Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


XX asrning 70-80 yillarida O’zbekistonda halq ta’limi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

8.4. XX asrning 70-80 yillarida O’zbekistonda halq ta’limi
70-80 yillarida O’zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan 
o‘zgarmay qolaverdi. Maktablar jahon tajribalaridan, zamonaviy
texnika va o‘kitish vositalaridan foydalanilmadi. Ularning moddiy-
texnika bazasi yaxshilanmadi. To‘g‘ri, bu yillarda maktablar, 
o‘kuvchilar, o‘qituvchilar soni yildan-yilga ortib bordi, son 
ko‘rsatkichlari kishini hayratga solar darajasida ortdi. Masalan, 
O’zbekistonda 1945-46 o‘quv yilida jami 4525 maktab bo‘lib, ularda 
qariyb 998 ming o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1970-71 o‘quv yilida 
respublikaning umumiy ta’lim maktablari soni 7072 taga, ularning 
o‘quvchilari esa 3 mln. 164 ming kishiga etdi. Biroq, ularning sifat 
darajasi (ayniqsa, qishloq maktablari) ancha past edi. Chunki, ko‘klarga 
ko‘tarib maqtalgan “rivojlangan sotsializm” bosqichi ham 20-30-
yillarda shakllangan “qoldiq prinsipi”ning ijtimoiy oqibatlarini yo‘qota 
olmagan edi. 1970-1980-yillarda xalq ta’limi uchun davlat tomonidan 
ajratilgan mablag‘ 11 %dan 8%ga kamayib ketdi. Respublikaning 
barcha viloyatlaridagi maktablarning 20-60%i zarur o‘quv jihozlari,
asbob-anjomlar bilan jihozlanmay qolaverdi, 50%dan ortiq


139 
maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi. Kuni uzaytirilgan 
guruhlar ishi ayniqsa o‘lda-jo‘lda qoldi. 70-8 -yillarda 1-8-sinf
o‘quvchilarining atigi 8-9%ini bunday guruhlarga jalb etilgan edi, 
xolos. 
Umumta’lim maktablarining faoliyati asosan “rivojlangan 
sotsializm” g‘oyasini o‘quvchilarga singdirish, ularni “kommunistik 
ruhda” tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. “Kommunistik tarbiya” dan 
ko‘zlangan maqsad esa yoshlarni “proletar internatsionalizmi”ga, “katta 
og‘aga” sodiqlik, sinfiylik, partiyaviylik ruhida tarbiyalashdan iborat 
edi. Milliylik esa o‘zbek maktablari mazmunidan chiqarila boshlandi. 
Maktablardagi tarbiya Evropa tarixi misolida olib borildi. Evropa 
madaniyati, tarixi amalda baynalmilallik namunasi sifatida talqin etildi. 
Maktablarda iqtidorli bolalarni o‘qitishga e’tibor berilmas edi. 
Maktab bolalari qalbida ona-Vatan tuyg‘usi, ulug‘ allomalarimiz va ular 
qoldirgan ma’naviy meros, o‘z ona tili, urf-odatlari bilan faxrlanish hissi 
shakllantirilmasdi. Maktablarda ayniqsa ijtimoiy fanlarni o‘qitish o‘ta 
siyosatlashtirildi. Ko‘zdan kechilayotgan davrda maorif sohasida 
erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yoshlarni milliy an’analar va 
ma’naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish an’anasi ko‘zga 
tashlanib bordi. Ta’lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik 
prinsiplari asosida yondashish yoshlarning milliy urf-odatlarni 
o‘rganishiga to‘sqinlik qildi. Natijada, o‘zbek o‘quvchilarida milliy 
o‘zlikni anglash, urf-odat, milliy an’analarga sodiqlik kayfiyatidan 
ajralish hollari ro‘y bera boshladi. Maktab o‘quvchilarining o‘quv 
rejasidagi soatlarini o‘zlashtira olmasligi odatiy hol bo‘lib qoldi. Bu 
ularni paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlariga ko‘proq jalb qilinishi 
bilan izohlanadi. O’quv yilining 3-4 oyi ana shunday majburiy tadbirlar 
bilan band bo‘lishiga ketar edi. Bu esa o‘zbek o‘quvchisini jahon 
standartlaridan ortda qoldirib, zamonaviy fan sohalarini o‘zlashtirishga 
imkon bermasdi. 
XX asrning 80-yillarida, jamiyatimizning barcha bo‘g‘inlarida 
qayta qurish keng quloch yozdi. Uning mazmunida hayotni 
demokratlashtirish, tezkor iqtisodiy islohot, ma’naviy poklanish milliy 


140 
qadriyatlar va axloqiy g‘oyalarning tiklanish muammolarini xal etish 
zaruriyati yuzaga keldi. Qayta qurishning xal qiluvchi bosqichida 
jamiyat uchun chetdan tomoshabin emas, balki mamlakat iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy hayoti rivojiga javobgar, ma’suliyatli, sog‘lom fikrli 
goyaviy-siyosiy dunyoqarashi shakllangan shaxs zarur edi. Maktab o‘z 
tabiatiga ko‘ra iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi, uni 
saqlovchi, insoniyat tomonidan to‘plangan umuminsoniy ma’naviy 
boyliklarni avloddan-avlodga etkazib va boyituvchi muhim tarmoq 
hisoblanadi. Xalq maorifini quyi va yuqori bosqichlarini isloh qilish, 
qayta qurish talablariga jamiyatning har bir a’zosi qonuniy javobdir. 
Jamiyatmizda hukm surayotgan maorif tizimining barcha 
bo‘g‘inlarida xuddi mana shu jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yosh 
avlodning kamolotga etishi, bir butun shaxs sifatida shakllanishiga 
nihoyatda kam e’tibor berildi. Natijada umumiy ta’lim maktablarida 
ta’lim-tarbiya tizimi, mazmuni, shakl va metodlari davr talabiga, yosh 
avlodni har tomonlama shakllangan yaxlit shaxs sifatida shakllantirishga 
mos kelmay qoldi. Bu esa umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh 
qilishni taqozo etdi. “Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning 
asosiy yo‘nalishlari” 1984 yilda sobiq KPSS Markaziy Komiteti 
tomonidan 10 aprelda va SSSR Oliy Soveti tomonidan 12 aprelda 
ma’qullandi. Islohotdan maqsad maktabdagi barcha ta’limiy, tarbiyaviy, 
tashkiliy ishlarni jamiyat talablariga, shart-sharoitlari va ehtiyojlari mos 
keladigan sifat darajasiga ko‘tarishdan, shuningdek, ma’lumotli, 
e’tiqodli, jamiyatga, xalqqa sadoqatli, faol ijodkor, tashabbuskor, 
tadbirkor, oshkoralik sharoitida ishlay oladigan va yashay biladigan; o‘z 
mamlakati, o‘z milliy mustaqilligi, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti 
yo‘lida kurasha oladigan kishilar etib tarbiyalashdan iborat edi. Aynan 
shu maqsadni xal etish islohot zimmasiga yuklatildi. 
“Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy 
yo‘nalishlari”da maktabning o‘ziga xos xususiyatlari, umumiy o‘rta va 
hunar ta’limning qurilishi, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirishi, 
mehnat tarbiyasi, ta’limi, kasb tanlashga o‘rgatish, bolalar va o‘smirlarni 
jamoat yo‘li bilan va oilada tarbiyalash; o‘qituvchi shaxsi; maorifning 


141 
o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash; xalq-maorifini boshqarishni 
takomillashtirish kabi masalalar nazarda tutilgan edi. Asosiy yo‘nalishlar 
asosida 
hozirgi 
zamon 
maktablarida 
ta’lim-tarbiya borasidagi 
kamchiliklar ko‘rsatilgan bo‘lib, buni bartaraf etish uchun esa maorif 
tuzilishini takomillashtirish, umumiy ta’lim, mehnat va kasb egallashga 
tayyorgarlik sifatini oshirish, ta’limning samarali shakllari, uslublaridan 
foydalanish, o‘qitishning texnika vositalaridan kengroq foydalanish, 
ta’lim-tarbiya birligini ta’minlash, maktab, oila va jaoatchilik birligini 
ta’minlash, o‘quvchilar bilimini baholashda rasmiyatchilikka barham 
berish, son ketidan quvish hollariga chek qo‘yish tadbirlarini amalga 
oshirish lozim edi.
Islohotda qayd etilgan umumiy o‘rta va hunar ta’limi kurilishining 
asosiy mohiyati shunday iboratki, unda umumiy o‘rta ta’lim o‘n bir 
yillikdir. 1-9 sinflar esa to‘liqsiz o‘rta va X-X1 sinflar - barchasi 
umumta’lim maktabini tashkil kiladi. Shuningdek, o‘rta hunar-texnika 
bilim yurtlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kabi nomlangan. Mazkur 
qurilishga binoan o‘rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti 
yoshdan boshlab o‘qitish nazarda tutiladi. Islohotda o‘quvchilarni 
mehnat ta’limi va tarbiyasi, kasbga yo‘llash, politexnik ta’limning 
mazmun, shakl va metodlarini yanada kuchaytirish masalasi isloh 
qilingan maktablar oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligi 
alohida uqtirilgan. Bu borada barcha mashg‘ulotlarni 3 bosqichga 
bo‘lish, ya’ni boshlang‘ich maktab (1-1U sinflar), to‘liqsiz o‘rta maktab 
(U-1X sinflar), o‘rta umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning yosh 
xususiyatlarini hisobga olish, mehnat ta’limi va kasbga o‘rgatish 
yuzasidan dasturlar ishlab chiqish, ijtimoiy-foydali, unumli mehnatni 
rivojlantirish, politexnik bilim, mahoratni shakllantirish tadbirlarini 
belgilash, mehnat tarbiyasini iqtisodiy tarbiya bilan birga qo‘shib olib 
borish 
masalalariga 
ijodiy 
yondashish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
O’quvchiga ta’lim-tarbiya berishning muhim bo‘g‘ini oila va 
jamoatchilikdir. Bola oila, jamoatchilik, muhit ta’sirida tarbiyaning 
muhim ajralmas qismlari hisoblanadigan g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, 
mehnat, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalanib 


142 
boradi. Shuningdek, bola shaxsini bir butun yaxlit shakllantirishda 
maktabdan tashqari muassasalarning ahamiyati juda katta. Islohot 
ta’lim-tarbiya berishning bu bo‘g‘inining ish mazmunini tubdan 
o‘zgartirishni ham nazarda tutadi. Isloh talablarini amaliyotga tatbiq 
etish uchun ta’lim-tarbiya maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim va 
tarbiya birligining namunaviy dasturini ishlab chiqish; darsdan 
tashqarida o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarning mazmuni va shaklini 
jiddiy qayta qurish; kuni uzaytirilgan guruhlar tuzishni ommalashtirish; 
maktabdan tashqari muassasalar - bolalar saroylari, uylari, yosh 
texniklar va tabiatshunoslar, sayyohlar stansiyalari, sport, musiqa, badiiy 
va xoreografiya maktablari, bolalar kutubxonalar, oromgohlar va shu 
kabilarni vujudga keltirish; istiqomat joylarida olib boriladigan xilma-xil 
ishlarga barcha o‘quvchilarni jalb etishga erishish; bolalar tarbiyasida 
oilaning ma’suliyatini oshirish va g‘oyat qisqa vaqt ichida shu 
muassasalarning 
moddiy-maishiy 
sharoitini 
yaxshilash 
zarurligi 
uqtirildi. 
Ta’limning mazmuniga aniqliklar kiritildi. O’quv dasturlari 
qaytadan tuzildi. O’quvchilarni ortiqcha ma’lumotlar bilan band 
etishdan, zeriktirishdan xalos etildi. Ta’limning shakllari va metodlari 
takomillashtirildi, 
ba’zi fanlardan o‘quv darsliklari, metodik 
qo‘llanmalar yaratildi, o‘kuv rejasiga “Atrof-muhit bilan tanishish” (1-2 
sinflarda), “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” (X-X1 
sinflarda), “Oila etikasi va psixologiyasi” (X-X1 sinflarda), “Ishlab 
chiqarish asoslari. Kasb tanlash” (8-10 sinflarda) kabi fan asoslari 
kiritildi va o‘qitildi, o‘qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib halq to‘lash 
joriy etildi. O’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash 
masalasida ijobiy siljishlar ro‘y berdi, o‘quvchilarni mehnat ta’limi va 
tarbiyasining mazmuni takomillashtirildi; hunar-texnika ta’limi tizimida 
ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining 
munosabatlari birmuncha o‘zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o‘zgarishlar 
ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun etarli 
emas edi, albatta. Xullas kutilgan natijalarga erishilmadi. Shuni qayd 


143 
etish zarurki, o‘zbek maktablari to‘ntarishdan so‘ng milliy zamindan 
batamom uzilib qoldi. Qarsakbozchilik bilan o‘qish-o‘qitishda Evropa, 
xususan rus tizimini qabul qildik. Ammo bizning avlodlarimiz ongiga, 
qoniga bu zo‘rma-zo‘rakilik singmadi. Buni bugungi hayot, turmush 
tarzi ko‘rsatib turibdi. Eng achinarli hol shu ediki, ayniksa, o‘ttan etmish 
yil ichida mustabid tuzimning “Yangi” davr “bilimdon” va “zukko” 
tashkilotchilari ming yillik yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirib, 
kimlargadir yaxshi ko‘rinmoqchi yoxud o‘zini dono hisoblab shuhrat 
qozonmoqchi bo‘ldilarki, natijada maktablarimiz o‘kuv-tarbiyaviy 
ishlarda ham hayotiy asoslar va xalq ruhiyatidan deyarli ajralib qoldi 
avlod-ajdodlarimizning dunyoviy-hayotiy, axloqiy, ma’naviy, ruhiy 
xazinasi bo‘lgan kitoblar esa umuman o‘qitilmay, o‘rgatilmay tashlab 
qo‘yildi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish