Iqlimi va paleobiogeografiyasi.
Toshko‘mir geologik davrida ham planetamizda devon geolog davrining oxirlarida boshlangan nam iliq iqlim saqlanib turgan.
Lekin tog‘lik xududlarning balandlik mintaqalarida muz qoplamlari, masalan Markaziy And tog‘larida, bo‘lganligi ma’lum. And tog‘ tizmasining pastliklarida iqlim mo‘tadil-nam sharoiti bo‘lib o‘tganligi shu viloyatlarda ko‘mir konlari hosil bo‘lganligi tasdiqlab turibdi.
O‘rta va yuqori toshko‘mir davrlarida tog‘ burmalanishlar va ko‘tarilishlari bo‘lib o‘tganligi sababli regressiya hodisalari yuzaga kelgach, iqlim sharoitlari differensiatsiyalashib har xil iqlim mintaqalari paydo bo‘la boshlagan.
Akademik N.M. Straxovning kuzatishlariga qaraganda toshko‘mir davrida 5 xil iqlim mintaqalari bo‘lib o‘tgan. 34-rasmga nazar tashlang.
1.Shimoliy mo‘tadil nam iqlim mintaqasi Qarag‘anda, Kuzbasse, Ekibastuz va Tunguss ko‘mir kon xavzalari viloyatlari o‘rnida bo‘lib o‘tgan. Aytib o‘tilgan viloyatlarning (ko‘mir kon xavzalarining) janubida arid iqlim sharoiti bo‘lgan. Bu iqlim sharoitiga quyidagi dalillarni misol tariqasida keltiramiz:
1. AQShning markaziy va g‘arb xududlarida tarkibida gips yotqiziqlari serob bo‘lgan jinslar aniqlangan. Rossiyaning Ovrupo taraflarida dolomit jinslari hosil bo‘lgan; gips va qizil tusdagi cho‘kindilar g‘arbiy Qozog‘istonda, ingidrid yotqiziqlari Tyanshan tizmalarida, gips g‘arbiy Xitoydagi yotqiziqlar orasida paydo bo‘lgan.
2. Tropik nam iqlim shubxasiz quyidagi mintaqalarda aniqlangan:
AQShning qismidagi ko‘mir koni xavzalari o‘rnida; Ovruponing g‘arb va Janubiy viloyatlarida; Rossiyaning Janubiy Ovrupo qismida; Farg‘ona vodiysining boksit konlari topilgan viloyatlarida.
3. Janubiy arid iqlim mintaqalari Saxara cho‘lining shimolida va Braziliyada o‘z tasdig‘ini olgan.
4. Mo‘tadilsovuq iqlim mintaqalari Gondvana supermaterigining tillit jinslari tarqalgan viloyatlarida tasdiqlangan.
5. Muz bosgan sovuq iqlim sharoiti esa Gondvananing janubiy, sharqiy va g‘arb xududlarida aniqlangan, chunki shu xududlarda morenalar qatlami juda keng maydonlarni egallagan holda uchraydi. Ekvator mintaqasi chegarasi o‘rta va yuqori toshko‘mir davrlarida Panama bo‘yin qismidan, g‘arbiy Ovruponing Markaziy viloyatlaridan, Dunay daryosining quyi oqimi qismidan va Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlaridan o‘tgan ekan. Janubiy qutb mintaqasi atlantik okeanining Afrika qismida uning janubiy va janubiy-g‘arb tomonida joylashganligi aniqlandi.
Toshko‘mir davrining iqlim sharoiti haqida shu davrning o‘simlik dunyosi ham aniq ma’lumotlarni isbotlab beradi.
Masalan, tropik iqlim mintaqalaridan xashamatli, dabdabali va serxasham har xil turkumga kiruvchi o‘rmon daraxtlari qoldiqlari topilgan. O‘rmon daraxtlarining barglari yirik bo‘lgan. Shunday o‘rmonlar qoldiqlari Vestfal viloyatida juda yaxshi saqlanib qolgan.
Tunguss viloyatlarida iqlim sharoiti mo‘tadil nam iqlim bo‘lib o‘tganligini kordoitli taycha o‘rmon qoldiqlari isbot tariqasida ko‘rsatma bera oladi. Gondvanada iqlim sharoiti sovuq bo‘lganligini bu materik yuzasida pastbo‘ylik paporotniklarning ya’ni tundra o‘simliklarining o‘sganligi tasdiqlaydi.
Toshko‘mir davri o‘rmon daraxtlarining yana bir xususiyati ularning ildiz qismlari Yer yuzasiga ham chiqib turgan. Toshko‘mir davrining o‘rmon manzarasi taxmini 37-rasmda ko‘rsatilgan.
63-Rasm. Devon davri o‘rmon daraxtlari. V.L. Komarov bo‘yicha.
1 -lepidodenron; 2-kordoitlar; 3-sigillyariya; 4-daraxtsimon paporotnik; 5-qiyiq uchqirrali-barglilar; 6-kalamitlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |