1-ilova.
Savod o‘rgatish davri darslarini kuzatishda quyidagilarga ahamiyat beriladi.
1. O‘rganilgan mavzuning aniq belgilab olinganligi. Amaldagi dasturga muvofiq savod o‘rgatish tayyorgarlik davri uchun 128 soat vaqt ajratiladi va quyidagilar yuzasidan amaliy bilim berish nazarda tutiladi:
- nutq: og‘zaki va yozma nutq
- nutqning gaplardan tuzilishi, gap.
- gapning so‘zlardan tuzilishi, so‘z
- bo‘g‘in
- tovush
- unli tovush
- jarangli tovush, jarangsiz tovush
Talabalar o‘zlari tuzgan taqvim rejalarini o‘qituvchining taqvim rejasi bilan qiyoslash.
2-ilova.
Dars va unga qo‘yilgan maqsad.
Talabalar darsning borishini maxsus daftarga to‘liq yozib boradilar.
Bunda:
- tashkiliy qism, unda bajarilgan ish usullari, sarflangan vaqt;
• sinf o‘quvchilari bilan salomlashish
• davomatni aniqlash
• dars turini e’lon qilish
• dars uchun kerakli o‘quv qurollarini tayyorlash
• o‘quvchilarni darsga psixologik tayyorlash
- o‘rganilganlarini eslatish, unda qo‘llangan usul va sarflangan vaqt;
- yangi tushunchani o‘quvchilarga yetkazilishi, sarflangan vaqt
- o‘rganilayotgan tushunchani mustahkamlash, undagi ish turlari, sarflangan vaqt
- o‘quvchilar bilimini umumlashtirish va yakunlash. Unga sarflangan vaqt
Darsning maqsadi o‘quvchining reja-kopspektida aks ettiriladi va dars jarayonida e’lon qilinadi. Darsda a) ta’limiy b)tarbiyaviy maqsadlar ko‘zda tutiladi. Savod o‘rgatish davrida ta’limiy maqsadda yuqorida sanab ko‘rsatilganlar yuzasidan bilim berish ko‘zda tutiladi. Tarbiyaviy maqsadlar esa o‘rganiladigan mavzu va Alifbe darsligi, yozuv daftaridagi rasmlar asosida belgilanadi.
3-ilova.
O‘quv materiallarining o‘quvchilar saviyasiga mosligi, hayot bilan bog‘liqligi. Bunda: quyidagilar nazarda tutiladi.
- Alifbe darsligidagi tayyorlov davri uchun berilgan rasm va chizmalar
- darslikka qo‘shimcha ishlangan ko‘rgazmalar
- o‘qituvchining nutqi va keltirilayotgan misollar
- o‘quvchilarga berilayotgan savollar
- dam olish daqiqasi uchun tanlangan matnlar, ish turlari
4-ilova.
Yangi mavzuni o‘rganish uchun tanlangan metodning samaradorligi, o‘quvchilarni faollashtirish usullari.
Savod o‘rgatish davrida suhbat, analetik-sintetik, kuzatish metodlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu jarayonda o‘qituvchining o‘quvchilarga berayotgan savollari katta ahamiyatga ega. Savollarning qisqa, aniq va tushunarliligi o‘quvchilarni javob berishga rag‘batlantiradi.
5-ilova.
Ko‘rgazmalardan foydalanish.
Ko‘rgazmalardan foydalanganda quyidagilarga e’tibor beriladi:
- ko‘rgazmaning mazmuni
- til faktlarining berilishi
- o‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi .estetik jihatdan jixozlanganligi
- Ko‘rgazmadan foydalanishning samaradorligi
Kuzatilgan darslar yuzasidan talabalarning tahlili, fikr-mulohazalari eshitiladi, tavsiyalar beriladi.
6-ilova.
Alifbe davri yozuvni kuzatishda nazarda tutilganlardan tashqari quyidagilarga ahamiyat beriladi:
1.Yozuv vaqtida o‘quvchilarning to‘g‘ri o‘tirishi.
2.Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanishi.
3.O‘qituvchining yangi harfni yozishni o‘rganish usuli, analiz- sintez, ko‘rgazmalilik, namuna.
4. Yozilishi o‘rganilgan harfning so‘z boshida, so‘z o‘rtasida kelgan holatlarni aks ettirgan so‘zlarni yozish.
5. Yozuv daftarida berilgan harflarni yozish namunasini tahlil qilish.
6. Darsda foydalanilgan ko‘rgazmali qurol, tarqatma material va ta’limiy uyinlar, ularning samaradorligi.
7. Darsni xulosalash va uyga vazifa berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |