Chizma geometriya va muhandislik grafika



Download 4,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana26.04.2023
Hajmi4,36 Mb.
#931905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19 Amaliy mashg’ulot Detalning ishchi chizmasi Ishchi chizmaga qo’yiladigan

1-bosqich
– eskiz tuzishning tayyorgarlik bosqichi. Avval detalning nomi
materiali, yig‘ish birligidagi ish vaziyati va vazifasi, shuningdek detalning qanday 
sirtlardan tuzilganligi va uning elementlarining shakllari aniqlanadi. So‘ngra detalning 
bosh ko‘rinishi, ko‘rinishlar soni va kataklarga bo‘lingan millimetrli qog‘ozning 
formati aniqlanadi; format va ramka chiziqlari, shuningdek, burchak shtampi chizilib, 
shu bilan 1- bosqich tugallanadi.
Birinchi bosqichda detalning bosh ko‘rinishini tanlash alohida ahamiyatga ega 
bo‘lib, to‘g‘ri tanlangan bosh ko‘rinish ko‘rinishlar, qirqim va kesimlar sonining eng 
kam bo‘lishini ta’minlaydi. Bosh ko‘rinish quyidagi shartlarga muvofiq tanlanadi: 
1)
detalning bosh (old-ya’ni asosiy) ko‘rinishi boshqa ko‘rinishlarga nisbatan 
uning tuzilishi va elementlarining shakli to‘g‘risida to‘laroq tasavvur bera 
oladigan qilib tanlanadi; 
2)
detallarning bosh ko‘rinishi ularning ish vaziyatida va ishlov berish 
stanoklarida joylashish vaziyatlarini e’tiborga olgan holda tanlanadi. Aylanish 
sirtlaridan tashkil topgan val, o‘q, vint, chervyak, vtulka, tishli g‘ildirak va 
prujinalarning, shuningdek, biriktirish detallarining o‘q chiziqlari bosh 
ko‘rinishda asosiy yozuvga parallel bo‘lishi lozim; 
3)
detallarning bosh ko‘rinishi ko‘rinishlar sonining eng kam bo‘lishini va 
qog‘oz formatidan ratsional foydalanishni ham ta’minlashi lozim, ya’ni 



ko‘rinishlar shunday joylashishi kerakki, chizmada ortiqcha ko‘zga 
tashlanadigan joylar bo‘lmasligi va ko‘rinishlar oraliqlari o‘lchamlar qo‘yish 
uchun etarli bo‘lishi lozim. 
2-bosqich
. Detallar gabarit o‘lchamlarining nisbati saqlangan holda yumshoq 
qalam bilan har bir ko‘rinishning tasvirlash maydonchalari ingichka chiziqlar 
bilan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida chegaralab chiqiladi. To‘g‘ri to‘rtburchak
tomonlarining o‘lchamlari bosh ko‘rinishda balandligi va uzunligi, ustidan 
ko‘rinishda eni va uzunligi, chapdan ko‘rinishda esa balandligi va eni 
o‘lchamlariga mos ravishda olinadi. So‘ngra ko‘rinishlarning simmetriya o‘qlari 
o‘tkazilib, detalning barcha tashqi konturlari, uning elementlarining o‘qlari va 
ichki konturlari proeksion bog‘lanishda tasvirlanadi. 
3-bosqich
.CHizmani o‘qishni (tasvirdagi detalni tasavvur qilishni) osonlashtirish 
va shtrix chiziqlarni kamaytirish maqsadida zarur bo‘lgan qirqim va kesimlar 
bajariladi. Bunda detalning kesuvchi tekislikda yotuvchi yuzalari shtrixlanadi. 
Ko‘rinishlarda mazkur detalni yasash uchun zarur bo‘lgan barcha o‘lchamlarining 
chiqarish va o‘lcham chiziqlari o‘tkaziladi. O‘lcham chiziqlari gruppalarga 
bo‘linib, avval detal elementlarining va ularni bog‘lovchi oraliq o‘lchamlarining, 
so‘ngra gabarit o‘lchamlarning o‘lcham chiziqlari qo‘yiladi. O‘lcham chiziqlariga 
strelkalar, detal sirtlarini ifodalovchi shartli belgilar ( diametr, kvadrat, radius va 
hokozalar) va yuzalarning g‘adir-budirlik belgilari qo‘yiladi. 
4-bosqich
. O‘lchash asboblari yordamida detalning barcha o‘lchamlari o‘lchanib, 
ularning son qiymatlarini o‘zgartirmay eskizga qo‘yib chiqiladi.Zarur bo‘lgan 
yozuvlar, texnik talablar va burchak shtamplarining grafalari yoziladi.
5 - bosqich
. Eskiz taxt qilinadi, ya’ni eskiz tekshirilib, uning to‘g‘riligini 
tasdiqlovchi imzolar qo‘yilgandan so‘ng, davlat standartiga muvofiq barcha 
chiziqlar va harfli hamda raqamli yozuvlar yumshoq qalam bilan 
yurgizibchiqiladi. 
SHuni unutmaslik kerakki, eskiz tuzishning har bir bosqichida ortiqcha 
chiziqlar o‘chirilib boriladi. 

Download 4,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish