Toshko‘mir davriga umumiy tavsif.
Toshko‘mir davrida hozirgi – zamonaviy kontinentlar o‘rnida Shimoliy-Atlantika, Sibir va Xitoy platformalari hamda Gondvana superplatformalari mavjud bo‘lgan. Shu platformalarning oralarida Appalag geosinklinali, O‘rtaer dengizi va Tinch okean geosinklinal mintaqalari joylashgan bo‘lgan.
Toshko‘mir davrining boshlarida hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslar shundan dalolat berib turibdiki, shimoliy yarim sharda katta maydonlarni egallagan holda transgressiya hodisasi yuz bergan. Shimoliy Amerikaning deyarli hamma xududi, Ovrupo va Osiyo (uzoq sharqning markaziy qismidan tashqari) xududlari suv xavzalari ostida g‘arq bo‘lib turgan.
Gondvana supermaterigida esa quruqlik xamon hukmronlik qilgan, faqat Gondvananing atroflaridagina dengiz xavzalari saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |