Hozirgi davr va tafakkur yangilanishi. Mamlakatimiz aholisi, uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Unda «Avesto» zamonidan, hozirgacha ro‘y bergan ijtimoiy hodisalar, halqimiz ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsatgan turli hodisalar, qadimdan qolgan meros, buyuk bobolarimiz yaratgan qomusiy asarlar o‘z aksini topgan. Zero, ijtimoiy tafakkur va bilish rivoji jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq jarayondir. Hayotdagi voqea-hodisalarning barchasi ijtimoiy ongda, odamlar dunyoqarashida, bilishda o‘ziga xos tarzda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davrlar o‘zgarishi natijasida iqtisodiy siyosiy tamoyillar bilan birga. Ma’naviy mezonlar ham o‘zgaradi. Ba’zilari inkor etiladi, yangilari, ammo bu o‘z-o‘zi, avtomatik tarzda yuz bermaydi. Ayniqsa, bilish va inson tafakkuridagi o‘zgarishlar, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir.
Vatanimiz mustaqillikka yerishgandan keyin bilish, ilm-fan rivoji, zamonaviy dunyoqarash va yangi tafakkurni shakllantirish uchun katta imkoniyatlar ochildi. Avvalo, Prezident Islom Karimov asarlarida ilm-fan rivoji hamda tafakkurni yangilash tamoyillari va taraqqiyot qonuniyatlari asoslab berilgan. Prezidentimiz bilim sohalari oldidagi dolzarb muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo‘llariga alohida e’tibor bermoqda.
Bilish, bilim olish, olamni anglash tamoyillarining yangilanishi-serqirra jarayon. U juda katta ijtimoiy mazmunga ega bo‘lib, jamiyat ma’naviy hayoti, mafkurasi, madaniyati va ta’lim tizimidagi yangilanish, odamlarning ruhiy poklanishi kabilarda namoyon bo‘ladi.
Bilish rivoji va tafakkurda yangi tamoyil hamda yo‘nalishlar o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda, keng imkoniyatlar ochilmoqda. Mamlakatimiz rivojlanish sur’ati yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni tobora kuchaytirmoqda. Hayotning barcha sohalarida ro‘y berayotgan islohatlar, demokratiya rivoji va erkinlashtirish jarayonlari, iqtisodiy plyuralizm, ma’naviyatni yuksaltirish ehtiyoji, bozor munosabatlariga o‘tilishi, tadbirkorlikning kuchayishi, ishlab chiqarishga yangidan-yangi texnologiyalarning kirib kelishi kabilar yuqori darajada tarbiyalangan va yuksak malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashni taqozo yetayapti.
Mamlakatimizda bilim olish ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berilayotganini 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va u asosida tayyorlangan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yaqqol isbotlaydi.
O‘zbekiston ilm-faniga kirib kelgan muhim yangiliklar uning tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlardan tashqari quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
-ilm-fan va ta’lim tarbiya tizimining tubdan isloh qilinayotgani;
-bilish jarayoni va ilm-fan tizimini komp’yuterlashtirish;
-jahon va mintaqa global muammolarini hal etishda o‘zbek olimlari faol ishtirok etayotgani;
-ilmiy tadqiqotlarda eng zamonaviy texnika, asbob-uskunalardan foydalanish imkoni ochilgani;
-olimlarimizning jahon fani yutuqlari, chetel tillarini o‘rganishga rag‘batlantirilishi;
-jahonning taraqqiy yetgan mamlakatlari oliy o‘quv yurtlarida yurtimiz uchun zarur yuksak malakali mutaxassis-kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilganligi.
Mamlakatimiz istiqlolga yerishgandan keyin bilish jarayoni va fanning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar, ilmiy xodimlar salmog‘i ortib bormoqda. Bu esa ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy an’analarini davom ettirish, hozirgi zamon fani va texnikasi yutuqlarini puxta egallash, bilish imkoniyatlarini oshirish mamlakatimizning yangi asrda jahonning ilg‘or mamlakatlari qatoridan munosib o‘rin olishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |