Chulg‘amlarining magnit yurituvchi kuchlari



Download 0,81 Mb.
bet1/3
Sana29.05.2022
Hajmi0,81 Mb.
#616731
  1   2   3
Bog'liq
Choriyev D 1. eklektr


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK- IQTISODIYOTI
INSTITUTI
5312400-MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI
MEM-200 (20) GURUH

MUSTAQIL ISH
MAVZU: O‘zgaruvchan tok mashinalari
chulg‘amlarining magnit yurituvchi kuchlari.

Bajardi:______________________Choriyev D.


Qabul qildi:_______________________Babayev O.
Qarshi-2022.
Mundarija.

  1. Kirish.

  2. Elektr mashinalari haqida umumiy ma’lumotlar.

  3. O‘zgaruvchan tok mashinalari chulg‘amlarining magnit yurituvchi kuchlari.

  4. O‘zgaruvchan tok mashinalari chulg‘amlaridagi elektr yurituvchi kuchlar.

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

Kirish.
Elektr mashinalari va transformatorlari sanoatning turli ishlab chiqarish korxonalarida, energetikada, transportda (aviatsiya, temiryo‘l, avtomobil, metro, tramvay, trolleybus), qishloq va suv xo‘jaligida, qurilishda va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Elektromexanika — elektromagnit kuchlarining hosil bo‘lishi va ulaming elektromagnit maydonida ta'sirlanishidir. Ammo elektro- mexanika juda keng tushuncha bo‘lib, unga energiyani elektromexanik o‘zgartgich (EEO‘) (elektr mashinalari), elektr yurutmalardan tashqari elektr akustika, magnit gidro va aerodinamika hamda boshqalar kiradi. EEO‘ — juda keng turkumli qurilmalar bo‘lib, u mexanik energiyani elektr eneigiyaga yoki elektr energiyani mexanik energiyaga o‘zgartirib beradi. EEO‘ bir necha MW dan yuz MW gacha bo'lgan quwatlarga ega bo'ladi. Ular ishlatiladigan sohalar turli xil bo‘lib, juda kichik datchiklardan tortib juda katta quwatli o‘zgaruvchan tok generatori sifatida ishlatiladi. EEO‘ laming turli xil bo‘lishi ulaming konstmktsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini emas, balki umumiy printsiplami o‘iganishga undaydi. Elektromexanika elektromagnit holat nazariyasi va mexanika orasi- dagi chegaraviy bo'lim hisoblanadi. Umumiy holat — jism va zarracha- laming harakati, mexanik kuchlaming o‘zaro ta’siri bilangina emas, balki elektromagnit kuchlarining ta'siri bilan ham aniqlanadi. Demak, nayotgan jismning o‘zi elektr zaryadini yoki tokini olib yuradi. Shunday qilib, elektromagnit kuch fazodagi jismning holati va tezligining funktsiyasi hisoblanadi. Shuning uchun ham EEO‘ laming holatini belgilovchi tenglamalar sistemasini elektr yoki mexanik qismlarga bo'lishning iloji yo‘q.


Elektr mashina mexanik energiyani elektr energiyaga (elektr generatorlari) yoki elektr energiyani mexanik energiyaga (elektr motorlari) aylantira oladigan elektr-mexanik o‘zgartgich (EMO‘)dir. Elektr mashinalarida energiyaning elektr-mexanik o'zgartirilishi magnit maydon vositasida amalga oshirilib, elektromagnit induksiya qonuniga asoslangarv, shuning uchun ham ularni induktiv elektr mashinalari deyiladi. 0‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartirib beruvchi transformatorlar ham induktiv elektr mashinalarining o‘ziga xos turidir. Elektr-mashinaviy o‘zgartgichlar (masalan, o‘zgaruvchan tok chastotasini va fazalar sonini o‘zgartira oladigan,) va kam quwatli elektr signallar vositasida nisbatan katta quwatli obyektlami boshqarishga imkon beruvchi elektr-mashinaviy kuchaytirgichlar ham EMO‘ hisoblanadi. Sanoat elektronikasining jadal ravishda rivojlanishi tufayli yarim o'tkazgich (tranzistor, tiristor)li o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlar sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Natijada elektr-mashinaviy o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlami amalda qo‘llash sohalari ancha kamaygan. Elektr mashinalarining tasnifi. Aylanuvchi qismli elektr mashinalari tokning turiga ko‘ra 0‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok mashinalariga boiinadi. 0‘zgaruvchan tok elektr mashinalari ishlash prinsipiga bog‘Iiq holda asinxron, sinxron va kollektorli mashinalarga bo‘linadi (K.1- rasm).


Asinxron mashinalar tuzilishi, ishga tushirish va texnik xizmat ko‘rsatishning oddiyligi hamda yuksak ishonchliligi kabi afzalliklari tufayli turli xo‘jalik sohalarida asosan elektr motorlari sifatida ishlatiladi.
Sinxron mashinalar elektr stansiyalarida sanoat chastotali (f = 50 Gz) 0‘zgaruvchan tok ishlab chiqaruvchi generatorlar va mustaqil elektr energiya iste’molchilari (samolyotlar, katta kemalar va boshq.) uchun yuqori chastotali generatorlar sifatida qo‘llaniladi.
0‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari asosan elektr motorlari sifatida ishlatiladi. Ularning konstruksiyasi murakkab va cho‘tka- kollektor qurilmasining tez-tez profilaktik ko‘zdan kechirish (yoki ta’mirlash) zaruratining tug‘ilib turishi tufayli ulardan amalda kam foydalaniladi. Avtomatika qurilmalarida hamda maishiy xizmat va uy xo‘jaligi elektr uskunalarida universal, ya’ni 0‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarda ishlay oladigan kollektorli mashinalar qo‘llaniladi. 0‘zgarmas tok mashinalari ko‘pchilik hollarda elektr motorlari sifatida aylanish chastotasi keng koMamda o‘zgartirilishi talab qilinadigan elektr yuritma qurilmalarida ishlatilib, avtomatik rostlash sistemalarida esa ijrochi motorlar va taxogeneratorlar sifatida keng foydalaniladi.
Transformator — o‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartiradigan (bu jarayonda chastota f = const) Statik (aylanuvchi qismi bo'lmagan) elektromagnit o‘zgartgichdir. Lekin transformatoming ishlash prinsipi ham elektr mashinalariniki singari elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanganligi va o‘zgaruvchan tok mashinalaridagi fizik jarayonlar ko‘p jihatdan transformatordagiga o‘xshaganligi uchun ushbu kursda transformatorlar nazariyasi asoslarini o‘rganish o'zgaruvchan tok mashinalari nazariyasini yanada chuqurroq tushunib olishga imkon beradi.
Elektr mashinalari quyidagicha tasniflanadi, ya’ni quwatiga ko‘ra: 1) 500 W gacha - elektr mikromashinalari; 2) 0,5< P<10 kW — kam quwatli;
3) 10
200 kW — katta quwatli;
aylanish chastotasiga ko‘ra: a) n = 300 ayl/min. gacha — kam tezlikli; b) n =300 + 1500 ayl/min — o‘rta tezlikli; d) 1500 < n < 6000 ayl/min — katta tezlikli; e) n > 6000 ayl/min — o‘ta katta tezlikli elektr mashinalari.

aylanasi bo‘ylab magnit yurituvchi kuchning taqsimlanishi bilan aniqlanadi. Mashinaning statorida yoki rotorida joylashgan barcha o‘zgaruvchan tok chulg‘amlarining natijaviy magnit yurituvchi kuchi (MYK) havo oralig‘ida aylanma magnit maydonini hosil qilishi lozim. Shuning uchun sinusoidal kuchlanish berilayotgan har bir chulg‘am, fazoda sinusoidal taqsimlangan MYK ga ega boiishi kerak. Agar bu shartlar bajarilmasa (berilayotgan kuchlanish nosinusosoidal yoki MYK nosinusoidal taqsimlangan bo‘lsa), u holda magnit maydoni tarkibida yuqori garmonikalar bo‘lib, ular mashinaning energetik ko‘rsatkichlarini yomonlashtiradi.


0‘zgaruvchan tok mashinasi stator chulg'amlari MYK larini tahlil qilishda quyidagilar asos qilib olinadi:
1) o‘zgaruvchan tok chulg‘ami MYK vaqt bo‘yicha o‘zgaradi va bu bilan birga fazoda (stator aylanasi bo‘ylab) taqsimlangan, deb faraz qilinadi;
2) stator chulg‘amidagi tokning vaqt bo'yicha o‘zgarishi sinusoidal shaklda, demak, chulg‘am MYK ham sinusoidal shaklda o‘zgaradi;
3) mashina havo oralig‘i stator perimetri bo‘yicha o‘zgarmas, ya’ni rotor o‘zagi silindrik shaklda, deb hisoblanadi;
4) rotor chulg‘amida tok yo‘q, demak, rotor magnit maydonni hosil qilmaydi, deb faraz qilinadi.
Yigilgan chulg'amning MYK. MYK ning taqsimlanishini yig‘ilgan chulg‘amli (10.15-rasm) ikki qutbli mashina misolida ko‘rib chiqamiz.
Bunda AX faza chulg‘amining hamma o‘ramlari diametral yuzada joylashgan ikkita pazda joylashgan. Agar tok faza chulg‘amining boshi A dan oxiri X ga yo‘nalgan boisa, kuch chiziqlari 10.15-rasmda ko‘rsatilgandek yo‘nalgan ikki qutbli magnit oqimi hosil bo‘ladi. Bu oqimning har bitta kuch chizig‘i faza g‘altagining hamma o‘ramlari (w= wg.) bilan qurshaladi, shu sababli g'altak hosil qilgan MYK Fg. = Iw ga teng bo‘ladi. Tok maksimal qiymatga ega bolganda MYK ham maksimal qiymatga erishadi. bunda 1^ , I — tokning maksimal va effektiv ta’sir etuvchi qiymatlari.
Agar magnit zanjiri ferromagnit qismlarining magnit qarshiligini


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish