O’RTACHA MOLYAR MASSA
1.Hajmiy ulushlari 30% va 70% bo'lgan CO va СО2 aralashmasining o’rtacha molyar nassasini hisoblang.
A) 32,8 B) 39,2 C) 40,6 D)37,6
2.Hajmiy nisbatlari 2:3 bo'lgan NO va NO2 aralashmasining o'rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 39,6 B) 36,4 С) 38,6 D) 35,3
3.Massa nisbatlari 2,1 :1,1 bo'lgan СО, СО2 aralashmasining o'rtacha molyar massasini hisoblang.
A)33,5 B) 30,6 C) 32 D) 38,67
4. Kislorodning massa ulushi 40% bo’lgan kislorod-ozon aralashmasining o'rtacha molyar massasini toping.
A)40 B) 39,2 C)41,6 D) 42,4
5.O’rtacha molyar massasi 36,8 bo'lgan , kislorod-ozon aralashmasidagi kislorodning hajmiy ulushini toping.
A) 70% B) 30% C) 60% D) 40%
6.O’rtacha molyar massasi 29 bo'lgan kislorod-azot aralashmasidagi azotning massa ulushini toping.
A)25% B)75% C)72,4% D)27,6%
7.Mol nisbati 3:4 bo'lgan geliy-kislorod aralashmasining o'rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 14,23 B) 16,7 C) 10,86 D) 20
8.Massa nisbati 3,5:11:4 bo'lgan azot, karbonat angidrid, kislorod aralashmasining o'rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 37 B) 39 C) 38,4 D) 36,2
9.O’rtacha massasi 34,4 bo'lgan CO va СО2 aralashmasidagi kislorod atomlari soni С atomlar sonidan necha marta ko'p?
A) 1,2 B) 1,1 C)1,6 D) 1,4
10. SO2, SO3 aralashmasidagi kislorod atomlari soni oltingugurt atomlari sonidan 2,75 marta ko'p bo'lsa, aralashmaning o'rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 74 B) 76 C) 72 D) 68
11. CO, СО2 aralashmasidagi kislorod atomlari soni uglerod atomlari sonidan 1,6 marta ko'p bo'lsa, aralashmaning o'rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 37,6 B) 34,4 C) 36,2 D) 39,5
12. NO va NO2 aralashmasidagi kislorod va azot atomlari nisbati 18:10 bo’lsa . aralashmaning o’rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 40,4 B) 42,8 C) 39,8 D)43,6
13. Is gazi, karbonat angidrid va azot aralashmasidagi CO2 ning hajmiy ulushi 30% bo'lsa aralashmaning o'rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 39,8 B) 40,3 C) 36,4 D) 32,8
14. 1:1:1 hajmiy nisbatda olingan vodorod, kislorod, azot aralashmasi portlatilgandan keyin hosil bo'lgan gazlar aralashmasining o'rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 31,43 B) 26,66 C)29,33 D) 34,56
15. 2:3:1 mol nisbatda olingan kislorod, is gazi. karbonat angidrid aralashmasi qizdirilgandan keyingi aralashmaning o'rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 42,66 B) 40 C) 32 D) 38,33
16.Karbonat angidrid, kislorod, azot aralashmasidagi karbonat angidrid hajmi azot hajmidan 4 marta ko'p, kislorod hajmi esa azot hajmidan 5 marta ko’pligi ma'lum bo'lsa, aralashmaning o’rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 36,4 B)33,6 C) 38,4 D)39,2
17. 11,2 l СО, СО2, СH4 aralashmasidagi vodorod atomlari soni 2,408 ∙1023 ta bo'lsa, aralashmadagi is gazining hajmiy ulushini hisoblang. (%) (aralashmaning o'rtacha molyar massasi 28,8)
A) 20 B) 40 C)60 D)50
18. СО, СО2, H2 aralashmasining 2,24 l ni yoqish uchun 1,44 g kislorod sarf landi . Boshlang'ich aralashmaning o'rtacha molyar massasi 16,6 bo'lsa, boshlang'ich aralashmadagi vodorodning massa ulushini hisoblang. (%)
A) 50 B) 40 C) 6,02 D)26,5
19.H2, N2, СО2 aralashmasining 8,96 litrini yoqish uchun 1,792 l kislorod sarf landi. Boshlang’ich aralashmadagi azotning hajmiy ulushini (%) hisoblang. (boshlang'ich aralashmaning o'rtacha molyar massasi 20,8)
A) 40 B) 20 C)30 D) 50
20. 40 ml NO va NO2 aralashmasiga 20 ml kislorod qo'shilganda aralashma hajmi 50 ml bo'lib qoldi. Hosil bo'lgan aralashmaning
o' rtacha molyar massasini hisoblang .
A) 38 B) 39,6 C) 43,2 D)43,4
21.Mol nisbati 1:3 bo'lgan kislorod-azot aralashmasiga kislorod hajmiga teng miqdorda noma'lum gaz qo'shilganda o'rtacha molyar massa qiymati 3 birlikka ortdi. Noma'lum gazni toping.
A) Argon B) Ozon
C) Karbonat angidrid D) Butan
22.Mol nisbati 2:3 bo'lgan karbonat angidrid- argon aralashmasiga argon hajmiga teng hajmda noma'lum gaz qo'shilganda o'rtacha molyar massa qiymati 5,1 birlikka kamaydi. Noma'lum toping.
A) Metan B) Azot C) Ozon D) Geliy
23. 1:2:4 mol nisbatda olingan metan, vodorod, kislorod aralashmasi portlatilgandan keyin sistema normal sharoitga keltirildi. Hosil aralashmaning o'rtacha molyar massasini
A) 21,4 B) 24,66 C) 38,0 D)35,0
24.Geliyga nisbatan zichligi 10 bo'lgan СО, СО2 aralashmasining 8 litrini yoqish uchun kerak bo'ladigan kislorod hajmini (l) toping
A) 6 B)1 C)3 D)8
25.Kislorodga nisbatan zichligi 2,3 bo'lgan SO2, SO3 aralashmasining 20 litrini yoqish kerak bo'ladigan kislorod massasini (g) hisoblang.
A) 8 B) 4 C) 5,71 D)11,43
26.Vodorodning hajmiy ulushi kislorodnmg massa ulushiga teng bo'lgan vodorod-kislorod aralashmasining o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 9,6 B) 8 C) 26 D)19,2
27.Azotning hajmiy ulushi kislorodning massa ulushiga teng bo'lgan azot-kislorod aralashmasining o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 29,93 B) 28,67 C) 30,24 D) 31,24
28.Vodorodning hajmiy ulushi geliyning massa ulushiga teng bo'lgan vodorod-geliy aralashmasining o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 3,21 B) 2,82 C)2,63 D)1,92
29.Azot va noma'lum gazdan iborat aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 8,775g/ml ga teng bo'lib, undagi azotning hajmiy ulushi noma’lum gazning massa ulushiga teng. Aralashmadagi noma'lum gazning molekulyar massasini aniqlang
A) 32 B) 46 C)30 D)44
30. Azot va noma'lum gazdan iborat aralashmaning metanga nisbatan zichligi 1,81 ga teng bo'lib, undagi azotning hajmiy ulushi noma'lum gazning massa ulushiga teng. Aralashmadagi noma'lum gazning molekulyar massasini aniqlang.
A) 32 B) 46 С) 30 D) 44
31. Vodorod va kisloroddan iborat 89,6 l aralashma portlatilib boshlang’ich sharoitga keltirilganda yonishga yordam beradigan gazdan 32 g ortib qoldi. Boshlang'ich aralashmaning , o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A)16 B) 17 C) 20 D) 24
32.Vodorod va kisloroddan iborat 200 ml aralashma portlatilib boshlang'ich sharoitga keltirilganda yonishga yordam beradigan gazdan, 20 ml ortib qoldi. Boshlang'ich aralashmaning o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 16 B) 17 C) 10 D)14
33.Ozon-kislorod aralashmasiga karbonat angidrid qo'shilganda hosil bo'lgan aralashmaning geliyga nisbatan zichligi boshlang'ich aralashmaning geliyga nisbatan zichligiga teng bo'ldi. Ozon-kislorod aralashmasidagi kislorodning massa ulushini aniqlang
A)25 B)75 C) 18,2 D)81,8
34.Ozon-kislorod aralashmasi hajmiga teng hajmda azot qo'shilganda hosil bo'lgan aralashmaning argonga nisbatan zichligi 0,8 ga teng bo’lsa, ozon-kislorod aralashmasidagi kislorodning hajmiy va massa ulushini aniqlang.
A)475; 66,66 B) 25; 33,33
C)75; 25 D) 66,66; 33,33
35. Ozon -kislorod aralashmasi hajmining 1/8 qismi miqdorida neon qo’shilganda hosil bo’lgan aralashmaning argonga nisbatan zichligi 0,9 ga teng bo’lsa, ozon-kislorod aralashmasidagi kislorodning hajmiy ulushini aniqlang.
A)25 B)75 C) 37,5 D) 62,5
36. Hajmiy ulushlari teng bo'lgan gazlar aralashmasining o'rtacha molyar massasi 10 ga teng. Massa ulushlari teng bo'lganda esa 6,4 ga teng. Ushbu gazlar aralashmasidagi og’ir gazning 0,2 molida nechta elektron borligini aniqlang.
A) 1,806 ∙1024 В) 6,02∙1024
C) 1,204∙1024 D) 3,01∙1024
37.Hajmiy ulushlari teng bo'lgan gazlar aralashmasining o'rtacha molyar massasi 25 ga teng. Massa ulushlari teng bo'lganda esa 24 ga teng. Ushbu gazlar aralashmasidagi yengil gazning 0,3 molida nechta elektron borligini aniqlang.
А) 1,806∙1024 В) 6,02∙1024
C)5,78∙1024 D13,25∙1024
38.Neon va noma'lum gazdan iborat aralashmadagi neonning massa ulushi noma'lum gazning hajmiy ulushidan 7,2 marta kichik. Aralashmaning o'rtacha molyar massasi 36 ekanligi ma'lum bo'lsa, noma'lum gaz massasining ma'lum gaz massasiga nisbati qanchaga teng ?
A) 2 B) 0,5 C)4 D) 0,25
39.Argon va noma'lum gazdan iborat aralashmadagi noma'lum gazning hajmiy ulushi argonning massa ulushidan 1,32 marta katta. Aralashmaning o'rtacha molyar massasi 35,2 ekanligi ma'lum bo'lsa, noma'lum gaz massasining ma'lum gaz massasiga nisbati qanchaga teng ?
A) 1,25 B) 0,8 C) 1,5 D) 0,67
40.Metan va noma'lum gazdan iborat aralashmadagi metanning massa ulushi noma'lum gazning hajmiy ulushidan 6,4 marta kichik. Aralashmaning o’rtacha molyar massasi 25,6 ekanligi ma'lum bo’lsa, noma'lum gaz massasining ma'lum gaz massasiga nisbati qanchaga tengligini yozing.
41. Massasi 8 g bo'lgan neonga 48 g noma'lum gaz qo’shilganda hosil bo'lgan aralashmaning o'rtacha molyar massasi 35 bo'lsa, noma’lum gazni aniqlang..
A) ozon B) argon
C) kislorod D) butan
42. Massasi 4,8 g bo'lgan metanga 15 g noma'lum gaz qo'shilganda hosil bo’lgan aralashmaning o'rtacha molyar massasi 24,75 bo'lsa, noma'lum gazni aniqlang.
A)ozon B)argon C) azot D) etan
43.Massasi 12,8 g bo'lgan kislorodga 33,6 g noma'lum gaz qo'shilganda hosil bo'lgan aralashmaning o'rtacha molyar massasi 29 bo'lsa, noma'lum gazni aniqlang.
A) neon B) geliy C) metan D)azot
44. Is gazi, azot va argondan iborat aralashmaning zichligi palag'da tuxum hidini beruvchi gaz zichligiga teng. Ushbu aralashmadagi nodir gazning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 50 B) 66,66 C) 41,17 D) 58,82
45. Is gazi, azot va argondan iborat aralashmaning o’rtacha molyar massasi kislorod molyar massasidan 12,5 % ga ortiq . Ushbu aralashmadagi nodir gazning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 33,33 B) 66,66 C) 41,67 D) 74,07
46. Mol nisbatlari 1:3:1 bo'lgan silan, kislorod va azot dan iborat aralashma yoqildi va 20°C ga qadar sovutildi. Oxirgi aralashmadagi gazlar aralashmasining o’rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 31,2 B) 28,8 C) 30 D) 29,6
47. Vodorod sulfid va galogenovodoroddan iborat aralashmadagi vodorod sulfidning hajmiy ulushi 0,2 ga teng. Aralashmadagi vodorodning massaulushi esa 1,676 %. Ushbu aralashmaning o'rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 36 B) 71,6 C) 22,8 D) 109,2
48.Vodorod sulf id va galogenovodoroddan iborat aralashmadagi vodorod sulf idning hajmiy ulushi 0,4 ga teng. Aralashmadagi vodorodning massa ulushi esa 3,943 %. Ushbu aralashmaning o'rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 35,5 B) 62,2 C)25,6 D) 90
49.Geliy va kislorod aralashmasidagi geliy elektronlari soni kislorod elektronlari sonidan 4 marta kam bo'lsa, aralashmaning o’rtacha molyar massasini ko'rsating.
A) 11,22 B) 13,33 C) 14,11 D) 16,66
50.Neon va azot aralashmasidagi azot elektronlari soni neon elektronlari sonidan 4 marta kam bo'lsa, aralashmaning o’rtacha molyar massasini ko’rsating.
A) 16,67 B) 26,66 C) 23,44 D) 21,21
51.Azot va kislorod aralashmasidagi azot elektronlari soni kislorod elektronlari sonidan 3,5 marta ko’p bo'lsa, aralashmaning o’rtacha molyar massasini ko'rsating.
A) 28,8 B) 29,2 C) 29,0 D) 31,2
52.Gaz aralashmasidagi yengil va og'ir gazlar 1:3 hajmiy nisbatda olib aralashtirganda aralashmaning o'rtacha molyar massasi 32 bo’ladi. Xuddi shu gazlarni 2:3 massa nisbatda olib aralashtirganda esa o'rtacha molyar massa 25 bo’ldi. Birinchi aralashmadagi o'g’ir gazni massasi yengilidan necha marta og'irligini aniqlang.
A) 2,5 B) 0,4 C) 7,5 D) 4
53.Gaz aralashmasidagi yengil va og’ir gazlar 2:3 hajmiy nisbatda olib aralashtirganda aralashmaning o’rtacha molyar massasi 32 bo’ldi. Xuddi shu gazlarni 3:2 massa nisbatda olib, aralashtirganda esa o'rtacha molyar massa 25 bo'ldi. Birinchi aralashmadagi yengil gazning massasi og’iridan necha marta og'irligini aniqlang.
A) 2 B) 0,5 C) 3 D) 0,33
54. Gaz aralashmasidagi yengil gaz hajmiy ulushining og'ir gaz hajmiy ulushiga bo'lgan nibati 2:3 bo'lganda aralashmaning o'rtacha mollyar massasi 32,8, 1:3 bo'lganda esa 37 ga. Ushbu aralashmadagi yengil gaz molyar massasining og'ir gaz molyar massasiga nisbatini aniqlang.
A)2,75 B) 0,36 C)4,125 D)0,24
55.Gaz aralashmasidagi yengil gaz hajmiy ulushining og'ir gaz hajmiy ulushiga bo'lgan nisbati 1:9 bo'lganda aralashmaning o'rtacha molyar massasi 40, 1:4 bo'lganda esa 36 ga teng. ikkinchi aralashmadagi og'ir gaz massasining yingil gaz massasiga nisbatini aniqlang.
A)11 B) 0,091 C) 44 D) 0,023
56. Gaz aralashmasidagi yengil gaz massa ulushining og'ir gaz massa ulushiga bo'lgan nisbati 1:7,5 bo'lganda aralashmaning o'rtacha mollyar massasi 34, 1:3,75 bo'lganda esa 30,4 ga teng.Ushbu aralashmadagi yengil gaz molyar massasining og'ir gaz molyar massasiga nisbatini qlang.
A)2,75 B)0,36 C) 2,5 D) 0,4
57.Gaz aralashmasidagi yengil gaz massa ulushining og'ir gaz massa ulushiga bo'lgan nisbati 4:7,5 bo'lganda aralashmaning o'rtacha molyor massasi 18,4, 2,4:1 bo'lganda esa 17 ga. Ikkinchi aralashmadagi og'ir gaz hajmining yingil gaz hajmiga nisbatini aniqlang.
A)0,33 B)3 C)1,25 D) 0,8
58.Neon va argonning hajmiy ulushlari X va Y foizli bo’lgan aralashmasining o'rtacha molyar massasi massa ulushlari xuddi shunday foizli bo’lgan aralashmaning o'rtacha molyar massasidan 1,12 marta katta bo'lsa, hajmiy ulushlari berilgan aralashmadagi yengil gazning massa ulushini aniqlang.
A)60 B) 42,85 C) 57,14 D) 40
59.Azot va metanning hajmiy ulushlari X va У foizli bo’lgan aralashmasining o'rtacha molyar massasi massa ulushlari xuddi shunday foizli bo'lgan aralashmaning o'rtacha molyar massasidan 1,0432 marta katta bo'lsa, massa ulushlari berilgan aralashmadagi og'ir gazning hajmiy ulushini aniqlang.
A) 84 B) 75 C)16 D) 25
60.Ozon va kislorodning hajmiy ulushlari X va У foizli bo'lgan aralashmasining o'rtacha molyar massasi massa ulushlari xuddi shunday foizli bo'lgan aralashmaning o'rtacha molyar massasidan 1,04 marta katta bo'lsa, hajmiy ulushlari berilgan aralashmadagi og'ir gazning massa ulushini aniqlang.
A) 69,23 B) 42,85 C) 57,14 D) 30,77
61.Neon va argonning hajmiy ulushlari X va У foizli bo'lgan aralashmasining o'rtacha molyar massasi massa ulushlari xuddi shunday foizli bo'lgan aralashmaning o'rtacha molyar massasidan uch birlikka katta bo'lsa, hajmiy ulushlari berilgan aralashmadagi og'ir gazning massa ulushini aniqlang.
A) 60 B) 42,85 C) 57,14 D) 40
62.Azot va kislorodning hajmiy ulushlari X va У foizli bo'lgan aralashmasining o'rtacha molyar massasi massa ulushlari xuddi shunday foizli bo'lgan aralashmaning o'rtacha molyar massasidan 0,078 birlikka katta bo'lsa, hajmiy ulushlari berilgan aralashmadagi yengil gazning massa ulushini aniqlang.
A) 15,04 B) 42,85 C) 57,14 D) 84,96
63.Kislorodning hajmiy ulushi ozonning massa ulushidan 1,2 marta kichik bo'lgan ozon-kislorod aralashmasining o'rtacha molyar massasini ko'rsating.
A) 38,4 B) 40 C) 41,6 D) 43,2
64.Kislorodning massa ulushi ozonning hajmiy ulushidan 3,15 marta kichik bo'lgan ozon-kislorod aralashmasining o'rtacha molyar massasini ko'rsating.
A) 38,4 B) 40 C) 41,6 D) 43,2
65. kislorod va ammiakdan iborat aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushi massa ulushidan 1,6 marta kichik. Aralashmaning o'rtacha molyor massasini aniqlang.
A) 20 B) 29 C) 25 D) 24
66.Karbonat angidrid va ozondan iborat o'rtacha molyar massasi 47 bo’lgan 2 mol aralashmaga xuddi shunday mol nisbatdagi
A va В gaz aralashmasidan 3 mol qo'shilganda o'rtacha molyar massasi 30,2 bo'lgan aralashma hosil bo'ldi. A gaz molekulyar massasi В gaznikidan 4 birlikka kam bo'lsa, gazlarni aniqlang.
A) CH4 va Ne B) N2 va O2
C) Ar va СО2 D) CO2 va O3
67.Neon va kisloroddan iborat o'rtacha molyar massasi 29 bo'lgan 3 mol aralashmaga xuddi shunday mol nisbatdagi A va В gaz aralashmasidan 5 mol qo'shilganda o'rtacha molyar massasi 37,75 bo'lgan aralashma hosil bo'ldi. A gaz molekulyar massasi В gaznikidan 4 birlikka kam bo'lsa, gazlarni aniqlang.
A) CH4 va Ne B) N2 vaO2
C) Ar va CO2 D) CO2 va O3
68.Metan va geliydan iborat o'rtacha molyar massasi 6,4 bo'lgan 3 mol aralashmaga xuddi shunday mol nisbatdagi A va В gaz aralashmasidan 4,5 mol qo'shilganda o'rtacha molyar massasi 21,28 bo'lgan aralashma hosil bo'ldi. A gaz molekulyar massasi В gaznikidan 4 birlikka kam bo'lsa, gazlarni aniqlang.
A)CH4vaNe B)N2vaO2
C) Ar va СО2 D) CO2 va O3
69. Karbonat angidrid va ozondan iborat o'rtacha molyar massasi 46,4 bo'lgan 4 mol aralashmaga xuddi shunday mol nisbatdagi
A va В gaz aralashmasidan 1 mol qo'shilganda o’rtacha molyar massasi 42,96 bo'lgan aralashma hosil bo'ldi. A gaz molekulyar massasi В gaznikidan 2 birlikka kam bo'lsa, gazlarni aniqlang.
А) С3Н6 va С3H8 В) NO va O2
C) O2 va H2S D) СО2 va NO2
70.Azot, kislorod, argon, karbonat angidrid neondan iborat aralashmadagi azotning hajmiy ulushi 10 %, massa ulushi esa 8,433 % bo'lsa aralashmaning o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 33,2 B) 30,4 C) 29,6 D) 35,2
71.Argon, neon va metandan iborat aralashmadagi argon va neonning hajmiy ulushi teng, neon va metanning massa ulushlari teng. Aralashmaning o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 20,16 B) 24,61 C) 26,34 D) 28,32
72.Argon, neon va metandan iborat aralashmadagi argonning hajmiy ulushi neon hajmiy ulushidan 4 marta kam. Neonning hajmiy ulushi metanning massa ulushiga teng. Aralashmaning o'rtacha molyar massasini aniqlang
A) 20 B) 24 C) 26 D) 28
73.Kislorod, azot va neondan iborat aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushi azotning hajmiy ulushiga teng. Neonning massa ulushi azotning hajmiy ulushidan 1,6 marta ko'p. Aralashmaning o’rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 25 B) 24 C) 26 D) 28
74.Kislorod, azot va sulfit angidriddan aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushi azotning hajmiy ulushidan 0,75 marta ko'p. Azotniwng hajmiy ulushi sulf it angidridning massa ulushidan 1,2 marta kam. Aralashmaning o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 38 B) 44 C)36 D) 40
75.Kislorod, azot va noma'lum gaz aralashmasidagi kislorod va azotning hajmiy ulushlari teng. Azotning hajmi noma'lum gaz massasidan 0,56 marta ko'p. Aralashmaning o’rtacha molyar massasi 25 bo'lsa, noma'lum gazni aniqlang.
A) metan B) neon C) argon D) ozon
76.Karbonat angidrid, azot va noma'lum gaz aralashmasidagi azot va karbonat angidrid hajmiy ulushlari nisbati 0,6 ga teng. Azotning hajmi noma’lum gazning massasidan 0,7 marta ko’p. Aralashmaning o'rtacha molyar massasi 40 bo’lsa, noma’lum gazni aniqlang.
A)metan B)neon C)argon D)ozon
77. Argon, azot va noma'lum gaz aralashmasidagi azot va argonning hajmiy ulushlari nisbati 0,6 ga teng. Azot hajmining noma'lum gazning massasiga nisbati 1,344:2,32. Aralashmaning o'rtacha molyar massasi 40 bo’lsa. noma'lum gazni aniqlang.
A) metan B)etan C) propan D) butan
78. Kislorod va azotdan iborat aralashmaning o’rtacha molyar massasi (M) qiymatiga mos tushadigan holatni ko’rsating
A) 28 ≥ M ≤ 32 B) 28 > M < 32
C)28< M > 32 D) 28 < M < 44
79.Ozon-kislorod aralashmasiga teng hajmda argon qo’shilganda aralashmaning o'rtacha molyar massasi qiymati ikki birlikka kamaydi. Ozon-kislorod aralashmasidagi ozonning hajmiy ulushini (%) aniqlang.
A) 25 B) 40 C)60 D) 75
80.Ozon-kislorod aralashmasiga 2,5 marta ko’p hajmda azot qo’shilganda aralashmaning o'rtacha molyar massasi qiymati o'n birlikka kamaydi. Ozon-kislorod aralashmasidagi ozonning hajmiy ulushini (%) aniqlang.
A)37,5 В) 40 C)60 D)62,5
81.Kislorod, argon va neondan iborat aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushi argonning hajmiy ulushidan 40 % ga kam bo’lib, aralashmamng o'rtacha molyar massasi 31,2 bo’lsa, neonning hajmiy ulushi argonnikidan necha marta ko’pligini aniqlang.
A)1,25 B) 0,2 C) 5 D) 0,8
82.Kislorod, argon va karbonat angidriddan iborat aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushi argonning hajmiy ulushidan 20 % ga ko’p bo'lib, aralashmaning o’rtacha molyar massasi 38,4 bo'lsa, oksidning hajmiy ulushi argonnikidan necha marta ko’pligini oniqlang.
A)0,5 B)2 C) 1,25 D) 0,8
83.Argon, neon va kisloroddan iborat aralashmadagi argonning hajmiy ulushi kislorodnikidan 1,5 marta katta, neonning hajmiy ulushi esa kislorodnikidan 20 % ga ko’p bo'lsa, aralashmaning o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 27,6 B) 25,2 C)24,8 D)22,4
84. Kislorod, azot va karbonat angidriddan iborat aralshmadagi kislorod hajmiy ulushi azotnikidan 20 % ga (1,75 marta) kam. Aralashmaning o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 32,4 B) 36 C) 38,4 D) 29,6
85. Azot va karbonat angidriddan iborat aralashmadagi oksidning hajmiy ulushi oksidning massa ulushidan 7,5 % ga kam. Aralashmaning o'rtacha molekulyar massasini aniqlang.
A) 39,2 B) 40 C) 38,4 D)41,2
Do'stlaringiz bilan baham: |