Aluminiy oksid va gidroksid
Aluminiy oksid (giltuproq) A12 0 3 — oq rangli, ancha qiyin
suyuqlanuvchan, juda qattiq modda. Aluminiy olish uchun
boshlang'ich mahsulot hisoblanadi. Tabiatda korund va uning turlari
ko'rinishida uchraydi. Agar korundning rangsiz kristallari aralashmalar
tufayli ko'k rangli bo'lsa, u holda ular sapfir, gunafsha
ranglisi — ametist, qizil ranglisi — yoqut deyiladi; Yoqutning
xrom (III) oksid aralashgan kristallari lazerlarda aktiv muhit sifatida
ishlatiladi.
Laboratoriyada aluminiy oksid aluminiyni kislorodda yondirish
yoki aluminiy gidroksidni qizdirish yo'li bilan olinadi:
4A1+30 =2A120 3
2А1(0Н)з=А120 3+ЗН20
Aluminiy oksid suvda erimaydi va u bilan reaksiyaga kirishmaydi.
U amfoter — kislotalar (ancha qiyinlik bilan) va ishqorlar bilan
reaksiyaga kirishadi:
a) xlorid kislota bilan
A120 3+6HC1=2A1C13+3H20
b) suyuqlantirganda qattiq natriy gidroksid bilan
A120 3+2Na0H=2NaA102+H20
d) natriy gidroksid eritmasi bilan
Al20 3+2Na0H+7H20=2Na[Al(0H)4(H20 ) 2]
yoki
A120 3 + 20НГ + 7H20 2[А1(0Н)4(Н20 ) 2Г
Amfoter gidroksidlaming ishqoriy eritmalarda erishi gidroksotuzlar
(gidroksokomplekslar) hosil bo'lish jarayoni sifatida qaraladi.
G id r o k so k om p lek s la r [ A 1 ( 0H) 4 (H2 0 ) 2] - , [Al (OH) 6]3-,
[Al (0H ) 5 (H2 0 ) ] 2- ning mavjudligi tajribada isbotlangan; ulardan
birinchisi — eng barqaror. Bu kompleksda aluminiyning koordinatsion
soni 6 ga teng, ya’ni aluminiy olti koordinatsiyalangan
hisoblanadi:
Г H2° T
HO AAl1 OH
HO OH
H20 J
Amfoter aluminiy gidroksidning suvdagi eritmada dissotsilanishini
ushbu tenglama bilan aniqroq ifodalash mumkin:
Al3+ + ЗОН" <=> А1(ОН)3 = А1(ОН)3 + ЗН20 ?=»
<=>[А1(0Н)4(Н20 ) 2Г + н +
A l u m i n i y g i d r o k s i d А 1 (0Н ) 3 — oq qattiq modda,
suvda amalda erimaydi. Bilvosita yo ‘l bilan — aluminiy tuzlariga
ishqorlaming eritmalarini ta’sir ettirib olinadi:
AICI3 + 3NaOH = Al(OH)3 4 +3NaCl
yoki
Al3++ 30H~ = Al(OH)3 4
A l(O H )3— haqiqiy amfoter gidroksid. Kislotalar bilan o ‘zaro
ta’sirlashganda tarkibida aluminiy kationlari bor tuzlar hosil qiladi;
ishqorlaming eritmalari (mo‘l miqdordagi) bilan o'zaro ta’sir
ettirilganda aluminatlar, ya’ni aluminiy anion tarkibiga kiradigan
tuzlar hosil qiladi. Masalan:
А1(0Н)з+ЗН+=А13++ЗН20
А1(0Н)з+0Н-+2Н20=[А1(0Н)4(Н20 ) 2]-
A l(O H ) 3 ning dissotsilanish tenglamasidan ko'rinib turibdiki,
H+ ionlari mo'l bo'lganda (ya’ni kislotali muhitda) suvdagi eritmada
Al3+ ionlari ko'p bo'ladi, ishqoriy muhitda esa asosan bir zaryadli
anion (А 1 (0Н )4 (Н2 0 ) 2Г hosil bo'ladi, u eng barqarordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |