gaz eriydi va 0,694 % li eritma hosil bo'ladi. Ushbu gazni aniqlang.
A) vodorod xlorid B) vodorod sulfid
C)ammiak D) vodorod bromid
76.Kislorod va karbonat angidriddan iborat aralashmaning 0°C va 84,04 kPa bosimdagi hajmi 13,5 l bo'lib, reaktorga yangi tayyorlangan kalsiy oksid solinib uzoq vaqt ushlab turilganda idishdagi bosim shu haroratda 50,4 kPa gacha kamaydi.Boshlang'ich aralashmadagi yengil gazning hajmiy ulushini (%) aniqlang.
A) 30 B) 40 C) 60 D) 70
77.Normal sharoitda bir hajm suvda 2,5 hajm vodorod xlorid eriydi. Qanday bosimda (kPa) sulfid kislotaning 4 % li eritmasi hosil bo'ladi?
A) 1112,6 B) 1008,4
C) 990,2 D) 892,4
78.Bir xil sharoitda va bir xil massada olingan qaysi gazning hajmi eng katta bo'ladi ?
A) vodorod sulf id B) kislorod
C)karbonat angidrid D) xlor
79.Idish hajmi (a) va undagi gaz hajmi (b) oshirilganda idishdagi bosim qanday o'zgaradi?
A)a-ortadi; b-ortadi
B)a-ortadi; b-kamayadi
C) a-o'zgarmaydi; b-ortadi
D)a-kamayadi; b-kamayadi
Do'stlaringiz bilan baham: |