“ Shundan bittasi ortiqcha “ usuli – bu usul yuqori sinf o`quvchilariga mos keladi. Bu usulda o`quvchilar topqirlikka, tezlikka ishlashga o`rganadi. Sharti: Sinf 2 guruhga bo`linadi. Berilgan so`zlardan bittasini, ortiqchasini topishi kerak bo`ladi. Masalan, 6-sinf o`quvchilarining 1-guruhiga sifatlarni, 2-guruhga esa otlarni topish kerak bo`ladi. Shundan bittasi boshqa so`z turkumi bo`ladi.
1-guruh
Qizil, sariq, olma, chiroyli, sabrli, oq, suluv, go`zal
Kitob, qalam, yugurmoq, meva, dars
2-guruh
“ Sheriklar “ usuli – bu usul 7-8-9-10-sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Bu usulda do`stlikni qadrlash orqali bilim oshiriladi. Sharti: O`qituvchi tomonidan ona tili darsliklarida berilgan mumtoz adabiyot namunalaridan keltiriladi. Doskaga 2 o`quvchidan baytlar bo`lib beriladi. 1-o`quvchi she`riy qismini o`qiydi, sherigi esa bu baytni sharhlaydi. Shunday qilib, “ Eng ahil sheriklar ” aniqlanadi. Bog`bonliq san`atidin bexabar.
Do'stlaringiz bilan baham: |