Afg‘oniston. Mustaqillik uchun kurash. XVI asrdan boshlab,
afg‘onlar Eron safaviylariga qarshi uzoq yillar davomida kurash olib
bordilar. 1709-yili Qandahor viloyatida Eron bosqinchiligiga qarshi
navbatdagi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qo‘zg‘olonga afg‘onlarning gilzoiy
qabilasi xoni Mir Vaysxon rahbarlik qildi. Uning harbiy qismi
Qandahor shahrini egalladi.
Afg‘oniston – Eron munosabatlari. Qisqa vaqt ichida Qandahor
qudratli xonlikka aylandi. U 1722-yili Eron poytaxti Isfahonni ham
egalladi va Mir Vaysxonning o‘g‘li Mir Mahmud o‘zini Eron shohi
deb e’lon qildi. Endi Eron mustaqillik uchun kurash boshladi. Bu
kurashga Eron qo‘shini qo‘mondonlaridan biri Nodir Quli boshchilik
qildi. Eron afg‘on bosqinchilaridan to‘la ozod etildi.
1736-yili Nodir Quli Nodirshoh nomi bilan Eron shohi deb e’lon
qilindi. U ayni paytda katta bosqinchilik urushlari ham olib bordi.
Afg‘onistonni ham bo‘ysundirdi. Afg‘onistonni itoatda tutib turish
http://eduportal.uz
148
uchun Erondan ko‘plab jangchilarni oilalari bilan Kobul va boshqa
shaharlarga ko‘chirtirib keltirdi.