8.2. Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o‘tkazilgandan
so‘ng halq ta’limi va mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari
Ma’lumki, 1924 yilda amalga oshirilgan milliy davlat
chegaralanishi natijasida mintaqa kartasi qaytadan tuzildi. Shuni
ta’kidlash lozimki, 20-30 yillardagi juda murakkab, siyosiy ijtimoiy va
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har xil
tarzda ta’sir o‘tkazdi, barcha sohadagi o‘zgarishlarni qarama-qarshi
tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda
yo‘nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.
Xalq ma’rifatining yuksalish yo‘lida aholining savodliligini
oshirishga, savodsizlikka barham berish davr talabi edi. Bu maqsadda
ko‘plab yangi savod maktablari va kurslar ochildi. Minglab aholi savodli
bo‘ldi. Shuni aytish joizki, 1930 yili umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy
etish savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi. 30 yillarning oxirlariga
kelib, umumiy etti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi. Sovet
davlatining statistik ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha 1925-1941 yillar
davomida xalq ta’limi maktablari soni muttasil ortib borgan. Masalan,
1924-25 o‘quv yilida O’zbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar
tashkil qilinib, ularda 17209 o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941 yilga
kelib maktablar soni 5504 taga va ularning o‘qitilayotgan o‘quvchilar
soni esa 1 million 315 ming kishiga etgan.
Ziyoli kadrlarni tayyorlashda sinfiy jihdtdan ishonchli, aholining
“mehnatkash” tabaqalaridan chiqqan kishilarini tanlab olish kerak,
degan g‘oya ilgari surildi. Chunki, avvaldan yaxshi ma’lumki, aqliy va
mantiqiy mushohada etish darajasi qancha past bo‘lsa, savollar ham,
noroziliklar ham shuncha kam bo‘ladi. Shuning uchun ham madaniyat
127
xodimlarning
tarkibini
ijtimoiy
jihatdan
ishonchli
bo‘lgan
“mexnatkashlar” hisobiga soddalashtirish, ular orasidagi eng zakovatli
va omilkor qatlamni siqib chiqarish maqsad qilib qo‘yildi. Bu “madaniy
inqilob”ning asosiy tezislaridan biri bo‘lib, “shaklan milliy, mazmunan
proletar madaniyati”ni vujudga keltirishdan iborat edi. Bu g‘oya sovet
davlatining barcha o‘n yilliklari davomida yashab keldi - 30-yillarda uni
amalga oshirish borasida qo‘yilgan dastlabki qadam madaniyatning
barcha sohalari uchun kadrlar tayyorlash, yuqorida aytganimizdek,
“mehnatkashlar”, ya’ni, “proletar qatlamdan” boshlanganligi ham bejiz
emas edi. O’sha yillarda komsomol safiga ijtimoiy jihatdan faqat
“mehnatkashlar” qatlamidan qabul qilinganligini e’tiborga oladigan
bo‘lsak, nima uchun komsomollar safarbar qilinib, ularni qisqa muddatli
kurslarda o‘qitib maktablarga muallim sifatida yuborilganligini anglab
etamiz. Buning natijasida respublikada o‘qituvchilar soni 1928-29 o‘quv
yilidagi 5,5 ming kishidan 1932-33 o‘quv yilida qariyb ming kishiga
1941 yili esa 42 ming kishiga etgan. Bu raqamlar shundan dalolat
beradiki, 1933 yil boshlarida xalq ta’limi tizimlarida o‘tkazilgan
“tozalash” oqibatida ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan
“ishonchsiz” bo‘lgan minglab bilimdon va tajribali muallimlar haydalib,
ular o‘rniga qisqa muddatli kurslarni bitirgan saviyasi past, lekin
ijtimoiy jihatdan “ishonchli” qatlamlardan qo‘shimcha muallimlar
tayyorlanib, ular maktablar va madaniyatning boshqa sohalarida ishlash
uchun yuborildilar.
Bu yillarda respublika oliy o‘quv yurtilari tarmog‘i ham ortib
bordi. Samarqandda O’zbekiston davlat universiteti, Buxoro, Farg‘ona,
Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch
shaharlarida oliy maktablar tashkil etildi. 20-yillar o‘rtalaridan boshlab
mustabid tuzum O’zbekistonda qator ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil
qildi. 1932 yilga kelib o‘zbekiston olimlari Respublika Fanlar
Akademiyasini tashkil etish ishiga kirishdilar. Bu yo‘lda ilk tashlangan
qadam Markaziy Ijroiya Qo‘mita qoshida 1932 yil 11 oktyabrda
O’zbekiston ilmiy-tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi
respublika qo‘mitasining tuzilishi bo‘ldi. 40-yillarning boshida
128
O’zbekistonda 60 dan ortiq maxsus ilmiy-tekshirish muassasalari,
laboratariya va stansiyalari mavjud bo‘lib, ulardan nazariy va amaliy fan
sohalari bo‘yicha turli yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirildi.
1940 yil 9 yanvarda Fan Qo‘mitasi Ittifoq Fanlar akademiyasining
O’zbekiston filialiga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |