Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


FKning 196-moddasida  xazinaga nisbatan mulk huquqini vujudga kelishi



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

 
FKning 196-moddasida 
xazinaga nisbatan mulk huquqini vujudga kelishi
xususiyatlari belgilab qo`yilgan. Xazina deb egasini aniqlash mumkin bo`lmagan 
yoki qonunga binoan huquqlarini yo`qotgan, yerga ko`milgan yoki boshqacha usulda 
yashirilgan pul yoki qimmatbaho buyumlarga aytiladi. Yashirib qo`yilgan mol-mulk 
(yer uchastkasi, imorat va sh.k.) mulkdori bo`lgan shaxsga va xazinani topgan shaxs 
mulkiga agar ular o`rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilangan 
bo`lmasa, teng ulushlarda tegishli bo`ladi.
 
Xazina u yashirib qo`yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulk egasi - 
mulkdorning roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs 


125 
tomonidan topilgan taqdirda, bu xazina u topilgan yer uchastkasining yoki boshqa 
mol-mulkning egasiga topshirilishi shart. Tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga 
kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat ixtiyoriga o`tadi. 
Biroq xazina topilgan yer uchastkasi egasi va xazinani topgan shaxs xazina 
qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olishga haqli.
 
Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat yoki 
xizmat vazifalariga kiradigan shaxslar (masalan, arxeologlar, geologlar)ga nisbatan 
yuqoridagi qoidalar qo`llanilmaydi (FKning 196-moddasi, 5-bandi).
 
Mulkka nisbatan egalik huquqini vujudga keltiruvchi hosila usuli deganda 
muayyan shaxs tomonidan mulk huquqining olinishi dastlabki mulk egasining 
huquqiga bog`liq bo`lgan usul nazarda tutiladi. Bu usulda mulk huquqining ma'lum 
ashyoga nisbatan paydo bo`lishi yoki bu ashyoga nisbatan mulk huquqining ilgari 
ma'lum shaxsga tegishli bo`lishi bilan bog`liqdir. Shu ma'noda mulk huquqining 
boshqa shaxsga o`tishi haqida so`z yuritiladi. Binobarin, hosila usuli bo`yicha mulk 
huquqi vujudga kelganda, mulkka nisbatan bo`lgan huquqni bir shaxsdan ikkinchi 
shaxsga ko`chirilishi to`g`risida so`z boradi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi 
yo`li bilan ashyoga nisbatan egalik huquqi bir shaxsda, ya'ni sotib oluvchida paydo 
bo`ladi.
 
Mulk huquqining hosila usulida vujudga kelishiga misol qilib oldi-sotdi, hadya, 
ayirboshlash, qarz shartnomalari, shuningdek qonun va vasiyat bo`yicha meros olish, 
davlat mulkini xususiylashtirish orqali olinishini ko`rsatsa bo`ladi.
 
Fuqarolik koyedksining 185-moddasida ko`rsatilganidek, shartnoma asosida 
mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha 
tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. 
Agar ashyoni birovga o`tkazish to`g`risidagi shartnoma notarial guvohlantirilishi yoki 
davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim bo`lsa, egalik huquqi bunday shartnoma notarial 
guvohlantirilgan yoki ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan e'tiboran vujudga keladi. 
Qonunda uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelishi belgilangan tartibda 
ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat 
ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan boshlab vujudga kelishi belgilangan.
 
Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ko`rilayotgan uy-joy qurilish tamom 
bo`lguncha va ro`yxatdan o`tkazilguncha mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatisiz 
boshqa shaxsga berilishi mumkin emas. Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk 
huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi. 
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk 
huquqi kooperativ a'zosi pay badallarini batamom to`lab bo`lgandan keyin vujudga 
keladi (FKning 210-moddasi). Ba'zi ashyolarga nisbatan esa egalik huquqi ashyo 
topshirilishidan so`ng yoki ashyoning qiymati to`la yoki qisman to`langandan so`ng 
vujudga kelishi belgilanishi mumkin.
 


126 
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar bir shaxsdan ikkinchi shaxsga 
o`tkazilgan holda, agar bunday o`tkazish tegishli organlardan ro`yxatdan o`tkazilishi 
shart bo`lsa, ashyoga nisbatan egalik huquqi shartnomaning qayd qilinishi paytidan 
e'tiboran vujudga keladi.
 
Mulkka nisbatan egalik huquqining o`tish payti qonunda muqarrar belgilanishi 
birovga o`tkazilayotgan ashyolarning tasodifan nobud bo`lishi yoki buzilishi xavf-
xatari, ya'ni buning natijasida yetkazilgan zarar kimning zimmasida bo`lishligini 
belgilash ham katta ahamiyatga egadir.
 
FKning 175-moddasida belgilangan qoida bo`yicha mol-mulkning tasodifan 
nobud bo`lishi yoki buzilishi xavfi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, yetkazilgan zarar mulk egasining 
zimmasida bo`ladi.
 
Agar ashyolarni birovga o`tkazuvchi shaxs topshirishni yoki oluvchi ularni 
qabul qilishni kechiktirsa, ashyolarning tasodifan nobud bo`lishi yoki buzilishi xavf-
xatari kechiktirgan tarafda bo`ladi. Masalan, sotib oluvchi qurilish materiallarini 
qabul qilishni kechiktirsa, ashyolarning tasodifan nobud bo`lishi yoki buzilishidan 
kelgan zararni o`z zimmasiga oladi.

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish