Har xil xarorat va bosim uchun ishchi suyuqlik va moylash materiallarining
tavsiya etiladigan tarkibi
Gidropresslash
|
R, MPa
|
Ishchi muhit
|
Moylash
|
Material
|
Sovuq
Iliq 500°C gacha
Issiq 800...1600°C
|
<1000
≥2000
<2000
<2000
|
Kerosin har xil mineral moylar emusiya
Kostorova moy metanol qo‘shilgan glitserin etilennikol bilan polietilensiloksanov suyuqligi №5
Kostorova yog‘i metall qo‘shilgan volfram vapor grafit, molibden disulfidi, bitum
Kvazisuyuq: shisha grafit aralashmasi, grafit suyuq shisha+engil eriydigan metall kukuni, tuz eritmasi
|
Grafit, fosfat gipoid
Grofogen, grafit moy ftoroplast, stearat kalsiy
Molibden disulfidi, grafit, ginoid+olsin kislota. Lanolin, stearat kalsiy kanifol
Molibden disulfidi industrial yog‘i asbob uchun (pasta) shishagrafit halqa, shisha kukuni
|
Al mis po‘lat
Al mis po‘lat niobiy, tantal, molibden
Mis qotishmasi asbobsozlik po‘latlari titan qotishmasi, molibden qotishmasi, niobiy tantal
Asbobsozlik po‘latlari yuqorilegirlangan va issiqbardosh votishmalar niobiy molibden, volfram va uning qotishmalari
|
Qiyin eriydigan metall va qotishmalarning yuqori haroratda gidropresslash uchun ishchi muhitni tanlashda tadqiqotchilarning aytishicha, emulsion ishchi muhit-sovun eritmasidan foydalanib (press 16MN, zagotovkaning qizishi harorati 800...1600°C) sifatli prutoklar olish mumkin. Ammo katta press qoldiq bilan bu qoldiq zagotovka boshlang‘ich uzunligining 2/3 qismigacha etadi. Asboblarni moylash sifatida industrial moy aralashmasida molibden dislufididan foydalanildi natijalar tahlili ko‘rsatdiki, emulsiyadan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki ular 600...800MPa bosim atrofida qotadi, shu bilan birga asbobdagi moyni faol yuvadi, bu esa matritsa bilan metall orasidagi yomonlashtiradi va matritsaning eyilishini tezlashtiradi.
Yuqori haroratli gidropresslashda industrial moyining qo‘llanilishi ularning chidamligining pastligini, moyning erishga moyilligini va yuqori haroratda o‘t olish xavfi borligining yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Kostorova moyi va etil spirtining aralashmasi bosim 1600MPa bo‘lguncha qadar qotmaydi, texnologik moylash va metall yuzasi bilan o‘zaro yaxshi ta’sirlanadi. Moylash sifatida EVT emal ko‘rinishidagi borsilikat shishasi yumshash harorati 800 dan 1000°C bo‘lib o‘zini yaxshi ko‘rsatadi.
Shishamoylash zagotovka yuzasiga 0,2...0,5 mm qalinlikda surtiladi, oldindan sovuq holatda moysizlantiriladi. Shisha moylash samarasidan tashqari issiqlik o‘tkazmaslik (teploizolyator) rolini o‘ynaydi, shu bilan birga gaz to‘yinilishidan himoya qiladi.
Diametri 70 mm gacha bo‘lgan zagotovkalardan prutok va prodillarni suyuq muhitda gidropresslashda presslaesh oldidan konteyner bo‘shlig‘iga konteyner devori bilan zagotovka orasidagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun ballostli vtulka piritiladi. Ballostli vtulka toblangan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib ishchi suyuqlik miqdorini kamaytiradi, zagotovkani markazlashni va bosim jarayoni turg‘unligini ta’minlaydi. Grafit asosidagi kvazisuyuq ishchi muhitdan foydalanish, jarayon issiq sharoitini yaxshilaydi, zagotovka sovushiga qarshilik ko‘rsatadi va yuqori sifatli press-mahsulot olish mumkin. Vahorlanki kichik diametri zagotovkalarni gidropresslash uchun kvazisuyuq muhitdan foydalanishda jarayon tomon bo‘lganda konteyner bo‘shlig‘idan sug‘urib olish murakkabligi sababli ballast vtulkalardan foydalanish mumkin emas. SHuning uchun yarim press-shayba konstruksiyasi shilab chiqildi, bu konteyner bo‘shlig‘iga qushgan zagotovkani quyishdan oldin kiritildi.
Press-shayba maxsus grafit (cheshuchatsimon), suyuq shisha va ma’lum komponentlar (qo‘shiluvchilar) nisbatida engil eriydigan metallar kukuni qo‘shilganlardan tashkil topgan.
Ko‘rsatilgan aralashma maxsus idishda aralashtirilgandan keyin maxsus qurilmaga joylashtiriladi va berilgan shaklni olish uchun presslanadi. Press-shaybaning massasini quyidagi formuladan aniqlash mumkin.
Bu erda - konteyner bo‘shlig‘ining hajmi, plunjer va zagotovka mos ravishda -shayba materialning zinchligi. -shayba materialining siqiluvchanlik koeffitsenti, tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
Press-shaybaga suyuq shishaning qo‘shilishi ishchi muhitning tarkibini engillashtiradi, engil eriydigan metallar kukuni yuqori haroratda suyuq oquvchanlikni yaxshilaydi va zagotovka yuzasini uglerod bilan to‘yinishidan himoya qiladi. Maxsus press- shaybaning afzalligi shundagi u zagotovkani markazlashtiradi va bosim turg‘unligini oshiradi, zagotovka yuzasidan issiqlik yo‘qotilishini kamaytiradi. Zagotovka issiqligidan (erish harorati 120.. 150°C) erigan press-shayba, bosim jarayoni boshlanishdan suyuq pona va keyinchalik gidrodinamik ishqalanish sharoitini hosil qiladi. Press shaybadan kvazisuyuq muhitda foydalanishda bosim boshlanish bosqichida konteyner germitatsiyasi (zinchligi) shart emas. Ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha jarayonning o‘tkazish xususiyati shaybani chiqarib olib, ishchi muhitdan takroriy ravishda foydalanish imkonini beradi.
Suyuq muhitdan foydalanib uzunligi 250... 400 mm va diametri 40...25 mm bo‘lgan quyma va kukunli qiyin eriydigan qotishmalariga ishlov berildi. Tajriba va tajriba-sanoat yo‘li bilan olingan prutok, truba va profillarning natijalari 8-jadvalda keltirilgan.
Har qanday holatda ham yuqori haroratda gidropresslashda ichki va tashqi nuqsonlarsiz (yoriqlar, qarshiliklar, eyilgan asbob izlari) yuqori yuza sifatida ega bo‘lgan mahsulotlar olingan. 7- jadvaldagi ma’lumotdan foydalanib asbob turg‘unligi va matritsaning eyilishi bo‘yicha, kuch rejimli va jarayonni boshqarish soddaligi, prutoklar, profillar va trubalarni molibden va uning qotishmalaridan deformatsiya qilishni quyidagi rejim asosida olib borgan ma’qul.
8-jadval
2000>2000>1000>
Do'stlaringiz bilan baham: |