jinslari o‘simlik va organizm qoldiqlaridan shuningdek o’zidan oldin paydo
bo’lgan magmati va metamorfik jinslarning yemirilishidan hosil bo’ladi. Hosil
bo’lish sharoitiga qarab cho’kindi jinslar dengiz, ko’l, daryo, shamol, muz va
morena yotqiziqlariga bo’linadi.
Qurik iqlimli sharoitda hosil bo’lgan jinslar kontinental yotkiziklar deb ataladi.
Ularning hosil bo’lishida shamol, oqar suvlar va muz suvlarining roli juda
kattadir. Atmosfera yog’inlari ta'sirida nuragan jinslar shamol va oqar suvlar
bilan birga oqib borib, relyefning pastkam joylarida to’planadi va cho’kindilar
hosil qiladi. Kontinental cho’kindi jinslar hosil bo’lishi sharoitiga qarab elyuvial,
delyuvial, prolyuvial, alyuvial va eol yotqiziqlariga bo’linadi. Suv xavzalarida
suvda erigan mineral moddalarning cho’kishidan kimyoviy, xayvonot va o’simlik
qoldiqlarining to’planishidan esa organogen cho’kindi jinslar hosil bo’ladi.
Cho’kindi tog’ jinslar yer po’stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun
yerdagi tog’ jinslarning atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer
yuzasining 75% maydonini ishg’ol qilib yotadi.
Cho’kindi tog’ jinslarining asosiy belgilaridan biri ularning qatlam-qatlam
bo’lib asosan, gorizontal xolatda yotishidir. Ayrim qatlamlar bir-biridan rangi,
tarkibi va xossalari bilan farq qiladi. Cho’kindi jinslar segovak bo’ladi va
ularning tarkibida toshqotgan organik qoldiqlarni uchratish mumkin.
Cho’kindi tog’ jinslari paydo bo’lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq
qilib, uchta asosiy guruxga bo’linadi:
1.Mexanik
2.Kimyoviy.
3.Organik
Mexanik cho’kindi tog’ jinslari. Mexanik cho’kindi tog’ jinslari magmatik
va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o’z joyida to’planishi yoki suv,
muzlik, shamol ta'sirida boshqa joylarga ko’chirilib yotqizilishidan hosil bo’ladi.
Mexanik cho’kindilar tarkibidagi qattiq zarachalarning katta-kichikligi xamda
shakliga ko’ra yirik (dag’al), qum, chang va gil zarralarga bo’linadi. Ular oxak,
kremniy oksidi (SiO2 ), gil singari moddalar bilan birikkan (tsementlangan)
xolatda xam uchraydi. Dag’al bo’laklar esa qirrali va yassi shakllarga ega.
Qumli jinslar yirik-maydaligi 2mm dan 0,05mm gacha bo’gan zarrachalardan
tashkil topgan. Tarkibiga ko’ra qum asosan kvarts, slyuda, dala shpsti, xlorit,
magnetit, pirit, kaltsit va boshqa minerallarning aralashmasidan iborat.
Zarrachalarining yirik-maydaligiga ko’ra qum, yirik (2-0,5mm); urta (0,5-
0,25mm); mayda (0,25-0,1mm) va changsimon (0,1-0,05mm) xillarga bo’linadi.
Changsimon va gilli jinslar. Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq,
kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Gilli jinslar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, cho’kindi jinslarning 50% dan
ortig’ini tashkil etadi.
Lyoss va lyossimon jinslar tuzilishi jixatidan o’ziga xos fizik va mexanik,
kimyoviy mineral tarkibli xamda yer yuzasining ma'lum sharoitdagi ulkalarida
hosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinsidir. “Lyoss” so’zi nemischa yumshoq
uvalanadigan ma'noni bildiradi.
Lyoss sergovak, sariq yoki bo’z-sariq rangda, qatlamlanmagan, qulda siqilganda
tez uvalanadigan jins bo’lib, uning 70% 0,05 - 0,001mm li zarralardan tashkil
Do'stlaringiz bilan baham: |