Choriyev sayidaminning


Asosiy ishlab chiqarishni tashkil etish usulari



Download 0,79 Mb.
bet7/17
Sana07.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#753610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Kurs ishi

Asosiy ishlab chiqarishni tashkil etish usulari. Ishlab chiqarish tashkil usuliga ko'ra korxonalar potok usuli, partiyali usul yoki yakka tartibli usul katta salmoqni egallaydigan guruhlarga bo'linadi. Ommaviy va yirik
seriyali ishlab chiqarish mahsulotning katta hajmi hamda cheklangan turi nomenklaturasi bilan xarakterlanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni alohida operasiyalarga taqsimlanadi. Bu esa o'z navbatida maxsus jihozlarni va uskunalarni qo'llash imkoniyati kengayadi. Ishlab chiqarish masshtabi operasiya sig'imi bilan uzviy bog'lanishda har bir ish o'rinlarini faqat bir operasiya bilan to'liq ta'minlash imkoniyatini berish tufayli, har bir ish o'rni uzluksiz takrorlanadigan operasiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. Ish o'rinlari aniqlilik prinsipiga ko'ra texnologik jarayon yo'nalishida joylashtiriladi. Bunday sharoitda ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg'or usullarini, xususan potokli ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish uchun katta imkoniyatlar yaratiladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning ommaviy usuli quyidagi umumiy belgilar bilan xarakterlanadi:

  • bir yoki bir nechta konstruksiya va texnologik jihatdan yaqin bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish (kompression tipdagi «Minsk», «Zil», «Moskva» muzlatgichlari ishlab chiqarish);

  • aniq mehnat taqsimoti;

  • ishlab chiqarish jarayonini mehnat sig'imi bo'yicha teng yoki karrali operasiyalarga taqsimlash;

  • mehnat buyumlarining qat'iy tartiblashuvi;

  • ish o'rniga bir operasiyani biriktirish;

  • ish o'rinlarining texnologik jarayon yo'nalishida joylashtirish va maxsus jihoz, instrument hamda moslamalar bilan jihozlash;

  • potok tizimining har bir ish o'rnida operasiyalarni parallel bajarishni ta'minlash;

  • tizimda mahsus transport vositalaridan keng foydalanish.

Shunday qilib, ishlab chiqarishni tashkil etishning potok usuli ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha tamoyillariga javob beradi. Seriyali ishlab chiqarish seriya miqdoridan (ishlab chiqarish masshtabidan) hamda nomenklaturaning turlicha ekanidan kelib chiqib cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqarishning takrorlanib turishi bilan ajrab turadi. Seriyali ishlab chiqarish kichik seriyali, o'rta seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishga bo'linadi.
Seriyali ishlab chiqarishda ish o'rinlarini to'liq ixtisoslashtirish, faqat bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan maydonni ajratish imkoniyati cheklangan. har bir ishlab chiqarish jarayoni ishchi va jihoz ish vaqtining faqat bir qismini egallaydi. Ish tugagach ishchi boshqa operasiyaga o'tadi va shu sababdan jihoz ham qayta sozlanadi. Natijada ish o'rinlari bir nechta doimiy biriktirilgan bir turdagi operasiyalarni bajarishga ixtisoslashadi.
Seriyali ishlab chiqarish bir uchastkada tayyorlanadigan mahsulotlar texnologik yo'nalishlarining turli xilligi bilan xarakterlanadi. Shu sababdan sex va uchastkalarda jihozlar texnologik jarayon yo'nalishida emas , balki texnologik va konstruksiya jihatidan o'xshashlik belgilariga ko'ra joylashtiriladi.
Masalan: mexanik ishlov berish uchastkasidagi tokarlik, frezer,
revolver va boshqa stanoklar.
Universal jihozlar bilan bir qatorda mahsus jihoz, instrument va moslamalar ham qo'llaniladi.
Seriyali ishlab chiqarishning yana bir xususiyati mahsulotlarni
texnologik jarayon operasiyalari va bosqichlari bo'yicha partiyalab uzatilishidir. Har bir mahsulotni yakka tarzda tayyorlash tayyorlov — yakunlov ishlariga sarflanadigan vaqtning uzayib ketishiga olib keladi. Ana shu vaqtni qisqartirish maqsadida bir turdagi mahsulotlar partiyalarga biriktiriladi. Sex (uchastka)dagi bir jihozda bajariladigan texnologik yo'nalishlarning turlicha ekanligi kalendar rejalashtirishni va ish o'rinlariga xizmat ko'rsatishni murakkablashtiradi. Bir operasiyadan ikkinchisiga o'tishda qayta sozlashlar natijasida jihozlardan foydalanishda davriy tanaffuslar va operasiyalar orasida zadellarning ko'payib ketishi kabi holatlarni to'liq bartaraf etib bo'lmaydi. Seriyali ishlab chiqarishda ish o'rinlari bir necha turdagi operasiyalarni bajarishga ixtisoslashgani tufayli har bir operasiya ish o'rnini faqat qisman taminlaydi.
Seriyali usulni qo'llash samaradorligiga ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish, ishlov berilayotgan mahsulot nomenklaturasini kamaytirish, zadellarni qisqartirish orqali erishish mumkin.
Buning uchun esa: partiya miqdori, zadellar, sikl davomiyligi
normativlarni qo'llash, buyumni ishlab chiqarishga kiritish va chiqarishning standart grafiklarini qo'llash orqali barcha bo'linmalarni bir maromda ishlashini ta'minlash, gruppali ishlab chiqarish sharoitlariga potok elementlarini ko'chirish kabi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Yakka tartibli usul mahsulotni cheklangan miqdorda, yagona ko'rinishda ishlab chiqarishni ko'zda tutadi. Ish o'rinlarining texnologik ixtisoslashuvi va detal va operasiyalarni ish o'rinlariga biriktirishning imkoniyati yo'qligi sababli, sexlarni texnologik ixtisoslashtirish prinsipi bo'yicha tashkil etib, universal jihozlar bilan jihozlanishni ko'zda tutadi.
Ushbu usul quyidagi xususiyatlarga ega:

  • qaytarilmaydigan, keng nomenklaturadagi mahsulot ishlab chiqarish;

  • jihozlar stanok va mashinalar guruhi bo'yicha joylashtiriladi;

  • yuqori malakali, bir nechta mutaxassislikni egallagan ishchilardan foydalanish;

  • mexanizasiyalashtirish darajasi past.

Ishlab chiqarishni tashkil etishning yakka tartibli usulida jihozlarni qayta sozlashga ko'p vaqt sarflanadi, ishlab chiqarish sikli uzun, zadellar yani tugallanmagan ishlab chiqarish miqdori ko'p bo'ladi. Ushbu kamchiliklarni mehnat buyumlarining harakat
yo'nalishlarini soddalashtirish, operasiyalararo uzilishlar vaqtini qisqartirish orqali qisman bartaraf etish mumkin.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish