Chorva, parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Download 388,29 Kb.
bet84/119
Sana12.03.2022
Hajmi388,29 Kb.
#492017
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (4)

Sut zardobi va undan oziq-ovqat sanoatida foydalanish
Sut zardobi - sut mahsulotlari (pishloq, suzma, tvorog, kazeinjni qayta ishlash natijasida olinadi. U nihoyat foydali ichimlik bo‘lib, aholini sutga va sut mahsulotlariga bo'lgan talabini birmuncha qoplashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sut zardobining qiymati iming tarkibidagi uglevod, lipid, mineral tuz eritmalari, vitaminlar, organik kislotalar, fermentlar miqdori bilan belgilanadi. Shunga
158



qaramasdan ayrim sut zavodlarida sut zardobining de- yarli 50 foizi to‘kib yuboriladi. Bunga asosiy sabab, sut zardobidan turli xil ichimliklami tayyorlash texno- logiyasini har tomonlama takomillashmaganligi, mah- sulotni qayta ishlash sexlarini bunyod etilmaganligi, shuningdek, maxsus asbob-uskunalarining bo‘Imasligi hisoblanadi. Shuning uchun shaxsan 0 ‘zbekiston vi- loyatlarida sut zardobiga maxsus ishlov bermasdan uni shundayligicha iste'molga chiqariladi. Binobarin, bunda birmuncha energiya va mehnat sarfi tejaladi.
Sut zardobi va uning ichimlik sifatida qiymati. Sut zardobining ichimlik sifatida foydalanishdan maqsad uning tarkibidagi biologik aktiv moddalaming va barcha turdagi to‘yimli moddalami inson organizmi uchun foydali va osonlik bilan o'zlashtirilishidan iboratdir.
Pasterlangan sut zardobini maxsus aromat va mazali qo‘shimchalar bilan boyitish natijasida turli xildagi to'yimli ichimliklami tayyorlash imkonini beradi. Bunday ichimliklarga bo'lgan talab hamma vaqt yuqori darajada bo'ladi.
Jumladan, G'arbiy Yevropa davlatlarida «ruvella» deb ataladigan ichimlik sut zardobiga ayrim meva ekstratlari va shakar qo'shilgan holda tayyorlanib iste'molchilarga chiqariladi. Ba'zan undan «kokteyl» tayyorlash uchun ham foydalaniladi. Yoz oylarida esa uni muzlatilgan xolda sotuvga chiqariladi.
Sut sanoatida pishloq va tvorog tayyorlash nati- jasida olinadigan sut zardobidan alkogolsiz va rangsiz, hushbo‘y ichimlik tayyorlanadi. Uning aromatli va turli rangda boiishida kuydirilgan qanddan ham foydalaniladi. Ayrim mamlakatlarda, jumladan olmoni- ya, aqsh, norvegiya kabi oikalarda sut zardobidan, sut kislotasiga boyitilgan, aromatlashtirilgan va ferment miqdori ko‘p boigan ichimliklar tayyorlanadi. Masalan, polshada sut zardobidan o‘zidan gaz chiqaruvchi (shi-
159



puchiy), quritib un holiga keltirilgan va suvda eritib ichiladigan ichimliklar tayyorlanadi.
Bunday ichimlikni tayyorlash texnologiyasi qu- yidagicha. Ya'ni, kislotadorlik darajasi 60-70°T bo‘lgan sut zardobi 90-95°C da pasterlanadi va 28°C gacha ilitiladi. Suyuqlik miqdoriga ko‘ra 5 foiz miqdorda xamirturish achitqisi qo'shiladi. Unga turli aromatizatorlar va kuydirilgan qand solinadi. Mahsulot 28°C da 5-8 soat davomida etiladi. Uning etilishi, su- yuqlik yuzasida ko'pik hosil bo'lishidan aniqlanadi. Tayyor boMgan ichimlik sovitiladi va maxsus idishlarga solingan holda iste'mol uchun jo'natiladi.
Ishlab chiqarishda achitqi sifatida novvoyxona xamirturishidan foydalaniladi. U sut tarkibidagi lak- toza moddasini parchalanib ketishidan va nobud bo‘- lishidan saqlaydi. Lekin, bunday ichimlikka 10% qand qo'shiladi. Binobarin, ichimlik tarkibida mineral moddalar, azotli birikmalar, v-guruh vitaminlari va boshqa xil komponentlar yetarli darajada boMishi aniqlangan. Binobarin, bunday ichimliklar shifobaxsh va parhez ichimlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda sut zardobidan tayyorlanadigan 20 dan ortiq ichimlik ishlab chiqarilmoqda. Ular o'zining shifobaxshligi, tarkibi, xushho‘rligi, hidi va mazasi bilan yuqori baholanadi.

Download 388,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish