Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


 Akademik Sidiq Rajabov hamda Habib Abdullayevlarning



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

8.5. Akademik Sidiq Rajabov hamda Habib Abdullayevlarning 
Respublika xalq ta’limi, ilm va fan taraqqiyotini rivojlantirishdagi 
roli
Pedagogika fanlari doktori akademik Siddiq Rajabovning 
O’zbekiston respublikasi va jahon pedagogikasi fani rivojlantirishda 
unig xizmati katta. U pedagogika fanining eng muhim muammolari 
ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, respublikamiz xalq maorifining 
tarqqiyoti va bu taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari, xalq maorifining 
rivojlanish istiqbollari, pedagogika fani metodologiyasi, yoshlar 
tarbiyasi va xalk pedagogikasiga doir ko‘plab asarlar yaratdi. Siddiq 
Rajabov o‘zining butun hayoti va faoliyatini pedagogika fani va ravnaki 
uchun bag‘ishladi. U 1937 yili aspiranturani tamomlagach, O’zbekiston 
pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish institutiga ilmiy xodim va Nizomiy 
nomli Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasiga 
o‘qituvchi qilib tayinlandi. Yosh olim ilmiy tadqiqot ishini pedagogik 
faoliyati bilan qo‘shib olib bordi. Shu yillarda S.Rajabov kechki 
pedagogika instituti direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 
lavozimida ham yosh o‘qituvchi sifatida mutaxassilar tayyorlashda katta 
 


144 
faoliyat ko‘rsatdi, o‘z ishini puxta bilgan rahbar, etuk ilmiy xodim va 
mahoratli o‘qituvchi sifatida elga tanildi. Yosh olim matbuotda tez-tez 
ilmiy, pedagogik, publitsistik maqolalari bilan chiqa boshladi. Jumladan, 
urushgacha bo‘lgan davrda S.Rajabovning “Oliy pedagogika o‘kuv 
yurtlarining ish sifatini yuqori ko‘taraylik”, “Oliy o‘quv yurtlari 
xayotida muhim davr”, “Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar”, “Yan 
Amos Komenskiyning pedagogik qarashlari”, “Imtihonlarning yuqori 
sifati uchun kurashaylik” kabi ishlari matbuotda e’lon qilindi. Shu 
yillarda u “XIX asr va XX asr boshlarrida Buxoroda maktab va maorif 
taraqqiyoti ocherki” asarini yozib tamomladi. 1941 yilda ana shu 
mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini respublikada birinchi bo‘lib 
muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu orada u Respublika matbuoti va 
rahbariy idoralarida samarali mehnat qildi. 
S.Rajabov 1947 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika 
instituti Pedagogika kafedrasiga mudir qilib tayinlangandan keyin uning 
o‘z ilmiy pedagogik faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyat 
yaratildi. 1958 yilda Siddiq Rajabovning ilmiy faoliyatida unitilmas 
voqea sodir bo‘ldi. 1961 yilda Siddiq Rajabov O’zbekiston pedagogika 
fanlari ilmiy-tadqiqot institutiga direktor qilib tayinlandi. Olim mazkur 
institutga olti yil rahbarlik qildi. Institutni yuqori malakali mutaxassis 
xodimlar bilan ta’minlash, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini 
xayotga - maktab amaliyotiga yaqinlashtirish, pedagogik tadqiqotlarni 
respublika bo‘iicha muvofiqashtirish ishlariga boshchilik qildi hamda 
tadqiqot natijalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish bo‘iicha bir 
qator tadbirlarni amalga oshirdi.
Institutda yangi sektorlar tuzildi. Sektorlar huzurida laboratoriyalar 
tashkil etildi. Sektor va laboratoriyalarga ilmiy tadqiqot ishlari 
yuzasidan tajriba va etarli malakaga ega bo‘lgan xodimlar rahbarlik qila 
boshladilar. 
Bu davrda olim pedagogika fanini chin qalbdan sevgan 
mutaxassislarni, ko‘pgana iqtidorli yoshlarni o‘z atrofiga chorladi. Yosh 
olimlarga hamisha yordam berib keldi. Yoshlarni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash uning hayotiy e’tiqodi va turmushining mazmuniga 


145 
aylanib ketdi. Shu bois 10 dan ortiq fan doktorlari, 200 ga yaqin fan 
nomzodlari bevosita Siddiq Rajabovning ilmiy maslahatchiligi va 
rahbarligi asosida dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 
1964 yilda S.Rajabovning ilmiy pedagogik faoliyatiga yuksak 
baxolandi, unga “Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni 
berildi. S.Rajabov 1966-1990 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent 
davlat pedagogika instituti, “Umumiy pedagogika” kafedrasining katta 
jamoasiga boshchilik qildi. U kafedra a’zolarining har biriga murabbiy, 
ustoz edi. Bugina emas, olim o‘qituvchi mutaxassislar tayyorlash 
sohasida fidokorona mehnat qilayotgan hamkasblari - institutning etuk 
olimlari bilan bir qatorda o‘rta va oliy ta’limga aloqador juda ko‘p 
muammolarni hal qilishda xormay-tolmay faoliyat ko‘rsatdi. 
Professor SRajabovning Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
pedagogika institutidagi chorak asrlik uzluksiz ilmiy-pedagogik faoliyati 
alohida muhim davr bo‘ldi. U safdoshlari, kasbdoshlari va o‘zi mudirlik 
qilib turgan kafedra a’zolari, shogirdlari bilan hamkorlikda katta ilmiy 
va tashkiliy-pedagogik muammolarni hal qilishga alohida e’tibor berdi. 
Birinchi navbatda kafedrani yuqori malakali ilmiy-pedagogik xodimlar 
bilan ta’minlash, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar sifati va 
samaradorligini oshirish, qolaversa, kafedra jamoasining ilmiy va 
metodik saviyasini yuqori ko‘tarish kabi masalalar hal qilina bordi. 
S.Rajabov kafedra yig‘ilishlari, nazariy seminarlar, metodbirlashma 
yig‘ilishlari suhbatlarda ana shu masalalarga alohida to‘xtalardi. 
S.Rajabov bu davrda juda ko‘plab pedagogik muammolarni 
kafedra a’zolari va ilmiy jamoatchilik tomonidan muvaffaqqiyatli xal 
qilinishiga boshchilik qildi. Xususan, didaktika-ta’lim nazariyasi, 
xususiy metodika, tarbiya nazariyasi va metodikasi, shuningdek 
maktabshunoslikning dolzarb muammolariga aloqador asarlar yaratdi. 
Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, olim bu davrda o‘z ilmiy 
faoliyatini bir necha yo‘nalishlarda olib bordi. Jumladan, pedagogika 
fanining metodologik muammolari, odob-ahloq va tarbiya masalalari, 
oliy ta’lim didaktikasi, pedagogika tarixini o‘rganish va uning 
rivojlanish istiqbollarini tahlil etish masalalari ilmiy faoliyatida 


146 
markaziy o‘rin tutdi. 1977 yili may oyida Nizomiy nomidagi Toshkent 
davlat pedagogika instituti huzuridagi fan nomzodi ilmiy darajalari 
beradigan ixtisoslashtirilgan kengash tashkil etildi. Bir oz vakt o‘tgach 
pedagogika tarixi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajalari beradigan yana 
shunday kengash tashkil etildi. Mazkur kengashlarga pedagogika 
soxasida ishlayotgan mutaxassis olimlar jalb etildi. Akademik S.Rajabov 
bu kengashlarga raislik qildi, shuningdek ular faoliyatining samarali 
bo‘lishini ta’minlashga katta hissa qo‘shdi. 
S.Rajabov respublikamizda pedagogika fanlari bo‘yicha olib 
borilayotgan ilmiy tadkiqotlarni muvofiklashtirishni jamoatchilik 
asosida olib bordi. U O’zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
huzuridagi pedagogika fanlari ilmiy kengashining a’zosi va pedagogika 
Fanlari ilmiy-metodik seksiyasi ishini uzoq yillar davomida boshqargan 
edi. Olim rahbarlik qilgan ilmiy metodik seksiya respublikamiz oliy 
o‘quv yurtlarida pedagogika bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot 
ishlarini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot mavzui va mazmunini 
hayotga - maktablarimiz amaliyotiga yaqinlashtirish masalasiga alohida 
e’tibor bergan edi. Olim 1945 yildan “Xalq ta’limi” jurnali tahrir hay’ati 
a’zosi edi. U O’zbek Qomusi bosh tahrir xay’atining a’zosi va 
pedagogika fanlari seksiyasining raisi sifatida pedagogika, psixologiya 
va umuman pedagogika turkumidagi fanlarning muhim masalalarini 
yoritishda ham muallif, ham tashkilotchi sifatida katta hissa qo‘shib 
keldi. 
Respublikamiz fanini rivojlantirishga beqiyos kattahxissa qo‘shgan 
olimlarimizdan yana biri akademik Habib Abdullayevdir. Uning 
geologiya, jumladan, bu fanning petrologiya-metallogenik tarmog‘i 
sohasidagi tadqiqotlari O’zbekistondagina emas, chet mamlakatlarda 
ham e’tarof etildi. H.Abdullayev 1956-1962 yillarda O’zbekiston Fanlar 
Akademiyasining prezidenti lavozimida xizmat qilish bilan birga, yirik 
ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Yuqori malakali ilmiy xodimlar 
tayyorlashga aloxida e’tibor berdi. Uning tashabbusi va jonkuyarligi 
bilan tayyorlangan yuzlab fan nomzodlari va doktorlari fanning yangi 
yo‘nalishlariga asos soldilar. Shuni ta’kidlash lozimki, XX asr 2 yarmida 


147 
O’zbekiston Fanlari Akademiyasi olimlari fizika-matematika, mexanika, 
boshqaruv 
jarayonlari 
va 
informatika, 
kimyo-texnologiya, 
tuproqshunoslik, biologiya, ijtimoiy-gumanitar fan sohalarida katta 
yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Bu yutuqlar akademiya laboratoriyalari va 
institutlari olimlarining ko‘plab avlodlari fidokorona va yuqori kasbiy 
darajada olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasi bo‘ldi. Aynan ularning 
mehnati tufayli keng e’tirof etilgan ilmiy maktablar vujudga keldi, yangi 
ilmiy yo‘nalishlar rivoj topdi, ko‘plab ilmiy xodimlar tayyorlandi, ilmiy 
ishlovlar amaliyotga tadbiq etildi. O’zbek olimlari: geologlar Habib 
Abdullayev, Ibrohim Hamroboyev, biokimyogar Yolqin To‘raqulov,
kimyogarlar Obid Sodiqov, N.Nabiyev, Sobir Yunusov, fizik va 
matematiklar T.N.Kori-Niyoziy, Toshmuxammad Sarimsaqov, Ubay 
Oripov, texnika fanlari sohasidagi olimlar Muhammad O’rozboyev, 
Vosit Qobulov, faylasuf Ibroxim Mo‘minov, tarixchi Yaxyo G’ulomov, 
pedagog Siddiq Rajabov, Iminjon Qodirov va boshqa ko‘plab 
olimlarning nomlari O’zbekistondan tashqarida ham shuhrat qozondi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish