Eronning Buyuk Britaniya bozoriga aylanishi.
Rossiya bilan urush-
dagi mag‘lubiyat va uning oqibatlari Eron hukmron tabaqalari o‘rta-
sida keskin norozilik keltirib chiqardi. Oqibatda, Eronning qator vi-
loyatlarida yirik yer-mulk egalari boshchiligida shohga qarshi isyon
ko‘tarildi. Buyuk Britaniya Eronning og‘ir ahvolidan foydalanib, uni
teng bo‘lmagan shartnomani imzolashga majbur etdi. Unga ko‘ra,
Buyuk Britaniya Eron bilan savdo-sotiq ishlarida katta imtiyozlarga
ega bo‘lib oldi.
Oqibatda, u Eron bozorlarini o‘zining yengil sanoati mahsulotlari
bilan to‘ldirib tashladi. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy dehqonlarni,
hunarmand va savdogarlarni xonavayron qildi. Shu tariqa Eron yirik
mustamlakachi Buyuk Britaniyaning sanoat mahsulotlari sotiladigan
bozoriga aylanib qoldi. Bu mamlakatda pulga bo‘lgan ehtiyojni oshirib
yubordi.
Natijada, davlat apparatidagi mansablarni sotish va sotib olish
nihoyatda kuchaydi. Viloyat hokimlari, katta-katta yer-mulk egalari
davlat xazinasiga soliq to‘lamay qo‘ydi. Bu omillar mamlakat meh-
natkash qatlamlari orasida keskin norozilik kelib chiqishiga sabab
bo‘ldi va oxir-oqibat, 1848-yilda qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi.
Bu qo‘zg‘olon tarixga
Do'stlaringiz bilan baham: |