Chizma geometriya va muhandislik grafika



Download 4,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana26.04.2023
Hajmi4,36 Mb.
#931905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19 Amaliy mashg’ulot Detalning ishchi chizmasi Ishchi chizmaga qo’yiladigan

YOy markazlarini aniqlash.
Detallardagi yoylarning radiuslarini aniqlash uchun 20-
shaklda ko‘rsatilgan usuldan foydalaniladi. Detal 1 bir varaq qog‘oz 2 ga qo‘yiladi va 
qalam bilan yoyining konturi ingichka qilib yurgizilib chiqiladi.(20-shakl, a). So‘ngra 
yoyning markazi vatarlar yordami bilan aniqlanadi.
Buning uchun yoyning A, V va S nuqtalaridan ikkita vatar o‘tkaziladi (20-shakl, 
v). Vatarlarning o‘rtalaridan tik chiziqlar o‘tkaziladi. Ikki tik chiziqning kesishgan O,
aylana yoyi markazi R esa bu yoyning radiusi bo‘ladi. Xuddi bu usul bilan detallardagi 
turli egri chiziqli konturlarning qonuniyatini ( ellips, giperbola, parabola va 
boshqalar)aniqlash mumkin. 
20-shakl 
Ayrim hollarda detallardagi yoylarning radiuslari yumshoq metall plastinkalar 
yordami bilan aniqlanadi


33 
21- shakl 
Buning uchun yumshoq plastinka detalning o‘lchanishi zarur bo‘lgan joyiga 
jipslashtiriladi, so‘ngra egriligi o‘zgartirilmasdan olinib, uning radiusi esa yuqorida 
ko‘rsatilgan usul bilan aniqlanadi. 
Rezbalarning o‘lchamlarini aniqlash.
Detallarda ishlangan rezbalarning uzunligi, 
diametri va qadamlari aniqlanadi. 
Rezbaning uzunligini aniqlash uchun masshtabli chizg‘ichdan foydalaniladi. (22-
shakl). Rezbaning sbegi, protochkasi va uchi ham uning uzunligiga kiradi. Detallarda 
ishlangan trapetsiyasimon, tirak,shuningdek, to‘g‘ri burchakli rezbalarning o‘ramlari 
profilida ularni bir-biridan ajratish qiyin emas.
22-shakl 


34 
Amaliyotda profili uchburchak shaklida ishlangan rebalar ko‘proq uchraydi. Profili 
uchburchak bo‘lgan rezbalar ikki tipli: burchagi 60° bo‘lgan metrik va burchagi 55° 
bo‘lgan dyumli rezbalar bo‘ladi. Bu rezbalarni bir-biridan maxsus asboblar bilan farq 
qilish mumkin.
Rezbalarning qadamlari va burchaklarini aniqlash uchun rezbomerlar ishlatiladi. 
Sanoatda rezbomerlar ikki tipli (metrik va dyumlirezbalar uchun) ishlab chiqariladi. 
Metrik rezbomerlar korpusiga M60° belgi qo‘yiladi va har bir plastinkadarezba 
qadami (masalan, 1; 1,25;1,5 va hokozo) millimetrlarda ko‘rsatiladi
23-shakl 
SHuningdek,dyumli rezbalar korpusiga D55° belgi qo‘yiladi va har bir plastinkaga 
bir dyumdagi rezba iplarinig soni ( masalan, 23, 24 va hokazo) ko‘rsatiladi 
24-shakl 
Rezbaning qadamini aniqlash uchun rezbomer plastinkasi 23-va 24-
shakllardako‘rsatilgandek rezba profiliga qo‘yiladi.Rezbomerning qaysi bir 
plastinkadagi tishlari rezba profiliga mos kelsa uning bir dyumdagi o‘ramlar soni 
aniqlanadi. 
Rezbaning qadamini o‘lchash uchun rezbomerlar bo‘lmagan hollarda (o‘quv 
amaliyotida) rezbaning qadami yoki bir dyumdagi o‘ramlar sonini quyidagicha aniqlash 
mumkin. Buning uchun stolga bir varaq qog‘oz qo‘yib, detalning rezbali qismi qo‘l 


35 
bilan bosiladi va rezbaning qog‘ozda qoldirgan izlari olinadi(25-shakl, a).Rezbaning 
qog‘ozda qoldirgan bu izlarining ma’lum soni, odatda,10 ta izlarining uzunligi 
masshtabli chizg‘ichda o‘lchanadi (25-shakl, b va L masofa). So‘ngra, bu uzunlikdagi 
qadamlar soni hisoblab chiqiladi. Ma’lumki,qadamlar soni har vaqt izlar sonidan bitta 
kam bo‘ladi. 
25-shakl 
Rezbaning qadami p o‘lchangan uzunligi Lni qadamlar soni n ga bo‘lish bilan 
aniqlanadi, ya’ni
Masalan, rezbadan olingan izlarning 10 tasining uzunligi 18 mm bo‘lsa, rezbaning 
qadami 18÷9=2 mm ga tengbo‘ladi. Dyumli rezbalarda ham bir dyumdagi iplar soni shu 
usul bilan aniqlanadi.
Bu rezbadan olingan izlarning uzunligi 30-40 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. 
CHunki dyumli rezbaning qadami bir dyumdagi o‘ramlar soni bilan aniqlanadi. SHuni 
nazarda tutish kerakki, bu rezbada bir dyumga to‘g‘ri keladigan o‘ramlar soni, asosan, 
butun sonlardan iborat bo‘ladi.
Detalning teshiklarida ishlangan ichki rezbalarning qadamlarini yuqoridagi usul 
bilan aniqlash uchun metall yoki yog‘och sterjenga qog‘oz o‘ralib rezbaga bosiladi 
uning izlari olinadi.


36 
Detalda ishlangan tashqi va ichki rezbalarnining diametrlarini shtangensirkul bilan 
o‘lchab aniqlash mumkin. (26-shakl,a va blar) 
Detalning tashqarisida ishlangan rezbaning o‘lchabolingan tashqi diametri, 
shuningdek, teshiklarda ishlangan ichki rezbalarning ichki diametrlari DSda keltirilgan 
jadval bilan solishtiriladi. Masalan, o‘lchash natijasida rezbaning qadami 3 mm ga, 
tashqi diametri 23,6 mm ga teng bo‘lsin. Bu o‘lchamlar DSda berilgan jadval bilan 
solishtirish natijasida rezbaning o‘lchamlari M24×3 bo‘lishligi aniqlanadi. 
26-shakl 


37 
ADABIYOTLAR 
1.
A. Abdurahmonov “ CHizmachilikdan grafik ishlar tizimi” Toshkent 2005 y. 
2.
Mirziyoev SH.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - 
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”.Toshkent,
“O‘zbekiston”. 2016 y. 
3.
Mirziyoev SH.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – fan 
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. Toshkent, “O‘zbekiston”. 2016 y. 
4.
YU.Qirg‘izboev, E.Sobitov va boshqalar “Mashinasozlik chizmachilik kursi”. 
Toshkent – “O‘qituvchi” 1981 y. 
5.
I.Rahmonov va boshqalar “CHizmachilik”, “Voris”nashriyoti, Toshkent 2016 y. 
Kafedra tomonidan yaratilgan adabiyotlar 
1.
Alijonov O.I., Xolmirzaev A.A. “Muxandislik grafikasi” Oliy texnika o‘quv 
yurtlari uchun darslik. “Farg‘ona” nashriyoti 2006 y. 
2.
Alijonov O.I., Xolmurzaev A.A. “CHizma geometriya” fanidan muammoli 
ma’ruzalar matni. Farg‘ona, 2005 y. 
3.
Xusanboev A.M. “Umumiy ko‘rinish chizmasini detallarga ajratib chizish”. 
Farg‘ona, 1996 y. 


38 

Download 4,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish