Chor mustamlakachigiga qarshi 1892yilgi toshkent qozgʻaloni mundarij a



Download 353,1 Kb.
bet3/6
Sana21.06.2022
Hajmi353,1 Kb.
#687969
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5193048904668551043

Toshkent qoʻzgʻoloni, Vabo isyoni (1892.24.6) — podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati va milliy zulmiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon. 1892-yil may oyida Jizzaxda vabo kasali tarqalgan. Iyun oyida Toshkentda ham vabo tarqalgani maʼlum boʻlgan. Yangi shaharda 417, Eski shaharda 1462 bemor aniqlangan. Podsho hukumati maʼmurlari uning fojeali oqibatlarining oldini olish uchun shoshilinch choralar koʻra boshladi: 7 iyunda shahar maʼmuriyati 12 eski qabristonni yopib, yangi 4 qabriston ochilishini, shahardan chiqish cheklanganini eʼlon qilgan. Lekin mustamlaka maʼmuriyati bu toʻgʻrida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib bormagan, musulmonchilik odatlari, marosim qonunqoidalarini hisobga olmagan. Vaʼda qilingan 4 ta yangi qabriston oʻrniga faqat bittasi ochilgan. Vabodan oʻlganlarni vrachning ruxsatisiz koʻrmaslik buyurildi hamda ularni shahar ichidagi mozorlarga dafn etish taqiqlandi. Kasal boʻlib vafot etganlar qaysi kiyimda boʻlsa, oʻsha kiyimi bilan chuqur qazilgan qabrga qoʻyilib, ustidan ohak sepib belgilab qoʻyildi. Buning ustiga oʻlganlarga janoza oʻqish, yaqin qarindoshlarning mozorga borishi ham takiklandi. Marhumlarni urfodatga koʻra, koʻmish gʻoyat mushkul yumushga aylandi. Odamlar oʻlikni eski qabristonlarga olib borib koʻmishga majbur boʻldilar. Politsiya bundaylarni topib hibsga ola boshlagan. Bu sabr kosasi toʻlib turgan xalqni qoʻzgʻolon koʻtarishiga turtki boʻldi. Xaloyiq (mingga yaqin kishi) eshonlardan Azizyor, Abulqosimxoʻja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va boshqa tanikdi kishilar boshchiligida 24 iyunda tayoq, ketmon, tosh va h.k. bilan qurollanib shahar boshligʻi mahkamasiga bostirib bordi. Bu yerda Toshkent hokimi S. R. Putinsev va oqsoqol Muhammad Yoqubga qarshi hujum qildilar. Oqsoqol xalqqa dagʻdagʻa qila boshlagach, uning boshiga toshlar yogʻilgan. Mashhur "Toshotar voqeasi" boshlangan. Oqsoqol hokimning idorasiga yashiringan. Xalq Putinsevdan oqsoqolni tutib berishni talab qilgan. Putinsev toʻpponchasini chiqarib dagʻdagʻa qilishga oʻtgan. Sabr kosasi toʻlgan xalq Putinsev va uning mirshablarini doʻpposlagan, mahkamani ostinustun qilgan. Shu onda Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori Grodekov boshchiligidagi askarlar kelishi tufayli qoʻzgʻolonchilar chekinishga majbur boʻldilar. Rus askarlar qoʻzgʻolonchilarning orqasidan quva boshlagach, noiloj qolgan olomon Anhor suviga oʻzini tashladi. Ertasiga Anhordan 80 kishining oʻligi topildi.
Qoʻzgʻolonchilarning qolgan qismi Eski shaharga qochib bordi. Jome masjidi oldida tuplangan olomon bu yerga ketma-ket yetib kelgan Grodekov boshchiligidagi askarlarni toshboʻron qildi. Bunga javoban oʻq uzildi va 10 kishi halok boʻldi, koʻpchiligi yaralandi. Shu ravihda qoʻzgʻolon bostiriddi. Qoʻzgʻolonchilarning bir qismi oqsoqol Muhammad Yoqubning shahar hovlisini va bogini yoqib yubordi.
Rus maʼmuriyati qoʻzgʻolon qatnashchilaridan 60 kishini sudga berib, 3 kishini oʻlimga va 20 kishini turli muddatlar bilan qamoq jazosiga hukm qildi. Qoʻzgolon vabo tarqalishi va unga qarshi xukumat choralari amalga oshirilayotgan paytda yuzaga kelganligi uchun tarixiy manbalarda "Vabo isyoni" nomida yuritilgan.
A flotun mamlakatda qonunlarni o‘zgartiradigan ikki omilni sanab o‘tadi. Biri o‘sha qonunlar muddatining tugashi bo‘lsa, ikkinchisi ommaviy bo‘ladigan to‘fon va vabo singari ofatlar. Bu yerda qonun deganda hozirgi biz tushungan tor doiradagi qonundan kengroq ma’noni, davlatning boshqaruv tizimini tushunish kerak. Bu, albatta, qonunlarga asoslanadi. Vabo qanday qilib davlatlarning boshqaruv tizimini o‘zgartirishi mumkin? Bu davlatning kasallikka qanchalik tayyor yoki tayyor emasligidan, boshliqlarning salohiyatidan kelib chiqadi.

“Vabo isyoni”.


Epidemiya kasalliklariga qarshi kurashda xalqni bunday balolardan himoya qilishga qodir bo‘lmagan hukumat inqirozga uchraydi. Avvalo, xalqning hukumatdan noroziligi kuchayib borsa, kasallik oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy inqiroz davlatning qulashiga sabab bo‘ladi. Davlat esa yashab qolish uchun kasallikning tarqalib ketishining oldini olish, kamroq talafotlar ko‘rish maqsadida kerakli choralar ko‘rishga majbur. Aks holda yuqorida aytganimizdek, xalq noroziligi kuchayishi oqibatida isyonlar kelib chiqish ehtimoli yuqori. Zero tarixda bunday holatlar ro‘y bergan. 1892-yilgi Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Vabo isyoni” fikrimizning isboti bo‘lib xizmat qiladi.

Download 353,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish