Sut zardobidan tayyorlanadigan ayrim ichimliklar. Barcha hamdo‘stlik mamlakatlarida va turli xil oMkalarda sut zardobidan har xil xushho‘r ichimliklar tayyorlash ishlari yaxshi yoMga qo‘yilgan. Jumladan, belorussiyadagi orshansk sut zavodida
«bodrost» deb nomlangan ichimlik tayyorlanadi. Uni tayyorlashda saxaroza, aromatizator sifatida magiz, kuydirilgan qand va har xil ziravorlardan foydalaniladi. Sut z ardobi kefir (qatiq) tomizgMsi bilan achitiladi. Buning uchun yog‘sizlantirilgan sut zardobi muhim ahamiyat kasb etadi.
160
«Achitqili atsidofiI» ichimligi. Bu ichimlik leningrad texnologiya instituti xodimlari tomonidan yaratilgan. Uni tayyorlash texnologiyasi quyidagicha bo‘ladi. Ya'ni, pasterlangan sut zardobiga yuqori mazali qo‘shimchalar va aromatli moddalar solinadi. Mahsulot rangsizlantiriladi. Solinadigan sharbat isitiladi, tomizg‘i qo'shiladi, idishlarga quyiladi, sovitiladi, etiltiriladi va sovuq xonalarda saqlanadi. Mahsulot 0,5 1 li shisha idishlarga solinadi, og‘zi yaxshilab berkitiladi va 16-18 soat davomida 30-33°C da saqlanadi. Uning kislotadorlik darajasi 75-100°T ga tengdir. Ichimlik 6-8°C da saqlanadi.
«Salqin» (proxlada) ichimligi. Bu ichimlik o‘zining texnologiyasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Shakarli, va mevali. Ulami tayyorlash texnologiyasi quyidagicha. Ya’ni pasterlangan va rangsizlantirilgan sut zardobiga bulg‘or va atsidofil achitqi tayoqchalari, xamirturish, bijg‘ituvchi laktoza, talabga ko‘ra turli qo‘shimcha (qand, meva sharbati, aromatli birikmajlar solinadi. Sut zardobi filtrlanadi, separatlanadi va 95-97°C gacha isitiladi. Shu haroratda mahsulot 45-50 minut saqlanadi, so‘ngra 35°C gacha sovitiladi. Retseptura talabiga ko‘ra qand, meva sharbati qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu tadbir maxsus aralashtirgich yordamida amalga oshiriladi.
«Salomatlik» («zdorove») ichimligi. Bu ichimlik qirg‘izistonda ixtiro etilgan bo‘lib, u asosan pishloq, tvorog zardobidan tayyorlanadi. Ichimlik atyyorlashda sut-achitqi streptokokk, bulg'or va atsidofil, hamda pishloq tayoqchalari (bakteriyalari)dan foydalaniladi. Ular dastlab tomizg‘i sifatida yog‘sizlantirilgan sut- dan tayyorlanadi. Kislotalik darajasi 30°C dan ortiq bo‘lmagan sut zardobi 75-85°C da pasterlanadi va u 15-20 sekund davom etadi. So‘ngra 43~45°C gacha sovitiladi. Hamda mahsulot miqdoriga ko‘ra 5-10% achitqi bilan ishlanadi. Mahsulot yaxshilab
161
aralashtiriladi va zudli bilan shishalarga quyiladi. Shi- shalaming og‘zi berkitiladi va 43-45°C da termostatda saqlanadi. Uning kislotalik darajasi 100°C ga etishi, uning tayyor bo‘lganligidan dalolat beradi va u 8°C li sovuq xonalarda saqlanadi. «Salomatlik» ichimligi yo- qimli hidga ega va sut-qatiq mazasini bildiradi. Rangi och-ko‘kimtir, kislotaliligi 120°T va tarkibida quruq modda o‘rtacha 6 foizni tashkil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |