Chirchiq davlat pedagogika instituti


Iqlimi va paleobiografiyasi



Download 29,42 Mb.
bet116/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Iqlimi va paleobiografiyasi.

Devon davrining boshlarida dengiz akvatoriyalarining qisqarishi, natijada suv xavzalarining bir-birlaridan uzoqlashuvi, yakkalashib alohida joylashuvi tufayli paleobiogeografik viloyatlar (provinsiyalar) ham ajrala boshlaydilar.

O‘rta va yuqori devon davrlarida esa dengizlarning bir-birlariga yaqinlashuvi yana amalga oshadi, suv xavzasi hayvonot olami keng xavzalarni egallab rivojlanish va tarqalish imkoniyatiga ega bo‘ldi, viloyatlar orasidagi tafovutlar tekislana boradi.

Paleoiqlimshunos olima M.A. Rjansniskaya devon davri davomida iqlim mintaqalarini fauna va floralarning tarqalish xususiyatlariga asoslangan holda asoslab berdi.

Masalan, O‘rol-Tyanshan viloyati-iqlimi ilik, dengizlar tropik sharoitida bo‘lib turgan, shuning uchun dengiz xavzalari ostida marjon-stromatoporatlar hosil qilgan rif yotqiziqlari paydo bo‘lib, bu jinslar tarkibida braxuapodalar juda serob bo‘lganligi ma’lum.

Akademik N.M. Straxov devon geologik davri davomida quyidagi iqlim mintaqalarini ajratishga muyassar bo‘lgan.

Tropik nam iqlim mintaqasi Appalag tog‘ tizmalari bo‘ylab o‘tgan; Grenlandiyaning janubiy sharq tarafidan o‘tib,O‘rol tog‘ tizmalari, Qozog‘iston va O‘rta Osiyo mintaqalari bo‘ylab o‘tganligi ma’lum.

Bu iqlimning indikatori sifatida Medvejiy orolidan topilgan va Barzasda ham aniqlangan ko‘mir konlari, cho‘kindi jarayonlar bilan bog‘liq temir konlar (Appalag, O‘rol, Salair o‘lkasi)ni misol tariqasida keltirsak bas.

Arid iqlim mintaqalari AQSh, Kanada, Shimoliy Yer va Taymir xududlarida joylashgan ekan. Hozirgi aytib o‘tilgan xududlarning shimol taraflarida mo‘tadil-nam iqlim bo‘lib o‘tganligi aniqlandi.

Janubiy Arid iqlim mintaqasi Angliya Boltiq bo‘yi mamlakatlari, Moskva xavzasi, Donbass va Betpak Dala xududlarini o‘z ichiga olgan. Sovuq iqlim mintaqasi juda aniq tiklanmagan bo‘lsada, taxminan Janubiy Afrika va Janubiy Amerika xududlarida bo‘lib o‘tgan

Umuman olganda devon davri iqlim sharoiti shu davrning qisman regressiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Regressiya hodisasi davrida iqlim sharoiti quruqlashadi.

Devon davrining oxirlarida esa shimoliy platforma viloyatlarida yana tranegressiya jarayoni sodir bo‘ladi, shu munosabat bilan iqlim sharoiti yumshaydi va namlik hukmronlik qila boshlaydi.




Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish