kgG`m3. mustaxkamligi 20MPa
Oxaktoshlar juda keng tarqalgan cho’kindi tog’ jinsi hisoblanadi. Ularning tarkibiga kaltsit qisman dolomit minerali xam kiradi. Asosan oxaktoshlar kaltsiy karbonatdan tarkib topsada kvarts, pirit, gil aralashmalari xam uchraydi. Shunga ko’ra - kulrang, oq, sariq yoki qo’ng’ir tusli xillari uchraydi. Tuzilishiga ko’ra loyqa aralashsa loyqali, qum aralashsa ko’li, dolomit aralashsa dolomitli, kremniy aralashsa kreniyli oxaktosh deb ataladi. Hosil bo’lishiga qarab organogen,
xemogen, chaqiq va aralashma oxaktoshlar bo’ladi.
Oroganogyen oxaktoshlar asosan dengiz mallyuskalarining chig’anoqlari, marjonlar, mayda dengiz xayvonlari xamda o’simlik qoldiqlaridan paydo bo’ladi.
Bunday jinslar tuzilishi serg’ovak va g’alvirak bo’lib, keng tarqalgan. Xajmiy og’irligi 1200 dan 3100 kgG`m3 gacha o’zgaradi. Orgonagen oxaktoshlar turkumiga bur xam kiradi. Bur yumshoq gilli jins bo’lib, panjalar bin ishqalanganda eziladi. Rangi oq, kulrang, sarg’ish yoki bo’zrang bo’ladi.
Xyemogyen oxaktoshlar dengiz suvlaridagi eritmalardan kaltsit mineralining cho’kishidan hosil bo’ladi. Bularga asosan oxaktoshli tuf va oolitli oxaktoshlar kiradi.
Oxaktoshli tuflar kaltsiy karbonatga boy bo’lgan yer osti suvlarining yon bag’irliklardan yer yuzasiga oqib chiqadigan joylaridan to’planadigan serg’ovak jinslardir. Quruq xoldagi mustaxkamligi 80MPa.
Oolitli oxaktoshlar kaltsit minerali mayda zarachalarining kaltsiyli tsement bilan
mustaxkamlanishidan tarkib topadi. Bunday oxaktoshlar dengiz tublarida hosil bo’lib, qat-qat yotadi. Mustaxkamligi 16 -20 MPa.
haqiq ohaktoshlar turli tarkibli ohaktosh bo’laklarining kaltsiyli tsement bilan mustahkamlanishidan hosil bo’lib, hosil bulishiga ko’ra ikkilamchi jins hisoblanadi. Aralash ohaktoshlar dengiz va ko’l to’blarida keng tarkalgan bo’lib, organogen, hemeogen va chakik ohaktoshlardan hosil bo’ladi. bularga mergel misol bo’la oladi. Mergel tarkibi doimiy bo’lmagan ohak va gildan iborat jinsdir.
Tyemirli jinslar yoki fyerrolitlar. Tarkibida temir moddasi ko’p bo’lgan bu jinslar loyqa-ko’ykalardan hosil bo’ladi. bu guruhga turli temir rudalari, jumladan, temir tufi, botqoqlik rudalari, siderit konkretsiyalari kabi cho’kindi jinslar kiradi. Temir tufi limonit, fosfor marganets tuzi birikmasidan iborat, rangi sari-qo’ngir, teksturasi asosan govak bo’lib, dengiz hamda ko’llarga temir gidroksidlarining cho’kishidan hosil bo’ladi.
Fosfatli jinslar yoki fosforitlar. Bunday jinslar dengizlarning sayoz joylarida
biohimik jarayonlar natijasida paydo bo’ladi. Ayniqsa, qumtosh, gil, karbonatlar
ichida R2O5 ning miqdori 20 - 45% ga yetsa, ular fosforitlar deb ataladi.
Organik (cho’kindi) tog jinslari. Dengiz va okeanlar tubida hayvon, o’simlik
hamda halok bo’lgan organizmlar qoldigining to’planishidan organogen jinslar
hosil bo’ladi. organogen jinslar sergovak bo’lib, suvda eriydi, tashki kuch
ta'sirida siqiladi. Bu guruhdagi jinslarga kremniyli jinslar - diatomit, trepel, opoqa
va kaustobiolitlar - tosh ko’mir, qo’ngir ko’mir, antrotsit, ozokerit, yonuvchi
slanetslar, torf, neft, asfalt va boshqalar kiradi.
Diatomit - bo’shroq tsementlangan diatom suv o’tlaridan tarkib topgan,
sergovak, oq, och ko’lrang sargish kremniyli jins. Har doim tarkibida gil
loyqalari uchraydi. Kremniyning miqdori 80 -95 % ni tashkil etadi.
Tryepyel tashqi ko’rinishidan diatomitdan uncha farq qilmaydigan, oq, och
kulrang yoki sarg’ish tusli, ko’lda tez uqalanadigan, namni o’ziga tez yo’tuvchi
kremniyli jins. Trepel yengil, tuproqsimon jins bo’lib, gil zarralari bilan
aralashgan opal mineralidan tarkib topgan. Hajmiy og’irligi 250 - 1000 kgG`m3 .
Do'stlaringiz bilan baham: |