Chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 29,42 Mb.
bet23/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Tayanch iboralar: Magmotogen jarayonlar, Metamorfizm, effuziv magmatizm, Ekzogen jarayonlar, Endogen jarayonlar, vulkanizm, , intruziv tanalar

Magmotogen va magmadan so‘nggi jarayonlar ular bilan bog‘liq f.q.b.lar (konlar)


Magmotogen va magmadan so‘nggi jarayonlar ular bilan bog‘liq foydali qazilma boyliklar (konlar)

Metamorfizm haqida tushuncha. Metamorfizm deb cho‘kindi yoki (magmatik tog‘ jinslarining Yer po‘sti ichida katta bosim va harorat ta’sirida qaytadan o‘zgarishiga, kristallanishiga, jinslarning bir holatdan ikkinchi boshqa holatga o‘tishiga aytiladi. tog’ jinslari va mineral moddalarning metamorfizm jarayonlari natijasida o‘zgarishlariga albatta, o‘zgacha fizik-kimyoviy sharoitlar ta’sir etishi zarur. Bunday sharoitlarga birinchi navbatda Yer po‘sti ichidagi katta issiqlikka ega bo‘lgan Yer harorati kirsa, ikkinchi navbatda yuqori bosim kuchlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.4

18-Rasm.Yer sharidagi seysmik faol hududlar.



Abu Aliibn Sino geologiyaga bag‘ishlangan asarlarida «Dengiz ostida hosil bo‘lgan loy qatlamlari avvaliga yumshoq holda bo‘lib, keyincha-lik dengiz osti ko‘tarilishlari jarayonida, yuqori darajali ha-rorat ta’siri natijasida ular jipslashib qattiq loy jinslari-ga aylanib ketganlar...» degan fikrni aytgan. Bu fikr aslida? tog‘ jinslarining metamorfizmiga tegishli nazariyadir. 1765 yilda M. V. Lomonosov gil «Er ichidagi cho‘r» ta’siri natijasi-da uzoq vaqt davomnda zichlashib, keyinchalik «mineral suvlar-ning kirib kelishi» bilan qattiq toshga aylanadi deb yozgan ed» (S. Kuznesov, 1960). Qeyinchalik 1825 yilda angliya geolosh Ch, Lyayel tog‘ jinslarining metamorfizmi va ular ichida hosil bo‘ladigan metamorfogen qazilma boyliklar haqidagi tushunchani ilm dargohiga kiritdi. Hozirgi kunda esa metamorfizm jarayon-lari va ularning mahsulotlari haqida ko‘plab ilmiy nazariya-lar v.a shu sohadagi adabiyotlar olimlar tomonidan taraqqiy ettirilgan. Ya- Belevsev, N. Yeliseev, A. Zavariskiy, D. Korjin-skiy, A. Polkanov, N. Semenenko, V. Sobolev, N. Sudovnikov,, X. Ioder, S. Roy, U. Fayr, Dj. Ferxugen, D. Xarker, P. Eskol va boshqa qatog‘ olimlar metamorfizm tushunchalariga o‘zlari-ning katta hissalarini qo‘shganlar.

Metamorfizm jarayonlari bo‘lib o‘tgan nohiyalarda tog‘ jins-lari qay holatda bo‘ladilar va qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi-lar?

19-Rasm.Vulqon otilishi.



Yer po‘stlorining chuqur qatlamlarida joylashgan birlamchi-jinslar bir muayyan termodinamik sharoitlarda yuzaga kelgan bosim va haroratlar ta’sirida o‘zlarining ham mineralogik, kimyoviy tarkiblarini o‘zgartirib ikkilamchi butunlay o‘zgacha mineral moddalar yoki togjinslar yuzaga keladi. Boshqa ter-modinamik sharoitlarda esa (suyuqlik moddalarning ta’sirisiz) minerallar yoki tog‘ jinslari bir holatdan ikkinchi bir ho-latga o‘tsa-da, ularning kimyoviy tarkiblari o‘zgarmay qolavera-di. Shuning uchun ham bunday geologik hodisalarda vujudga kelgan minerallar va jinslarni alohida bir gruppaga ajratilib, ularni ikkilamchi mahsulotlar, ya’ni metamorfizmga uchraganminerallar va jinslar deb hisoblaydilar. Shunday metamorfizmga uchragan jinslar maydonlarini metamorfizm zonalar» deb ataladi.

Metamorfizm jarayonlari katta maydonlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, regional metamorfizmi deyiladi. Metamorfizm jarayonlari magma tanalarining ta’siri ostida kichik viloyatlardagina bo‘lib o‘tsa va chegaralanishi oson bo‘lgan maydonlarda namo.yon-bo‘lgan bo‘lsa, bunday zonalarni lokal metamorfizmi deb atala-di. Qontakt .metamorfizmi esa ikki chegaradosh jinslar orasida sodir bo‘ladi. Masalan, intruziv tanalari yaqinida joylashga»

Qontakt metamorfizmi o‘z navbatida: kontakt-termal va kontakt-metasomatik metamorfizmlariga ajraladi. Kontakt-termal metamorfizmida — jinslar yoki minerallarning qanday xillaridan qat’i nazar, magmatik intruziya tanalarining yuqori haroratiga ega bo‘lgan issiqlik ta’siri ostida o‘zgarishidir. Bunda mineral moddalar va tog‘ jinslariqaytadan kristallanadi, ular o‘rnida harakatsiz jarayonda yangimineral moddalar va jinslar yuzaga keladi. Ularning kimyoviy tarkibida sezilarli darajada o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Masalan, ohaktoshlar va dolomitlar o‘rnida kalsitli va do-yaomitli marmar toshlar, qumlar va qumtoshlar o‘rnida esa — kvarsitlar paydo bo‘la boshlaydi. Bunday ikkilamchi yangi jins-lar o‘zlarining qattiqliklari va zichliklari bilan keskin ra-vishda ajralib turadi. Kontakt-metosomatik metamorfizmi vaq-tida jamiyki minerallar va tog‘ jinslari tarkibida kimyoviy o‘z-garishlar yuz beradi; issiqlik, harakatchan komponentlar, suv, bug‘ yoki gaz holidagi eritmalar ta’siri ostida kimyoviy reaksiya-lar yuz berib, tubdan o‘zgargan jins va mineral mahsulotlar yuza-ga keladi. Limonit va temirning boshqa gidrooksidlari meta-morfizm vaqtida gematit va magnetit minerallariga aylanib ketadi; marganes minerallari psilomelan va manganit^ — brau-nit va gausmanitga, opal kvars holatiga, fosforitlar to‘plami— apatit uyumlariga aylanadilar. Ohaktoshlar (SaS03) qatlamida kremnezyom (5Yu2) harakatchan komponenti ta’sirida quyidagi reaksiya natijasida yangi mineral modda — vollastonit (SaZYuz) yuzaga kelishi mumkin:

SaSOz+ZYu2=SaZYu3+S02

Kontakt-metamorfizmi jarayonida quyidagi kimyoviy reaksiyaga ko‘ra yangi minerallarning kelib chiqishini ko‘ramiz:

ZSaMd (S03) 2+45Yu2= SaO • ZM§O • 45Yu2+4S02 + 2SaSO3



dolomit tremolit

Dolomit qatlamlarida kremnezyom komponentlari aktiv harakat qilib reaksiyaga kirishganda kontakt zonalariga xos mineral-lar yuzaga keladi:

Metamorfizm jarayoni vaqtida bir vaqtni o‘zida birlamchi holidagi tog‘ jinslari tarkibida qisman bo‘lsa ham barbodlik va >keng ko‘lamda yemirilish (tog‘ jinslarining birlamchi struktura-yaari yo‘qolishi) hodisalari va yangi strukturalar ko‘rinishidagi jinslar mahsulotlari vujudga keladilar. Umuman olganda vaqtda tog‘ jinslari qattiq holida saqlanaveradi, ya’ni ular tarkibida erish va butunlay erib ketish hodisalari yuz bermai di. Geologik nuqtai nazaridan qaraganda metamorfizm jarayon-lari har doim magma va tektonik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘-ladi. Regioial masshtabdagi metamorfizmlarni yuzaga kelishi uchun 450—500 (kaolinli qatlamlarda sinab ko‘rilgan) va 700— 750 (muskovitli qatlamlar) atrofidagi issiqliklar sarf bo‘-lishi nazariy va eksperimental ravishda aniqlangan. Metamor-fizm jarayonlari hatto yuqori harorat ostida — 900—950° (pi-roksen va giperstenli zonalar) ham sodir bo‘laverar ekan. Bu vaqtda issiqlikka juda ham chidamli bo‘lgan minerallardan tashkil topgan jinslargina metamorfizmga uchraydi. Terner va Ferxugen (1961) izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, yuqori harorat ostida sodir bo‘ladigan metamorfizm jarayonlari Yer po‘stining 30—40 km chamasidagi chuqurlik pog‘onalarida yuz berar ekan. Regional metamorfizmi vaqtidagi bosim kuchini aniqlash uchun har xil solnshtirma hajmdagi mineral moddalarning turli bo-sim bosqichlarida o‘zgarishlarga qarab belgilanadi.

20-Rasm.Vulqon krateri.

V. Sobolev (1961) giperstenli slaneslar va eklogitlar, nefe-linli va"jadentli jinslar bilan eksperimental ishlar olib borganda bosim kuchi 15—17 k/bar atrofida aniqlandi. Demak, Yer qobigining chuqur qatlamlari orasida metamorfik kristall jinslar hosil bo‘lishi uchun 7000 dan to 2000 (chuqurliklar yuza-siga qarab) atmosferagacha kuchga ega bo‘lgan bosim. kerak bo‘ladi.


Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish