Chor mustamlakachigiga qarshi 1892yilgi toshkent qozgʻaloni mundarij a



Download 353,1 Kb.
bet5/6
Sana21.06.2022
Hajmi353,1 Kb.
#687969
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5193048904668551043

Isyonning borishi
1892-yilning 24-iyun kuni erta tongdan Toshkentda 400 kishini jamlagan qo‘zg‘olon boshlandi. Qo‘zg‘olonchilar dastlab shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub Karimberdining ruslarga yashirin dafn marosimlari haqida xabar yetkazganini eshitib, yangi shahardagi shahar ma’muriyati binosiga tayoq, ketmon, o‘roq kabi qurollar bilan qurollanib hujum uyushtirdi. Hujum natijasida Putinsev ham, Muhammad Yoqub ham yaralandi. Qo‘zg‘olonchilar shahar oqsoqoliga tosh yog‘dirdi. Bu esa “Toshotar voqeasi” nomi bilan tarixda qoldi.
Putinsev maxsus rota chaqirishga majbur bo‘ldi va qo‘zg‘olon bostirildi. Qo‘zg‘olonchilar qochishga tushib, ko‘pchilik o‘zini shaharni ikkiga bo‘lib turgan anhorga tashladi. Keyinchalik anhordan 80 kishining jasadi topilgan. Bu paytda Chimyonda dam olishda bo‘lgan general-gubernator Aleksandr Vrevskiy 25-iyun kuni shaharga yetib keladi. Eski shaharga 200 kishilik kazak otryadi va to‘rtta rota yuboriladi. Askarlar 30-iyungacha shaharda qoladi. Shu yilning dekabr oyida okrug sudida qo‘zg‘olonchilar sud qilinadi. 60 kishi sudga tortilgan bo‘lsa, shulardan sakkiztasi o‘lim jazosiga, ikkitasi Sibirga surgun etiladi hamda 15 kishi turli muddatlarga qamoqqa hukm qilinadi.
O‘sha davrda yashagan guvohlarning aytishiga qaraganda, qo‘zg‘olonchilarda dastlab hujum qilish niyati bo‘lmagan, ularda qurol ham yo‘q edi. Ularning talabi mahalliy aholiga nisbatan bo‘layotgan kamsitishlar, zo‘ravonliklar, narxlarning oshishi kabi bir qator muammolarga qarshi chora ko‘rishni so‘rab shahar hokimiga murojaat qilish bo‘lgan. Ammo Putinsevning qurolsiz olomonga qarshi kuch ishlatish haqidagi buyrug‘idan keyin ular toshlar bilan hujumga o‘tishgan. Hokimiyat binosi vayron etilib, shahar oqsoqolining uyiga o‘t qo‘yilgan.
Isyonning oqibatlari
“Vabo isyoni” o‘sha paytdagi Chor ma’muriyatining o‘lkada olib borayotgan siyosati zo‘ravonlik ustiga qurilganini ko‘rsatib berdi. Albatta, bu borada mahalliy va rus tarixchilarining xulosalari turlicha va bir-biridan keskin farq qiladi. Ayrimlar isyonni milliy ozodlik kurashlarining debochasi deb hisoblaydi. Qo‘zg‘olon nimalarni o‘zgartirdi?
Qo‘zg‘olon rus ma’murlarini tashvishga solib qo‘ydi. General-gubernator markazdan politsiya shtatini ko‘paytirish va jazo vakolatlarini kengaytirishni so‘radi. Peterburg ushbu istaklarni qabul qildi va mustamlakachi ma’murlarga kengaytirilgan vakolatlar berildi. General-gubernator “qattiq qo‘riqlanadigan hudud” deya e’lon qilingan hududlarda namoyish va yig‘ilishlarni tarqatib yuborish, tijorat korxonalarini yopish, matbuotni taqiqlash, jarimalar joriy qilish, xohlagan kishini surgun qilish va boshqa huquqlarni qo‘lga kiritdi.
“Favqulodda qo‘riqlanadigan hudud”larda hokimiyat to‘liq general-gubernatorga yoki u tomonidan tayinlangan o‘rinbosarga topshirildi. Shuningdek, qo‘zg‘olonning kuch va qon bilan bostirilgani mustamlakachilarning o‘z manfaatlari himoyasi yo‘lida har qanday yo‘ldan qaytmasliklarini ko‘rsatib berdi. Bu yo‘lda ular mahalliy xalqning an’analarini, e’tiqodlarini, milliy qadriyatlarini oyoqosti qilishdan ham tap tortmasliklari ayon bo‘ldi. Bu bilan ular o‘lkaning haqiqiy hokimi kim ekanini ko‘rsatishga uringan bo‘lishi ham ehtimoldan yiroq emas.

Download 353,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish