II.1 Ishlab chiqarish jarayoni nazariy huquqiy asoslari
Ishlab chiqarish jarayoni va uning tuzilishi. Ishlab chiqarish jarayoni — korxonaning murakkab va ko'p qirrali faoliyati asosida tashkil topgan bo'lib, uning asosiy vazifasi dastlabki xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishdir. Ishlab chiqarish jarayoni mehnat vositasi ishlab chiqarish quroli va jonli mehnat harakati yig'indisidan iborat bo'lib, xom — ashyoning tayyor mahsulotga aylantirishga xizmat qiladi. Ma'lumki xom — ashyolarning tayyor mahsulotga aylanishiga hamma jarayonlarning roli bir xil bo'lmaydi.
Ba'zi jarayonlar xom — ashyoning (masalan: pivo pishirish jarayonida
pishiruvchi qog'ozlar yoki konserva zavodida pasterilizatsiya jarayonlari) tayyor mahsulotga aylantirishda bevosita qatnashadi. Shunday jarayonlarning yig'indisi asosiy ishlab chiqarishni tashkil etadi. Ayrimlari esa xom — ashyoning tayyor mahsulotga aylanishida kerakli imkoniyat yaratadi. Bular korxonaga tayyor mahsulot yetkazib berish, dastgohlarini tuzatish, elektr quvvati bilan ta'minlash, tayyor mahsulotlarni jo'natish kabi yordamchi jarayonlar yig'indisidan iborat. Bu jarayonlar yig'indisiga yordamchi ishlab chiqarish jarayoni deb ataladi.
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari va qisman mehnat bir — biri bilan o'zaro bog'liq tarzda yo'lga qo'yilgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish natijasida korxona yuqori darajadagi samaradorlik ko'rsatkichlarga erishadi. Shuni aytish kerakki, asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida, bir xil uchastikalarning unumliligi bir —biriga mos emasligi, ishchilarning noto'g'ri joylashtirilishi, dastgohlar konpanovkasi buzilishi, texnologiya tuzimiga e'tibor bermaslik, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilmaslik natijasida yordamchi ishlab chiqarish jarayoni yuqori darajada tashkil etilmasligi kabi holatlar korxona texnikaviy — iqtisodiy ko'rsatkichlarning pasayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining yig'indisi qisman mehnat jarayonlaridan iborat bo'lib, ularni turkumlashda oqilona variantlardan foydalanib, to'g'ri loyihalash talab etiladi. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonni chizma bo'laklarga taqsimlashda holislikni talab qiladi, chunki ularda doimiy alomatlar saqlanib qolishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoni — chizma bo'laklarining birlamchi asosiy qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni — ish kuchi, mehnat buyumi va mehnat vositasining doyimiyligi natijasida paydo bo'ladi agar ulardan qaysi biri o'zining harakati va sifati jihatidan o'zgarsa yangi ishlab chiqarish jarayoni paydo bo'ladi. (Ishchi ish qurolini yoki xom — ashyoni o'zgartirsa, albatta yangi mahsulot, yangi mehnat paydo bo'ladi).
Bir xil ish joyida bir yoki bir necha ishchilar turli xil jarayonni boshqarishi mumkin. Bu esa qisman mehnat jarayonini tashkil qiladi. Ko'chib yuruvchi jarayon mehnat buyumining bir joydan ikkinchi joyga o'tish (fazodagi) holatini o'zgartiradi.
Nazoratchi jarayon texnologik jarayonning qanday vaziyatda bajarilayotganini (harorat, namlikning to'g'ri topilishi) nazorat qilib turadi.
Ta'minlovchi jarayon texnologik jarayonning qoidali kechishiga shart — sharoit yaratib beradi. Ishlab chiqarish jarayonlarining bajarilish usullari uch turga bo'linadi: mashinada (mashina yordamida va ishchi nazorati ostida) amalga oshiriladigan jarayon, qo'lda (mashina yordamisiz) bajariladigan jarayon, jarayon mashina va qo'l kuchi birdamligida ishchining bevosita ishtirokida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |