Chorrahada harakatlanish



Download 216,57 Kb.
Sana26.11.2019
Hajmi216,57 Kb.
#27260
Bog'liq
Chorrahada harakatlanish

Chorrahada harakatlanish.

15.1

Chapga yoki o'ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan piyodalarga, shuningdek, velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchilarga yo'l berishi kerak.

15.2

Tirbandlik tufayli to'xtashga majbur bo'lgan haydovchi, agar u ko'ndalang yo'nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to'sqinlik tug'diradigan bo'lsa, uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.

15.3

Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo'lmagan chorrahalarda haydovchilar tartibga solinmaydigan chorrahalardan o'tish qoidalariga, chorrahada o'rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

Tartibga solingan chorrahalar.

15.4

Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan rel'ssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to'g'riga harakatlanayotgan va o'ngga burilayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham o'zaro ushbu qoidaga amal qilishlari kerak.

15.5

Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yo'naltirgich yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo'nalishlardagi transport vositalariga yo'l berishi kerak.

15.6

Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va rel'ssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay oldin o'tish huquqiga ega buladi.

15.7

Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat'i nazar, belgilangan yo'nalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining yuradigan yo'lida joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki 5.33 belgisi) bo'lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.

15.8

Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo'nalishda o'tishni tugallayotgan piyodalarga yo'l berishi shart.





































Tartibga solinmagan chorrahalar.

15.9

Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak.

15.10

Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada rel'ssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay rel'ssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega buladi.

15.11

Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari lozim.

15.12

Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel'ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

15.13

Agar haydovchi o'zi harakatlanayotgan yo'lning qoplamasi bor-yo'qligini aniqlay olmasa (qoronri vaqt, loy, qor, va h.k.) va imtiyoz belgilari bo'lmasa, unda u o'zini ikkinchi darajali yo'lda deb hisoblashi kerak

Chorrahalarda harakatlanish

Chorrahalarda harakatlanish bobi 13 bandni o‘z ichiga oladi va tartibga solingan chorrahalar va tartibga solinmagan chorrahalarda harakatlanish tartiblarini belgilab beradi:

1- band. Chapga yoki o‘ngga burilayotgan transport vositasining haydovchisi piyodalarga yo‘l berish kerakligini;

2- band. Tirbandlik tufayli to‘xtashga majbur bo‘lgan haydovchining vazifalarini belgilaydi;

3- band. Haydovchilarning imtiyoz belgilariga amal qilish shartlarini izohlaydi;

4-band. Svetoforning yashil ishorasida haydovchining amal qilish kerak bo‘lgan shartlarni;

5-band. Svetoforning qizil ishorasida haydovchining amal qilishi kerak bo‘lgan shartlarni;

6-band. Relssiz transport vositalariga nisbatan tramvayning oldin o‘tish huquqini belgilaydi;

7- band. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda belgilangan yo‘nalishda harakatni davom ettirish kerakligini;

8- band. Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasida haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo‘nalishda o‘tishni tugallayotgan piyodalarga yo‘l berish shartligini;

9- band. Asosiy yo‘ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisiga ikkinchi darajali yo‘ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerakligini izohlaydi;

10- band. Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega ekanligini belgilaydi;

11- band. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerakligini izohlaydi;

12- band. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisiga teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerakligini;

13- band. Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasi bor-yo‘qligini aniqlay olmasa va imtiyoz belgilari bo‘lmasa, unda u o‘zini ikkinchi darajali yo‘lda deb hisoblash kerakligini belgilaydi.




Download 216,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish