Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

Mulk ishlab chiqarish vositalari
va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni egallash, 
foydalanish va ularni tasarruf etish sohasida bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarning 
majmui sifatida ham ta'riflanishi mumkin.
 
Yuridik ma'nodagi “mulk” tushunchasi to`g`risida to`xtalib shuni aytish kerakki, 
shaxslar tomonidan tabiat boyliklarini, ashyolarini o`zlashtirishda bo`ladigan ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladigan va mustahkamlaydigan huquqiy normalar tizimi – 
yuridik ma'nodagi “mulk” tushunchasida qo`llaniladi. Bu ma'nodagi mulk mulk 
huquqi (subyektga tegishli sof ma'nodagi subyektiv huquq sifatida emas, balki 
muayyan huquq sohasi) sifatida ko`riladi.
 
Mulk huquqi tushunchasining yuridik ta'rifi FKning 104-moddasida berilgan. 
Unga muvofiq, mulk huquqi shaxsning o`ziga qarashli mol-mulkka o`z xohishi bilan 
va o`z manfaatlarini ko`zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, 
shuningdek o`zining mulk huquqini, kim tomonidan bo`lmasin, har qanday buzishni 
bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Bu ta'rif mulkdorning o`z mulkiga 
nisbatan munosabatining barcha huquqiy jihatlarini qamrab oladi. Shu bilan birga, 
ushbu ta'rifda uchinchi shaxslarning mulkdor mulkiga munosabatlarining eng muhim 
qonuniy asosi kafolatlangan. Ya'ni, mulkdorning mulk huquqini kim tomonidan 
bo`lmasin har qanday buzishdan muhofazalay olishi imperativ me'yor sifatida 
mustahkamlangan. Bu ham esa, o`z navbatida mulkdor mulk huquqini majburiy 
ma'noda “muqaddasligini” ifodalaydi.
 
Mulk huquqining mazmuni 
Mulk huquqi o`z navbatida ikki ma'nodagi: obyektiv va subyektiv ma'nodagi 
mulk huquqiga bo`linadi.
 
Obyektiv ma'nodagi mulk huquqi deganda, tabiat ashyolarini ijtimoiy 
o`zlashtirishning mavjud zahiralarini, usullarini belgilash, tartibga solish va 
mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko`zlab belgilangan tadbirlarni ifodalovchi 
huquq normalari yig`indisi nazarda tutiladi. Chunonchi, mulk to`g`risidagi umumiy 
qoidalar obyektiv huquq normalari hisoblanadi.
 
Subyektiv ma'nodagi mulk huquqi deb, ayrim shaxslar, ya'ni huquq 
subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning) obyektiv huquq normalari 
asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish 
huquqlariga aytiladi.
 


120 
Mulkni o`z xohishiga ko`ra va o`z manfaatini ko`zlab egallash, undan 
foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek mulk huquqini har qanday 
buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi tushunchalari mulk huquqining 
mazmunini tashkil etadi. Subyektiv mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan bu 
elementlar mulk egasiga qonun bilan belgilangan doiralarda beriladi.
 
O`zbekiston Respublikasining Mulkchilik to`g`risidagi qonuni va FKning 164-
moddasida belgilanishicha, mulkdor o`ziga tegishli mol-mulkka o`z ixtiyoriga ko`ra, 
o`z xohishi va manfaatlarini ko`zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf 
etadi. Shu ma'noda mulkdor o`z mulkiga bo`lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda, o`z 
xohishiga ko`ra amalga oshiradi. Mulkdorning o`z xohishi deganda, uning o`z erki, 
irodasi bilan o`z manfaatlarini ko`zlab, birovning (uchinchi shaxslarning) tayziqisiz, 
g`ayrihuquqiy ta'sirsiz harakat qilishi nazarda tutiladi. Agar mulkdorga nisbatan 
bunday holatda zo`rlik, tayziq ko`rsatilgan bo`lsa, qonun mulkdorning xohish-irodasi 
erkin amalga oshirilishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda mulkdorning 
o`z xohishiga ko`ra ish tutishi qonun, insof va adolat doirasida amalga oshirilishi 
lozim.
 
Mulkdorning mulkiy huquqni o`z xohishiga ko`ra amalga oshirishda uning 
manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o`ziga, yaqinlariga yoki boshqalarga 
taalluqli bo`lishi mumkin. Masalan, ota-ona voyaga yetmagan farzandi nomiga 
bankka omonat pul mablag`i qo`yganda ham, garchi bunda uchinchi shaxsning 
manfaati ko`zlaganday bo`lsa ham, aslida mulkdorning harakati zamirida ota-ona 
sifatidagi burchi yotadi. Mulkdorning o`zi xohishiga ko`ra yoki manfaatiga zid 
ravishda mulkiy bitimlar tuzishiga majbur qilish, umumiy qoida bo`yicha bunday 
bitimlar haqiqiy sanalmasligiga sabab bo`ladi.
 
Yuqorida aytganimizdek, mulk huquqi uch unsur (element) – mulkka egalik 
qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan tashkil topadi. 
Mulkni egallash huquqi mulkni qo`lda yoki unga nisbatan o`z huquqlarini amalga 
oshirishga imkon beruvchi biron joyda saqlab turishdir. Mulkni qonunga muvofiq 
ravishda o`z qo`lida yoki o`z erki-irodasi ta'siri ostida saqlab turgan shaxs mulkni 
egallash huquqiga ega. Bunday huquq, avvalo, mulk egasiga tegishli bo`ladi. Avvalo 
deganimizning boisi shundaki, mulkni egallash huquqi qonun yoki shartnomaga 
asosan boshqa shaxsda ham bo`lishi mumkin. Masalan, mulk shartnoma bo`yicha 
ijaraga berilganida, vaqtincha tekin foydalanish uchun topshirilishida, omonat 
qo`yilishida yoki ma'muriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash uchun biron 
tashkilot yoki fuqarolarga o`tkazilishida egalik huquqi mulk egasi hisoblanmagan 
shaxsda ham bo`lishi mumkin.
 
Mulkni qonun talablariga muvofiq qo`lda saqlab turishga qonuniy egallash deb 
aytilsa, qonuniy asoslar bo`lmay turib birovlarga qarashli mulkni egallash, masalan, 


121 
birovning o`g`irlatgan yoki yo`qotgan mulkini qo`lda saqlashga qonunsiz egallash 
deb aytiladi.

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish