Durroniylar sulolasi hukmronligining barham topishi. Ayni paytda
vorislar o‘rtasida taxt uchun kurash ham avj oldi. Bundan boshqa
qabilalar xonlari foydalanishga urindilar. Chunonchi, barakzaylar
yetakchisi Fathxon taxt uchun kurashda hali u vorisni, hali bu vorisni
qo‘llab, davlatda bosh vazir lavozimini egallab oldi va butun davlat
ishlarini amalda o‘z qo‘lida to‘plashga erishdi.
U yirik harbiy sardorlardan biri, ukasi Do‘st Muhammadxon yor-
damiga tayanardi. Ular Afg‘onistonning deyarli barcha yirik viloyat-
lari hokimlarini o‘zlariga qarashli kishilardan tayinlanishiga erishdi-
lar. Uzoq davom etgan o‘zaro kurashlardan so‘ng 1826-yili Do‘st
Muhammadxon Afg‘oniston taxtini egalladi va o‘zini amir deb e’lon
qildi.
Shu tariqa durroniylar sulolasi hukmronligi barham topdi. Mam-
lakatda barakzaylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Bu sulola hukm-
dori amir Do‘st Muhammadxon butun Afg‘onistonni yagona davlatga
birlashtirish va uni kuchli davlatga aylantirishga harakat qildi.